toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish qoidalarini tasdiqlash, ularning roʻyxatga olinganlik uchun toʻlovlarini yigʻish tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonunini kuchga kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining 1991-yil 15-fevraldagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqish Qoidalari tasdiqlansin.
OʻzSSJ Adliya vazirligiga mazkur Qoidalarni qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish berishga ruxsat etilsin.
2. Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi organlarida jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olganlik uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov olinishi belgilab qoʻyilsin:
jumhuriyat jamoat birlashmalaridan — 3000 soʻm,
xalqaro jamoat birlashmalaridan — 3000 soʻm;
jumhuriyatlararo jamoat birlashmalaridan — 2000 soʻm;
umumittifoq birlashmalarining jumhuriyat
boʻgʻinlaridan — 2000 soʻm;
faoliyati maʼmuriy-hududiy tuzilmalarga
taalluqli boʻlgan jamoat birlashmalaridan — 1000 soʻm.
Faoliyati Qoraqalpogʻiston MSSJ hududiga taalluqli boʻlgan jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori Qoraqalpogʻiston MSSJ Qonunlari bilan belgilanadi.
3. Nogironlar, xotin-qizlar, faxriylar, yoshlar va bolalar jamoat birlashmalari ustavlarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish uchun mazkur qarorning 2-punktida koʻrsatilgan toʻlovlar belgilangan summaning 10 foizi mikdorida olinadi.
Oʻzbekiston SSJ Moliya vazirligiga va uning joylardagi organlariga tegishli adliya organlari bilan kelishgan holda boshqa jamoat birlashmalarining ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun olinadigan toʻlov miqdorlarini kamaytirish huquqi berilsin.
4. Jamoat birlashmalari ustavlarini oʻzgartirish va ularga qoʻshimcha kiritish uchun roʻyxatdan oʻtkazish toʻlovlari ularning ustavlari roʻyxatdan oʻtkazilayotganda toʻlangan toʻlovning 50 foizi miqdorida olinadi.
5. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatdan oʻtkazilganlik va ularda keyinchalik boʻlgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar uchu mazkur qarorga muvofiq olingan toʻlovlar summasi belgilangan tartibda jumhuriyat budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Vazirlar Mahkamasining raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 2-aprel,
83-son
Vazirlar Mahkamasyning 1991-yil 2-apreldagi 83-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Jamoat birlashma ustavlarini roʻyxatga olish toʻgʻrisida arizalarni koʻrib chiqish
QOIDALARI
1. “Oʻzbekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuniga muvofiq umumittifoq jamoat bir lashmalarining jumhuriyat boʻgʻinlari, xalqaro, jumhuriyatlararo, jumhuriyat hamda viloyatlararo jamoat birlashmalari ustavlari (nizomlari)ni Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi roʻyxatga oladi.
Faoliyati viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududiga yoki ikki yohud undan ortiq nohiyalar va shaharlar, posyolkalar va qishloqlar hududiga tarqaladigan jamoat birlashmalarining ustavlari xalq deputatlari tegishli viloyat, Toshkent shahar Sovetlari ijroiya qoʻmitalarining adlin boshqarmalari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Qoraqalpogʻiston MSSJ hududida ish olib boradigan jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish tartibini Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi belpilaydi.
2. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza maekur ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirrigining tegishli organiga topshiriladi. Arizaga jamoat birlashmasi rahbar tashkilotining azolari har birining istiqomat joii koʻrsatilib, imzo chekilgan hamda u mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan formaga mos boʻlishi kerak.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
jamoat birlashmasining ustavi hakdda ustavni qabul qilgan taʼsis yigʻilishi (konferensiya, syezd)ning bayonnomasi — ikki nusxada;
pul toʻlovchining kredit muassasasiga pul oʻtkazganligi toʻgʻrisida bank tomonidan belgi qoʻyilgan tulov qogʻozi yoki bankning roʻyxatga olish toʻlovi uchun pul qabul kilib olganligini tasdiqlovchi boshqa hujjati;
“Oʻzbekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonunining 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar, shu jumladan;
jamoat birlashmasini tuzish tashabbuskorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tashabbuskor — fuqarolar uchun familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, istiqomat koyi koʻrsatiladi; jamoat birlashmalari uchun — birlashmaning nomi, rahbar tashkilotining qayerda joylashganligi, ustavi qayerda va qachon roʻyxatga olinganligi koʻrsatiladi), “Oʻzbekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida” Oʻebekiston SSJ Qonuni kuchga kiritilgunga kadar tuzilgan jamoat birlashmalari tashabbuskorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat va jamoat organlarining aktlari, arxiv hujjatlariniig nusxalari, amaliy xarakterdagi maktublar shaklida taqdim etishlari mumkin;
mazkur jamoat birlashmasining Qoraqalpogʻiston MSSJda, viloyatlarda, Toshkent shahrida, boshqa jumhuriyatlarda, chet davlatlarda (xalqaro jamoat birlashmalari uchun) tashkilotlari mavjudligi toʻgʻrisadagi hujjatlar (yigʻilishlarning bayonlari, qarorlardan koʻchirmalar va boshqalar); partiyalar va kasaba uyushmalari uchun — shu birlashmalarning aʼzosi boʻlgan kamida 3000 fuqaroning familiyasi, ismi, Otasining ismi, tugʻilgan yili va istiqomat joyi koʻrsatilgan roʻyxati.
Oʻzbekiston SSJAdliya vazirligining organlari jamoat bir lashmalari tomonida taqdim etilgan materiallarning toʻgʻriligini tekshirishlari mumkin.
3. Jamoat birlashmasi ustavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston SSJ Adliya vazirligi idoralari tomonidan shu ariza tushgan kundan boshlab 2 oy muddat ichida koʻrib chiqiladi.
Jamoat birlashmasi uotavini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
ustavni roʻyxatga olish toʻgʻrisida;
ustavni roʻyxatga olishni rad etish haqida;
arizani koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida.
Qabul qilingan qaror haqida arizachiga roʻyxatga olish uchun belgilangan muddatda yozma ravishda xabar qilinadi.
4. “Oʻzbekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuni kuchga kiritilgunga qadar tuzilgan jamoat birlashmasining ustavi mazkur Qonunning 10-moddasi talablariga muvofiq kelmagan hollarda, agar ana shu nomuvofiqlik birlashmaning maqsadlari va vazifalariga hamda uning aʼzolari huquqlariga daxldor boʻlmasa, jamoat birlashmasi rahbar tashkilotining ustavga birlashmaning yaqinda boʻladigan umumiy yigʻilishida (syezdida) zarur oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishi toʻgʻrisida yozma majburiyati mavjud boʻlgan taqdirda bu jamoat birlashmasi roʻyxatga olinishi mumkin.
5. Jamoat birlashmasi ustavini roʻymatga olish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan taqdirda arizachiga roʻyxatga olinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunadagi (mazkur Qoidalarga 2-ilova) guvohnoma topshiriladi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma yoʻqolgan taqdirda uning ikkinchi nusxasini topshirish uchun roʻyxatga olish toʻlovi umumiy summasining 10 foizi miqdorida pul olinadi.
6. Ustavi roʻyxatga olingan jamoat birlashmasiga u jumhuryyat, jumhuriyatlararo, xalqaro va mahalliy birlashmalar roʻyxatiga qaysi raqam bilan yozilgan boʻlsa xuddi shunday roʻyxatga olish raqami beriladi.
7. Ustavni “roʻyxatga olish haqidagi ariza bilan nomi bir xil boʻlgan ikki yoki undan koʻproq jamoat birlashmasi murojaat qilgan hollarda “Oʻebekiston SSJda jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuni kuchga kiritilgunga qadar tuzilgan jamoat birlashmasi oldin amal qilgan Qonunlarga muvofiq ustavni roʻyxatga olishda ustun huquqqa ega boʻladi. Agar bunday birlashma boʻlmagan taqdirda daʼvogarlar orasidan shu nom bilan ustavni roʻyxatga olish toʻgʻrisida boshqalardan oldinroq ariza bergan jamoat birlashmasiga ustunlik beriladi.
8. Agar jamoat birlashmasini roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza ushbu qoidalarning 2-punktida koʻrsatilgan hujjatlarni ilova qilmasdan berilgan boʻlsa, bunday ariza koʻrib chiqilmaydi.
Arizani koʻrib chiqmasdan qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda ariza “Oʻzbekiston SSJda jamoat birrashmalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonunida va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda va muddatda koʻrib chiqilishi kerak.
9. Jamoat birlashmalari ustavlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritishni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi arizalar ushbu Qoidalarga muvofiq koʻrib chiqiladi.
10. Jamoat birlashmalari ustavlarini roʻyxatga olish bilan bogʻliq hujjatlar rasmiy tilda takdim etiladi.