toggle_night_mode
Hujjat 03.11.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
“Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 8-iyundagi 122-son “Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3258, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3258/1057-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A.K. ShADMONOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-noyabr,
133-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi raisining birinchi oʻrinbosari O.A.U. AMINOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 3-noyabrdagi 133-son buyrugʻiga
ILOVA
“Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan Orfan dori vositalari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolash uchun moʻljallangan tibbiy buyumlar roʻyxati”.
“Dori vositasining xalqaro patentlanmagan nomi” ustuni “patentlanmagan nomi” degan soʻzlardan keyin “/Bogʻlov vositalari va yordamchi vositalar nomi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 139 — 163-bandlar bilan toʻldirilsin:

139.

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon modellashtirilgan bogʻlam 10 sm x 18 sm

Bullyoz epidermolizi

Bullyoz epidermolizi

Q-81

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon modellashtirilgan bogʻlam 20 sm x 30 sm

140.

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon uch qavatli modellashtirilgan bogʻlam
15 sm x
15 sm

141.

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon uch qavatli modellashtirilgan bogʻlam
20 sm x 50 sm

142.

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon ikki qavatli modellashtirilgan bogʻlam 15 sm x 20 sm

143.

Yumshoq silikon qoplamali gʻalvirsimon ikki qavatli modellashtirilgan bogʻlam 20 sm x 50 sm

144.

Bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun naychasimon elastik bint 3,5 sm x 10 m

145.

Bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun naychasimon elastik bint 5 sm x 10 m

146.

Bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun naychasimon elastik bint 7,5 sm x 10 m

147.

Bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun naychasimon elastik bint 10,75 sm x 10 m

148.

Bogʻlamlarni fiksatsiyalash uchun naychasimon elastik bint 20 sm x 10 m

149.

Fiksatsiyalashuvchi bint (plastir) 4 sm x 1,5 m

150.

Yaralarni davolovchi, Atravmatik, asosi toʻqima va moʻmdan iborat boʻlgan steril, Metiluratsilmalxamli bogʻlam 10 sm x 10 sm

151.

Yaralarni davolovchi, Atravmatik, asosi toʻqima va moʻmdan iborat boʻlgan steril, Povidon-yod malxamli bogʻlam 25 sm x 10 sm

152.

Antimikrobli gidrogel bogʻlami Miramistin bilan 5 sm x 10 sm

153.

Ogʻriqsizlantiruvchi atravmatik bogʻlam Ximotripsin bilan 5 sm x 7,5 sm

154.

Jarohatni davolash uchun biopolimer bogʻlam 10 sm x 10 sm

155.

Salfetkalar (sterillangan) 10 sm x 20 sm

156.

Fiksatsiyalovchi bint 4 m x 4 sm

157.

Fiksatsiyalovchi bint 4 m x 6 sm

158.

Fiksatsiyalovchi bint 4 m x 8 sm

159.

Fiksatsiyalovchi bint 4 m x 10 sm

160.

Fiksatsiyalovchi bint 4 m x 12 sm

161.

Peruan balzamli bogʻlam (sterillangan) 10 sm x 20 sm

162.

Fiksatsiyalovchi elastik tibbiyot binti 8 sm x 20 m

163.

Fiksatsiyalovchi elastik tibbiyot binti 6 sm x 20 m

”.
3. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.11.2020-y., 10/20/3258-1/1453-son)