toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Mamlakatda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat va jamiyat oʻrtasida taʼsirchan hamda samarali muloqotni yoʻlga qoʻyish, davlat organlari faoliyati boʻyicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning mustahkam mexanizmlarini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son Farmonida belgilangan millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlashga doir vazifalarni bajarishda davlat tashkilotlari bilan milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, ijodiy uyushmalar, nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shahar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr,
723-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 723-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Namunaviy nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengash) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. Jamoatchilik kengashlari oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladi hamda uning faoliyati belgilangan hududga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
joylarda millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
umummilliy birdamlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari bilan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari oʻrtasida samarali hamkorlikni taʼminlashda koʻmaklashish;
millatlararo totuvlik, hamjihatlik va bagʻrikenglik sohasida davlat siyosatini hududlarda amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan davlat organlari faoliyati boʻyicha jamoatchilik nazoratini olib borish;
hududlarda turli millat va elatlarning oʻziga xos xususiyatlarini saqlab qolish maqsadida joylarda etnoturizmni rivojlantirish ishlarida hamkorlik qilish;
xalq diplomatiyasi mexanizmlari orqali xorijiy mamlakatlar bilan ijtimoiy-madaniy va doʻstlik aloqalari hamda Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi ijobiy imijini mustahkamlashda ishtirok etish va takliflar ishlab chiqish;
Oʻzbekistonning yagona xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning jamiyatning mushtarak maqsadlari yoʻlida birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini oʻrganish, tahlil qilish hamda takliflar tayyorlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
umummilliy totuvlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini hududlarda izchil amalga oshirilishida koʻmaklashadi;
turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oʻrganib, tahlil qilib boradi, ularning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
jamiyatda doʻstlik, oʻzaro ishonch va tushunish muhitini asrab-avaylash hamda mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda yoshlarni umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi targʻibot tadbirlarini amalga oshiradi;
millatlararo totuvlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
aholi orasida umummilliy totuvlik, doʻstlik, birdamlik va bagʻrikenglikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi, uni davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishga koʻmaklashadi;
mamlakatdagi barcha millat va elatlarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida oʻzaro tushunish hamda yordam hissini kuchaytirishga zarur shart-sharoit yaratish boʻyicha joylardagi davlat organlarining faoliyatida jamoatchilik nazoratini olib boradi;
yurtimizda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylashga koʻmaklashadi;
mamlakatimizga ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuvini taʼminlash va umumiy manfaatlarni roʻyobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishda hamda uni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishda ishtirok etadi;
umummilliy manfaatlarga xizmat qiluvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etishda milliy madaniy markazlarga koʻmaklashadi;
xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
mamlakatimizda tugʻilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasini keng namoyon etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yurtimiz va xorijiy mamlakatlar hududlari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonch va birodarlik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirishda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va koʻmaklashadi;
jamiyatda milliy, etnik omillar sababli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bahsli holatlarning oldini olish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, bu boradagi ishlarni tashkil etishga koʻmaklashadi;
xorijdagi vatandoshlar jamoalari bilan hamkorlikning yangi “oʻsish nuqta”larini belgilashga qaratilgan maqsadli loyiha va dasturlar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, investitsiyaviy, turistik va boshqa yoʻnalishlardagi startap loyihalarda faol ishtirok etishga jalb qilish orqali ularda tarixiy Vatani rivojiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
oʻz vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;
sohaga oid mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini qonunchilikka muvofiq shakllantirishda Qoʻmitaga koʻmaklashadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
5. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlaridan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni soʻrab olish va qabul qilish;
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishgan holda millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlashga bagʻishlab oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
turli millat vakillari hamda ular oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy oʻrganish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va sanʼat arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, shuningdek, ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish;
Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boshqa Qonun hujjatlariga rioya qilishi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Jamoatchilik kengashiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
7. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, masʼul kotib va aʼzolari kiradi. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yoki ularni vazifasini bajaruvchi shaxs Jamoatchilik kengashining raisi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining namunaviy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur qarorning 3-4-ilovalari.
Jamoatchilik kengashining aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Milliy madaniy markazlar hamda doʻstlik jamiyatlari faxriylari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
9. Quyidagi holatlarda Jamoatchilik kengashining raisi, masʼul kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Jamoatchilik kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
10. Jamoatchilik kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va unga kiritilgan oʻzgartirishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab 5 kun ichida Jamoatchilik kengashining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
11. Jamoatchilik kengashining raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish, kun tartibini va majlisni olib borish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan topshiriqlar bajarilishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish boʻyicha takliflar kiritish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining uning faoliyatida ishtirok etish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarini oʻtkazish muddatlari va tartibini aniqlash;
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vakolatlarini toʻxtatish boʻyicha takliflar kiritish;
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashining samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
12. Jamoatchilik kengashining masʼul kotibi:
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi boʻyicha oʻtishini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashining raisi bilan majlisni oʻtkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida kelishadi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni majlisni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritadi;
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan Jamoatchilik kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi va uni rais bilan kelishadi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organlari rahbarlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. Jamoatchilik kengashining aʼzolari:
Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻriladigan masalalarni hal qilish va muhokama qilishda oʻz vakolatlarini boshqaga berish huquqisiz qatnashadilar. Jamoatchilik kengashi aʼzolari ayrim hollarda uning majlislarida qatnasha olmagan taqdirda, oʻz fikrlarini yozma tarzda Jamoatchilik kengashi masʼul kotibiga taqdim etishlari mumkin va koʻrsatib oʻtilgan fikrlar majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi;
millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash borasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlari ichki idoraviy hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar;
Jamoatchilik kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydilar;
Jamoatchilik kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadilar va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydilar;
turli millat vakillari va ularning oila aʼzolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha Jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
14. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari kotibiyati hamda Jamoatchilik kengashining aʼzolaridan shakllantiriladi.
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik taʼminot masalalarini hal qiladi;
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, Jamoatchilik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xodimlaridan kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
16. Jamoatchilik kengashi oʻzining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek, uning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻrib chiqiladi. Jamoatchilik kengashi majlisi Jamoatchilik kengashining ish rejasi asosida kamida har chorakda bir marotaba chaqiriladi.
Jamoatchilik kengashining raisi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
17. Jamoatchilik kengashi majlislariga milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari taklif qilinishi shart.
Jamoatchilik kengashi majlisiga taklif qilinuvchi shaxslar roʻyxati Jamoatchilik kengashi raisi bilan kelishgan holda jamoatchilik kengashi masʼul kotibi tomonidan shakllantiriladi.
18. Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi loyihasi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va jamoatchilik kengashi raisi topshirigʻi asosida uning masʼul kotibi tomonidan shakllantiriladi.
19. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi.
Jamoatchilik kengashi majlislarida tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari yoki boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
20. Jamoatchilik kengashi majlisi, agar unda Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Jamoatchilik kengashining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Jamoatchilik kengashining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
21. Jamoatchilik kengashining qarori uning majlisida qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng kelib qolsa, Jamoatchilik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
22. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
23. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilingan qarorga oʻzining fikrlarini yozma tarzda bildirish huquqiga ega. Bunda fikrlar Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.
24. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmasdan tegishli davlat organlariga yuboriladi.
Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xususiyatga egadir. Agar qaror davlat organlari tomonidan maʼqullanmasa, ular qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechikmasdan Jamoatchilik kengashiga asoslantirilgan javobini taqdim qiladi.
25. Tezkor qaror qabul qilish zarurati yuzaga kelganda, Jamoatchilik kengashining qarori Jamoatchilik kengashi raisi tashabbusi bilan uning aʼzolari bilan maslahatlashilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
26. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kunlik muddatda Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
27. Jamoatchilik kengashining ishchi organi va masʼul kotibi Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish yoʻllarini tizimli oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Jamoatchilik kengashi raisiga takliflar kiritadi.
28. Ishchi organ jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga maʼlumot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jamoatchilik kengashining tashkiliy-texnik taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlik qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 723-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Namunaviy nizom tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining (keyingi oʻrinlarda — Jamoatchilik kengashi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
2. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini mustaqil amalga oshiruvchi maslahat organi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashi tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida tuziladi hamda uning faoliyati belgilangan hududga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
joylarda millatlararo munosabatlarni uygʻunlashtirish, jamiyatda doʻstlik, oʻzaro hamjihatlik, bagʻrikenglik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishiga koʻmaklashish;
umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash masalalari boʻyicha joylarda davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlashda koʻmaklashish;
millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi uchun joylarda masʼul davlat organlari faoliyati boʻyicha jamoatchilik nazoratini olib borish;
Oʻzbekistonning yagona xalqi hamda xorijdagi vatandoshlarning oʻzaro birdamligi, umummilliy hamjihatlik masalalarini oʻrganish, takliflar tayyorlash.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
joylarda umummilliy totuvlik, hamjihatlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirilishida koʻmaklashadi;
turli millat vakillari yashayotgan hududlar aholisining maishiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini oʻrganib, tahlil qilib boradi, ularning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
millatlararo totuvlik, doʻstlik va hamjihatlikni qaror toptirishga yoʻnaltirilgan ijtimoiy tashabbuslarni ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
aholi orasida umummilliy totuvlik, doʻstlik, birdamlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, uni davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirishga koʻmaklashadi;
mamlakatdagi barcha millat va elatlarning konstitutsiyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida oʻzaro tushunish hamda yordam hissini kuchaytirishga zarur shart-sharoit yaratish boʻyicha davlat organlarining faoliyatida jamoatchilik nazoratini olib boradi;
hududda yashovchi turli millat va elatlar vakillarining oʻziga xos anʼanalari, urf-odatlari va rasm-rusumlarini asrab-avaylashga koʻmaklashadi;
mamlakatimizga ishlash, taʼlim olish maqsadida uzoq muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning mahalliy shart-sharoitlarga va ijtimoiy-madaniy moslashuviga koʻmaklashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
mamlakatimizda tugʻilgan buyuk olim va mutafakkirlarning barhayot merosini, ularning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qoʻshgan hissasini keng namoyon etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yurtimiz va xorijiy mamlakatlar hududlari oʻrtasida doʻstlik, oʻzaro ishonch va birodarlik aloqalarini oʻrnatish hamda rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
xorijiy mamlakatlardagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlashga, ularni Oʻzbekiston taraqqiyotiga daxldorlik tuygʻusini kuchaytirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
oʻz vazifalarini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, shuningdek, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;
sohaga oid mavjud muammolarning taʼsirchan yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini qonunchilikka muvofiq shakllantirishda Qoʻmitaga koʻmaklashadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
5. Jamoatchilik kengashi oʻzining asosiy vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatlari doirasida davlat organlaridan kerakli hujjatlarni, statistik va tahliliy maʼlumotlarni soʻrab olish va qabul qilish;
Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalarni hal qilish uchun Jamoatchilik kengashi aʼzolaridan iborat jamoatchilik komissiyalarini tashkil etish;
tumanlar (shaharlar) hokimlari bilan kelishgan holda millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlashga bagʻishlab oʻtkaziladigan yigʻilishlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish;
turli millat vakillari hamda ular oila aʼzolarining konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini tahliliy oʻrganish;
tumanlar (shaharlar) hokimliklariga Jamoatchilik kengashi vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
tumanlar (shaharlar) hokimliklari hamda Jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarga davlat, jamoat, madaniyat va sanʼat arboblari, olimlar, mutaxassislar, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini jalb qilish, shuningdek, ular bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil qilish;
Jamoatchilik kengashining faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.
Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga, mazkur Nizomga va boshqa Qonun hujjatlariga rioya qilishi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻymasligi;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.
Jamoatchilik kengashiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibi
7. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, masʼul kotibi va aʼzolari kiradi. Jamoatchilik kengashi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi.
8. Tumanlar (shaharlar) hokimlari yoki ularning vazifasini bajaruvchi shaxs Jamoatchilik kengashining raisi hisoblanadi.
Jamoatchilik kengashining namunaviy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki uning vazifasini bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.
Milliy madaniy markazlar hamda doʻstlik jamiyatlari faxriylari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari Jamoatchilik kengashining tarkibiga kiritilishi mumkin.
9. Quyidagi holatlarda Jamoatchilik kengashining raisi, masʼul kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Jamoatchilik kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda.
10. Jamoatchilik kengashining tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va unga kiritilgan oʻzgartirishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab 5 kun ichida jamoatchilik kengashining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
11. Jamoatchilik kengashining raisi Jamoatchilik kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:
Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashi majlisini chaqirish, kun tartibini va majlisni olib borish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi majlisiga raislik qilish;
Jamoatchilik kengashining ish rejasi, Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi va Jamoatchilik kengashining ish yurituviga oid boshqa hujjatlarini tasdiqlash;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan topshiriqlarni bajarilishini va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasiga Jamoatchilik kengashiga kiruvchi shaxslarni uning tarkibidan chiqarish boʻyicha takliflarni kiritish;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining uning faoliyatida ishtirok etishi tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi yigʻilishlarini oʻtkazish muddatlari va tartibini aniqlash;
Jamoatchilik kengashi doimiy ishchi organining ish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashi aʼzolarining vakolatlarini toʻxtatish boʻyicha takliflar kiritish;
Jamoatchilik kengashida tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va tadbirlarni oʻtkazish tartibini belgilash;
Jamoatchilik kengashining samarali ishini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
12. Jamoatchilik kengashining masʼul kotibi:
Jamoatchilik kengashining majlisiga kerakli hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi boʻyicha oʻtishini tashkil etadi;
Jamoatchilik kengashining raisi bilan majlisni oʻtkazish muddati, joyi hamda taklif qilinuvchilar haqida kelishadi;
Jamoatchilik kengashi aʼzolari va taklif qilingan shaxslarni majlisni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti haqida xabardor qiladi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini Jamoatchilik kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha taklif kiritadi;
Jamoatchilik kengashi bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda tasdiqlangan bayonnomani Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuborilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan Jamoatchilik kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tarkibi boʻyicha takliflar kiritadi va uni rais bilan kelishadi;
Jamoatchilik kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan davlat organlari rahbarlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi hamda ariza, taklif va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
qonun hujjatlari va Jamoatchilik kengashi qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
13. Jamoatchilik kengashining aʼzolari:
Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻriladigan masalalarni hal qilish va muhokama qilishda oʻz vakolatlarini boshqaga berish huquqisiz qatnashadilar. Jamoatchilik kengashi aʼzolari ayrim hollarda uning majlislarida qatnasha olmagan taqdirda oʻz fikrlarini yozma tarzda Jamoatchilik kengashi masʼul kotibiga taqdim etishlari mumkin. Koʻrsatib oʻtilgan fikrlar majlisda koʻrib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi;
millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash borasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va davlat organlari ichki idoraviy hujjatlarini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadilar;
Jamoatchilik kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydilar;
Jamoatchilik kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadilar va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydilar;
turli millat vakillari va ularning oila aʼzolarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashiga takliflar kiritadilar.
4-bob. Jamoatchilik kengashining ishchi organi
Oldingi tahrirga qarang.
14. Jamoatchilik kengashining ishchi organi tarkibi tumanlar (shaharlar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi apparatining tegishli bosh mutaxassisi hamda Jamoatchilik kengashining aʼzolaridan shakllantiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
15. Jamoatchilik kengashining ishchi organi:
Jamoatchilik kengashi faoliyatining metodik, tashkiliy-huquqiy, tashkiliy-texnik taʼminot masalalarini hal qiladi;
Jamoatchilik kengashining ish rejalari loyihalarini tayyorlaydi, jamoatchilik kengashiga koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur hujjatlarni tayyorlaydi, tumanlar (shaharlar) hokimliklari xodimlaridan kerakli hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibidagi masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi vakolatlariga kiruvchi murojaatlarni koʻrib chiqadi va tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Jamoatchilik kengashi tomonidan berilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
5-bob. Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil qilish
16. Jamoatchilik kengashi oʻzining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek, uning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari Jamoatchilik kengashi majlislarida koʻrib chiqiladi. Jamoatchilik kengashi majlisi Jamoatchilik kengashining ish rejasi asosida kamida har chorakda bir marotaba chaqiriladi.
Jamoatchilik kengashining raisi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan bir qismining yozma murojaati asosida navbatdan tashqari majlis chaqirishi mumkin.
17. Jamoatchilik kengashi majlislariga milliy madaniy markazlar, doʻstlik jamiyatlari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari taklif qilinishi shart.
Jamoatchilik kengashi majlisiga taklif qilinuvchi shaxslar roʻyxati Jamoatchilik kengashi raisi bilan kelishgan holda jamoatchilik kengashi masʼul kotibi tomonidan shakllantiriladi.
18. Jamoatchilik kengashi majlisining kun tartibi loyihasi Jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va jamoatchilik kengashi raisi topshirigʻi asosida uning masʼul kotibi tomonidan shakllantiriladi.
19. Jamoatchilik kengashi majlislari uning raisi tomonidan olib boriladi.
Jamoatchilik kengashi majlislarida tumanlar (shaharlar) hokimlarining oʻrinbosarlari yoki boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
20. Jamoatchilik kengashi majlisi, agar unda Jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda, vakolatli hisoblanadi.
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Jamoatchilik kengashining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Jamoatchilik kengashining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqalarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
21. Jamoatchilik kengashining qarori uning majlisida qatnashayotgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Agar ovozlar teng kelib qolsa, Jamoatchilik kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
22. Jamoatchilik kengashi qaror qabul qilishda masalalarni erkin muhokama qilish, ovoz berish, jamoatchilik fikrini inobatga olish, tenglik va kollegiallikka asoslanadi.
23. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilingan qarorga oʻzining fikrlarini yozma tarzda bildirish huquqiga ega. Bunda fikrlar Jamoatchilik kengashi majlisi bayonnomasiga kiritib qoʻyiladi.
24. Jamoatchilik kengashining qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechikmasdan tegishli davlat organlariga yuboriladi.
Jamoatchilik kengashining qarori tavsiyaviy xususiyatga egadir. Agar qaror davlat organlari tomonidan maʼqullanmasa, ular qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kundan kechikmasdan Jamoatchilik kengashiga asoslantirilgan javobini taqdim qiladi.
25. Tezkor qaror qabul qilish zarurati yuzaga kelganda, Jamoatchilik kengashining qarori Jamoatchilik kengashi raisi tashabbusi bilan uning aʼzolari bilan maslahatlashilgan holda soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
26. Jamoatchilik kengashi majlisida qabul qilingan qaror majlis bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma Jamoatchilik kengashi kotibi tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch kunlik muddatda Jamoatchilik kengashi aʼzolariga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi.
27. Jamoatchilik kengashining ishchi organi va masʼul kotibi Jamoatchilik kengashi aʼzolari bilan birgalikda Jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish yoʻllarini tizimli oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarur hollarda, Jamoatchilik kengashi raisiga takliflar kiritadi.
28. Ishchi organ jamoatchilik kengashi qarorlarini ijro etish natijalari haqida har oyda Jamoatchilik kengashi raisiga maʼlumot taqdim etadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Jamoatchilik kengashining tashkiliy-texnik taʼminoti tuman (shahar) hokimliklari tomonidan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlik qiladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Jamoatchilik kengashining qarorlari hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 723-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari

4.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari

5.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hududiy boshqarmalari boshliqlari

6.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari

7.

Lavozimiga koʻra

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlimlari rahbarlari

8.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining hududiy teleradiokompaniyalari rahbarlari

9.

Lavozimiga koʻra

Milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari

10.

Kelishuvga asosan

nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari

11.

Kelishuvga asosan

fan va madaniyat namoyandalari

12.

Kelishuvga asosan

fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari

13.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha oʻrinbosarlari, Jamoatchilik kengashi kotibi

Izoh. Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-noyabrdagi 723-son qaroriga
4-ILOVA
Tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Umummilliy birdamlik va hamjihatlikni taʼminlash boʻyicha jamoatchilik kengashlarining
NAMUNAVIY TARKIBI

1.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimlari, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, Jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimiga koʻra

tuman hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshliqlari

4.

Lavozimiga koʻra

tuman (shahar) Adliya boʻlimi boshligʻi

5.

Lavozimiga koʻra

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimiga koʻra

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari

7.

Kelishuvga asosan

fan va madaniyat namoyandalari

8.

Lavozimiga koʻra

Milliy madaniy markazlar rahbarlari va faollari

9.

Kelishuvga asosan

nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining vakillari

10.

Kelishuvga asosan

fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari

11.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman (shahar) boʻlimi boshligʻi, Jamoatchilik kengashi kotibi

Izoh. Jamoatchilik kengashi aʼzosi boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(4-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 09/20/723/1521-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)