1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.02.00 Harbiy xizmatni oʻtash tartibi va mohiyati. Shartnoma (kontrakt) asosida harbiy xizmatga kirish]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda aholi sogʻligʻini saqlash va yaxshilashni taʼminlaydigan samarali sogʻliqni saqlash tizimini yaratish, sogʻlom avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi.
Tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida bosqichma-bosqich milliy tibbiy taʼlimni modernizatsiyalash, mazkur sohaga xalqaro taʼlim standartlari va ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, aholi sogʻligʻini saqlashning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, harbiy tibbiyot tizimida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga toʻsqinlik qilayotgan bir qancha muammolar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, harbiy tibbiyot mutaxassislarining uzluksiz kasbiy tayyorgarligini taʼminlash, ularning malakasini oshirish, koʻnikmalarini zamonaviy talablarga moslashtirishning amaliy tizimi joriy qilinmagan;
ikkinchidan, oʻquv jarayonida innovatsion ishlanmalar va texnologiyalardan foydalanishning past darajada ekanligi oqibatida harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlash hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga samarali tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish tizimiga zamonaviy usul va yondashuvlarni tatbiq qilish imkoni mavjud emas;
uchinchidan, favqulodda holatlar (vaziyatlar) oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadigan va ushbu yoʻnalishda tashkiliy-profilaktika ishlarni olib boradigan yuqori malakali harbiy tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish talab etilmoqda.
Yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, ular uchun uzluksiz, bosqichma-bosqich va maqsadli oʻqitish tizimini yaratish hamda harbiy-tibbiy sohada taʼlim, fan va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida:
1. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari]
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar]
tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.01.00 Umumiy qoidalar]
harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar;
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.06.00 Fan va taʼlim sohasidagi hamkorlik]
milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikda taʼlim jarayonini rivojlantirish, sogʻliqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish;
taʼlim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
3. Belgilansinki, Akademiya:
davlat oliy harbiy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.03.00 Kasbiy taʼlimning davlat taʼlim muassasalari qoshidagi harbiy kafedralar, harbiy fakultetlar]
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvaragʻi va xorijiy valyutadagi bank hisobvaragʻi, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Akademiyada tahsil olish uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichini va tibbiy-profilaktika fakultetlarining toʻrtinchi bosqichini tamomlagan, oʻqish yakunlari boʻyicha eng yuqori natijalarni koʻrsatgan, oʻqishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash istagini bildirgan, shuningdek, sogʻligʻining holatiga koʻra harbiy xizmatga yaroqli boʻlgan talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.00 Davlat taʼlim standartlari va talablari]
Akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik oʻqishi ikki bosqichli harbiy tibbiyot oʻquv dasturi asosida: birinchi yil — bakalavriatda, ikkinchi yil — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zarur boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha harbiy internaturada amalga oshiriladi;
Akademiyaning bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom hamda harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik berilganligi toʻgʻrisida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;
Akademiyaning harbiy tibbiyot oʻquv dasturi asosida taʼlim olgan bitiruvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi oliy tibbiy taʼlim muassasalari davolash va tibbiy-profilaktika fakultetlaridagi oʻqishi Akademiyadagi oʻqishga tenglashtiriladi;
tibbiyot sohasidagi tor mutaxassisliklar boʻyicha tibbiyot kadrlari Akademiyaning klinik ordinatura va magistraturasida, ilmiy-pedagogik kadrlar esa uning doktoranturasida tayyorlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Akademiyaning oʻquv va klinik bazasi, shuningdek, asosiy taʼminot markazi hisoblanadi.
5. Akademiyaga 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.88.00 (Кучини йукотган) Toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olish]
Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tibbiy taʼlim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
hukumatlararo bitim va shartnomalar asosida xorijiy davlatlar uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ruxsat etilsin.
6. Akademiya tuzilmasida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sanitariya-epidemiologik manbalarni, hodisalarni, omillarni va biologik xavfsizlik toʻgʻrisidagi qarashlarning shakllanishini ilmiy jihatdan oʻrganish, zamon talablariga javob beruvchi, biologik tahdidlarga tezkor javob qaytara oladigan samarali tizimni shakllantirish va rivojlantirish boʻyicha izlanishlar olib borish;
aholi va shaxsiy tarkibning biologik xavfsizligini taʼminlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlarni tahlil qilish va ularga qarshi ilmiy asoslangan majmuaviy tadbirlarni ishlab chiqish, biologik xavflarni nazorat qilish tizimini muvofiqlashtirish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.05.00 Ilmiy va loyiha muassasalari]
biologik xavfsizlik sohasida milliy kadrlarni tayyorlash va sohaga oid ilmiy tadqiqotlarning olib borilishida oʻquv-ilmiy markaz sifatida faoliyat yuritish;
ilmiy asoslangan ishlanmalarni yaratish va amaliyotga tatbiq etish maqsadida qoʻshinlarning tibbiy taʼminotini tashkil etish tajribasini va mavjud muammolarni oʻrganish.
7. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida oʻqitiladigan mutaxassisliklar (yoʻnalishlar) roʻyxati 2-ilovaga;
Tibbiyot sohasida harbiy kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining egallab turgan lavozimlari boʻyicha asosiy harbiy unvonlari va tarif razryadlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Akademiyani tashkil etish uning tashkiliy-shtat tuzilmasiga asosan 40 ta kursant va 100 ta tinglovchi shtat birliklari Mudofaa vazirligiga qoʻshimcha, qolgan shtat birliklari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratilishi orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, zarurat boʻlganda, Akademiyaning tashkiliy-shtat tuzilmasiga Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
8. Akademiya Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 4-uy manzili boʻyicha 83-son harbiy shaharcha hududida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy tibbiyot fakultetiga 2019-yilda oʻqishga kirgan kursantlarning tahsil olishini 2020/2021 oʻquv yilida amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha Toshkent tibbiyot akademiyasi va Akademiyaning bazalarida yakunlash choralarini koʻrsin;
Akademiyaning 2021-yil bitiruvchilari orasidan oʻqish yakuni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarga harbiy internaturada oʻqishni davom ettirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]
10. Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga, istisno tariqasida, Akademiyaning Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti ofitserlar tarkibi lavozimlarini kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtash istagini bildirgan tibbiyot sohasidagi yuqori malakali fuqaro mutaxassislar hisobidan butlashga, bunda ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish natijalariga koʻra dastlabki va harbiy-kasbiy saralashni oʻtkazmay, shuningdek, harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetganligidan qatʼi nazar, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga olishga hamda katta ofitserlar tarkibi harbiy unvonlarini berishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmalarini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritsin.
12. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
a) Akademiyaning pedagogik faoliyat bilan shugʻullanuvchi rahbari, rahbar oʻrinbosarlari va professor-oʻqituvchilar tarkibiga hamda Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutining rahbari va ilmiy xodimlariga quyidagi miqdorda oylik ustama toʻlanadi:
bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida — fuqaro tarkibidagi ishchilarga;
asosiy lavozim maoshining 100 foizi miqdorida — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarga;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
b) Akademiya hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlari lavozimlaridagi fuqaro xodimlari mehnatiga haq toʻlash qonunchilikda belgilangan budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlariga teng miqdorda amalga oshiriladi;
v) Akademiyada oʻquv va oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishga bevosita jalb qilinadigan respublikaning boshqa tibbiyot muassasalari mutaxassislariga pedagogik faoliyatning har bir akademik soati uchun Akademiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
g) Akademiyaning taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili boshlanguniga qadar:
Akademiyaga professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlar tarkibining tanlovini oʻtkazsin hamda vakant lavozimlar, ularga qoʻyiladigan talablarni hisobga olgan holda, tegishli ixtisoslikdagi yuqori malakali mutaxassislar bilan belgilangan tartibda butlasin;
Akademiyaning oʻquv jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga, shu jumladan shartnoma asosida, yetakchi milliy va xorijiy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning malakali mutaxassislari va ekspertlarini jalb etsin;
ilgʻor milliy va xorijiy oliy taʼlim, ixtisoslashtirilgan va ilmiy-amaliy markaz hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasidan foydalangan holda Akademiyaning professor-oʻqituvchilar tarkibi va ilmiy xodimlarining kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda takomillashtirib borishni taʼminlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Akademiya boshligʻiga taʼlim sohasida milliy va xalqaro oliy taʼlim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan belgilangan tartibda ikki tomonlama tegishli kelishuv va shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
ikki oy muddatda Akademiyaning infratuzilma obyektlari qurilishini jadallashtirish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini;
uch oy muddatda Akademiyani zamonaviy oʻquv jihoz va buyumlari, laboratoriya qurilmalari va trenajyor komplekslari bilan taʼminlashni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda oʻquv-moddiy bazasini yaratish va takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturni ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun Mudofaa vazirligiga 2021-yilda va kelgusi yillarda qoʻshimcha markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar limitlari va budjet mablagʻlarini ajratsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-oktabr,
PQ-4870-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining
TASHKILIY SHTAT TUZILMASI
Izoh.
* generallar tarkibi lavozimi;
** ushbu koʻrsatkichlar maksimal boʻlib, oʻzgaruvchan tarkib soni har yili talabga asosan belgilanadi;
*** doimiy tarkibiga kiritilmaydigan shtat birligi (magistrlar, klinik ordinatorlar, shu jumladan xorijiy);
Qavs ichidagi:
1-son — ofitserlar;
2-son — kontrakt boʻyicha serjant va oddiy askarlar;
3-son — oʻzgaruvchan tarkib (kursantlar, tinglovchilar);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasida oʻqitiladigan mutaxassisliklar (yoʻnalishlar)
ROʻYXATI
Mutaxassislik
Taʼlim muddati
Taʼlim yoʻnalishi
I. Bakalavriat
Harbiy vrach
1 yil
Harbiy tibbiyot ishi
(davolash ishi)
Gigiyena-epidemiologiya harbiy vrachi
1 yil
Harbiy tibbiyot ishi
(tibbiy profilaktika ishi)
II. Harbiy internatura
1. Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
2. Ichki kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
3. Jarrohlik kasalliklari (yoʻnalishlar boʻyicha)
1 yil
Davolash ishi
1.Harbiy epidemiolog
2.Harbiy gigiyenist
1 yil
Tibbiy profilaktika ishi
III. Klinik ordinatura
1.Ichki kasalliklar (terapiya)
2.Umumiy xirurgiya
3.Yuqumli kasalliklar
2 yil
3 yil
2 yil
Davolash ishi
1. Epidemiologiya
2. Kommunal gigiyena
3. Mehnat gigiyenasi
2 yil
Tibbiy profilaktika ishi
IV. Magistratura
Gigiyena (yoʻnalishlar boʻyicha)
2 yil
Tibbiy profilaktika ishi
Harbiy sogʻliqni saqlashni tashkil etish va menejmenti
2 yil
Harbiy tibbiyot ishi
(davolash ishi)
Davolash ishi
Tashxisning instrumental va funksional usullari (yoʻnalishlar boʻyicha)
Terapiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
3 yil
Harbiy tibbiyot ishi
(davolash ishi)
Davolash ishi
Xirurgiya (yoʻnalishlar boʻyicha)
Yuqumli kasalliklar (yoʻnalishlar boʻyicha)
V. Doktorantura
“Harbiy tibbiyot”
3 yil
Tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
Tibbiyot fanlari doktori (DSc)
Izoh. Kadrlarga boʻlgan talablardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda mazkur roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga 3-ILOVA
Tibbiyot sohasida harbiy kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish boʻyicha
Ilgʻor xalqaro tajribani, tibbiyotning rivojlanish tendensiyalarini hamda milliy tibbiy taʼlim xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagilarni:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga kredit-modul (Moodle) oʻqitish tizimini tatbiq etish haqidagi nizom;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlarining bakalavriat, harbiy internatura, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari asosidagi amaliyot oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
4) Birlashtirilgan klinik va klinikoldi imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
5) Davlat attestatsiya komissiyasiga tashkilotlar — buyurtmachilar safidan mutaxassislarni jalb qilgan holda birlamchi sertifikatlashtirish bilan bakalavriat, harbiy internatura, klinik ordinatura va magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini oʻtkazishning yangilangan tartibini tasdiqlash.
Ichki idoraviy hujjat
-
2021-yil
1-iyulgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga nomzodlarni saralash va tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Vazirlar Mahkamasining qarori
-
2021-yil
1-iyulgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
3.
Quyidagilarni:
bitiruvchilarga qoʻyiladigan malakaviy talablar, oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari;
harbiy-tibbiy taʼlimning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda professor-oʻqituvchilar tarkibining oʻquv vaqti meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ichki idoraviy hujjat
-
2021-yil
1-iyulgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining infratuzilmasi hamda oʻquv-moddiy bazasini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Vazirlar Mahkamasi qarori
-
2021-yil
aprel
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
II. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasini, oʻquv va moddiy-texnika bazasini shakllantirish
5.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi infratuzilmasi obyektlarini barpo etish.
Alohida rejaga asosan
Markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalar
2021-yil
1-maygacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
6.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasini zamonaviy oʻquv vositalari va jihozlari hamda laboratoriya asbob-uskunalari va trenajyor komplekslari bilan jihozlash.
Tadbirlarni amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2021-yil
20-avgustgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
7.
Harbiy tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti hamda Tibbiy oʻquv-mashq simulyatsiya markazining toʻlaqonli faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Chora-tadbirlar dasturiga asosan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2021-yil
1-avgustgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
8.
Ilmiy-tadqiqot va vivariyli eksperimental laboratoriyalar faoliyatini tashkil etish.
Chora-tadbirlar dasturiga asosan
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2021-yil
1-avgustgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
9.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi uchun zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar, shuningdek, belgilangan tartibda zamonaviy xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish hamda sotib olish.
Qoʻshma qaror
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari
2021-yil
1-avgustgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)
III. Harbiy-tibbiy taʼlimni takomillashtirish
10.
2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi oʻquv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul (Moodle) standartlariga asosan tashkil etish.
Qoʻshma qaror
-
2021-yil sentabrdan doimiy
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi
(I. Madjidov)
11.
Tibbiyot va taʼlim sohalarida milliy va xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish. Bunda:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi oʻqituvchi, ilmiy va tibbiyot xodimlarini yetakchi xorijiy taʼlim va tibbiyot muassasalarida malakasini oshirish;
yetakchi milliy va xorijiy olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislarni jalb etgan holda mahorat darslari, mahorat va tajriba almashinuv hamda oʻzaro ilmiy izlanishlarni amalga oshirish tizimini tashkil etish;
harbiy-tibbiy kadrlar uchun xalqaro standartlar darajasida seminar, vebinar, mahorat darslari va simulyatsion treninglar tashkil etish;
yetakchi xorijiy oʻquv muassasalari bilan hamkorlikda xalqaro kurslarni yoʻlga qoʻyish.
Hamkorlik rejalari
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, “El yurt umidi” jamgʻarmasi
Doimiy
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Oliy va oʻrta maxsus
taʼlim vazirligi
(I. Madjidov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Kamilov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov)
12.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasining taʼlim va ilmiy tadqiqot sohalarida xizmat koʻrsatishning Butunjahon Xalqaro bozoridagiraqobatbardoshlik mavqeyini oshirish dasturi loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ichki idoraviy hujjat
-
2020-yil
30-dekabrgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov)
13.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi professor-oʻqituvchilari, ilmiy va tibbiyot xodimlarini “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash hamda gʻoliblarning xorijda taʼlim olishi va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish.
Alohida rejaga asosan
-
Doimiy
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi
(A. Bekmurodov)
IV. Harbiy-tibbiy ilmni rivojlantirish
14.
Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligirasmiy veb-saytlarida harbiy tibbiy taʼlim va ilmiy yutuqlarga bagʻishlangan boʻlimni yaratish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
-
2020-yil
30-dekabrgacha
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov)
15.
Harbiy tibbiyot akademiyasining kursant va oʻqituvchilariga jahon ilmiy-texnik maʼlumotlaridan iborat xorijiy elektron axborot resurslaridan foydalanishga sharoit yaratib berish.
Tashkiliy tadbirlar majmui
Budjet mablagʻlari
16.
Ilmiy-amaliy taʼlimga yoʻnaltirilgan “Oʻzbekiston harbiy tibbiyot jurnali”ni (shu jumladan, elektron koʻrinishda) tashkil etish.
Tashkiliy-amaliy tadbirlar
Budjet mablagʻlari
Har chorakda
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmanov)
17.
Bajarilayotgan ilmiy izlanishlar sifatini yaxshilashni quyidagilar orqali amalga oshirish:
Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi ilmiy jurnallarda xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqqan holda ilmiy izlanishlar natijalarini nashr etish va maʼlumotlar bazasida joylashtirilishini tashkil etish;
Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa nashrlar maʼlumotlar bazasiga tibbiyot va farmatsevtika sohasiga tegishli boʻlgan milliy ilmiy jurnallar materiallarining kirishi uchun sharoitlar yaratish.
Tashkiliy tadbirlar majmui
Budjet mablagʻlari
Doimiy
Mudofaa vazirligi
(B. Kurbanov),
Sogʻliqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4870-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilarining egallab turgan lavozimlari boʻyicha asosiy harbiy unvonlari va tarif razryadlari
ROʻYXATI
T/r
Lavozimlarning nomi
Harbiy unvon
Tarif razryadi
1.
Akademiya boshligʻi
general-mayor
21
2.
Akademiya boshligʻining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari
polkovnik
20,3
3.
Akademiya boshligʻining innovatsiya va ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
polkovnik
20,3
4.
Oʻquv-metodik boʻlim boshligʻi
polkovnik
20,1
5.
Markaz boshligʻi
polkovnik
18,1
6.
Institut boshligʻi
polkovnik
20,2
7.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi boshligʻi
polkovnik
18,3
8.
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi katta ilmiy xodimi
podpolkovnik
16,3
9.
Fakultet boshligʻi
polkovnik
20,1
10.
Kafedra boshligʻi
polkovnik
20,1
11.
Kafedra boshligʻi oʻrinbosari
polkovnik
19,3
12.
Katta oʻqituvchi
polkovnik
18,3
13.
Oʻqituvchi
podpolkovnik
17,4
14.
Kurs boshligʻi
polkovnik
18,1
15.
Innovatsiya va ilmiy boʻlim boshligʻi
polkovnik
18,3
16.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻlimi boshligʻi
polkovnik
20,1
17.
Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi
polkovnik
18,1
18.
Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻlimi boshligʻi
podpolkovnik
18,1
19.
Moliya, yuridik, kadrlar va saf boʻlimi boshligʻi
podpolkovnik
17,1
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2020-y., 07/20/4870/1406-son)