1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda sogʻliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, sohaga ilgʻor va raqamli texnologiyalar hamda sifat menejmentini joriy etish, tibbiyot muassasalari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.01 Sogʻliqni saqlash sohasida boshqaruv]
3. Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori lavozimi tugatilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.99 Umumiy qoidalar]
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi;
hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari, hududiy bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari bosh shifokorlari, hududiy tibbiy diagnostika markazlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari sogʻliqni saqlash vaziri hamda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati va sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlariga 2021-yil 1-iyundan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5. Bunda, koʻp yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshiriladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.01.00 Umumiy qoidalar / 14.01.01.02 Sogʻliqni saqlashni moliyalashtirish va taʼminoti]
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholiga keng koʻlamda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish, tibbiy profilaktika va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, sogʻlom ovqatlanish, sogʻliqni saqlash sohasida moliyalashtirish tizimining samaradorligini oshirish va bozor mexanizmlarini kengaytirish, davlat tibbiy sugʻurtasini joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
bir oy muddatda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi PF-96-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2023-y., 06/23/96/0379-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2838-son qarorida:
“1. 2017-yil 1-apreldan boshlab hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi apparati tuzilmasida boshqarma rahbarining oʻrinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialining direktori lavozimi joriy etilsin”;
b) 2-ilovadagi “Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Bosh direktor” soʻzlari “Bosh direktor” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi “Davlat tibbiyot muassasalari va sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4007-son qarorining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Jamgʻarmaning mablagʻlaridan:
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini mukofotlar, moddiy yordam, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarning boshqa turlari tarzida moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, ularga sanatoriy-kurort va tibbiy xizmat koʻrsatilishiga haq toʻlash;
uy-joy bilan taʼminlashni yaxshilashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlari va tashkilotlari tibbiyot xodimlari uchun uy-joylar qurishni tashkil etish orqali moliyalashtirish;
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtkazishini tashkil etish, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga tashriflarini, Oʻzbekiston hududidan tashqarida oʻtkaziladigan konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini, xizmat safariga yuborilishini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar xarid qilish va axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini saqlab turish;
xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish;
oliy tibbiyot taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga maxsus stipendiyalar toʻlashga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish;
sogʻliqni saqlashni boshqarish organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan boshqa tadbirlar uchun foydalaniladi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasiga qarashli davlat tibbiyot muassasalari tomonidan pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy xizmatlari uchun tushumlar miqdoridan Jamgʻarmaga ajratiladigan mablagʻlarning 37,5 foizi tegishligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasining budjetdan tashqari hisob raqamiga yoʻnaltiriladi hamda ushbu mablagʻlardan mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan tadbirlar uchun foydalaniladi”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4055-son qarorida:
“b) Vazirlik tuzilmasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalarini hamda davlat unitar korxonasi shaklida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish”;
“a) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasining asosiy vazifalari etib:
vazirlik va uning hududiy organlari tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini tashkil etish va amalga oshirish;
tibbiyot tashkilotlarining mol-mulkini, shu jumladan yer uchastkalarini muomalaga kiritish boʻyicha takliflarni tayyorlash, davlat-xususiy sheriklik asosida investitsiyalarni jalb etish”;
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4685-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi lavozimi kiritilsin”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4790-son qarorida: