Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika mashina-traktor parklariga va qishloq xoʻjaligi korxonalariga lizing asosida zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi yetkazib berishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Germaniyaning qishloq xoʻjaligi mashinasozligi va urugʻchilik korxonalari “Zelko” uyushmasi hamda “Oʻzsanoatmashimpeks” davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasining ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasini taʼsis etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasining dastlabki ustav jamgʻarmasi muassislar qoʻyilmalari hamda kompaniya aksiyalarining boʻsh ulushini yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida
1-ilovaga muvofiq joylashtirish hisobiga 1000 mln soʻm miqdorida shakllantiriladi.
“Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” lizing kompaniyasi bir oy muddatda lizing kompaniya aksiyalari emissiyalari prospektini tayyorlasin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazida roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” aksiyadorlik lizing kompaniyasining ustav jamgʻarmasini shakllantirishda vazirlikning fan va texnika markazlashtirilgan jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga 80 mln soʻmlik aksiyalar paketini sotib olish yoʻli bilan belgilangan tartibda qatnashsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “OʻzKeysagrolizing” Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma lizing kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 27-fevraldagi 111-son qarorining
4 va
5-bandlari (7-xat boshidan tashqari) “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyatiga tatbiq etilsin, bojxona rasmiylashtirishlari uchun yigʻimlar toʻlash boʻyicha imtiyozlar bundan mustasno.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob Jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratishda Markaziy bank bilan birgalikda “Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qishloq xoʻjaligi korxonalariga koʻrsatilgan lizing xizmatlari uchun qarzlarning qoplanishini nazarda tutsin.
8. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-lizing” lizing kompaniyasining boshqa hammuassislari bilan birgalikda yangidan tashkil etilayotgan lizing kompaniyasi Ustavini bir oy muddatda tayyorlasin, tasdiqlasin va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.