toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyati samaradorligini hamda natijadorligini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi (keyingi oʻrinlarda — reytinglar) hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan metodikalar asosida yuritilishi belgilab qoʻyilsin.
Reytingning asosiy yoʻnalishlari, mezonlari va har bir mezon boʻyicha belgilanadigan ballar hamda baholash metodikalari va reytingni shakllantirishning oylik muddatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Reytinglarni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar oʻrnatilgan tartibda taqdim etilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mutasaddi vazirliklar va idoralar:
reytinglarni joriy etish uchun “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminotlar bir oy muddatda ishlab chiqilishi va ishga tushirilishini;
reytinglar hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan statistik va idoraviy maʼlumotlar reyestrlarini oʻzida aks ettirgan idoralararo hujjatlar ikki hafta muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda ijro etilishini taʼminlasin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi reytinglar hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish hamda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirish ishlarida Qurilish vazirligiga, mutasaddi vazirliklar va idoralarga amaliy yordam koʻrsatsin.
6. Quyidagilar reytinglarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;
loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha takomillashgan tizimni joriy etish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻliq rioya etilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;
loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha boʻyicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pogʻonalardan joy olishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga reytinglar hisobini yuritish uchun taqdim etiladigan tegishli statistika va idoraviy maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralarning birinchi rahbarlari masʼul etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
reyting yuritish ishlarini samarali tashkil etish maqsadida Qurilish vazirligi markaziy apparatida boshqaruv xodimlari soni 4 ta shtat birligidan iborat boʻlim va ushbu boʻlimga biriktiriladigan 1 ta xizmat avtotransport vositasi ajratish;
boʻlimni saqlash va 1 ta xizmat avtotransport vositasini ajratish bilan bogʻliq xarajatlar Qurilish vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshiruvchi qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochilishi boʻyicha asoslangan takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-noyabr,
699-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qaroriga
ILOVA
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlari va xizmatlarni amalga oshirishdan iborat boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning reyting maʼlumotlarini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi (keyingi oʻrinlarda — reytinglar) hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan xolislik, oshkoralik va adolat tamoyillariga amal qilgan holda yuritiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3. Reytinglar loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, ularning innovatsion faoliyati darajasi va sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, xodimlarning salohiyatidan samarali foydalanish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun qurilish-montaj va loyiha ishlari sifatini sohalar boʻyicha dunyodagi yetakchi mamlakatlardagi darajaga olib chiqishga zamin yaratadi.
4. Quyidagilar reytinglarning asosiy vazifalari etib belgilansin:
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirgan holda ular reytingini yuritish;
loyiha va qurilish ishlarida markazlashtirilgan mablagʻlardan samarali foydalanish boʻyicha takomillashgan tizimni joriy etish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga toʻliq rioya etilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari oʻrtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali pudrat hamda loyiha ishlari bozorini rivojlantirish;
loyiha va qurilish sohasida mahoratli ishchi va xizmatchilarni (kadrlarni) tayyorlash, ular malakasini muntazam ravishda oshirib borish orqali loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari salohiyati oshirilishiga erishish;
loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari soha boʻyicha dunyodagi nufuzli tashkilotlar reytingida yuqori pogʻonalardan joy olishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliyaviy mezonlar, yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtgan manzili haqidagi maʼlumotlar hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (IFUT) yillik, qolgan mezonlar esa oylik maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
6. Ushbu Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Reytinglarni hisoblashga oid maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi
7. Loyiha-qidiruv va qurilishi-pudrat tashkilotlari reytinglarini shakllantirish sxemalari ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalarga muvofiq shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Reytinglarni hisoblash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan ish tajribasi, xodimlar, shu jumladan, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar, toʻlangan soliqlar va ish haqi fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan zarur idoraviy maʼlumotlar belgilangan tartibda idoraviy elektron maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish orqali taqdim etib boriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiyligini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxati ularning identifikatsiya xos raqamlari (STIR, KTUT, IFUT, XXTUT, MXOBT va boshqa zarur xos raqamlar) bilan birgalikda har chorak yakunidan soʻng keyingi oyning oʻninchi kuniga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga yuboriladi;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan yuborilgan qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron roʻyxatini bir kun muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tashkil etilgan reyting dasturiga joylashtiradi;
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistika va idoraviy maʼlumotlar bazalari negizida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilingan dasturiy taʼminot vositasida reytingni hisoblash uchun talab etiladigan tegishli statistika va idoraviy maʼlumotlar besh kun muddatda belgilangan tartibda integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilingan dasturiy taʼminot vositasida reytingning avtomatik hisoblanishi taʼminlanadi;
qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini hisoblash tartibi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslarning elektron roʻyxatini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tashkil etilgan reyting dasturiga joylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, mutasaddi vazirliklar va idoralar statistik va idoraviy maʼlumotlar bazalari negizida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalashtirilgan dasturiy taʼminot vositasida reytingni hisoblash uchun talab etiladigan tegishli statistika va idoraviy maʼlumotlar besh kun muddatda belgilangan tartibda integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilingan dasturiy taʼminot vositasida reytingning avtomatik hisoblanishi taʼminlanadi;
loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Mazkur Nizomning 10 va 11-bandlarida belgilangan barcha jarayonlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
3-bob. Reytinglar natijalarini hisoblash va eʼlon qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa mutasaddi vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan statistika va idoraviy maʼlumotlar asosida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan metodikalarga muvofiq belgilangan tartibda reytinglar hisoblari yuritiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
14. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytinglarini aniqlash mezonlari ushbu Nizomga 3 va 4-ilovalarga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Reytinglar ballari quyidagilardan shakllantiriladi:
tegishli reytinglar koʻrsatkichlari boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari aniqlanadi;
har bir mezon boʻyicha koʻrsatkich ballar yigʻindisidan iborat boʻladi;
har bir mezon boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini ifodalaydi.
16. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi natijalari quyidagi toifalarga boʻlinadi:

Ishonchlilik toifasi

Reyting bahosi

Ishonchlilik darajasi

Umumiy balllar (foizda)

A

AAA

Birinchi yuqori daraja

>/= 85%

AA

Ikkinchi yuqori daraja

>/= 75%

A

Uchinchi yuqori daraja

>/= 65%

B

VVV

Birinchi oʻrta daraja

>/= 55%

VV

Ikkinchi oʻrta daraja

>/= 40%

V

Uchinchi oʻrta daraja

>/= 35%

C

SSS

Birinchi qoniqarli daraja

>/= 30%

SS

Ikkinchi qoniqarli daraja

>/= 25%

S

Uchinchi qoniqarli daraja

>/= 20%

D

DDD

Birinchi quyi daraja

>/= 7%

DD

Ikkinchi quyi daraja

>/= 5%

D

Uchinchi quyi daraja

<5%

17. Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingi natijalariga koʻra qurilish-pudrat tashkilotining reyting bahosi “A” va “V” darajasidagi ishonchlilik toifasiga mansub boʻlgan taqdirda, obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng buyurtmachi tomonidan kafolat muddati inobatga olinmasdan obyekt qiymatining 5 foizi miqdoridagi mablagʻ qurilish-pudrat tashkilotiga toʻliq toʻlab beriladi.
4-bob. Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarini reytinglarga kiritish va undan chiqarishning asoslari
18. Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtganligi, asosiy faoliyat turi qurilish-montaj ishlaridan (xizmatlar) iboratligi yuridik shaxslarni qurilish-pudrat tashkilotlari reytingiga kiritish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun tegishli litsenziyaga ega ekanligi yuridik shaxslarni loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingiga kiritish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
19. Quyidagi hollarda qurilish-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
qurilish-pudrat tashkilotining asosiy faoliyat turi boshqa faoliyat turiga oʻzgarganda;
qurilish-pudrat tashkiloti tugatilganda.
20. Quyidagi hollarda loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
Oldingi tahrirga qarang.
loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan loyiha-qidiruv tashkiloti litsenziyasi bekor qilinganda.
(20-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
loyiha-qidiruv tashkiloti tugatilganda.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini shakllantirish
SXEMASI
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini shakllantirish
SXEMASI
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini hisoblash
MEZONLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Mezonlar

Koʻrsatkichlar

1.

Korporativ boshqaruv tizimi

Jami ishchilari soni

2.

Mutaxassislarning umumiy ish tajribasi

3.

Malaka oshirgan xodimlar soni (respublika hududida)

4.

Malaka oshirgan xodimlar soni (rivojlangan xorijiy mamlakatlarda)

5.

Malakaga egalik toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatlarga ega xodimlar soni

6.

Xalqaro ISO 9001 standartlariga asoslangan sifatni boshqarish tizimi mavjudligi

1.

Moliyaviy barqarorligi, samaradorligi va sohadagi faolligi

Tashkilotning rentabelligi

2.

Soliqdan qarzdorlik holatlari

3.

Xodimlarning oʻrtacha ish haqi miqdori

1.

Faoliyat natijadorligi

Murakkablik toifasiga tegishli ishlab chiqilgan loyihalar soni

2.

Tender savdolari va tanlovlarda erishgan natijalari

3.

Xorijiy buyurtmalar asosida ishlab chiqilgan loyihalar soni

4.

Boshqa murakkablik toifasiga tegishli ishlab chiqilgan loyihalar soni

5.

Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalari

6.

Obyektlarning eskiz loyihalarini shaharsozlik kengashida koʻrib chiqilish natijalari

7.

Amalga oshirilgan mualliflik nazoratinatijalari

8.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining taqdimnomalari

1.

Ishlab chiqarish samaradorligi

Jami bajarilgan ishlar qiymati

2.

Bino va inshootlar maydoni

3.

Litsenziyalangan daturiy taʼminotlar

4.

“BIM” texnologiyalariga asoslangan litsenziyalangan dasturiy taʼminotlar

5.

Zamonaviy kompyuter va noutbuklar soni

6.

Nusxa olish va koʻchirish texnikalari mavjudligi

7.

Boshqa turdagi texnikalar, asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari

8.

Bajarilgan ish hajmining har bir xodimga toʻgʻri keladigan miqdori

Izoh. Reytingning asosiy yoʻnalishlari, mezonlari va har bir mezon boʻyicha belgilanadigan ballar hamda baholash metodikalari va reytingni shakllantirishning oylik muddatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qurilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish.boʻyicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini aniqlash
MEZONLARI*

T/r

Guruh mezoni

Mezonlar

Koʻrsatkichlar

1.

Kadrlar siyosati

Salohiyat

Tashkilot rahbarining mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga egaligi

2.

Muhandis-texnik xodimlar soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)

3.

Sifat nazorati xodimlari soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)

4.

Mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari soni (mutaxassisliklar kodi boʻyicha)

5.

Baxtsiz hodisalar

6.

Malaka

Ishchilarning bevosita soha boʻyicha 5 yil ish stajiga ega boʻlganlari soni

7.

Moliyaviy koʻrsatkichlar

Samaradorlik

Realizatsiya qilishdan tushgan sof tushum (QQS bilan)

8.

Jismoniy shaxslarning daromad soligʻini toʻlagan xodimlar soni (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 12 oy uchun)

9.

Toʻlov layoqati

Xodimlarning oʻrtacha ish haqi (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 12 oy uchun)

10.

Foyda soligʻi toʻlangunga qadar foyda (yillik)

11.

Aktivlar oʻsish holati

12.

Davlat roʻyxatidan oʻtgan sanasi (har bir yili uchun 1 ball 10 yil 10 ball)

13.

Soliq qarzi (soʻrovnoma yuborilgan sanadagi baholash sanasiga, qarzi minus 5 jarima ball)

14.

Soliq xavfi darajasi (soʻrovnoma yuborilgan sanadagi baholash sanasiga)

15.

Rentabellik

Oxirgi 3 yilda rentabellik darajasi (soʻrov yuborilgandan keyin oxirgi 3 yillik)

16.

Raqobatbardoshligi

Mustaqil nazorat

Xalqaro ISO 9001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_9001)

17.

Xalqaro ISO 45001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_45001)

18.

Xalqaro ISO 14001 sertifikatiga egaligi (certificate_ISO_14001)

19.

Milliy ISO 9001 ISO 45001 ISO 14001 sertifikatiga egaligi

20.

Ish tajribasi

Qurilish sohasidagi tajribasi

Pudrat shartnomasiga muvofiq oʻz vaqtida topshirilgan obyektlar soni (oʻz vaqtida topshirilmagan har bir obyekt uchun minus 1 jarima ball)

21.

Qonuniylik

Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan berilgan va bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar ijrosini taʼminlamaslik holatlari (har bir holat uchun minus 1 jarima ball)

22.

Maʼmuriy javobgarlik kodeksining 99-moddasi boʻyicha jarimaga tortilganlik holati (har bir holat uchun minus 1 jarima ball)

23.

Muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan metall prokati xarid qilganligi (har bir obyekt uchun)

24.

Qurilish-montaj ishlari yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilganlik holati (har bir holat uchun minus 5 jarima ball)

25.

Moddiy-texnik baza

Oʻziga tegishli mashina va mexanizmlar

Yuk avtomashinasi

26.

Avtokran (balonda yuradigan)

27.

Avtokran (temir zanjirda yuradigan)

28.

Minorali kran

29.

Yuk koʻtaradigan mashina

30.

Bir kovushli ekskavator

31.

Gusenitsali kran, ekskavator-kran

32.

Traktordagi buldozer

33.

Ogʻir yuk tashiydigan pritsep (treyler)

34.

Avtomobilda yuradigan kran

35.

Yuk va yukpassajirli koʻtargich

36.

Avtogidrokoʻtargich

37.

Inventar va koʻchma beton qorishmasini aralashtiradigan qurilma

38.

Bir kovushli yuk ortgich

39.

Kichik qurilish mexanizmlari (perforator, drel, elektr bolgʻa, torkret pushka, sirkulyar arra, trambovka va shu kabi boshqa qurilish-sayqallash mashinalari), asbob-qurollarni taqsimlash koʻchma punkti, gidrotoʻqmoq

Oldingi tahrirga qarang.
Izoh. Reytingning asosiy yoʻnalishlari, mezonlari va har bir mezon boʻyicha belgilanadigan ballar hamda baholash metodikalari va reytingni shakllantirishning oylik muddatiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Qurilish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-43-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boʻyicha respublika shtabi bilan kelishgan holda kiritiladi.
(4-ilovaning izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-noyabrdagi 665-sonli qarori tahririda)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 09/20/699/1486-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/64/0107-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)