|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar | |
|
1. |
Fuqarolik masalalari bo‘yicha hujjatlarni vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqishni “E-Fuqaro” elektron tizimga o‘tkazish bo‘yicha muammolarni aniqlash va mavjud texnik imkoniyatlarni o‘rganish. |
Fuqarolik masalalari bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlarini “E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasiga integratsiyalashtirishni o‘rganish natijasi bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi, Davlat personallashtirish markazi |
|
2. |
“E-Fuqaro” IMBni yaratish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. |
“E-Fuqaro” IMBga ulanish uchun texnik yo‘riqnoma ishlab chiqish, tegishli idora va tashkilotlar bilan kelishish. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat personallashtirish markazi, “O‘zsuvta’minot” AJ |
|
3. |
Fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, ko‘rib chiqish tartibini joriy etish. |
Fuqarolik masalalari bo‘yicha arizalarni idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda avtomatlashtirilgan tizim orqali qabul qilish, ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat xizmatlari agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat personallashtirish markazi |
|
4. |
“E-Fuqaro” IMBni amaliyotga joriy etish doirasida vakolatli organlarning axborot tizimlari samarali ishlashi uchun zarur texnik qurilma va server uskunalarini modernizatsiya qilish. |
“E-Fuqaro” idoralararo ma’lumotlar bazasini amaliyotga joriy etish doirasida ichki axborot tizimlarini modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish, xarid qilingan apparat vositalari va dasturiy mahsulotlarni “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasidan attestatsiya va sertifikatsiyadan o‘tkazish. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat personallashtirish markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar |
|
5. |
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)dan fuqarolik masalalari bo‘yicha hujjatlarni elektron tarzda yuborish, qabul qilish jarayonlarini joriy qilish. |
1. YIDXPda davlat xizmati shaklini ishga tushirish bo‘yicha texnik hujjatlarni ishlab chiqish. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Fuqarolik masalalari bo‘yicha xizmatni YIDXPda ishga tushirish. |
2020-yil sentabr | |||
|
6. |
Xorijda doimiy istiqomat qilayotgan shaxslar tomonidan fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarni Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida joylashtirilgan interaktiv konsullik xizmati (TIV IKX) orqali dastlabki ariza yuborish tartibini belgilash. |
1. TIV IKXda interaktiv shaklda fuqarolardan arizalarni qabul qilish uchun texnik hujjatlarni ishlab chiqish. |
2020-yil noyabr |
Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. Texnik hujjatlar asosida arizalarni qabul qilishni amaliyotga joriy etish. |
2020-yil dekabr |
Tashqi ishlar vazirligi, | ||
|
7. |
O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqarolik masalalarini ko‘rib chiqish uchun mavjud davlat boji va yig‘imlarni elektron tarzda amalga oshirish mexanizmlarini joriy qilish. |
1. Fuqarolik masalalari bo‘yicha mavjud davlat boji va yig‘imlarni “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimiga ulash uchun hisobraqamlar ochish. |
2020-yil oktabr |
Markaziy bank, |
|
2. “E-Fuqaro” IMBni “Elektron hukumat”ning yagona billing tizimiga ulash. |
2020-yil noyabr |
Ichki ishlar vazirligi, | ||
|
8. |
“E-Fuqaro” IMBni ishga tushirish. |
1. Fuqarolik masalalari bo‘yicha murojaatlarni vakolatli organlar tomonidan “E-Fuqaro” IMB orqali ko‘rib chiqishni sinovdan o‘tkazish. |
2020-yil sentabr |
Ichki ishlar vazirligi, |
|
2. Sinov natijalari bo‘yicha “E-Fuqaro” IMBda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish va axborot tizimini amaliyotga joriy qilish. |
2020-yil sentabr | |||
|
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tuzilmasiga “E-Fuqaro” IMBni kuzatib borish vakolatini berish. |
2020-yil sentabr | |||
|
9. |
“E-Fuqaro” IMBni ishga tushirish. |
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda Vazirlar Maxkamasiga axborot berib berish. |
2020-yil oktabr |
Ichki ishlar vazirligi |