Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Sobiq SSSRning energetika boshqaruvi tuzilmasining qayta tashkil etilishi munosabati bilan, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
8-moddasiga muvofiq respublikaning huquqiy tasarrufiga va mulkiga oʻtgan ittifoq boʻysunuvidagi energetika korxonalari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Energetika va elektrlashtirish vazirligi tizimiga quyidagi tashkilotlar, korxonalar va birlashmalar kiritilsin:
“Oʻrtaosiyotuzatishenergiya” IB ishlab chiqarish birlashmasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyotexenergiya” ishlab chiqarish IB birlashmasi (Toshkent sh.)
“Energiyatarmoqloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Issiqlikelektrloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Qishloqenergiyaloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Toshgidroloyiha” instituti (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoelektrtarmoqqurilish” tresti (Toshkent sh.)
“Sharqenergiyaizolatsiya” korxonasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoenergiyamontaj” Oʻzbekiston montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Oʻrtaosiyoenergiyamontaj” Yangi Angren montaj boshqarmasi (Nurobod sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” 4-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” 8-montaj boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Elektroʻrtaosiyomontaj” Toshkent sozlash boshqarmasi (Toshkent sh.)
“Oʻzenergiyahimoya” ixtisoslashtirilgan tuzatish-qurilish montaj korxonasi (Toshkent sh.)
“Gidromaxsusqurilish” maxsus boshqarmasi (Toshkent sh.)
2. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo” Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligining (ishlab chiqarish, kapital qurilish, mablagʻ bilan taʼminlash, moddiy-texnika taʼminoti va boshqalar boʻyicha) istiqbol koʻrsatkichlariga zarur oʻzgarishlar kiritsinlar.