toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2022
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING
QARORI
“POChTA ALOQASI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi O‘RQ-777-sonli “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 2000-yil 14-sentabrdagi 179-180 (2476-2477)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, vazirliklar hamda idoralar mazkur Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2000-yil 31-avgust,
119–II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7–8-son, 211-modda)