1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.02 Qurilish pudrati]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi (keyingi oʻrinlarda — reytinglar) hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan metodikalar asosida yuritilishi belgilab qoʻyilsin.
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar:
reytinglarni joriy etish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminotlar bir oy muddatda ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini;
reytinglar hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan statistik va idoraviy maʼlumotlar reyestrlarini oʻzida aks ettirgan idoralararo hujjatlar ikki hafta muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda ijro etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi reytinglar hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish ishlarida Qurilish vazirligiga, mutasaddi vazirliklar va idoralarga amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Quyidagilar reytinglarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;
loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha takomillashgan tizimni joriy etish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻliq rioya etilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;
loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha boʻyicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pogʻonalardan joy olishini taʼminlash.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga reytinglar hisobini yuritish uchun taqdim etiladigan tegishli statistik va idoraviy maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari masʼul etib belgilansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
reyting yuritish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Qurilish vazirligi markaziy apparatida boshqaruv xodimlari soni 4 ta shtat birligidan iborat boʻlim va ushbu boʻlimga biriktiriladigan 1 ta xizmat avtotransport vositasi ajratish;
boʻlimni saqlash va 1 ta xizmat avtotransport vositasini ajratish bilan bogʻliq xarajatlar Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilishi boʻyicha asoslangan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
699-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga ILOVA
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlari va xizmatlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning reyting maʼlumotlarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
2. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi (keyingi oʻrinlarda — reytinglar) hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda yuritiladi.
3. Reytinglar loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning innovatsion faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, xodimlarning salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun qurilish-montaj va loyiha ishlari sifatini sohalar boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardagi darajaga olib chiqishga zamin yaratadi.
4. Quyidagilar reytinglarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;
loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha takomillashgan tizimni joriy etish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻliq rioya etilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;
loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha boʻyicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pogʻonalardan joy olishini taʼminlash.
5. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
6. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Reytinglarni hisoblashga oid maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi
7. Loyiha-qidiruv va qurilishi-pudrat tashkilotlari reytinglarini shakllantirish sxemalari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllantiriladi.
8. Reytinglarni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligiga:
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar belgilangan tartibda idoraviy elektron maʼlumotlar bazalarini integrallashtirish orqali taqdim etib boriladi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaydi.
10. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxati ularning identifikatsiya xos raqamlari (STIR, KTUT, IFUT, XXTUT, MXOBT va boshqa zarur xos raqamlar) bilan birgalikda har chorak yakunidan soʻng keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar Qurilish vazirligiga yuboriladi;
Qurilish vazirligi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan yuborilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxatini bir kun muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tashkil etilgan reyting dasturiga joylashtiradi;
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistik va idoraviy maʼlumotlar bazalari negizida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminot vositasida reytingni hisoblash uchun talab etiladigan tegishli statistik va idoraviy maʼlumotlar besh kun muddatda belgilangan tartibda integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
Qurilish vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminot vositasida reytingning avtomatik hisoblanishi taʼminlanadi;
qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurilish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
11. Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Qurilish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning elektron roʻyxatini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tashkil etilgan reyting dasturiga joylashtiradi;
Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistik va idoraviy maʼlumotlar bazalari negizida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminot vositasida reytingni hisoblash uchun talab etiladigan tegishli statistik va idoraviy maʼlumotlar besh kun muddatda belgilangan tartibda integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
Qurilish vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminot vositasida reytingning avtomatik hisoblanishi taʼminlanadi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurilish vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
3-bob. Reytinglar natijalarini hisoblash va eʼlon qilish tartibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi va boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan statistik va idoraviy maʼlumotlar asosida Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodikalarga muvofiq belgilangan tartibda reytinglar hisoblari yuritiladi.
tegishli reytinglar koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari aniqlanadi;
har bir mezon boʻyicha koʻrsatkich ballar yigʻindisidan iborat boʻladi;
har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini ifodalaydi.
16. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi natijalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:
Ishonchlilik toifasi
Reyting bahosi
Ishonchlilik darajasi
Umumiy balllar (foizda)
A
AAA
Birinchi yuqori daraja
>/= 85%
AA
Ikkinchi yuqori daraja
>/= 75%
A
Uchinchi yuqori daraja
>/= 65%
B
VVV
Birinchi oʻrta daraja
>/= 55%
VV
Ikkinchi oʻrta daraja
>/= 40%
V
Uchinchi oʻrta daraja
>/= 35%
C
SSS
Birinchi qoniqarli daraja
>/= 30%
SS
Ikkinchi qoniqarli daraja
>/= 25%
S
Uchinchi qoniqarli daraja
>/= 20%
D
DDD
Birinchi quyi daraja
>/= 7%
DD
Ikkinchi quyi daraja
>/= 5%
D
Uchinchi quyi daraja
<5%
17. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi natijalariga koʻra qurilish-pudrat tashkilotining reyting bahosi “A” va “V” darajasidagi ishonchlilik toifasiga mansub boʻlgan taqdirda, obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan kafolat muddati inobatga olinmasdan obyekt qiymatining 5 foizi miqdoridagi mablagʻ qurilish-pudrat tashkilotiga toʻliq toʻlab beriladi.
4-bob. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarini reytinglarga kiritish va undan chiqarishning asoslari
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtganligi, asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlaridan (xizmatlar) iboratligi yuridik shaxslarni qurilish-pudrat tashkilotlari reytingiga kiritish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega ekanligi yuridik shaxslarni loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingiga kiritish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
19. Quyidagi hollarda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan Qurilish vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash
MEZONLARI
T/r
Guruh mezoni
Mezonlar
Koʻrsatkichlar
1.
Kadrlar siyosati
Salohiyat
Jami ishchilari soni
2.
Tashkilotdagi rahbar xodimlar soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)
3.
Muhandis-texnik xodimlar soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)
4.
Texnik ishlab chiqarish yoʻnalishi boʻyicha xodimlar soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)
5.
Qurilish obyektlarida ishlayotgan xodimlar soni (mutaxassislik va kasblar kodi boʻyicha)
6.
Sifat nazorati xodimlarning soni (mutaxassisliklar xos raqami boʻyicha)
7.
Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari soni
8.
Malaka
Tashkilot rahbarining oliy maʼlumotga egaligi (oliy taʼlim muassasasi va fakultetlar boʻyicha)
9.
Tashkilot rahbarining oliymaʼlumotiga ega emasligi
10.
Rahbar xodimlarning oliy maʼlumotga va 3 yillik mehnat stajiga ega boʻlganlari soni
11.
Muhandis-texnik xodimlarning oliy maʼlumotga va 3 yillik mehnat stajiga ega boʻlganlari soni
12.
Texnik ishlab chiqarish yunalishi boʻyicha xodimlarning oliy maʼlumotgava 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlganlari soni
13.
Qurilish obyektlarida ishlayotgan xodimlarning 3 yillik mehnat stajiga ega boʻlganlari soni
14.
Qurilish obyektlarida ishlayotgan xodimlarning 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlganlari soni
15.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malaka oshirgan xodimlar soni
16.
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha malaka sertifikatiga ega boʻlgan xodimlar soni
17.
Malaka oshirgan xodimlar soni
18.
Moliyaviy koʻrsatkichlari
Umumiy mezon
Yalpi tushum
19.
Samaradorlik
Rahbar xodimlarning oʻrtacha ish haqi
20.
Ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha ish haqi
21.
Likvidlik
Tez likvidlik koeffitsiyenti
22.
Toʻlov layoqati
Aktivlar oʻsishi
23.
Foyda soligʻi toʻlangunga qadar boʻlgan foyda
24.
Foyda soligʻi toʻlangunga qadar boʻlgan zarar
25.
Soliqdan qarzi
26.
Moliyaviy vositalar koeffitsiyenti
27.
Moliyaviy qaramlilik koeffitsiyenti
28.
Uzoq muddatli bank krediti olganligi
29.
Pudratchilar va vositachilardan qarzdorligi
30.
Uzoq muddatli qarzi
31.
Rentabellik
Rentabellik darajasi
32.
Mavjudlik
MHXS buxgalteriya hisobotiga joriy etilgani
33.
Raqobatbardoshligi
Xalqaro tenderlar
Xalqaro tenderlardagi ishtiroki
34.
Yutganlari
35.
Mahalliy tenderlar
Mahalliy tenderlardagi ishtiroki
36.
Yutganlari
37.
Mustaqil nazorat
ISO 9001 sertifikatga egaligi
38.
ISO 45001 sertifikatga egaligi
39.
ISO 14001 sertifikatga egaligi
40.
Xalqaro hamkorlik
Texnik va / yoki maxsus texnikalarni yangilash uchun xalqaro yoki xorijiy tashkilotlardan begʻaraz yordam olganligi
41.
Ish tajribasi
Qurilishdatajribasi
Qurilish-montaj ishlarini bajarishdagi tajribasi
42.
Manbalarni jalb qilish
Jami bajarilgan ish hajmi
43.
Amalga oshirilgan yangi qurilish, rekonstruksiya ishlari
44.
Amalga oshirilgan mukammal taʼmirlash ishlari
45.
Qonuniylik
Qurilish sohasida nazorat inspeksiya tomonidan qurilish meʼyorlari va qoidalari buzilganligi uchun sudga berilgan murojaatlarning soni
46.
Moddiy-texnik baza
Oʻziga tegishli mashina va mexanizmlar
Oʻz balansidagi maxsus texnika soni
47.
Samosval (20 tonnadan yuqori)
48.
Ekskavator (0,5-1,5 kub.m)
49.
Avtokran 10-25 tonna
50.
Minora krani
51.
Beton qorgich
52.
Qoziq qoquvchi texnika
53.
AKT resurslaridan foydalanish
Internetda tashkilotning veb-sayti mavjudligi
54.
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi
Qonuniylik
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan aniqlangan mehnat, mehnatni muhofaza qilish haqidagi qonunlar va texnika xavfsizligi, gigiyena talablari buzilishi holatlari
55.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalar
56.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalarning ijrosi
57.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan maʼmuriy jarima qoʻllanilganligi
58.
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan normalarning buzilishi holatlari sudga berilganligi
59.
Baxtsiz hodisalar mavjudligi
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar boʻyicha maʼlumotlar
60.
Texnologiyalashtirish
Dasturiy yechim
Korxonaning manbalari rejasi (KMR) tizimi joriy etilganligi