1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.79.00 (Кучини йукотган) Nodavlat ta’lim muassasalari (xususiy, jamoat birlashmalari, diniy va boshqa tashkilotlarining ta’lim muassasalari). Nodavlat va diniy ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
DAVLAT TASARRUFIDA BO‘LMAGAN TA’LIM MUASSASALARINI TAShKIL ETISh VA LITSENZIYALASh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-sonli “Faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1992-yil 2-iyuldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar nohiyalari hamda nohiyalarga bo‘linuvchi shaharlar hokimlari respublika hududidagi ishlab turgan, davlat tasarrufidan bo‘lmagan barcha ta’lim muassasalari va tashkilotlarini ilova qilinayotgan Nizomda nazarda tutilgan tartibda takroran ro‘yxatga olsinlar.
Ilova qilinayotgan Nizomga muvofiq ro‘yxatga olinmagan davlat tasarrufida bo‘lmagan barcha turdagi ta’lim muassasalarining faoliyat ko‘rsatishi taqiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bir oy muddat ichida idoraviy me’yoriy hujjatlarni ilova qilinayotgan Nizomga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari o‘rtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1992-yil 6-oktabr,
462-son
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-oktabrdagi 462-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risida
NI3OM
1. Mazkur Nizom davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini (keyingi o‘rinlarda — muassasalar) “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etish va litsenziyalash tartibini belgilab beradi.
2. Muassasalarni tashkil etish va litsenziyalash quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: ta’lim jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarning, muayyan muassasa pedagogik xodimlari ta’lim tsenzining davlat va mahalliy sharoitlarga muvofiqligini aniqlash; o‘quv-moddiy negizning mavjudligi va holati, muassasalar bitiruvchilarini tayyorlashning mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim andazalari talablariga muvofiqligini belgilash; muqobil ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.
3. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 38-moddasiga muvofiq quyidagilar muassasalarning muassislari bo‘lishlari mumkin: davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari: mulkchilikning barcha shakllaridagi muassasalar, tashkilotlar, korxonalar; jamoat birlashmalari; diniy tashkilotlar; alohida fuqarolar; xorijiy mamlakatlarning fuqarolari va tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar.
4. Muassasa muassisning qarori bilan tashkil etiladi va ta’lim faoliyatiga litsenziya berish huquqiga ega bo‘lgan ta’lim boshqaruv organining yozma xulosasi asosida ariza berish tartibida mahalliy hokimlikda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatga olish rad etilganda muassis sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
5. Muassasalarning muassislari davlat ta’lim boshqaruv organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi uchun dastlabki xulosa berishga 1-ilovaga muvofiq ariza;
ta’lim dasturining qisqacha tavsifi bilan birga ta’lim faoliyati konsepsiyasi;
Dastlabki xulosa berishga vakil qilingan organ hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan, shuningdek ular amaldagi qonunchilik va mazkur Nizom talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda hujjatlarni ariza beruvchiga qaytarib berishga haqlidir, u bu haqda ariza beruvchiga uch kun muddat ichida yozma ravishda ma’lum qiladi.
Xulosalar bir oy muddat ichida beriladi.
6. Muassasani davlat tomonidan ro‘yxatga olish uchun muassis ro‘yxatga olish to‘g‘risida ariza, tegishli ta’limni boshqarish organining dastlabki xulosasini, muassisning muassasani tashkil etish to‘g‘risidagi qarorini yoki muassislar shartnomasini, muassasa ustavini, davlat tomonidan ro‘yxatga olish poshlinasi to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjatni taqdim etadi.
7. Hokimlik 2 hafta muddat ichida ta’lim muassasasini ro‘yxatga oladi, bu haqda ariza beruvchini, moliya organlarini, tegishli davlat ta’limni boshqarish organini yozma ravishda xabardor qiladi.
8. Davlat tomonidan ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma muassasaga u hokimlikda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab ustavning ta’lim jarayonini tayyorlashga yo‘naltirilgan moliya-xo‘jalik faoliyatni yuritish qismi bo‘yicha yuridik shaxs maqomini beradi.
9. Ta’lim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berilishidan oldin muassasalar ta’limni boshqarish mahalliy organlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishi kerak.
10. Barcha muassasalar shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan, ustavlarida ta’lim faoliyati nazarda tutilgan kichik korxonalar, tashkilotlar va ularning filiallari, muassislaridan, tashkil topish muddatidan qat’i nazar, shu jumladan, xorijiy mamlakatlar fuqarolari va tashkilotlari mazkur Nizomga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tadilar.
Oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni, shuningdek, oliy va o‘rti maxsus ta’lim negizida qayta tayyorlash va malaka oshirishni amalga oshiruvchi muassasalar ochishga litsenziyalar, muassasa ixtisosiga bog‘liq holda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yoki Xalq ta’limi vazirligi tomonidan beriladi.
Mahalliy boshqaruv organlari tomonidan ta’lim sohasida 3-ilovaga muvofiq mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan, davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalari ochishga litsenziya beriladi.
Faqat mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish uchun tijorat tashkilotlariga litsenziyalar belgilangan tartibda davlat ish bilan ta’minlash xizmati tomonidan beriladi.
Diniy ta’lim muassasalariga ta’lim faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalar tegishli konfessiya rahbariyatining taqdimnomasi bo‘yicha, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishilgandan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
11. Litsenziyalar olish uchun muassasalarni ekspertizadan o‘tkazish ariza berish tartibida, davlat ta’lim boshqaruv organi fan vakillari va tegishli ixtisos mutaxassislaridan iborat tarkibda tuziladigan ekspert komissiyasi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga tenglik asosida davlat ta’limni boshqarish organi, tegishli hokimiyat organi, faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muassasalari, jamoatchilik vakillari, kirishlari mumkin.
Muassasa litsenziya olish to‘g‘risidagi arizaga:
o‘quv rejalari va dasturlarini;
davlat tomonidan ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini;
davlat poshlinasi va bir martalik yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
12. Ekspertiza o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar (ekspertlarni jalb qilish, o‘quv rejalari va dasturlarini taqriz qilish, xizmat safari xarajatlari va boshqalar)ni ariza beruvchi to‘laydi. U ekspertiza o‘tkazishga vakil qilingan organga 3000 so‘m miqdorida bir yo‘la yig‘im o‘tkazadi.
13. Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida: o‘quv rejalari va dasturlarining davlat andazalariga muvofiqligini; pedagog kadrlar tarkibining kasb tayyorgarligi darajasini; qurilish me’yorlari va qoidalari jihatidan davlat va mahalliy talablarga muvofiqligini; ta’lim oluvchilar, muassasalar tarbiyalanuvchilari va xodimlari salomatligining muhofaza qilinishini tekshiradi.
14. Ekspertiza ro‘yxatga olingan kundan boshlab bir oydan kechikmay o‘tkaziladi.
Ekspert komissiyasi ekspertiza natijalari bo‘yicha asoslangan xulosani va ta’lim faoliyati huquqini beruvchi litsenziya berish yoki buni rad etish to‘g‘risidagi o‘z tavsiyalarini davlat ta’limni boshqarish organiga taqdim qiladi.
15. Davlat ta’limni boshqarish organi ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Qaror vazirlik hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror asoslangan bo‘lishi kerak hamda ariza beruvchiga yozma ravishda yuboriladi. Maqsadga muvofiq emasligi sababli rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
16. Litsenziya berilganligi uchun quyidagi miqdorlarda davlat poshlinasi to‘lanadi:
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga muvofiq keladigan muassasalar uchun — 8 ming so‘m;
3-ilovaga muvofiq mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan muassasalar — 4 ming so‘m.
Ta’lim faoliyatini bepul amalga oshiruvchi, mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan muassasalar davlat poshlinasi to‘lashdan ozod qilinadi.
To‘langan davlat poshlinasi:
davlat boshqaruvi respublika organlari tomonidan litsenziyalar berilganda — respublika budjetiga;
hokimliklar tomonidan litsenziyalar berilganda tegishli mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
17. Muassasaga beriladigan litsenziyada mutaxassislarni tayyorlash amalga oshiriladigan mutaxassisliklar ro‘yxati va litsenziyaning amal qilish muddati 4-ilovaga muvofiq qayd qilinadi.
18. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilish muddati poshlinaning belgilangan miqdori tegishlicha to‘langandan keyin yana shuncha muddatga uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning uzaytirilishi ariza beruvchining iltimosiga muvofiq Attestatsiya o‘tkazish va akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilangan tartibda attestatsiya natijalari va muassasaning akkreditatsiya qilinishi bo‘yicha amalga oshiriladi. Attestatsiyadan o‘tkazishda muassasa bitiruvchilarini tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatining davlat ta’lim andazalari talablariga muvofiqligi aniqlanadi. Ta’lim jarayonining mazmuni, tashkil etilishi va uslubiyati attestatsiyaning predmeti hisoblanmaydi.
Litsenziya olgan ta’lim muassasasi yangi ixtisosliklar joriy qilgan taqdirda yangidan ochilgan ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim berish huquqini beruvchi litsenziya olish zarurdir.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining mazkur Nizomga amal qilishini nazorat qilish litsenziya bergan vazirlik zimmasiga yuklatiladi.
19. Ekspert komissiyasining salbiy xulosasi va uning asosida litsenziya berishga rad javobi berilishi ustidan muassis sudga shikoyat arizasi berishi mumkin.
20. Muassasa ochish va ta’lim faoliyati uchun berilgan litsenziya:
a) agar litsenziya olish uchun taqdim qilingan materiallarda haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar mavjudligi aniqlansa;
b) agar litsenziya talablari va undagi mavjud tekshirish normativlari buzilsa litsenziyani bergan organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
21. “Ta’lim to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga muvofiq muassasa tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilgan hollarda litsenziya bergan davlat ta’limni boshqarish organi nizo sud yo‘li bilan hal qilingunga qadar bu muassasa faoliyatini to‘xtatib turishga haqlidir.
22. Litsenziyani bekor qilish uchun asoslar aniqlangan hollarda litsenziya bergan organ muassasaga yo‘l qo‘yilgan buzilishlarni bartaraf qilish to‘g‘risida yozma ko‘rsatma beradi.
Agar muassasa yozma ko‘rsatma olingandan keyin 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilishga asos bo‘lgan buzilishlarni bartaraf etmasa, litsenziya bergan organ uni bekor qiladi, ta’lim faoliyati to‘xtatilishi kerak bo‘lgan muddatni belgilaydi va muassasa qonunda belgilangan tartibda yopiladi.
Ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish uchun takroran litsenziya olish odatdagi tartibda, lekin aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar davlat tasarrufida bo‘lmagan o‘quv yurti tomonidan albatta bartaraf etilgan taqdirda rasmiylashtiriladi.
23. Litsenziya bergan organ 30 kun muddat ichida litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini muassasaga va muassasa ro‘yxatga olingan hokimlikka yuboradi.
24. Muassasa litsenziya bekor qilinishi haqidagi qarorning nusxasini olgandan keyin 30 kun muddat ichida qarorning bekor qilinishi va zararni undirib olish uchun sudga murojaat qilishga haqlidir.
25. Litsenziya berishga vakil qilingan ta’limni boshqarish organlari akkreditatsiya qilingan muassasalarga ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatgan holda ularning hisobini yuritadilar.
26. Muassasalarni attestatsiyadan o‘tkazish, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun davlat ta’limni boshqarish organlari huzurida to‘la xo‘jalik hisobida va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash sharoitida ishlovchi doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi organlar (markaz, shu’ba, bo‘lim va boshqalar) tashkil etilishi mumkin yoki bu ishlar bevosita ta’limni boshqarish organi tomonidan bajariladi.
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Attestatsiya o‘tkazish va litsenziya berishga vakil qilingan vazirlik (hokimlik)ning nomi
Hokimlikda davlat tomonidan ro‘yxatga olinish huquqini olish yuzasidan dastlabki xulosa berish to‘g‘risida ARIZA
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasasi PASPORTI
1. Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasasining to‘liq nomi _____________________________________________________________________________ _____________________________________________________________________________
2. Muassislar, ularning manzili va telefoni __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
3. Davlat tomonidan ro‘yxatga olish tartib raqami, sanasi _____________________________________________________________________________
4. Litsenziya olingan sana ____________________________________________________________________ 5. Muassasaning yuridik va haqiqiy manzili, telefonlari _______________________________________
7. Ta’lim dasturlari ro‘yxati (kurs necha yilga mo‘ljallangan)_____________________________________________________________________________
8. Professor-o‘qituvchilar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (shtatdagi o‘qituvchilar va o‘rindoshlar soni, ularning malakasi) _____________________________________________________________________________
9. Ta’lim oluvchilar kontingenti (yangidan ochilayotgan o‘quv yurtlari uchun — mo‘ljallanayotgan kontingent)
10. Auditoriya fondi va moddiy-texnika negizining qisqacha tavsifi (o‘zining binosi yoki ijaraga olingan bino) _____________________________________________________________________________
Binoning umumiy maydoni (kv. m)_____________________________________________________________________________
Binoning jihozlanishi:
elektr bilan ___________________________________________________________
Laboratoriyalar va kabinetlarning jihozlanganligi (mavjud priborlar, kompyuterlar, o‘qitishning texnika vositalari va boshqalar)_______________________________________________________________________
Madaniy-maishiy va ma’muriy-xizmat binolari _____________________________
Mavjud yotoqxonalar, o‘rinlar soni ________________________________________
Mavjud sport zali, stadion, suv havzasi ____________________________________
Eng yaqin joydagi sog‘liqni saqlash punkti __________________________________
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 3-ILOVA
Mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim muassasalari RO‘YXATI
1. Maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari
2. Maktabdan tashqari muassasalar
3. Boshlang‘ich, bazaviy, o‘rta maktablar, boshqa o‘rta o‘quv yurtlari (gimnaziyalar, kolledjlar, litseylar va boshqalar)
4. O‘rta hunar-texnika bilim yurtlari, o‘quv-ishlab chiqarish, o‘quv-kurs kombinatlari, markazlari va hunar ta’limining boshqa o‘quv yurtlari
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarini tashkil etish va litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Litsenziya berishga vakil qilingan (vazirlik) hokimlikning nomi
LITSENZIYA № _______
______________________ shahri
berilgan vaqti _________________________
Berildi shu haqdakim __________________________________________________________
ochish (oliy, o‘rta maxsus va boshqalar) ta’lim tizimida (mutaxassislik va ixtisos) ________ ____________________________________________________________________________
kursi bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish ___________________________________