Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2010-yil 30-noyabrdagi 102-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2175, 2010-yil 30-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 531-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarining mexanizmi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“3. Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq, uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va ish haqi (pensiyalar, nafaqa) toʻlanadigan muddatlarda toʻlanadi. Bunda, kompensatsiyalar har oyda korxona shtatida turgan har bir xodimga ish joyida, pensionerlarga va nafaqa oladigan nogironligi boʻlgan bolalar hamda nafaqa oladigan pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan, mehnatga qobiliyatsiz keksa fuqarolarga — pensiya (nafaqa) olish joyida toʻlanadi.”.
2.
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“6. Kompensatsiyalar quyidagi tartibda toʻlanadi:
pensionerlar va ijtimoiy nafaqalar oluvchilarga — pensiya (ijtimoiy nafaqa) toʻlash bilan bir vaqtda;
ishlaydigan fuqarolarga, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi ishlaydigan pensionerlarga ish haqini toʻlash muddatlarida.”.
3.
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“10. Ishlovchi fuqarolar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi ishlovchi pensionerlar ishdan boʻshash holatida, xodim boʻshayotgan oy uchun kompensatsiya ish joyida toʻlanadi.”.
4.
12-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.