1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Qarori
BOShQARUV APPARATI XODIMLARI SONI QISQARIShI MUNOSABATI BILAN BOʻShAB QOLADIGAN MABLAGʻLARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 9-fevralda 1310-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi ]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 5-son va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 29-yanvardagi 07-2021/k/k-sonli ““Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1310-1, 15.02.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qarorining 5-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi qaror qiladi:
1. Boshqaruv apparati xodimlari soni qisqarishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligining 2002-yil 26-fevraldagi “Son jihatidan qisqartirilganligi tufayli boshqaruv idoralarini taʼminlash uchun xarajatlarni moliyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20 va 72-son qaror (2002-yil 13-mart, roʻyxat raqami 1116-son — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil 5-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin amalga kiritilsin.
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
20-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. OBIDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-yanvar,
72-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 6-con, 78-modda)