toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
1993-yil 22-yanvardagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya va 2002-yil 7-oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
1993-yil 22-yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (keyingi o‘rinlarda — Minsk Konvensiyasi) va 2002-yil 7-oktabrda Kishinev shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (keyingi o‘rinlarda — Kishinev Konvensiyasi) qoidalaridan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarining samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi tomonidan:
2019-yil 26-avgustdagi O‘RQ-554-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining Kishinev Konvensiyasiga qo‘shilinganligi;
2019-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-593-son Qonuni bilan Minsk Konvensiyasiga doir Bayonnomaning (Moskva, 1997-yil 28-mart) ratifikatsiya qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) va unga doir Bayonnomaga (Moskva, 1997-yil 28-mart) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Minsk Konvensiyasi, unga doir Bayonnoma (Moskva, 1997-yil 28-mart) va Kishinev Konvensiyasiga a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha hamkorlik bevosita ushbu ilovalarda ko‘rsatilgan respublika organlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organlar) yoki ularning hududiy organlari yoxud tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi;
vakolatli organlar tomonidan ularning markaziy apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari yoki hududiy organlari yoxud tasarrufidagi tashkilotlarini (keyingi o‘rinlarda — tarkibiy bo‘linmalar) Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi bo‘yicha bevosita hamkorlikni amalga oshirishga mas’ul etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilinadi hamda uch kundan kechikmasdan Tashqi ishlar vazirligiga bu haqda xabar beriladi;
vakolatli organlarning Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan tarkibiy bo‘linmalarining ushbu organlar rahbariyati tomonidan jiddiy zaruratsiz almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasi doirasida so‘rovlarni ko‘rib chiqish (ijro etish) va yuborishda vakolatli organlar hamda ularning mas’ul tarkibiy bo‘linmalariga tegishli ma’lumotlarni taqdim etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan masalalar vakolatli organlarning qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolat doirasiga ta’sir etmaydi;
vakolatli organlarning rahbarlari Minsk Konvensiyasi va Kishinev Konvensiyasidan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasining huquqlarini amalga oshirish hamda majburiyatlarining samarali bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Vakolatli organlar:
ikki hafta muddatda mazkur qarorning ilovalarida nazarda tutilgan o‘zlariga biriktirilgan har bir masala bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar ro‘yxatini tasdiqlasin hamda ular bilan aloqaga chiqish uchun zarur ma’lumotlarni ilova qilgan holda Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etsin;
kelgusida ushbu ro‘yxatga kiritiladigan o‘zgartirishlar haqida Tashqi ishlar vazirligini belgilangan muddatda xabardor qilib borsin.
5. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) bir oy muddatda vakolatli organlar va ularning mas’ul tarkibiy bo‘linmalari yakuniy ro‘yxatini shakllantirsin hamda vakolatli organlar haqidagi xabarnomalarni konvensiyalar depozitariylariga yuborsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vakolatli organlar rahbarlari belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 17-noyabr,
PQ-4895-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiya (Minsk, 1993-yil 22-yanvar) va unga doir Bayonnomaga (Moskva, 1997-yil 28-mart) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Vakolatli organning nomi

Hamkorlik masalalari

1.

Oliy sud

Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha sudda ish yuritish bilan bog‘liq masalalar;

sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va ko‘rib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash;

sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish bo‘yicha topshiriqlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish;

sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

2.

Bosh prokuratura

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;

hukmni tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalar;

topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi to‘g‘risidagi so‘rovlarini yuborish va ko‘rib chiqish;

jinoiy ta’qibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish;

dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar;

ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida o‘tayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida o‘tkazish;

prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) bo‘yicha iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Jinoyat, fuqarolik va oilaviy ishlar bo‘yicha mol-mulk da’volari berilgan so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish to‘g‘risidagi so‘rovlarni yuborish va ko‘rib chiqish;

jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash qismi bo‘yicha tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalar.

3.

Ichki ishlar vazirligi

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli bo‘lmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bog‘liq topshiriqni (so‘rovnomani) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur bo‘lganda, jismoniy shaxslarning ro‘yxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

fuqarolikka tegishlilikni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

sudlanganlik haqida ma’lumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish;

ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

4.

Davlat xavfsizlik xizmati

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;

dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bog‘liq masalalar;

Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

5.

Adliya vazirligi

Notarial harakatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

6.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Umumiy o‘rta ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

61.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar;

farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar.

7.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

8.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

9.

“O‘zarxiv” agentligi

Arxiv ma’lumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

10.

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Pensiya va nafaqalar berish bilan bog‘liq ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4895-son qaroriga
2-ILOVA
Fuqarolik, oilaviy va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konvensiyaga (Kishinev, 2002-yil 7-oktabr) a’zo davlatlarning vakolatli organlari bilan hamkorlikni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Vakolatli organning nomi

Hamkorlik masalalari

1.

Oliy sud

Jinoyat, fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy sud ishlarini yuritish bilan bog‘liq masalalar;

sud hujjatlarini topshirishga doir topshiriqlarni yuborish va ko‘rib chiqish hamda ularni topshirishni tasdiqlash;

sud protsessual harakatlarini yuritish va ularni ijro etish bo‘yicha topshiriqlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

fuqarolik, oilaviy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha qarorlar, shuningdek shunday ishlar bo‘yicha sud tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimlarini tan olish va ijro etish;

sud organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

2.

Bosh prokuratura

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;

hukmni tan olish va ijro etish bo‘yicha iltimosnomalar;

topshiriqni ijro qilish jarayonida huquqiy yordam so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

prokurorning fuqarolik protsessida ishtirok etishi to‘g‘risidagi so‘rovlarini yuborish va ko‘rib chiqish;

qo‘shma tezkor-qidiruv guruhlarini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

jinoiy ta’qibni amalga oshirish, shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va (yoki) hukmni ijro etish uchun ushlab berish;

qamoqda saqlanayotgan yoki jazoni ozodlikdan mahrum qilish tariqasida o‘tayotgan shaxsni vaqtincha topshirish, shuningdek uni tranzit tarzida o‘tkazish;

jinoyat ishlarini birlashtirish bo‘yicha iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar;

ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

prokuratura organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Jinoiy yo‘l bilan olingan pul mablag‘lari va mol-mulkni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qidirish va xatlash (tortib olish) bo‘yicha iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

Departamentning vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi

Fuqarolik, oilaviy, iqtisodiy va jinoyat ishlari bo‘yicha mol-mulk da’volari berilgan so‘ralayotgan ahdlashuvchi tomonlar hududida istiqomat qiluvchi shaxslarning manzillari, ish joyi va daromadlarini aniqlash haqida huquqiy yordam berish to‘g‘risidagi so‘rovlarni yuborish va ko‘rib chiqish;

jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning jinoyat ishlari yuzasidan hukmlari (qarorlari)ni zararni qoplash, jarimani undirish hamda noqonuniy yo‘l bilan olingan buyumlar, mulk va daromadni davlat foydasiga undirish (konfiskatsiya qilish) qismi bo‘yicha, shuningdek jinoyat sodir qilish orqasidan topilgan mulkka, shu jumladan bank hisob varaqalaridagi pul mablag‘lariga (da’volarni qondirish maqsadida, agar da’volar mulkiy huquqiy maqomni yoki mulk huquqini belgilash bilan bog‘liq bo‘lsa) band solish haqidagi sud qarorlarini tan olish va ijro qilish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish va yuborish;

ish yurituvdagi ijro hujjatlari bilan bog‘liq masalalar.

3.

Ichki ishlar vazirligi

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinadigan protsessual harakatlarga taalluqli bo‘lmagan ish yurituvdagi jinoyat ishlari bilan bog‘liq masalalar;

sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlar bilan bog‘liq topshiriqni (so‘rovnomalarni) ijro qilish jarayonida huquqiy yordam ko‘rsatishni so‘rayotgan davlatning vakolatli vakillari ishtirok etishi haqidagi iltimoslarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

ahdlashuvchi tomonlar fuqarolarining huquqlarini amalga oshirish uchun, zarur bo‘lganda, jismoniy shaxslarning ro‘yxatga olingan joylari (manzillari)ni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

fuqarolikka tegishlilikni aniqlash bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

sudlanganlik haqida ma’lumotlarni taqdim qilish va ayblov hukmlari haqida xabar berish;

aliment undirish ishlari bo‘yicha javobgarni qidirish;

ichki ishlar organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

4.

Davlat xavfsizlik xizmati

Sudning qarori yoki prokurorning roziligi (sanksiyasi) talab qilinmaydigan protsessual harakatlarni amalga oshirish;

dastlabki tergovni amalga oshirish bilan bog‘liq topshiriqlar va ish yurituvdagi jinoiy ishlar bilan bog‘liq masalalar;

Davlat xavfsizlik xizmati organlari vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar.

5.

Adliya vazirligi

Notarial harakatlar bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

pul majburiyatlariga nisbatan notarial hujjatlar va notariuslarning ijro xatlarini tan olish va ijro qilish haqidagi iltimosnomalarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

mulkni meros qilib qoldirish holatlari bo‘yicha ekspert tadqiqotlarini o‘tkazish;

adliya organlari sohasiga oid, shuningdek mazkur Ro‘yxatda ko‘rsatilmagan boshqa fuqarolik va oilaviy masalalar.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish haqida hujjatlarni yuborish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish;

yuridik shaxslar va boshqa tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tganligi bilan bog‘liq ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

6.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Umumiy o‘rta ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

61.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Vasiylik va homiylikni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar;

farzandlikka olishni belgilash va bekor qilish bilan bog‘liq masalalar.

7.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

8.

Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlarni talab qilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

9.

“O‘zarxiv” agentligi

Arxiv ma’lumotnomalari va boshqa arxiv hujjatlari haqida ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

10.

Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

Pensiya va nafaqalar berish bilan bog‘liq ma’lumotlarni talabqilish bo‘yicha so‘rovlarni jo‘natish va ko‘rib chiqish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi PF-256-son Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.11.2020-y., 07/20/4895/1519-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 24.12.2025-y., 06/25/256/1205-son)