toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.05.1993
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA XIZMATLARI UChUN TARIFLARNI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-sonli “Aholiga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlarini va xizmatlarning tariflarini qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Elektr energiyasi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar qiymati va pochtalarni tashish uchun tariflar oshgan sharoitlarda aloqa tarmoqlarining moʻtadil ishlashini taʼminlash va ularni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga koʻrsatiladigan aloqa xizmatlarining ayrim turlari boʻyicha erkin tariflarga oʻtish amalga oshirilsin, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan: xatlar va pochta kartochkalari, telegrammalarni joʻnatish va telefon apparati uchun abonement toʻlovi boʻyicha tariflar bundan mustasnodir.
2. 1992-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga cheklangan tariflar saqlanadigan aloqa xizmatlari koʻrsatish uchun amaldagi tariflar, shu jumladan:
xatlar va pochta kartochkalarini joʻnatish uchun 4 baravar;
telegramma berish uchun 2 baravar;
telefon apparati uchun abonement toʻlovi 3 baravar oshirilsin.
3. 1993-yilning 1-oktabrigacha amalda boʻlgan, ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq respublika aholisining alohida toifalariga aloqa xizmatlari uchun toʻlovlar boʻyicha berilgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan aloqa xizmatlari uchun tariflarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-sentabr,
442-son