1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-son Farmoniga muvofiq kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga;
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga;
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga;
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga;
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi bilan integratsiyalashtirishni va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibotini joriy etsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi, shu jumladan ularning faoliyati yuzasidan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat xizmatlarni koʻrsatadigan davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi X.S. Turaxujayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-sentabr,
535-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Koʻchmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yigʻmajildini shakllantirish natijasida koʻchmas mulk obyekti boʻyicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
4. Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida boʻlinganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan soʻng ularning bir qismiga boʻlgan huquq boshqa shaxsga oʻtganda;
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki oʻzgartirishda;
5. Kadastr pasportini olish hamda belgilangan tartibda koʻchmas mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra bir vaqtda yoki alohida murojaat qilish mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlariga koʻra obyektning qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan taqdirda, bitta soʻrovnomaga asosan kadastr pasporti, obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi, koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma bir vaqtda beriladi.
Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, bekor boʻlganda yoki koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgarganligini tasdiqlash yoki qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha murojaat qilinganda, ariza beruvchining ixtiyoriga koʻra qogʻoz yoki plastik shakldagi kadastr pasporti beriladi.
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filiallari (keyingi oʻrinlarda — DK filiallari) kadastr yigʻmajildini shakllantirib, uning natijasi boʻyicha kadastr pasportini taqdim etadilar.
Davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha kadastr pasportini tayyorlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri DK filiallariga murojaat qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari va DK filiallari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
8. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
9. Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
10. Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida DK filialiga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda DK filialiga yuboriladi.
13. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
14. DK filiali zarur hollarda ariza beruvchi bilan kelishib, soʻrovnomada koʻrsatilgan joyga chiqqan holda, obyektning parametrlari boʻyicha oʻlchov ishlarini amalga oshiradi, xatlovdan oʻtkazadi hamda talab etilganda koʻchmas mulk obyektining manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi.
15. Ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan vaqtda va manzilda boʻlmagan taqdirda, soʻrovnomada koʻrsatilgan telefon raqami orqali aloqaga chiqilib, sababi aniqlanadi va bu haqda xolislar (qoʻshnilar) ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldiriladi.
Rasmiylashtirilgan dalolatnomaga asosan murojaat (soʻrovnoma) koʻrilmasdan qoldirilganligi haqida DK filiali masʼul xodimlari tomonidan ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma 1 ish kuni davomida tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
16. Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) koʻchmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi boʻyicha:
koʻp kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
b) koʻchmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi boʻyicha:
umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
ajratilgan yer uchastkalari boʻyicha — 3 ish kunigacha.
Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.
17. Toshkent viloyati va Toshkent shahrida malaka shahodatnomasiga ega boʻlgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi tomonidan oʻtkazilgan texnik xatlov natijasiga koʻra tayyorlangan kadastr ishlari taqdim etilgan taqdirda, DK filiali tomonidan kadastr pasporti ariza beruvchiga 3 ish kuni mobaynida rieltorlik tashkilotlari orqali taqdim etiladi.
18. Kadastr yigʻmajildi shakllantirilgandan soʻng DK filiali tomonidan kadastr pasporti berish va koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish (talab etilganda) uchun toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat qilgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Bunda qogʻoz shaklidagi kadastr pasporti YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.
Kadastr pasportini berish uchun undiriladigan toʻlov miqdorlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga asosan belgilanadi.
19. Davlat xizmatlari markazlari xabarnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomani olgandan soʻng bir oy mobaynida kadastr pasportini berishning toʻlov qiymatini xabarnomada qayd etilgan miqdorda toʻlaydi.
Kadastr pasporti berish uchun toʻlov qiymati toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi orqali tasdiqlanadi.
Belgilangan muddatda tegishli toʻlov miqdori toʻlanmasligi kadastr pasportini berishni rad etish uchun asos boʻladi. Ushbu holatlarda ariza beruvchi umumiy tartibda davlat xizmatidan foydalanish uchun takroran murojaat qilishga haqli.
Davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, toʻlov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.
20. Toʻlov miqdori quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) rieltorlik tashkilotlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — rieltorlik tashkilotlari hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
21. Xabarnomada koʻrsatilgan toʻlov toʻliq toʻlangandan soʻng Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan tizimdan kadastr pasportini yuklab olish (qogʻoz yoki plastik shaklda chop etish) imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchiga real vaqt rejimida kadastr pasporti beriladi.
22. Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari mazkur Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Arizaberuvchi
1. Kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar yoki Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi filialiga (DK filiali) yuboradi.
1. Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
DKfiliali
1. Obyektda joyiga chiqib oʻlchov ishlarini amalga oshiradi va toʻlov miqdori qiymati koʻrsatilgan xabarnomani (invoys) Davlat xizmatlari markaziga, ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
2. Obyekt manzilini belgilaydi yoki oʻzgartiradi (talab etilganda).
Reglamentda koʻrsatilgan
(obyekt murakkabligidan kelib chiqib) muddatlarda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Xabarnomani (invoys) ariza beruvchiga beradi.
1. Real vaqt rejimida
2. Avtomatik tarzda
5-bosqich
Arizaberuvchi
Xabarnomada (invoys) belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.
1 oy mobaynida
6-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Tizimdan kadastr pasportini yuklab oladi (chop etadi) va ariza beruvchiga kadastr pasportini beradi.
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
III. Kadastr pasportini tayyorlashning maqsadi:
1. Yangi koʻchmas mulk obyektiga (birlamchi) kadastr pasportini shakllantirish
(toʻlov asosida)
koʻp kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
noturar joy toifasidagi koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti;
yer uchastkasining kadastr pasporti;
koʻp kvartirali turar joyda joylashgan noturar joyning kadastr pasporti;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.
2. Koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, obyektda oʻzgarishlar mavjud boʻlmaganda bepul asosda kadastr pasportini berish
kadastr pasporti yaroqsiz holga kelganda yoki yoʻqolganda;
begonalashtirilganda (egasi oʻzgarganda);
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilgand, obyektning qolgan qismiga.
3. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarning kadastr pasporti, dalolatnoma va reyestrdan koʻchirmasini bir vaqtda berish
a) kadastr pasporti (toʻlov asosida);
b) obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi (bepul);
v) koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi reyestrdan koʻchirma (bepul).
4. Koʻchmas mulk begonalashtirilganda yoki eski kadastr hujjatini (oʻzgarishsiz) yangi shakldagi kadastr pasportiga yangilash (bepul)
Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Kadastr pasporti shakli:
qogʻoz shaklida
plastik shaklda
IV. Soʻrovnomaga ilova:
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatning skanerlangan nusxasi: (notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shatrnomasi, sud qarori va uning rekvizitlari va shunga oʻxshash hujjatlar) mavjud boʻlganda.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 2-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni (keyingi oʻrinlarda — ipoteka) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi (birlamchi bozordan koʻchmas mulk olishda ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma bundan mustasno) va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani notarial tartibda tasdiqlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
3. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Qonun asosidagi ipotekani vujudga keltiradigan kredit shartnomasi yoki qarz shartnomasi qonun asosidagi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Qonun asosidagi ipoteka alohida ariza berilmasdan va roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yigʻim undirilmasdan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
6. Tijorat banklari, davlat notarial idoralari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun vakolatli organlar orqali oʻzi kelib murojaat etganda, vakolatli organ xodimi ariza beruvchi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga ipoteka shartnomasi ilova qilinadi.
9. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatilganda, yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
10. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat notarial idoralari orqali murojaat etganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) tijorat banklari orqali murojaat etganda:
10 foizi — tijorat banklarning hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
11. Ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
13. Zarur maʼlumotlar rasmiylashtirilgandan va soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng vakolatli organ uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi va Markazga yuboradi.
14. Quyidagilar roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab bir oy mobaynida ipotekani roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
15. Markaz soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida ipotekani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, koʻchmas mulk obyekti boʻyicha ipoteka taqiqi qoʻyadi, QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va tegishli vakolatli organga yuboradi.
16. Vakolatli organlar Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi yoki talabgorni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Vakolatli organlar talabgorning soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan holda arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha berilgan elektron hujjatlar asli bilan tenglashtiriladi.
18. Vakolatli organlar va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boshqarmalari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
20. Ariza beruvchi vakolatli organlar va Markaz xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Ipotekani davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun tijorat banklari, davlat notarial idoralari (vakolatli organlar) orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Vakolatli organ
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. Ipotekani roʻyxatdan oʻtkazadi, tegishli reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Ipotekani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
Vakolatli organlar
1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan tegishli reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
2. Ariza beruvchining oʻzi kelib murojaat qilganda reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
__________________
(sanasi)
_______________
(raqami)
Koʻchmas mulk obyektlarining qonun asosidagi ipotekasi va ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 3-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Bir yildan ortiq muddatga tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — Shartnoma) davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran tuzilgan deb hisoblanadi va kuchga kiradi.
3. Shartnomaning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
4. Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
Fuqarolar oʻrtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlarii xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ariza beruvchilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
16. Quyidagilar shartnomani davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan kundan boshlab oʻn kun mobaynida shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimni toʻlamasdan qayta murojaat qilish huquqiga ega.
17. Markaz soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, shartnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Shartnomani davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazadi, Reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markazlariga yuboradi.
2. Shartnomani roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu xaqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida
SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Joylashgan joyi:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
3. Koʻchmas mulkning kadastr raqami:
4. Siz ijtimoiy imtiyozga egamisiz?
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) koʻchmas mulk egasi qoʻshni yer uchastkasining egasidan, zarur hollarda esa — boshqa yer uchastkasining egasidan ham oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni (keyingi oʻrinlarda — servitut) davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Servitut uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan oʻzga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sudning hal qiluv qaroriga binoan belgilanadi.
3. Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:
oʻzganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasida drenaj ishlari oʻtkazish;
oʻzganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va quvurlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar oʻtkazish va ulardan foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasidan ekinzor va mollarni sugʻorish uchun suv olish;
mollarni oʻzganing yer uchastkasi orqali haydab oʻtish;
oʻzganing yer uchastkasidan qidiruv, tadqiqot va boshqa ishlarni bajarish uchun vaqtincha foydalanish;
oʻzganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.
Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.
Servitut shakli ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ariza beruvchilar oʻrtasida tuziladi.
4. Servitut davlat roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim va yer uchastkasi boshqa shaxsga oʻtgan vaqtda saqlanib qoladi. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazish Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tegishli yozuv kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi va Reyestrdan koʻchirma taqdim etadi.
6. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
7. Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
8. Ariza beruvchi servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
9. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
Soʻrovnomaga servitut yoki sudning qarori ilova qilinadi.
10. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
12. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
13. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng barcha hujjatlar real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
16. Quyidagilar servitutni davlat roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻladi:
taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
hujjatlarni tegishli tarzda rasmiylashtirmay taqdim etish;
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa cheklovlar.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
17. Markaz soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi, servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi xaqida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
18. Davlat xizmatlari markazlari Reyestrdan koʻchirma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga Reyestrdan koʻchirmani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
19. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
21. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ILOVA
YER UCHASTKASIDA SERVITUT OʻRNATISH TOʻGʻRISIDA KELISHUV
“Yer uchastkasining huquq egasi, bir tarafdan, va _________________________________ ____________________________________________________________________________
(servitut oʻrnatilishidan manfaatdor nomi)
servitut oʻrnatilishidan manfaatdor (keyingi oʻrinlarda — “manfaatdor”) ikkinchi tarafdan, birgalikda “Taraflar”, alohida esa “Taraf” deb ataluvchilar ushbu kelishuvni quyidagilar haqida tuzdi:
1. KELISHUV PREDMETI
1.1. Yer uchastkasi huquq egasiga ________________________________________________
(hujjat nomi, berilgan sanasi va raqami)
huquqi bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
1.2. Yer uchastkasining manzili ________________________________________________.
(toʻliq manzil koʻrsatiladi)
1.3. Umumiy maydoni________kv.m.ga teng boʻlgan yer uchastkasining servitut oʻrnatilayotgan qismining umumiy maydoni ________ kv.m.ni tashkil etadi.
1.4. Yer uchastkasi boʻyicha oʻrnatilgan servitut boʻyicha kelishilgan sxemasi ilova qilinadi va ushbu sxema kelishuvni ajralmas qismi hisoblanadi.
1.5. Ushbu kelishuv boʻyicha servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
1.6. Servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu kelishuv imzolangan paytdan boshlab ____________ kun ichida amalga oshiriladi.
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga majbur:
servitut davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab Manfaatdorga ushbu kelishuvning 1.2-bandida koʻrsatilgan Yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqini taqdim etish;
manfaatdorga servitutdan maqsadli foydalanishga toʻsqinlik qilmaslik;
manfaatdor bilan birgalikda servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
yer uchastkasidan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda, uni lozim darajadagi holatda saqlash uchun oʻz kuchi bilan va oʻz hisobidan uni yigʻishtirish, qoʻriqlash, taʼmirlash va unga boshqacha tarzda xizmat koʻrsatish;
uchinchi shaxslar bilan yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuziladigan taqdirda, ushbu masalani Manfaatdor bilan yozma shaklda kelishish.
2.2. Yer uchastkasining huquq egasi quyidagilarga haqli:
Manfaatdor tomonidan servitutdan muntazam ravishda (ikki marotaba va undan ortiq) ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanilmagan taqdirda, ushbu kelishuvni bekor qilishni talab qilish;
Manfaatdorda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, ushbu kelishuvni Manfaatdorni bu haqda yozma ravishda xabardor qilgan holda bir taraflama tartibda bekor qilish.
2.3. Manfaatdor quyidagilarga majbur:
servitutdan faqat ushbu kelishuvga asosan belgilangan maqsadlarda foydalanish;
yer uchastkasining huquq egasi bilan birgalikda servitutni yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazish;
oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlgan taqdirda, yer uchastkasi huquq egasini birinchi talabiga koʻra servitutdan foydalanishni toʻxtatish;
uchinchi shaxslar bilan ushbu Yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv tuzish masalasini kelishish yuzasidan Yer uchastkasining huquq egasidan xabarnoma olingan taqdirda, shunday xabarnoma olingan paytdan boshlab ____________ kun ichida yozma ravishda javob berish.
2.4. Manfaatdor sutkaning istalgan vaqtida servitut bilan yuklashtirilgan yer uchastkasi orqali oʻz hududiga oʻtishga haqli.
3. SERVITUT AMAL QILISHINI BEKOR QILISH HOLLARI
3.1 Ushbu kelishuv bilan belgilangan servitutning amal qilishi quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Manfaatdor va yer uchastkasining huquq egasi bir shaxsga birlashganda;
Manfaatdor servitutdan voz kechganda, buning uchun servitut bekor qilinishidan _________ kun oldin yer uchastkasi huquq egasiga yozma xabarnoma yuborish zarur;
ketma-ket _________________ yil davomida servitutdan foydalanilmaganda;
Manfaatdorda oʻz hududiga jamoat ehtiyojlari uchun moʻljallangan boshqa yer uchastkasi orqali oʻtish imkoniyati paydo boʻlganda.
4. FORS-MAJOR HOLATLARI
4.1. Taraflar bir-birlarini fors-major holatlari yuzaga kelganligi toʻgʻrisida ular yuzaga kelgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida xabardor qilishi kerak.
4.2. Fors-major holatlari vujudga kelgan taqdirda ushbu kelishuv boʻyicha majburiyatlarni bajarish muddati shunday holatlar va ularning oqibatlari amalda boʻlgan davrga koʻchiriladi.
5. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
5.1. Ushbu kelishuvga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma shaklda amalga oshiriladi va shartlashayotgan Taraflarning vakolatli vakillari tomonidan imzolanadi.
5.2. Ushbu kelishuv boʻyicha nizolar Taraflar tomonidan muzokaralar yoʻli bilan hal etiladi, kelishuvga erishishning imkoni boʻlmaganda esa sud orqali hal etiladi.
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ILOVA
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Servitutni davlat roʻyxatdan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi va belgilangan miqdordagi toʻlovni amalga oshiradi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazadi, tegishli reyestrdan koʻchirmani rasmiylashtiradi va uni vakolatli organga yuboradi.
2. Servitutni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etadi.
1 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda Reyestrdan koʻchirmani ariza beruvchiga beradi.
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ILOVA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
Oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) toʻgʻrisidagi kelishuvni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (JSHSHR):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
I. (yur.) Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Toʻliq nomi:
2. STIR:
3. Yuridik manzili:
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Koʻchmas mulk obyektining nomlanishi: (noturar joy toifasidagi obyektlar uchun):
2. Koʻchmas mulk obyektining manzili (indeks, manzil, moʻljal):
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 5-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) respublika miqyosida nomida turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma (keyingi oʻrinlarda — maʼlumotnoma) berish tartibini belgilaydi (huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi soʻrovnomalari bundan mustasno).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maʼlumotnoma taqdim etadilar.
3. Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari va Markaz oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron tizim yordamida amalga oshiriladi.
4. Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi yoki davlat organi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
8. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun).
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) davlat organlari orqali murojaat etilganda:
10 foizi — davlat organlari hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning 80 foizi Markaz hisobvaragʻiga, 20 foizi tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonalarining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
10. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
12. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki davlat organlari orqali murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Markazga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Markazga yuboriladi.
13. Markaz soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoxud ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
14. Davlat xizmatlari markazlari maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazlari xodimi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
15. Davlat xizmatlari markazlari va Markaz oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
17. Ariza beruvchilar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi, davlat organlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
3. Davlat organlari
Soʻrovnomani Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi (Markaz)ga yuboradi
Soʻrovnoma toʻldirilishi bilan
3-bosqich
Markaz
1. QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va uni Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
2. Maʼlumotnoma rasmiylashtirishni rad etadi.
3 ish kuni mobaynida
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Maʼlumotnomani ariza beruvchining elektron manziliga joʻnatadi va ariza beruvchini bu haqda axborot- kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Oʻzi kelib murojaat qilganda, maʼlumotnomani ariza beruvchiga beradi.
Real vaqt rejimida
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
________________
(sanasi)
_________________
(raqami)
Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi haqida maʼlumotnoma berish boʻyicha SOʻROVNOMA
I. (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:
1. F.I.O.:
2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):
3. STIR (PNFL):
4. Yashash manzili:
5. Telefon raqami:
6. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
II. Maʼlumotnoma oluvchilar:
T/r
F.I.O. (oʻzgargan boʻlsa, oldingi F.I.O. ham koʻrsatiladi)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibida:
a) 4.10-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini, yer uchastkasi boʻyicha servitutni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda garov xatini rasmiylashtirish”;
b) 4.11.-pozitsiyaning “Davlat xizmatlarining nomi” ustunidagi “axborot” soʻzi “maʼlumotnoma” soʻzi bilan hamda “Ishlar narxi” ustunidagi “20 foizi” soʻzlari “3 foizi (har bir fuqaro uchun)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 4.12 va 4.13-pozitsiyalar qoʻshilsin:
“
4.12.
Koʻchmas mulkka oid kadastr maʼlumotlarini taqdim etish
Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi (davlat organlari uchun bepul)
4.13.
Shahodatnomaga ega boʻlgan kadastr muhandisi tomonidan tayyorlangan kadastr yigʻmajildiga asosan koʻchmas mulkni hisobga olish va kadastr pasportini berish
a) bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari
b) koʻchmas mulk obyektining kadastr qiymatini hisoblash talab etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari
“2. Quyidagi hollarda davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun yigʻimlar undirilmaydi:
a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:
koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasporti) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;
koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga;
rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;
kadastr yigʻmajildi (pasporti) yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda va koʻchmas mulk obyekti koʻrsatkichlari oʻzgartirilmasdan);
b) koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda:
fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganda;
tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi oʻzgarganda”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 318-modda) bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“kadastr pasporti — huquq egasiga beriladigan hamda koʻchmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan plastik shaklda yoki qogʻoz shaklda beriladigan elektron hujjat”;
b) 6-bandning birinchi xatboshidagi “tegishli tuman (shahar)dagi filiallari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
g) 71-bandning birinchi xatboshidagi “elektron shakldagi kadastr pasportini tayyorlash yakunlari boʻyicha notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda (koʻchmas mulk bilan bitim tasdiqlanishidan avval)” va “bir vaqtning oʻzida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) 9-bandning uchinchi xatboshidagi “texnik xatlovdan oʻtkazish” soʻzlari “kadastr pasportini tayyorlash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquq turi yoki egasi oʻzgarganda, ushbu Nizomga asosan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng kadastr pasporti faqat koʻchmas mulk obyekti mulkdorining ixtiyori va soʻroviga koʻra rasmiylashtiriladi.
Bunda koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki unda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlganda, obyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kadastr pasporti rasmiylashtirilgandan soʻng amalga oshiriladi.
11. Koʻchmas mulk obyekti mulkdorlari yoxud ushbu obyekt boʻyicha ashyoviy huquqlar egalari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning vakolatli vakillari koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelganda, boshqa shaxsga oʻtganda, cheklanganda yoki bekor boʻlganda yoxud koʻchmas mulk obyektining huquqiy holati oʻzgargan kundan boshlab bir oy muddatda mazkur Nizomning 21, 22, 23, 30, 31, 32, 35, 38, 39, 40, 41, 42, 43-bandlarida koʻrsatilgan huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona davlat xizmatlari portali orqali, garov xati rasmiylashtirilganda esa — koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilishlari shart.
Arizada koʻchmas mulk obyektining turi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan huquq, unga kadastr yigʻmajildi tayyorlangan yoki qayta rasmiylashtirilgan koʻchmas mulk obyektining nomi va u tayyorlangan sana (mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi”;
“16. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim miqdori koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) tashkilotlarga, Markazga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.”.
i) quyidagi mazmundagi 171 va 172-bandlar qoʻshilsin:
“171. Markazlar yoki tashkilotlar yigʻim summasi koʻrsatilgan xabarnoma (invoys) kelib tushganidan soʻng real vaqt rejimida bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Ariza beruvchi xabarnomada koʻrsatilgan miqdorda yigʻim summasini toʻlaydi.
Reyestrdan koʻchirma berish uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandda koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
172. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazlar orqali murojaat etganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) koʻchmas mulk “E-IJRO AUKSION” Yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotilganda va rieltorlik xizmatlari koʻrsatilganda:
10 foizi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
v) tijorat banklari tomonidan uy-joyga nisbatan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, shu jumladan qurilishi tugallangan uy-joyni rasmiylashtirishda:
10 foizi — tijorat banklarning bank hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
g) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
d) notarial idora orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonalari hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
“18. Xabarnomada koʻrsatilgan yigʻim toʻliq toʻlanganidan soʻng real vaqt rejimida markazlar yoki tashkilotlar xodimi tomonidan tizimdan mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda tegishli huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi elektron koʻrinishdagi Reyestrdan koʻchirma yuklab olish imkoni paydo boʻladi va ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga reyestrdan koʻchirma elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berilishi mumkin.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
l) quyidagi mazmundagi 211-band qoʻshilsin:
“211. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga qoʻyish uchun tayyorlangan yer uchastkasi haqidagi materiallar ushbu yer uchastkasi boʻyiicha kadastr yigʻmajildi shaklida qabul qilinadi”;
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining “Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amal qilgan davrda (1990 — 1998-yillarda) olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
“Oʻzbekiston SSRning Yer kodeksi amal qilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga boʻlgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan quyidagi hujjatlar asos boʻladi, shuningdek, mazkur hujjatlar davlat arxivlari saqlovida mavjud boʻlmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, oʻrnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi:”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Yakka tartibdagi turar-joy noturar joy toifasiga oʻtkazilgan taqdirda, yer uchastkasi doimiy foydalanish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Noturar joy yakka tartibdagi turar-joy toifasiga oʻtgazilganda, yer uchastkasi meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi”;
“Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlar tegishli loyiha tashkiloti tomonidan ularning qurilishi boshlanganligi tasdiqlangan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin. Bunda bino va inshootning poydevor va birinchi qavati devorlarining qurilish ishlari yakunlanganligi qurilishni boshlangan deb topish uchun asosi hisoblanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Qurilishi tugallanmagan” soʻzlaridan keyin “turar va” soʻzlari qoʻshilsin;
t) 51-bandga quyidagi tahrirdagi toʻqqizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“yer uchastkasiga boʻlgan huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganda”;
u) 54-bandning ikkinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya Milliy markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Markaz ipoteka toʻgʻrisidagi shartnomani yuridik va jismoniy shaxslar arizalari, shuningdek notarial idoralar va tijorat banklari tomonidan elektron shaklda tuzilgan qonun asosida ipoteka shartnomasi haqida axborotlar asosida roʻyxatga oladi va ipoteka taqiqi qoʻyadi.”;
x) 56-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
ch) 60-bandning birinchi xatboshidagi “davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ” soʻzlari “Markaz” soʻzi bilan almashtirilsin;
sh) 89-banddagi “organning” soʻzi “organ va Markazning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Markazlar yoki tashkilotlarga oʻzi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi