

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;10.06.2022
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25251" id="onLBC-25251">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6995"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;</span></div><div id="LBC6997"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-25251" id="onLS-25251">[<b>TSZ:</b><div id="LS3744"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Aloqa]</span></div></div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-25258" id="-25258">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-25265" id="-25265">POChTA ALOQASI TOʻGʻRISIDA </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-25268" id="-25268"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-6887541" id="-6887541">Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 9-iyundagi OʻRQ-777-sonli “ Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi <a href="/mact/-6058066?ONDATE=10.06.2022 00#-6058930">Qonuniga </a>asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-1474451" id="-1474451">Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 22-apreldagi OʻRQ 211-sonli “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi <a href="/mact/-1472830#-1472842">Qonuniga</a> muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25270" id="-25270">1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25271" id="onLBC-25271">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25271" id="-25271">Ushbu Qonunning maqsadi pochta aloqasini tashkil etish, uning faoliyati va rivojlanishi sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25272" id="-25272">2-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25273" id="onLBC-25273">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25273" id="-25273">Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25274" id="onLBC-25274">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7693"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25274" id="-25274">Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25275" id="-25275">3-modda. Asosiy tushunchalar</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25277" id="onLBC-25277">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25277" id="-25277">Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25279" id="-25279">abonentlik pochta javoni — turar joy binosining kirish yoʻlagi (vestibyuli)da, shuningdek xat-xabarlar va davriy nashrlar yetkaziladigan uchastkada adresatlarning yozma xat-xabarlar va davriy nashrlarni olishlari uchun oʻrnatiladigan, qulflanadigan qutichalardan iborat maxsus javon;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25294" id="-25294">adresat — pochta joʻnatmasi, pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi, telegraf xabarlari va boshqa xabarlar yoʻllangan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25299" id="-25299">yozma xat-xabarlar — oddiy, buyurtma va qimmatli xatlar, banderollar, oddiy va buyurtma pochta varaqchalari hamda sekogrammalari (koʻzi ojizlar uchun), shuningdek mayda paketlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25303" id="-25303">milliy operator — pochta aloqasi milliy operatori, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan zimmasiga Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida universal xizmatlarni majburiy ravishda koʻrsatish vazifasi yuklatilgan operator;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25305" id="-25305">nomli buyum — hujjatlar va pochta joʻnatmalariga pochta aloqasi obyektining nomi, pochta joʻnatmasi qabul qilingan va yetkazilgan sana hamda boshqa maʼlumotlardan iborat tamgʻa tushiruvchi qurilma;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25309" id="-25309">operator — pochta aloqasi operatori, yaʼni mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida pochta aloqasi tarmogʻiga egalik qiluvchi va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25327" id="-25327">pochta aloqasi — pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish (qabul qilish, ishlov berish, tashish, oʻtkazish)ni va yetkazib berish (topshirish)ni taʼminlovchi texnik va transport vositalarining yagona ishlab chiqarish-texnologiya majmuini oʻzida mujassamlashtirgan aloqa turi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25330" id="-25330">pochta aloqasi vositalari — pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar, texnika va transport vositalari, shuningdek, pochta konvertlari, varaqchalari va idishlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25333" id="-25333">pochta aloqasi obyektlari — pochta aloqasi operatorlarining alohida boʻlinmalari, yaʼni pochtamtlar, pochta aloqasi uzellari, boʻlimlari va punktlari, shuningdek, temir yoʻl stansiyalari va aeroportlar qoshidagi pochta almashish punktlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25336" id="-25336">pochta aloqasi tarmogʻi — pochta aloqasi obyektlari va pochta yoʻnalishlari majmui;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25338" id="-25338">pochta aloqasi xizmatlari — operator yoki provayderning pochta joʻnatmalarini, shuningdek pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini joʻnatish boʻyicha faoliyati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25340" id="-25340">pochta joʻnatmalari — manzili koʻrsatilgan yozma xat-xabarlar, posilkalar, toʻgʻri joʻnatiluvchi pochta konteynerlari va tegishlicha oʻrovdagi bosma nashrlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25342" id="-25342">pochta indeksi — pochta aloqasi obyekti manzilining shartli belgisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25345" id="-25345">pochta toʻlovining davlat belgilari — pochta joʻnatmalaridagi pochta aloqasi xizmatlari haqi toʻlanganligini tasdiqlovchi pochta markasi va frankirlash mashinasining tamgʻa izi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25348" id="-25348">pochta qutisi — oddiy xatlar va pochta varaqchalarini yigʻishga moʻljallangan, belgilangan shakl va oʻlchamdagi, operator yoki provayderning qulflanadigan maxsus qutisi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25352" id="-25352">provayder — pochta aloqasi xizmatlari provayderi, yaʼni foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini tijorat asosida pochta aloqasi operatorining tarmogʻi orqali koʻrsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25353" id="-25353">pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi — pochta aloqasi operatori yoki provayderining pochta aloqasi va telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda pul mablagʻlarini joʻnatishdan iborat xizmati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25354" id="-25354">tayanch punktining pochta javoni — pochta joʻnatmalarini yetkazish uchastkasida pochta joʻnatmalarini vaqtincha saqlash yoki adresat pochta joʻnatmalarini olishi uchun moʻljallangan, qulflanadigan maxsus javon;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25355" id="-25355">umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi — barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun ommaviy shartnoma shartlari asosida ochiq boʻlgan pochta aloqasining turi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25356" id="-25356">universal xizmatlar — pochta aloqasining universal xizmatlari, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasining yozma xat-xabarlarni joʻnatish boʻyicha barcha foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan xizmatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25357" id="-25357">foydalanuvchi — pochta aloqasi xizmatidan foydalanuvchi, yaʼni pochta aloqasi xizmatlarining isteʼmolchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25358" id="-25358">frankirlash mashinasi — yozma xat-xabarlarga pochta aloqasi xizmatlari uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi pochta toʻlovining davlat belgilarini, ushbu xat-xabarlarni qabul qilish sanasini va boshqa maʼlumotlarni tushirishga moʻljallangan mashina;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25359" id="-25359">qimmatli pochta joʻnatmalari — foydalanuvchi tomonidan joʻnatish vaqtida joylanma qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmalari.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25360" id="-25360">4-modda. Pochta aloqasi faoliyatining asosiy prinsiplari</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25362" id="-25362">Pochta aloqasi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25363" id="-25363">hamma foydalanuvchilar uchun ochiqligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25365" id="-25365">Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida pochta joʻnatmalari tranzitining erkinligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25367" id="-25367">umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi faoliyatida ishtirok etishda yuridik va jismoniy shaxslarning teng huquqliligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25369" id="-25369">har bir shaxsning yozishmalari va pochta joʻnatmalari sir tutilishi huquqini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25370" id="-25370">pochta aloqasi sohasida standartlar, qoidalar va normalarning yagonaligi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25371" id="-25371">5-modda. Pochta aloqasi mulki</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25372" id="onLBC-25372">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6203"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.03.00 Xususiy mulk;</span></div><div id="LBC18905"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.04.00 Ommaviy mulk / 03.08.04.01 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25372" id="-25372">Pochta aloqasining mol-mulki ommaviy yoki xususiy boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25373" id="-25373">Pochta aloqasining mulqdorlari qonun bilan kafolatlangan teng huquqlarga egadir.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25374" id="-25374">6-modda. Pochta aloqasi turlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25376" id="onLBC-25376">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25376" id="-25376">Oʻzbekiston Respublikasida pochta aloqasi umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi va maxsus moʻljallangan pochta aloqasiga boʻlinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25377" id="-25377">Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi operator va provayderlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida pochta aloqasi faoliyatining yagona prinsiplari asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25378" id="-25378">Maxsus moʻljallangan pochta aloqasi quyidagilarga boʻlinadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25379" id="-25379">pochta aloqasi sohasida maxsus vakolatli organning maxsus aloqasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25380" id="-25380">davlat feldyegerlik aloqasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25382" id="-25382">Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining feldyegerlik-pochta aloqasi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25384" id="-25384">Maxsus moʻljallangan pochta aloqasining faoliyati qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25386" id="-25386">7-modda. Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25392" id="onLBC-25392">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6996"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25392" id="-25392">Pochta aloqasi sohasini davlat tomonidan tartibga solish yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni shakllantirish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish, soliq solish yoʻli bilan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25393" id="onLBC-25393">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25393" id="-25393">Pochta aloqasi sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan maxsus vakolatli organ (bundan buyon — maxsus vakolatli organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25394" id="-25394">8-modda. Maxsus vakolatli organ</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25395" id="onLBC-25395">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6996"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.02.00 Aloqa sohasini boshqarish. Aloqa sohasidagi faoliyatlarni litsenziyalash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25395" id="-25395">Maxsus vakolatli organ:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25396" id="-25396">pochta aloqasini rivojlantirish milliy dasturlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25397" id="-25397">umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarini (bundan buyon — pochta qoidalari deb yuritiladi) tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25398" id="-25398">universal xizmatlar tarifini tartibga soladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25399" id="-25399">pochta aloqasining texnik vositalarini belgilangan talablarga muvofiqligiga doir sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25400" id="-25400">davlat pochta toʻlov belgilarining namunalarini tasdiqlaydi va ularni nashr etish, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish tartibini belgilaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25401" id="-25401">operatorlar va provayderlar uchun majburiy boʻlgan pochta indekslarini, yozma xat-xabarlarning olib ketish davriyligi normativlarini, shuningdek, pochta joʻnatmalari oʻtishining nazorat muddatlarini tasdiqlaydi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25402" id="-25402">pochta aloqasi tarmoqlari va xizmatlarini rivojlantirish, shuningdek, pochta va axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha operator va provayderlarning faoliyatini muvofiqlashtirib turadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25403" id="-25403">koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qiladi, foydalanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar masalalarini qarab chiqadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25404" id="-25404">kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25405" id="-25405">xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25406" id="-25406">qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25407" id="-25407">9-modda. Universal xizmatlar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25408" id="-25408">Oʻzbekiston Respublikasi hududida universal xizmatlar milliy operator tomonidan koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25409" id="-25409">Universal xizmatlarni koʻrsatish qoidalari va ularning sifatiga boʻlgan talablar maxsus vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25410" id="-25410">10-modda. Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25411" id="onLBC-25411">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25411" id="-25411">Pochta aloqasi xizmatlari uchun toʻlov, operator yoki provayder tomonidan shartnoma asosida belgilab qoʻyiladigan tariflar boʻyicha aniqlanadi, universal xizmatlar bundan mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25412" id="-25412">Universal xizmatlar uchun toʻlov qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlanuvchi tarif asosida aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25413" id="-25413">Yozma xat-xabar joʻnatganlik uchun toʻlov yozma xat-xabarga pochta toʻlovining davlat belgisini tushirish orqali tasdiqlanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25414" id="-25414">11-modda. Yozishmalar va pochta joʻnatmalari siri</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25415" id="onLBC-25415">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7286"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.02 Xizmat va tijorat siri]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25415" id="-25415">Yozishmalar va pochta joʻnatmalari sirini saqlash maqsadida operator va provayderlarga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, quyidagilar taqiqlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25416" id="-25416">joʻnatuvchining yoki adresatning qonuniy vakilidan boshqa uchinchi shaxsga pochta joʻnatmalari va foydalanuvchilarning manzillari haqidagi maʼlumotlarni oshkor etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25417" id="-25417">pochta joʻnatmasini ochish yoki ochmasdan uning joylanmasiga doir maʼlumotlarni bilib olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25418" id="-25418">pochta joʻnatmalarining joylanmasidan boshqa shaxsni xabardor qilish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25419" id="-25419">12-modda. Operator va provayderlarning huquqlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25420" id="onLBC-25420">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25420" id="-25420">Operator va provayderlar quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25421" id="-25421">foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini va shartnoma asosidagi boshqa xizmatlarni koʻrsatish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25422" id="-25422">foydalanuvchi pochta qoidalarida belgilangan talablarni buzgan taqdirda unga pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishni toʻxtatib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25423" id="-25423">xalqaro pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatganlik uchun chet el mamlakatlarining pochta maʼmurlari va operatorlari bilan oʻzaro hisob-kitoblarni yuritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25424" id="-25424">oʻz belgisiga ega boʻlish va undan qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyatida foydalanish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25425" id="-25425">Operatorlar va provayderlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25438" id="-25438">13-modda. Milliy operatorning mutlaq huquqlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25439" id="onLBC-25439">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC5960"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.02.00.00 Davlat ramzlari. Poytaxt / 01.02.01.00 Davlat gerbi, madhiyasi, bayrogʻi;</span></div><div id="LBC6997"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25439" id="-25439">Milliy operator quyidagi mutlaq huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25440" id="-25440">pochta vagonlari va pochta qutilariga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirini tushirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25441" id="-25441">boshqa davlatlarning pochta maʼmurlari bilan pochta aloqasi sohasidagi oʻzaro munosabatlarda va xalqaro tashkilotlarda oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25442" id="-25442">oddiy xatlar va pochta varaqchalarini joʻnatish, davlat pensiya va nafaqalarini yetkazib berish (topshirish) boʻyicha xizmatlar koʻrsatish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25445" id="-25445">14-modda. Operator va provayderlarning majburiyatlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25446" id="onLBC-25446">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25446" id="-25446">Operator va provayderlar quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25447" id="-25447">pochta aloqasi sohasidagi faoliyatni pochta qoidalariga muvofiq amalga oshirish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25448" id="-25448">foydalanuvchilarning pochta aloqasi xizmatlaridan erkin foydalana olishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25449" id="-25449">pochta aloqasi koʻrsatayotgan xizmatlar sifatli boʻlishini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25450" id="-25450">pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25451" id="-25451">pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan texnologik uskunalar, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va axborotlashtirish vositalariga ega boʻlish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25454" id="-25454">foydalanuvchilarga pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartlari va tartibi toʻgʻrisidagi, shuningdek pochta aloqasi xizmatlari tariflarining oʻzgarganligi haqidagi axborotni taqdim etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25455" id="-25455">pochta aloqasi xizmatlarining bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlarni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25456" id="-25456">Operator va provayderlar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25457" id="-25457">15-modda. Operator va provayderlarning oʻz majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarligi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25460" id="onLBC-25460">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7007"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.13.00 Aloqaga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25460" id="-25460">Operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoxud lozim darajada bajarmaganlik uchun foydalanuvchilar oldida qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar. Operator va provayderlarning javobgarligi pochta joʻnatmalarini yoʻqotish, buzish (shikastlash), joylanmalarning kam chiqishi, pochta joʻnatmalarini yetkazib bermaslik (topshirmaslik) yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini amalga oshirishning nazorat muddatlarini buzish hamda pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan talablari boshqacha tarzda buzilgan hollarda yuzaga keladi. </div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25463" id="onLBC-25463">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6290"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.03.00 Tovarlar, ishlar yoki xizmatlar yetishmovchiligi natijasida yetkazilgan zararni undirish]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25463" id="-25463">Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatishda foydalanuvchilarga yetkazilgan zararlar operator yoki provayder tomonidan quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25466" id="-25466">pochta joʻnatmalari: buyurtma xat, buyurtma pochta varaqchasi, buyurtma banderol yoki pochta joʻnatmasini topshirganlik toʻgʻrisidagi buyurtma xabar qogʻozi yoʻqotilgan hollarda — pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka; posilka, qimmatli banderol yoki qimmatli xat uchun — eʼlon qilingan qiymatning ikki barobari va pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka (eʼlon qilingan qiymat uchun tarif toʻlovi bundan mustasno);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25470" id="-25470">qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxati bilan joʻnatganda joylanmaning bir qismi yetishmagan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda — joʻnatuvchi roʻyxatda koʻrsatgan joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismi eʼlon qilingan qiymatining ikki barobari miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25475" id="-25475">qimmatli pochta joʻnatmasini joylanma roʻyxatisiz joʻnatganda joylanmaning bir qismi yoʻqolgan yoki buzilgan (shikastlangan) hollarda — joylanmaning yetishmayotgan yoki buzilgan (shikastlangan) qismining yuborilgan joylanma ogʻirligiga (pochta joʻnatmasi ustki oʻramini istisno etganda) nisbati bilan mutanosib tarzda aniqlanadigan pochta joʻnatmasi qiymati eʼlon qilingan qismining ikki barobari miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25478" id="-25478">adresatga pul mablagʻlarining pochta yoki telegraf oʻtkazmasi toʻlanmaganda yoki notoʻgʻri toʻlanganda, agar oʻtkazilgan pullarni adresatga berishning imkoni boʻlmay, u joʻnatuvchiga ham toʻlanmagan boʻlsa — oʻtkazmaning toʻlanmagan yoki yetarlicha toʻlanmagan qismi summasi miqdorida hamda pochta aloqasi xizmatlariga toʻlangan summa miqdorida neustoyka;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25482" id="-25482">adresatdan ustama toʻlov miqdorini yetarlicha olmagan yoki ustama toʻlovni notoʻgʻri toʻlaganda — kam olingan yoki notoʻgʻri toʻlangan ustama toʻlov summasi miqdorida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25489" id="-25489">posilkalar, qimmatli xatlar, qimmatli banderollar, shuningdek, pul mablagʻlarining pochta va telegraf oʻtkazmalarini belgilangan muddatlardan koʻproq ushlab qolgan hollarda — ushlanib qolingan har bir kun uchun pochta xizmatlariga toʻlangan summaning bir foizi miqdorida, lekin ushbu xizmatga toʻlangan summadan koʻp boʻlmagan miqdorda neustoyka. Zararlar joʻnatuvchilarning yoki adresatlarning talabiga binoan toʻlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25500" id="-25500">aviajoʻnatmalarni (banderol, posilkalarni) joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlab qolgan hollarda — avia- va yer usti transportida joʻnatish oʻrtasidagi toʻlov farqi miqdorida va bundan tashqari yer usti transporti orqali joʻnatishning belgilangan muddatlaridan koʻproq ushlanganlik uchun har bir kechiktirilgan kun uchun — ushbu modda ikkinchi qismining <a href="/mact/-25251#-25489">yettinchi xatboshisiga</a> muvofiq;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25513" id="-25513">sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar, avia- va yer usti transporti yoʻl chiptalari solingan qimmatli xatlarni joʻnatish yoki yetkazib berish (topshirish)ning belgilangan muddatlaridan kechikkanligi tufayli ulardan foydalanish muddatlari oʻtib ketgan hollarda — yetkazilgan zararning ikki barobari miqdorida, lekin joylanma roʻyxatida eʼlon qilingan qiymatning ikki barobaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hamda pochta aloqasi xizmati uchun toʻlangan summa miqdorida neustoyka.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25518" id="-25518">Pochta joʻnatmalarining yoʻqolishi, buzilishi (shikastlanishi), yetkazib berilmagani (topshirilmagani) yoki ularning joʻnatilishi nazorat muddatidan kechikkani yengib boʻlmas kuch yoki pochta joʻnatmasi joylanmasining xususiyatlari tufayli sodir boʻlganligi isbotlansa, operator va provayderlar javobgar boʻlmaydilar.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25522" id="-25522">16-modda. Foydalanuvchilarning huquqlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25523" id="onLBC-25523">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25523" id="-25523">Foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25524" id="-25524">Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25525" id="-25525">oʻz huquq va majburiyatlari, pochta qoidalari, koʻrsatilayotgan xizmatlar va ularga doir tariflar haqidagi axborotlardan erkin foydalana olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25527" id="-25527">oʻz pochta manzili boʻyicha, yoʻqlab olish tarzida yoki abonentlik pochta javoni qutilaridan foydalangan holda pochta joʻnatmalarini va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olish; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25528" id="-25528">kelgan pochta joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalarini olishdan bosh tortish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25529" id="-25529">qiymati eʼlon qilingan pochta joʻnatmasi joylanmasining bahosini mustaqil ravishda belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25533" id="-25533">operator va provayderlar tomonidan oʻz vaqtida hamda sifatli xizmat koʻrsatilishi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25535" id="-25535">xizmat koʻrsatilmaganligi yoki lozim darajada sifatli xizmat koʻrsatilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning toʻlanishi, maʼnaviy ziyonning qoplanishiga erishish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25537" id="-25537">oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda vakolatli davlat organlariga yoki sudga murojaat qilish.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25540" id="-25540">Foydalanuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25542" id="-25542">17-modda. Foydalanuvchilarning majburiyatlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25544" id="onLBC-25544">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25544" id="-25544">Foydalanuvchilar quyidagilarga majburdir:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25549" id="-25549">pochta qoidalari talablariga rioya etish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25553" id="-25553">oʻzlariga koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25555" id="-25555">operator va provayderlarning ish sifati pasayishiga qaratilgan xatti-harakatlar qilmaslik.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25561" id="-25561">Foydalanuvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25568" id="-25568">18-modda. Daʼvolarni taqdim etish tartibi va muddati</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25572" id="onLBC-25572">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25572" id="-25572">Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda foydalanuvchi operator yoki provayderga daʼvo taqdim etishi, shu jumladan yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilishga haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25575" id="-25575">Pochta joʻnatmasini yetkazmaganlik (topshirmaganlik), oʻz vaqtida yetkazmaganlik yoki yoʻqotganlik (shikastlaganlik) yoxud oʻtkazilgan pul mablagʻlarini toʻlamaganlik toʻgʻrisidagi daʼvolar pochta joʻnatmasi yoki pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasi topshirilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25577" id="-25577">Daʼvolar yozma tarzda bayon etiladi va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25579" id="-25579">Daʼvolarga yozma javoblar quyidagi muddatlarda berilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25581" id="-25581">bir aholi punkti doirasida yuborilgan (oʻtkazilgan) pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga — besh kun davomida;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25586" id="-25586">boshqa barcha pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmasiga doir daʼvolarga — bir oy davomida.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25588" id="-25588">Operator yoki provayderlarga pochta joʻnatmasi qabul qilingan manzil boʻyicha ham, pochta joʻnatmasi yuborilishi belgilangan manzil boʻyicha ham daʼvolar taqdim etilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25590" id="-25590">Xalqaro pochta joʻnatmalarini qidirib topish boʻyicha daʼvolar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan tartib va muddatlarda qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25593" id="-25593">19-modda. Pochta aloqasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25595" id="onLBC-25595">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25595" id="-25595">Pochta aloqasi davlat tomonidan quyidagi yoʻllar bilan qoʻllab-quvvatlanishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25598" id="-25598">pochta aloqasi va uning infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25602" id="-25602">pochta aloqasining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnikaviy yordam berish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25605" id="-25605">belgilangan tartibda soliqqa doir va boshqa imtiyozlar berish.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25608" id="-25608">20-modda. Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta taʼmirlash</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25640" id="onLBC-25640">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6481"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;</span></div><div id="LBC6997"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25640" id="-25640">Pochta aloqasi tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish hamda qayta taʼmirlash ularning mulkdorlari (egalari) tomonidan oʻz mablagʻlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25650" id="-25650">Shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari, turar joy dahalari va majmualari, alohida binolar va inshootlar loyihalashtirilayotgan hamda rivojlantirilayotganda mahalliy davlat hokimiyati organlari belgilangan normativlarga muvofiq pochta aloqasi obyektlarini joylashtirish uchun binolar qurilishini yoki alohida xonalar boʻlishini nazarda tutishlari kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25653" id="-25653">Pochta aloqasi obyektlarini avtomobil va temir yoʻl vokzallari, aeroportlar, bozorlar va mehmonxonalarda joylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25661" id="-25661">Avtomobil, temir yoʻl vokzallari, aeroportlar qoshida pochta aloqasi obyektlarining binolari va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari bevosita ularga yaqin joylardan ajratilishi, shaharlarda pochtamtlar qurilishi uchun esa — shaharning markaziy qismidan, pochta almashinuvi uchun sharoitlar taʼminlangan holda ajratilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25666" id="-25666">Aholi punktlari va ayrim binolarni yangidan qurish, kengaytirish, qayta taʼmirlash, foydali qazilmalarni qazib olish tufayli pochta aloqasi obyektlarini koʻchirish (qayta qurish) buyurtmachi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobiga, operator yoki provayderlarning texnik shartlari boʻyicha amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25672" id="-25672">Pochta qutilari foydalanuvchilar uchun hamda xat va pochta varaqchalarini olib ketish uchun qulay boʻlgan yerlarga joylashtirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25675" id="-25675">Abonentlik pochta javonlari qurilish tashkilotlari tomonidan koʻp qavatli binolarning birinchi qavatlariga oʻrnatiladi. Abonentlik pochta javonlarini xarid qilish va oʻrnatish xarajatlari ushbu uylarning qurilish smetalariga kiritiladi. Abonentlik pochta javonlarini soz holda saqlab turish taʼmirlash-foydalanish korxonalari tomonidan, uylarning egalari yoki mulkdorlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25680" id="-25680">Koʻp qavatli binolarda joylashgan tashkilotlarga pochta joʻnatmalari shu tashkilotlar tomonidan binolarning birinchi qavatlariga oʻrnatilgan tayanch punktlarining pochta javonlari orqali yetkazib beriladi. Javonlarni oʻrnatish va soz holda saqlab turish pochta joʻnatmalarini oluvchilar tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25684" id="-25684">21-modda. Pochta aloqasining transport vositalaridan foydalanish</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25689" id="onLBC-25689">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25689" id="-25689">Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun oʻzlariga tegishli boʻlgan transport — pochta vagonlari, avtomobillardan, shuningdek shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transportdan foydalanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25692" id="-25692">Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari qonun hujjatlariga muvofiq maxsus farqlash belgilariga ega boʻlishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25698" id="-25698">Operator va provayderlarning pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari ularning roziligisiz boshqa ishlarni bajarish uchun foydalanilishi va olib qoʻyilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25909" id="-25909">Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchi hamda yuklarni muntazam tashuvchi temir yoʻl, havo va avtomobil transportining xoʻjalik yurituvchi subyektlari operator va provayderlar bilan pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish yuzasidan shartnomalar tuzishni rad etishga haqli emaslar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25914" id="-25914">Operator va provayderlarning pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini tashish uchun foydalanadigan transport vositalari shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va boshqa aholi punktlarining barcha koʻchalari boʻylab, avtomobil yoʻllarida hech qanday cheklanishsiz yurish hamda avtomobil, temir yoʻl vokzallari va aeroportlar qoshida joylashgan pochta aloqasi obyektlariga, yuk (bagaj) majmualariga kirish huquqiga ega.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25919" id="-25919">22-modda. Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari butligini taʼminlash</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25922" id="onLBC-25922">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25922" id="-25922">Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlaydilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25925" id="-25925">Operatorlar bilan provayderlar oʻrtasidagi pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini qabul qilish va topshirish pochta qoidalarida belgilangan tartibda, beriladigan va qabul qilinadigan pochta joʻnatmalari hamda pul mablagʻlarining hujjatlashtirib qayd etilishi taʼminlangan holda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25926" id="-25926">Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari tashiladigan transport vositalari belgilangan norma va qoidalarga muvofiq jihozlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25927" id="-25927">Pochta joʻnatmalariga ishlov beriladigan va pul mablagʻlari saqlanadigan binolar, xonalar zarur asbob-uskunalar, qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25929" id="onLBC-25929">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6991"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.17.00 Yoʻlovchilar va yuklarni sugʻurtalash]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25929" id="-25929">Qimmatli pochta joʻnatmalari sugʻurtalanishi shart. Qimmatli pochta joʻnatmalarini sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25933" id="-25933">23-modda. Pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatishning alohida shartlari</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25937" id="onLBC-25937">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25937" id="-25937">Pochta joʻnatmasini yoki oʻtkazilgan pul mablagʻlarini foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlar aniq emasligi yoki yoʻqligi, adresatning koʻchib ketganligi tufayli yetkazish (topshirish) imkoni boʻlmasa yoki operator va provayderlar pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish shartnomasidagi oʻz majburiyatlarini bajara olish imkoniyatini istisno etadigan boshqa holatlarda ular joʻnatuvchiga pochta qoidalarida belgilangan muddatlarda qaytariladi. Joʻnatuvchi qaytarilgan pochta joʻnatmasi yoki qaytarilgan mablagʻlarini olishdan bosh tortgan taqdirda, ular operator yoki provayder tomonidan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25940" id="-25940">Agar foydalanuvchining manziliga doir zarur maʼlumotlarning yoʻqligi tufayli yetkazilmagan (topshirilmagan) pochta joʻnatmalari yoki pul mablagʻlarini joʻnatuvchiga qaytarishning ham imkoni boʻlmay qolsa, ular operator yoki provayder tomonidan vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25943" id="-25943">Tarqatilmay qolgan pochta joʻnatmalari va talab qilib olinmagan pul mablagʻlari bilan ishlash tartibi pochta qoidalari bilan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25946" id="-25946">24-modda. Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalaridan foydalanish tartibi</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25949" id="onLBC-25949">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25949" id="-25949">Topshirilmay qolgan pochta joʻnatmalarini vaqtinchalik saqlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda operator yoki provayder tomonidan olti oy davomida amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25951" id="onLBC-25951">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6689"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25951" id="-25951">Ushbu moddaning <a href="/mact/-25251#-25949">birinchi qismida</a> belgilangan muddat oʻtganidan soʻng:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25954" id="-25954">pullar davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25957" id="-25957">qimmatli qogʻozlar fond birjasi orqali, qimmatbaho metallar, boshqa buyumlar savdo tarmoqlari orqali sotiladi, tushgan mablagʻlar esa operator yoki provayderlarning xarajatlari qoplanganidan soʻng davlat budjeti foydasiga oʻtkaziladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25960" id="-25960">hujjatlar (pasport, diplom, shahodatnoma, guvohnoma va boshqalar) kim tomonidan berilgan boʻlsa, shu korxona, muassasa va tashkilotlarga topshiriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25961" id="-25961">xatlar tegishli dalolatnoma tuzilib, yoʻq qilib tashlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25964" id="-25964">Oluvchisini, joʻnatuvchisini qidirishning iloji boʻlmaganda, topshirilmay qolgan pul mablagʻlarining pochta oʻtkazmalari pochta aloqasi operatori tomonidan oʻn sakkiz oy davomida saqlanadi, shundan soʻng pul mablagʻlari mahalliy budjet foydasiga oʻtkaziladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25965" id="-25965">25-modda. Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalarini yuborishdagi cheklovlar</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25967" id="onLBC-25967">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25967" id="-25967">Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmogʻi orqali pochta joʻnatmalari yuborishda cheklovlar belgilanishi mumkin boʻlib, ularning roʻyxati qonun hujjatlari bilan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25970" id="-25970">Operator va provayderlar joʻnatilishi taqiqlangan joylanmasi bor pochta joʻnatmalarini ushlab qolish, shuningdek, joylanmasi boshqa pochta joʻnatmalarining buzilishi (shikastlanishi)ga olib keluvchi, operator va provayderlarning xizmatchilari yoki uchinchi shaxslarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soladigan (bu xavfni boshqa yoʻl bilan bartaraf etib boʻlmaydigan) hollarda, pochta joʻnatmalarini yoʻq qilib tashlash yoki yoʻq qilib tashlashga ruxsat berish huquqiga egadir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25973" id="-25973">Umumiy foydalanishdagi pochta aloqasi tarmoqlari orqali joʻnatish taqiqlangan buyum, ashyo va materiallarni Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yuborilayotgan pochta joʻnatmalaridan olib qoʻyish, shuningdek ularni yoʻq qilib tashlash tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25976" id="-25976">Qonun hujjatlarida belgilangan vakolat doirasida faoliyat yuritadigan yuridik shaxslardan joylanmasi davlat siriga taalluqli boʻlgan maʼlumotlar va buyumlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilari, chet el valyutasidan iborat pochta joʻnatmalarini qabul qilish, shuningdek ularni tashish va yetkazib berish maxsus moʻljallangan pochta aloqasi korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25989" id="-25989">26-modda. Favqulodda holatlarda pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-25995" id="onLBC-25995">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6150"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.03.00 Favqulodda holat rejimi (shuningdek, 16.03.03.00ga qarang)]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-25995" id="-25995">Favqulodda holatlarda (harbiy harakatlar, zilzilalar, suv toshqinlari, yongʻinlar, epidemiyalar va boshqalarda) pochta aloqasi xizmatlari koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-25997" id="-25997">27-modda. Pochta obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etish</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-26003" id="onLBC-26003">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6997"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.03.00 Pochta aloqasi]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26003" id="-26003">Pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf qilish ularning mulkdorlari (egalari) tomonidan amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26006" id="-26006">Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari pochta aloqasi obyektlarida roʻy bergan hodisalar, avariyalar oqibatlarini bartaraf etishda operatorlarga koʻmaklashadilar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26009" id="-26009">Pochta aloqasi obyektlarida yuridik va jismoniy shaxslarning aybi bilan roʻy bergan hodisalar oqibatida operator yoki provayderlarga yetkazilgan zararlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-26012" id="-26012">28-modda. Milliy operator xizmatchisining formali kiyimi va koʻkrak nishoni</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-26017" id="onLBC-26017">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6099"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26017" id="-26017">Milliy operator xizmatchisi oʻz xizmat vazifalarini bajarishi uchun formali kiyim va koʻkrak nishoni bilan taʼminlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26022" id="-26022">Formali kiyim va koʻkrak nishonini tasdiqlash hamda ulardan foydalanish tartibi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-26026" id="-26026">29-modda. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishdagi imtiyozlar</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-26030" id="onLBC-26030">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7004"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.10.00 Aloqa xizmatlari uchun tariflar, bojlar va imtiyozlar]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26030" id="-26030">Qonun hujjatlarida foydalanuvchilarning ayrim toifalari uchun pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda imtiyozlar belgilanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26036" id="-26036">Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda belgilangan imtiyozlar berilishi munosabati bilan operator yoki provayderlarning mablagʻlarini qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-26039" id="onLBC-26039">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6106"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26039" id="-26039">Foydalanuvchilarning ayrim toifalariga pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda ustunliklar belgilanishi mumkin. Pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanishda ustunliklar beriladigan foydalanuvchilar ayrim toifalarining roʻyxati hamda bu xizmatlarni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-26041" id="-26041">30-modda. Nizolarni hal etish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26043" id="-26043">Operatorlar, provayderlar va foydalanuvchilar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.</div></div><div class="CLAUSE_DEFAULT"><div name="-26051" id="-26051">31-modda. Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik</div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-26053" id="onLBC-26053">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7007"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.13.00 Aloqaga oid qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]</span></div></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-26053" id="-26053">Pochta aloqasi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.</div></div><div class="EXPLANATION"><label id="s527"></label><div name="-70290" id="-70290">Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish Qoidalari bilan tanishib chiqish uchun Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2003-yil 3-iyundagi 151-son <a href="/mact/-843343">buyrugʻiga </a>qarang (roʻyxat raqami 1256, 2003-yil 16-iyul).</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-26069" id="-26069">Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-26073" id="-26073">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-26076" id="-26076">2000-yil 31-avgust,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-26078" id="-26078">118-II-son</div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-25266" id="-25266">(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 7-8 son, 210-modda)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
