toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
YANGI TAHRIRDAGI “BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 474-II-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 1998-yil 1-noyabrdan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 28-avgust,
№ 669-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y.,9-son, 169-modda)