Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Energiya manbalari narxlari keskin oshib ketganligi va respublikada ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlar tannarxining koʻtarilganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni liberallashtirish choralari toʻgʻrisida” 1992-yil 9-yanvardagi
4-son va “Respublika aholisiga bolalarga atalgan buyumlar va boshqa tovarlarni sotishni barqarorlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 1992-yil 19-yanvardagi
18-son qarorlarini qisman oʻzgartirgan holda:
mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan sharq namunasidagi kalishlarga erkin shartnomaviy narxlar joriy etilsin;
sharq namunasidagi kalishlar davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi tarmoqlarida aholiga belgilangan miqdorda sotiladigan tovarlar roʻyxatidan chiqarilsin.
2. Sharq namunasidagi kalishlar chakana narxlarining asossiz ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasi va respublikaning boshqa xoʻjalik tashkilotlari kalish ishlab chiqarayotganda ularni chiqarishning 10 foizidan oshmagan cheklangan rentabellikni nazarda tutsinlar;
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi va Oʻzbekbirlashuv chakana savdo tarmoqlari orqali aholiga kalish sotishda 10 foizga qadar savdo ustamasi belgilasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (oʻrtoq Boqiboyev) sharq namunasidagi kalishlarning joriy yilning yanvar—sentyabr oylarida aholiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son
qarorida koʻrsatilgan cheklangan belgilab qoʻyilgan narxlar boʻyicha sotilishi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligiga va “Oʻzbekrezinatexnika” ishlab chiqarish birlashmasiga ularning sharq namunasidagi kalishlarni ishlab chiqarishdagi xarajatlarini qoplash uchun respublika budjetidan mablagʻ ajratsin.