1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON MONTAJ VA MAXSUS QURILISh IShLARI (“O‘ZMONTAJMAXSUSQURILISh”) UYuShMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI
LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-avgustdagi 400-sonli “O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari (“O‘zmontajmaxsusqurilish”) uyushmasini tashkil etish” to‘g‘risidagi Farmonga muvofiq va tarmoqning montaj va maxsus qurilish, sozlash, loyiha-texnologiya tashkilotlari, sanoat korxonalarining bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitlarida samarali faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi trestlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin va bunda ular o‘z xo‘jalik mustaqilliklari va yuridik shaxs huquqini saqlab qolishlari nazarda tutilsin.
2. O‘zbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi bir oy muddat ichida:
uyushmani ta’sis etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni tugallasin;
Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun uyushma Ustavi loyihasini kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi apparat tuzilmasini, xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondini Ustavga muvofiq mustaqil belgilaydi. Uyushmaga 4 nafar rais o‘rinbosariga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega bo‘lish tavsiya etilsin.
Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari Ustavda belgilangan tartibda saylanadilar va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadilar. Uyushmaga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari jamoalar tomonidan saylanadi va uyushma Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Uyushma raisi va uning o‘rinbosarlariga O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari tegishli rahbar xodimlari uchun belgilangan moddiy-maishiy ta’minot va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari joriy etilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va tugatilgan Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi tomonidan ijara korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mexanizmining tajriba ishlanmasi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi bilan birgalikda 1992-yil-1993-yilning I-choragida “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish haqidagi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarori talablariga muvofiq keyinchalik mulk qilib sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasini tuzgan ijara korxonalarini jamoa mulki qilib sotib olish tadbirlarini amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Aloqa vazirligi “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Montaj va maxsus qurilish ishlari vazirligi uchun ilgari belgilangan transport vositalaridan, telefon, aloqa turlaridan foydalanish limitlarini saqlab qolsinlar.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqa xo‘jalik birlashmalari “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi korxonalari va tashkilotlarini rivojlantirish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘z vaqtida hal etishga yordam ko‘rsatsinlar.
7. “O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 25-uyga joylashishi belgilansin.
8. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Montaj va maxsus qurilish ishlari ministrligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 29-iyundagi 347-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari o‘rtoq K.N. To‘laganov zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-noyabr,
513-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-noyabrdagi 513-son qaroriga ILOVA
“O‘zmontajmaxsusqurilish” uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning RO‘YXATI
93-ijara maxsus tresti, Toshkent shahri
“O‘zsantexgazmontaj” ijara tresti, Toshkent shahri
“O‘zpromventilatsiya” ijara tresti, Toshkent shahri
“Sredazteplomontaj” ijara tresti, Toshkent shahri
“Fergananeftteximmontaj” ijara tresti, Farg‘ona shahri
“O‘zbekliftmontaj” ijara maxsus montaj boshqarmasi, Toshkent shahri
Ijara avtobazasi, Toshkent shahri
“O‘zmontajproyekt” ijaradagi loyiha-texnologiya instituti, Toshkent shahri
“O‘zmontajpromsnabkomplekt” O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish-tijorat markazi, Toshkent shahri
O‘quv markazi, Toshkent shahri
Markaziy normativ-tadqiqot stansiyasi, Toshkent shahri
Xo‘jalik hisobidagi “Kontrakt” aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish firmasi, Toshkent shahri
To‘ytepa metall konstruksiyalari zavodi, Toshkent viloyati, Yangi hayot shaharchasi
“O‘zmontajavtomatika” Farg‘ona boshqarmasi, Farg‘ona shahri
“Neftezavodmontaj” trestining Farg‘ona 2-montaj boshqarmasi, Farg‘ona shahri
“Uzelektromontaj” birlashmasi quyidagi tarkibda:
sobiq “Uzelektromontaj” tresti tashkilotlari
Toshkent yengil metall konstruksiyalari eksperimental zavodi, Toshkent shahri
“Uzbekvzriaprom” ijara korxonasi, Toshkent shahri
“Promsvyazmongaj” O‘zbekiston boshqarmasi, Toshkent shahri
“Uzmontajavtomatika” Toshkent boshqarmasi, Toshkent shahri
“SredazspetsMU” O‘rta Osiyo ixtisoslashtirilgan montaj-sozlash boshqarmasi, Toshkent shahri