1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.04 Sugʻurta boʻyicha boshqa masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.08.00 Investitsiya boʻyicha boshqa masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Sugʻurta]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsion faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 25 sentyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1982-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son “Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3-iyuldagi 68-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1982, 2009-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 340-modda) bilan tasdiqlangan Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsion faoliyati toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-sentabr,
39-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 10-sentabrdagi 39-son buyrugʻiga ILOVA
Sugʻurtalovchi va qayta sugʻurtalovchining investitsion faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
3. 21-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy (iqtisodiy, moliyaviy, buxgalteriya, matematik) maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonun hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tan olingan oliy (iqtisodiy, moliyaviy, buxgalteriya, matematik) maʼlumotga ega boʻlishi;”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2020-y., 10/20/1982-1/1321-son)