O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasida raqobatli muhit yaratish va korxonalarning monopolistik faoliyatini cheklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xo‘jalik birlashmalarining transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasidagi faoliyatini tahlil qilsinlar hamda ayrim monopolistlarning tovar va xizmatlarning muayyan bozoridagi ustunlik mavqei zaminlarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Xo‘jalik birlashmalari ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarga, tashkilotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga), o‘z faoliyati samaradorligini hisobga olgan holda, bozor konyunkturasi asosida erkin narxlarni shakllantirishda yordam ko‘rsatsinlar.
2. “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” uyushmalari, “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tizimidagi tovarlar va xizmatlar bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan ombor xo‘jaliklari korxonalari, birlashmalari, ulgurji savdo va avtotransport korxonalari 1-ilovaga
* muvofiq monopoliyadan chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar ma’qullansin.
3. Monopoliyadan chiqarish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga
* muvofiq tasdiqlansin.
Komissiyaga quyidagilar yuklatilsin:
tovar va xizmatlar bozorida monopol mavqeni egallab turgan korxonalar faoliyatini ekspertiza qilish materiallarini ko‘rib chiqish;
ekspertiza materiallari bo‘yicha monopol korxonalarni maydalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar qabul qilish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, o‘zlarining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishayotgan xo‘jalik yurituvchi monopolist subyektlarni aniqlash maqsadida, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi raqobatli muhitni muntazam ravishda tadqiq qilib borishni amalga oshirsinlar.
Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Idoralararo komissiyaga, yangi tadbirkorlarning bozorga kirishlari uchun zamin yaratish, raqobatni rivojlantirish uchun, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini to‘xtatish va bartaraf qilishga doir takliflar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.