1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.09 Ipakchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizda pillachilik va qorakoʻlchilik tarmoqlarining mavjud salohiyatini har tomonlama ishga solish hamda ishlab chiqarish korxonalarining rentabelligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali ushbu sohalarni qayta tiklash va rivojlantirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mazkur tarmoqlardagi infratuzilma resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlash, nasl koʻrsatkichlarini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha faoliyatni kuchaytirish talab etilmoqda.
Pillachilik va qorakoʻlchilikni jadal rivojlantirishni taʼminlash, pillachilik va qorakoʻlchilik klasterlarini tashkil qilgan holda xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, joylarda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish boʻyicha qorakoʻlchilik klasterlari (keyingi oʻrinlarda — klasterlar) tashkil qilinadi;
klasterlarga qorakoʻl zotli qoʻylarini boqishga moʻljallangan, shu jumladan oʻrmon bilan qoplanmagan oʻrmon fondi yerlaridan yaylovlar Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida belgilangan tartibda ijaraga beriladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali xom ashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha majburiyatlar yuklanadi;
klasterlar Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmogʻida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4567-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan 120 million soʻmgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qoʻllaniladi;
Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolari — klaster ishtirokchilariga kavrak plantatsiyalarini tashkil qilish va uni qayta ishlash, mayda shoxli nasldor mol xarid qilish va koʻpaytirish, shuningdek, mol soʻyish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan goʻsht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020 — 2023-yillarda ajratiladigan 10 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdordagi bank kreditlari boʻyicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar soni va ularni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan valyuta turidan qatʼi nazar, tijorat banklari tomonidan oʻrnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktdan koʻp boʻlmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiyalar beriladi.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Uyushma aʼzolariga qoʻl mehnati uchun uskunalar xarid qilish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish oʻrni yaratish sharti bilan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonliFarmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
3. Moliya vazirligi 2020-yil 1-oktabrga qadar Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi huzuridagi Qorakoʻlchilikni rivojlantirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning qolgan qismini ajratsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
4. 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari 2-2.1, 2.3. — 2.6, 2.8, 2.9 va 2.13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
5. Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Quyidagilar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita)ning asosiy vazifasi etib belgilansin:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
pillachilik va qorakoʻlchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni taʼminlash;
tut plantatsiyalari va yaylovlarning qatʼiy hisobini yuritish va fondini oʻrganish, shuningdek, pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash;
ipak qurti va qorakoʻl zotli qoʻylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;
pilla va qorakoʻl terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xom ashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda ipak va qorakoʻldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga koʻmaklashish;
pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga oʻz faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish;
junni qayta ishlash sanoatida raqobatni rivojlantirish, jun yetishtirish va uni qayta ishlash yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash;
junni qayta ishlashga hunarmandlarni keng jalb qilish orqali aholi bandligini taʼminlashga va ularning daromadini oshirishga koʻmaklashish;
xorijiy investitsiyalar, jumladan xalqaro moliya institutlarining mablagʻlarini jalb qilish yoʻli bilan sohani rivojlantirish.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
(6-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
g) quyidagilar klasterlarni tashkil qilish shartlari hisoblanadi:
Qoʻmita, tashabbuskor hamda Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida tomonlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartnoma tuzilishi;
(6-band “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
tashabbuskor tomonidan yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shohli nasldor mollarni koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish orqali xom ashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish boʻyicha majburiyatlar qabul qilinishi;
d) naslchilik chorvachilik subyektlarini davlat attestatsiyasidan oʻtkazish va naslchilik chorvachilik xoʻjaligi maqomi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish qorakoʻlchilikka taalluqli qismida Qoʻmita bilan birgalikda amalga oshiriladi.
7. Qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishga moʻljallangan Yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish va holatini oʻrganish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 4-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Komissiya 2020-yil 15-oktabrga qadar qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishga moʻljallangan mavjud yaylovlarni, yalpi xatlovdan oʻtkazsin.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Qoʻmitaning doimiy egaligiga berilayotgan yaylovlarning kadastr pasportlari tayyorlanishini va kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishini toʻlov undirilmasdan taʼminlasin.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
9. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Jahon bankining amalga oshirilayotgan loyihasi (15 mln yevro) va Fransiya taraqqiyot agentligi bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan “Oʻzbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasi (16 mln yevro) doirasidagi ikkita grant liniyalari yuqorida koʻrsatilgan ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasi, laboratoriya uskunalarini modernizatsiya qilish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularga xorijiy mutaxassislarni jalb qilishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
10. Qoʻmita Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro choʻl-yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va respublika viloyatlarida tashkil qilinayotgan, qishloq xoʻjaligidagi bilim va innovatsiyalar tizimini oʻz ichiga olgan Agroxizmatlar markazlari bilan chuqur integratsiyalashuvini;
pillachilik va qorakoʻlchilik bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga Agroxizmatlar markazlari orqali bilimlar berish, ularni ilmiy-amaliy qoʻllab-quvvatlash va xizmatlar koʻrsatish tizimi joriy etilishini taʼminlasin.
11. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va xom ipak (TIF TN kodi — 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran olib chiqiladigan ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va xom ipakning har bir kilogrammi uchun 0,05 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.
12. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Pillachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil qilinsin va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va xom ipak (TIF TN kodi — 5002 va 5003)ni olib chiqishda undiriladigan yigʻimlardan toʻliq hajmdagi tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uning mablagʻlarini shakllantirish manbai etib belgilansin.
13. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Qoʻmita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti filiallarida qorakoʻlchilik sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlar ochishni nazarda tutsin;
Samarqand veterinariya va meditsina texnikumida mayda shohli mollarni koʻpaytirish hamda ipak qurti yetishtirish boʻyicha kadrlar tayyorlanishini taʼminlasin;
Margʻilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabida ipak qurti yetishtirish, xom ipakni qayta ishlash va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha kadrlar tayyorlanishini taʼminlasin;
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti ularga mayda shohli mollarni va ipak qurtini koʻpaytirish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishda ilmiy-metodik yordam koʻrsatish vazifasini yuklagan holda tegishincha Samarqand veterinariya va meditsina texnikumiga va Margʻilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabiga biriktirilsin.
14. Ushbu Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
2020-yil 1-noyabrga qadar qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishga moʻljallangan mavjud yaylovlarni yalpi xatlovdan oʻtkazishda Komissiyaga koʻmaklashsin;
klasterlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning zaxiraga qaytarilishi, davlat mulki sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi hamda ochiq elektron tanlov orqali jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berilishini taʼminlasin.
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
b) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi klasterlar tomonidan foydalanilmayotgan yaylovlarning oʻrmon xoʻjaliklariga qaytarilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan tartibda ijaraga berilishini taʼminlasin;
(14-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
(14-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
ishtirokchilarning klasterlar faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha aniq majburiyatlarini belgilagan holda, tashabbuskorlar hamda Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bilan shartnomalar tuzsin;
klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalari oʻrnatilishini taʼminlasin;
olis choʻl hududlarida mayda shohli nasldor mollarni sugʻorish uchun mavjud inshootlar (tik va shaxtali quduqlar)ni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan dasturni tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan ipak momigʻi) va xom ipakni olib chiqish ustidan monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
(2.2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga 2.3-ILOVA
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Buxoro viloyatida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning
(2.7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga 2.8-ILOVA
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Samarqand viloyatida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning
(2.10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
(2.11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
(2.12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga 2.13-ILOVA
2021 — 2025-yillarga moʻljallangan Xorazm viloyatida qorakoʻlchilikni rivojlantirishning
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoniga 4-ILOVA
Qorakoʻl zotli qoʻylarni koʻpaytirishga moʻljallangan Yaylovlarni xatlovdan oʻtkazish va holatini oʻrganish boʻyicha komissiya
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Komissiya ishiga kelishuv boʻyicha boshqa vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik jamiyatlari va fuqarolik jamiyati institutlari rahbarlari va mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)