1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 19-avgustdagi PQ-4421-son qarori ijrosi yuzasidan, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasi va tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini taʼminlash, yuqori malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali (keyingi oʻrinlarda — Filial) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki, Filial Toshkent davlat agrar universitetining yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlarni tayyorlash;
oʻquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida sohaga oid innovatsion va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli hamda resurs tejaydigan ilgʻor texnologiyalar boʻyicha bilimlarni aks ettirish;
xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida Filialning professor-oʻqituvchilari, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarining malakasini oshirish va stajirovkalarini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “kichik innovatsion korxonalar” tashkil etish;
kafedralar ixtisosligi boʻyicha talabalar va yosh olimlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish maqsadida ilmiy maktab va toʻgaraklarni, shuningdek, “Yosh olimlar klubi”ni (Young Scholars Club) tashkil etish hamda keyinchalik eng iqtidorli yosh olimlarni xorijiy davlatlarga oʻqishga va stajirovkaga yuborish;
oʻquv va boshqaruv jarayonini tashkil va nazorat qilishda axborot tizimlarini joriy qilish, talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun masofaviy oʻqitish shaklini tatbiq etish orqali qulay shart-sharoitlar yaratish;
zamonaviy texnologiyalar va interaktiv taʼlim uslublarini (E-Minbar elektron platformasi), talabalarning mustaqil oʻquv va amaliy faoliyatini (keys-stadi, kouching va boshqalar) rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek, oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini (vebinar texnologiyalar) taʼminlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, obyektga yoʻnaltirilgan va dinamik taʼlim muhitini (Moodle) keng joriy qilish;
kredit-modul tizimini oʻquv jarayoniga joriy etish borasida professor-oʻqituvchilar oʻquv yuklamasini meʼyorlashtirish, shuningdek, pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlari, “ustoz-shogird” tizimi boʻyicha ishlarning bajarilishini ragʻbatlantirib borish;
xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha qoʻshma taʼlim (double degree) dasturlarini amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
istiqbolli yosh bitiruvchilarni respublika va xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarning magistratura va doktoranturasiga muntazam yuborish orqali Filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.
3. Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida 2020/2021 oʻquv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlashning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha qabul kvotasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Filialga talabalar respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab:
bakalavriat taʼlim yoʻnalishida taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish, bunda taʼlimning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik oʻqishni hamda haftaning shanba kunini mustaqil oʻzlashtirish kuni deb belgilash;
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʻshma taʼlim dasturlarining oʻquv rejalari va fan dasturlarini Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishgan holda mustaqil tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda:
bir oy muddatda oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Filialning tuzilmasi va ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlash;
Filialni oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish;
Filial professor-oʻqituvchilarini har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarida stajirovka oʻtashi boʻyicha dasturlar tayyorlanishini hamda amalga oshirilishini taʼminlash;
Filialda oʻquv-metodik jarayonning tashkil etilishini taʼminlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni oʻquv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
islohotlarning hozirgi bosqichiga hamohang tarzda yangi avlod darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari turkumini xorijiy olimlar, oliy taʼlim va agrar sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlash, shuningdek, oʻquv rejalari va dasturlarini yangilash hamda qayta koʻrib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;
Filialda Belarus Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan qishloq xoʻjaligi sohasida qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Filialning axborot-resurs markazini oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
6. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Belgilab qoʻyilsinki:
2020/2021 oʻquv yilida Filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va samarali faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻladigan xarajatlar hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari mablagʻlari hamda xorijiy tashkilotlarning grantlari hisobidan amalga oshiriladi;
Filialni saqlash xarajatlari 2020-yilda “Maorif” sohasi boʻyicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2021-yildan boshlab mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;
Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlashga limit ajratiladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi Samarqand agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji binolari va inshootlari, oʻquv-laboratoriya jihozlari va yotoqxona mebellarini Filialga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
9. Samarqand viloyati hokimligi:
Filialga boshqa hududlardan ishga qabul qilinadigan professor-oʻqituvchilarni Filialda faoliyat yuritgan davrda turar joy bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda talabalarning oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotlarini, professor-oʻqituvchilarning hamda ilmiy tadqiqotchilarning dala tajribalari va ilmiy tadqiqotlarini oʻtkazish maqsadida “Axborot maslahat markazi”ni (Extension center) tashkil etish uchun 50 gektar sugʻoriladigan yer maydoni ajratilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev hamda Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 16-sentabr,
556-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-sentabrdagi 556-son qaroriga ILOVA
Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida 2020/2021 oʻquv yili uchun bakalavrlar va magistrlar tayyorlashning taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha
QABUL KVOTASI
T/r
Yoʻnalish shifri
Taʼlim yoʻnalishi
Qabul kvotasi
shundan
davlat granti
toʻlov-kontrakt
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari
1.
5230100
Iqtisodiyot (qishloq xoʻjaligida)
50
10
40
2.
5230900
Buxgalteriya hisobi va audit (qishloq xoʻjaligida)
25
5
20
3.
52332500
Logistika (agrologistika)
25
5
20
4.
5233300
Agrobiznes va investitsion faoliyat
25
5
20
5.
5410100
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik
25
5
20
6.
5410200
Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari boʻyicha)
50
10
40
7.
5410300
Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)
50
10
40
8.
5410400
Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi (ekin turlari boʻyicha)
25
5
20
9.
5410500
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)
25
5
20
10.
5411000
Mevachilik va uzumchilik
25
5
20
11.
5411500
Oʻsimliklar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari karantini
25
5
20
12.
5411600
Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik
25
5
20
13.
5411700
Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish
25
5
20
14.
5430100
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish
25
5
20
15.
5311000
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (qishloq xoʻjaligida)
25
5
20
16.
5610300
Turizm (agroturizm)
25
5
20
Jami:
475
95
380
Magistratura mutaxassisliklari
1.
5A410101
Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar boʻyicha)
3
3
2.
5A410102
Agrokimyo
3
3
3.
5A410201
Agronomiya
3
3
4.
5A410202
Oʻsimlikshunoslik (ekin guruhlari boʻyicha)
4
4
5.
5A410301
Oʻsimliklar himoyasi (usullari boʻyicha)
4
4
6.
5A410401
Seleksiya va urugʻchilik (ekin guruhlari boʻyicha)
4
4
7.
5A410501
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha)
4
4
8.
5A411001
Sabzavotchilik va polizchilik
4
4
9.
5A411002
Mevachilik
4
4
10.
5A411701
Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi
3
3
11.
5A430101
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar boʻyicha)
4
4
Jami:
40
40
Hammasi:
515
135
380
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.09.2020-y., 09/20/556/1289-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)