1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.03.00 Favqulodda holat;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 171-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4276-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
Vazirlik va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning FVDT funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari 2-ilovaga muvofiq;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari]
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining FVDT hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha funksiyalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari va FVDT tarkibidagi boshqa tashkilotlar uch oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining tegishli funksional va hududiy quyi tizimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni qayta koʻrib chiqsinlar (ishlab chiqsinlar) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladigan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini bajaruvchi T.A. Xudaybergenov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 26-avgust,
515-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining asosiy maqsadi va vazifalarini, uning tashkiliy-funksional tuzilmasini hamda faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) — davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari va vositalaridan iborat tizim.
3. FVDT oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi hamda favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari va koʻrsatmalariga, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari, vositalari tizimi, saʼy-harakatlar majmui;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish — oldindan oʻtkaziladigan hamda favqulodda vaziyatlar roʻy berishi xavfini imkon qadar pasaytirishga, bunday vaziyatlar roʻy bergan taqdirda esa odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish — favqulodda vaziyatlar roʻy berganda oʻtkaziladigan hamda odamlarning hayotini asrab qolish va sogʻligini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar roʻy bergan zonalarning kengayishiga yoʻl qoʻymaslikka hamda xavfli omillar taʼsirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va kechiktirib boʻlmaydigan ishlar kompleksi;
FVDTning funksional quyi tizimi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarni oʻz ichiga olgan quyi tizim;
FVDTning hududiy quyi tizimi — tegishli hududda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajaruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarini oʻz ichiga olgan quyi tizim;
fuqaro muhofazasi — harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan Oʻzbekiston Respublikasi aholisini, hududlarini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilish maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlarning davlat tizimi.
2-bob. FVDTning asosiy maqsadi va vazifalari
5. FVDTning asosiy maqsadi vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish kiradigan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan tinchlik va alohida davrda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari samarali tashkil etilishi va amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat.
6. Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tinchlik va alohida davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
respublika hududida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yuzasidan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va yujrosini taʼminlash, shuningdek, ushbu soha boʻyicha ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
boshqaruv organlari va favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun moʻljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini taʼminlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish, almashish, axborot tayyorlash va berish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
xorijiy davlatlar hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida fuqarolarning, shu jumladan, ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini taʼminlash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;
sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan sugʻurta qilishning maqbul tizimini taʼminlash.
3-bob. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi
7. FVDTning tashkiliy-funksional tuzilmasi mazkur nizomga ilovaga muvofiq belgilanadi.
8. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot-boshqaruv tuzilmasidan iborat boʻlib, respublika, mahalliy va obyekt darajalariga ega.
9. FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega boʻladi:
FVDT boshqaruv organlari;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
10. FVDTning hududiy quyi tizimlari oʻz maʼmuriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi boʻgʻinlardan iborat boʻladi.
FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, mahalliy geofizik va tabiiy-iqlim sharoitlarini, xavf darajasi yuqori obyektlarning mavjudligini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (keyingi oʻrinlarda — FVV) bilan kelishgan holda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
11. FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat boʻladi.
FVDT funksional quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch-vositalari tarkibi, faoliyat koʻrsatish tartibi mazkur Nizom, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha funksiyalari, xavf darajasi yuqori boʻlgan idoraviy mansub obyektlardagi ishlab chiqarish texnologiyalarining xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan ushbu quyi tizimlar toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi hamda FVV bilan kelishgan holda tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tasdiqlanuvchi ixtisoslashgan xizmatlar va avariya-qutqaruv tuzilmalari toʻgʻrisidagi nizomlar bundan mustasno).
12. FVDTning axborot-boshqaruv tuzilmasi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining axborot-tahlil markazlari;
atrof tabiiy muhit va xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar holatini kuzatish va nazorat qilish organlarining axborot markazlari;
turgʻun (statsionar) boshqaruv punktlari;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch-vositalarini boshqarishning harakatdagi punktlari;
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
aloqa va axborot uzatish vositalari, shu jumladan, boshqarish va axborot bilan taʼminlashning avtomatlashtirilgan tizimi.
FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlarining ixtisoslashgan hamda laboratoriya nazorati va kuzatuv tizimidagi boʻlinmalaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, quruqlik (tuproq, yer osti)ning holati oʻzgarishi, atmosfera (havo muhiti) tarkibi va xossalari hamda gidrosfera holatining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) holat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va qayta ishlash (tahlil qilish va saqlash);
FVDTning boshqaruv organlari, kundalik boshqaruv organlari, kuchlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yuz berishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi toʻgʻrisida xabardor qilish va maʼlumot (axborot) berish;
FVDT quyi tizimlari va boʻgʻinlari, boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, favqulodda vaziyatlarni tugatish kuch-vositalari oʻrtasida oʻzaro axborot va maʼlumot almashinuvini taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarning mezonlari, mazmuni va turlari, ularni FVDT quyi tizimlari va boʻgʻinlariga, shuningdek, aholiga yetkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida favqulodda vaziyatlar masalalari boʻyicha kundalik hamkorlik qilish va xabar berish yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
13. FVDT boshqaruv organlari:
respublika darajasida — FVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalari;
mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan boʻlinmalari;
obyekt darajasida — obyektlar maʼmuriyati hamda vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy boʻlinmalari (xizmatlari, shuʼbalari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari)dan iborat.
FVDT, uning quyi tizimlari va boʻgʻinlarining faoliyatini tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha ularga belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va samarali bajarilishini taʼminlash tegishli FVDT boshqaruv organlariga yuklanadi.
14. FVDT tezkor-boshqaruv organlari — FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning boʻgʻinlariga tezkor boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir, ular quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
respublika darajasida — FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
mahalliy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari, shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari, tashkilotlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
obyektlar darajasida — obyektlarning navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
tegishli ravishda har bir darajadagi FVDT boshqaruv organlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuch va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlari.
FVDT tezkor-boshqaruv organlari tegishli boshqaruv organining doimiy joylashuv punktlarida, favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda esa — favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalarini boshqarish statsionar va harakatdagi punktlarda tashkil etiladi. Ular oldindan tegishli xabar berish, aloqa, axborotni qayta ishlash va uzatishning tegishli texnik vositalari bilan jihozlanadi hamda oʻzlariga yuklangan vazifalarni bajarishga doimiy tayyor holatda saqlanadi.
Tezkor-boshqaruv organlari favqulodda vaziyat sodir boʻlishi xavfi toʻgʻrisida ogohlantirish maʼlumotlarini hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish boʻyicha tavsiyalar FVDT boshqaruv organlariga tezkor taqdim etilishini taʼminlaydi.
15. Quyidagilar respublika darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida iqtisodiyot tarmoqlari hamda oʻta muhim va xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar faoliyati barqarorligini oshirishga qaratilgan va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini imkon qadar kamaytiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga rahbarlik qilish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida respublika maqsadli va ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish va bajarilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar, hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni taʼminlash;
kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalashtirish va yaratishni nazorat qilish;
tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimida tegishli vazifalarni bajarish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, FVDT kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorligini taʼminlash;
sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, boʻlishi mumkin boʻlgan oqibatlari hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga oid qabul qilinayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarning toʻplanishini va almashinishini hamda xabar qilinishini taʼminlash va nazorat qilish;
qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni, shu jumladan, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini taʼminlash ishlarini, evakuatsiya ishlarini amalga oshirishga oid tadbirlarning bajarilishini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan FVDT funksional quyi tizimlari kuch-vositalarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun respublika (idoraviy) moliyaviy va moddiy resurslar zaxirasini, shuningdek, FVDTning maxsus sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etishga va undan foydalanishga rahbarlik qilish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish;
idoraviy mansub obyektlarning rahbarlari tarkibi va kuchlari, shuningdek, xodimlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashni muvofiqlashtirish;
ishlab chiqarish va texnologiyalar xavfsizligi, shuningdek, xodimlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda qatnashish.
16. Quyidagilar mahalliy darajadagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlar sharoitlarida xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarning barqaror ishlash imkoniyatini oshirishga doir tashkiliy va muhandislik-texnik tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha hududiy (viloyat) maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimining mahalliy darajasini tashkil etish va doimiy tayyor holatda saqlash;
boshqarish va axborotni uzatish uchun umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar hududiy tarmoqlaridan va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlaridan, radio, televideniye va boshqa texnik vositalardan markazlashtirilgan holda foydalanishni taʼminlash;
FVDTning manfaatdor funksional quyi tizimlari bilan birgalikda kimyoviy, yonish, portlash va boshqa xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda, shu jumladan, suv omborlarining gidrotexnika inshootlarida ularning texnik holatini avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi tizimlarni, shuningdek, ushbu obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy darajasini yaratish va ularning doimiy shayligini taʼminlash;
atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori obyektlardagi vaziyatni doimiy kuzatish va nazorat qilishni taʼminlash, favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish;
boshqaruv organlari, boshqaruv punktlari, kuch-vositalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha harakatlarga doimiy tayyorligini taʼminlash;
sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar, ularning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, ularni bartaraf etishga doir koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, almashish va oʻz vaqtida xabar qilish;
FVDT hududiy quyi tizimlari kuch-vositalarining, shuningdek, koʻngilli tuzilmalar, qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlar chogʻida qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishiga rahbarlik qilish va harakatlarining uygʻunligini taʼminlash, volontyorlar hamda mehnatga layoqatli aholini ushbu ishlarga jalb qilishni tashkil etish;
aholini evakuatsiya qilish (vaqtincha olib chiqish)ni, evakuatsiya qilingan aholini joylashtirish, hayot sharoitini taʼminlash hamda ularning favqulodda vaziyatlar bartaraf etilgach doimiy yashash joylariga qaytishini rejalashtirish va amalga oshirish;
xavfli zonalardagi aholi punktlarida va xoʻjaliklarda yashovchilarni xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish hamda ularning hayotiy sharoitini har tomonlama taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini moliyalashtirish;
FVDT xizmatlari va tuzilmalarini, qutqaruv tuzilmalari va qutqaruv xizmatlarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
fuqarolarni, ularning uy-joyi va mol-mulkini maqsadli sugʻurta qilishni tashkil etish hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan sugʻurtalangan himoyasi samaradorligini taʼminlash uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari va sugʻurta tashkilotlarining birgalikdagi faoliyati boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;
aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashga rahbarlik qilish.
17. Quyidagilar obyektlar darajasidagi FVDT boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, obyektlarning barqaror ishlashi imkoniyatini oshirishga doir tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
texnogen avariyalar va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan omillarni erta aniqlash, ular sodir boʻlganda oqibatlarini prognozlashtirish hamda ularni bartaraf etish tadbirlarini rejalashtirish maqsadida avtomatik kuzatish, yongʻin va boshqa xavflardan darak beruvchi va nazorat tizimlarini keng joriy etish, kunlik monitoring va kuzatuv ishlarini nazorat qilish;
obyektlarda va ularga yondosh hududlarda aholiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimning mahalliy va obyekt darajalarini yaratish ishlarini tashkil etish;
boshqaruv organlarining, obyektlar kuch-vositalarining favqulodda vaziyatlardagi harakat qilishga tayyorligini taʼminlash;
xabar qilish, axborot toʻplashni taʼminlash va nazorat qilish, yuzaga kelgan favqulodda vaziyat, uning rivojlanish koʻlamlari va kechishi, yetkazishi mumkin boʻlgan oqibatlari, favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun koʻrilayotgan chora-tadbirlar va zarur yordam toʻgʻrisida yuqori organlarga maʼlumot berish;
qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalarini belgilangan tartibda tashkil etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlari bajarilishini, obyektning zarar koʻrgan xodimlarini va obyekt yaqinida yashaydigan aholini evakuatsiya qilish va hayot sharoitlarini taʼminlash;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish, ulardan samarali foydalanish va ularni qayta tiklashni taʼminlash;
xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar uchun texnik hujjatlar nusxalarini yaratish va saqlash ishlarini tashkil etish;
obyektlarning xavfsizligini pasportlashtirish va deklaratsiyalash, tabiiy va texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar chegaralarini belgilash.
18. FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat boʻladi:
fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;
FVVga toʻgʻridan toʻgʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari;
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining koʻngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkiloti.
19. Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari FVVga boʻysunadi hamda oʻz tezkor yoʻnalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari yirik koʻlamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chogʻida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondonining farmoyishiga asosan jalb etilishi mumkin.
20. FVVga toʻgʻridan toʻgʻri boʻysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga moʻljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini oʻz ichiga oladi.
21. FVVga tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv xavo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalarining avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini taʼminlashga moʻljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy boʻlinmalarini oʻz ichiga oladi.
Tezkor boʻysunadigan tuzilmalarning vazifalari, tayyorlanish muddatlari, ularni jalb etish tartibi ushbu tuzilmalarning Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan harakat rejalarida hamda FVDT tegishli funksional quyi tizimlari bilan shartnomalarda belgilanadi.
22. Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun moʻljallangan.
Vazirliklar va idoralarning yongʻin, kon, gaz-qutqaruv, qurilish, qurilish-montaj, tibbiyot va boshqa ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari va tashkilotlari negizida favqulodda vaziyatlarning tarqalishini cheklash hamda ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha birinchi navbatdagi ishlar uchun doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar tuzilishi mumkin.
Doimiy tayyorgarlikdagi idoraviy tuzilmalar idoradan tashqari avariya obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga amaldagi xarajatlar qoplangan holda shartnoma asosida jalb etiladi.
23. Hududiy quyi tizimlar va ularning boʻgʻinlarida aholini va hududlarni sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yirik texnogen avariyalar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishga doir vazifalarni bajarish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimlarning qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda qurilish, montaj-qurilish, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar negizida mahalliy davlat organlarining umumiy va maxsus vazifalarni bajarishga moʻljallangan hududiy tuzilmalari tashkil etiladi.
24. Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlarda ushbu obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan mavjud ixtisoslashtirilgan xizmatlar va boʻlinmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshqalar) negizida bevosita obyektlarda kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun shtatdan tashqari ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etiladi.
25. Tabiiy va texnogen xususiyatli yirik koʻlamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy boʻlinmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
4-bob. FVDTning faoliyat koʻrsatishi tartibi
26. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, koʻlamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
kundalik faoliyat rejimi — muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi xavfi mavjud boʻlmaganda;
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda);
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda).
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish boʻyicha qarorda:
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos boʻlgan holat;
favqulodda vaziyat sodir boʻlishi mumkin boʻlgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar;
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan omillarni yoki sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha choralar;
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga masʼul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi.
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qoʻshimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri oʻrnatiladi:
a) obyekt darajasida bartaraf etish;
b) mahalliy darajada bartaraf etish;
v) respublika darajasida bartaraf etish.
27. Quyidagilar FVDT faoliyat koʻrsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi:
a) kundalik faoliyat rejimida:
atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini taʼminlash, yetkazilishi mumkin boʻlgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot taʼminoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat koʻrsatishining barqarorligini oshirish boʻyicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, koʻchirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini taʼminlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish;
FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash;
aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga oʻrgatish;
xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini taʼminlash va nazoratini olib borish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va toʻldirish;
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
sugʻurtaning maqsadli turlarini amalga oshirish;
b) yuqori tayyorgarlik rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish;
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning koʻlamlari va oqibatlarini prognozlashtirish;
FVDT tegishli quyi tizimlari va boʻgʻinlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning oʻz zimmasiga olishi, zarurat boʻlganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi mumkin boʻlgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga koʻra aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot taʼminoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrish;
doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari oʻrtasida maʼlumot almashinuvini kuchaytirish;
kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga oʻtkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur boʻlganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga yoʻnaltirish;
v) favqulodda vaziyat rejimida:
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish;
aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish;
favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish), ushbu mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish;
doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yoʻnaltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash, zarar koʻrgan aholining hayot sharoitlarini taʼminlash ishlarini tashkil etish;
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat boʻyicha monitoring olib borish;
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini taʼminlash, tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish hamda bandligini taʼminlash choralarini koʻrish;
favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy soha obyektlarining faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
jabrlangan aholiga moddiy yordam koʻrsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish.
28. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablagʻlardan foydalaniladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan;
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablagʻlari hisobidan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi.
29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir boʻlgan obyektlar, ularni balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu obyektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi.
30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari obyektlarining rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi.
Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin.
31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli boʻlmagan taqdirda ular obyekt maʼmuriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin.
32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat koʻrsatishini taʼminlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablagʻlari, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Koʻrsatilgan mablagʻlar mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan mablagʻlar ajratiladi.
33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish boʻyicha oldindan choralar koʻrish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida oʻzaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda va harakat qilish davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining
TAShKILIY-FUNKSIONAL TUZILMASI
Boshqaruv organlari
Tezkor-boshqaruv organlari
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish kuchlari va vositalari
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari
Respublika darajasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi(keyingi oʻrinlarda — FVV) markaziy apparati;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilishdavlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlari.
FVVning Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi;
FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari;
statsionar va harakatdagi boshqaruv punktlari.
Fuqaro muhofazasi qoʻshinlari;
FVVga toʻgʻridan toʻgʻri hamda tezkor boʻysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari;
umumiy va maxsus vazifali tuzilmalar.
Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasining mablagʻlari va davlat zaxirasi moddiy resurslari zaxirasi;
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxiralari;
xalqarotashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami;
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining omborlar va zaxiralar tizimi.
Mahalliy daraja
mahalliy davlat hokimiyati organlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlari;
tashkilotlarning v?kolatli boʻlinmalari.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining tezkor-boshqaruv markazlari;
shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tezkor-boshqaruv guruhlari;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxiralari;
tegishli yuqori tashkilotning moliyaviyva moddiy resurslarining idoraviy zaxiralari.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha
FUNKSIYALARI
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlarda — FVDT) faoliyatini boshqarish va davlat nazoratini amalga oshirish.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, suv obyektlarida fuqarolarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va FVDTning samarali hamkorligini tashkil etish.
Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini boshqarish va nazoratini olib borish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini seysmik jarayonlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining:
Yongʻin xavfsizligi xizmati;
Seysmik xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
Tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish.
Favqulodda vaziyatlarda jamoat tartibiga va fuqarolar xavfsizligiga rioya etilishini hamda obyektlar, hududlar, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish va qoʻriqlashni taʼminlash.
Qonunchilikka qarshi harakatlar bilan kurashishda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda va alohida davrda huquq-tartibotni taʼminlashda qatnashish.
FVDT funksional quyi tizimining Qoʻriqlash xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar chogʻida jamoat tartibini va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash.
Tibbiy yordam xizmati bilan birgalikda favqulodda vaziyatlarda nobud boʻlgan aholini hisobga olish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Jamoat tartibini saqlash xizmati;
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi obyektlari joylashgan mintaqalardagi radiatsiyaviy, kimyoviy va bakteriologik vaziyatning nazorat qilinishini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondonining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining avariya-qutqaruv xizmati kuchlari va vositalarini, muhandislik-sapyor boʻlinmalarini, kimyoviy xizmat boʻlinmalarini, maxsus texnika va moddiy resurslarni favqulodda vaziyatlar mintaqalariga yetkazishda harbiy-transport aviatsiyasining qatnashishini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun idoraviy mansub obyektlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi toʻgʻrisida axborot almashinuvini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning xususiyatini hisobga olib zarar koʻrgan aholiga tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish usullarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish, zarar koʻrganlarga tezkor tibbiy xizmat koʻrsatish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga dori vositalarining shoshilinch yetkazib berilishini taʼminlash.
Zarar koʻrgan va transportda tashish mumkin boʻlmagan kasallarni hisobga olish va ularning favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilinishiga doir ishlarni muvofiqlashtirish.
Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi vositalar zaxiralarini yaratish hamda ularni zarur darajada saqlash.
Aholini favqulodda vaziyatlar chogʻida dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga oʻqitish va tayyorlashning metodik asoslarini ishlab chiqish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlanganlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilish tadbirlarining tibbiy taʼminotini amalga oshirish.
Tashish mumkin boʻlmagan jabrlanganlarga chet elda tibbiy yordam berish tadbirlarini amalga oshirishda xorijiy davlatning tegishli tibbiyot muassasalariga koʻmaklashish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda halok boʻlganlar va jabrlanganlarning roʻyxatini yuritish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni, shuningdek, ularning tibbiy reabilitatsiyasini taʼminlash.
Respublika hududida favqulodda vaziyatlarda jaroxatlangan va xalok boʻlgan chet el fuqarolari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar berish.
Obyektlarning sandrujina (postlari) soni, tarkibi va moddiy-texnik vositalar bilan taʼminlanish meʼyorlarini Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda sanitariya drujinalari va postlarini dastlabki tibbiy yordam koʻrsatishga tayyorlash.
Respublika hududidagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvolni kuzatish, nazorat qilish va prognozlashtirish.
Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy oʻchoqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va oʻta xavfli yuqumli kasalliklar tashxisi boʻyicha laboratoriyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
Inson salomatligiga taʼsir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish.
Tibbiy profilaktika boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini favqulodda vaziyatlar mintaqalaridagi sanitariya-epidemiyaga oid ahvol toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining:
Tibbiy yordam xizmati;
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish obyektlarini qurishning aniq yoʻnaltirilgan dasturlarini koʻrib chiqish hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun takliflar tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi boʻyicha oʻrta va uzoq muddatli konsepsiyalar, strategiyalar va dasturlarni moliyalashtirish masalalarini koʻrib chiqish va takliflar berish.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida moddiy resurslar zaxirasini yaratish va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda zaxira fondidan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun ajratilgan mablagʻlarning hisobi yuritilishini tashkil etish hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari asosida xorijiy davlatlar hududida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish tadbirlarini, mutaxassislarning xorijiy davlatga voqea joyiga yetib borishini va Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelishini moliyalashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan shartnoma asosida chet davlatlarga ishga yuborilayotgan fuqarolar bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish.
Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qilingan aholi bandligini taʼminlash maqsadida ularni vaqtinchalik ish bilan taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarini xorijiy davlatda sodir boʻlgan favqulodda vaziyat hududidagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, ushbu hududdagi vaziyatning rivoji toʻgʻrisida xabardor qilish.
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrish.
Favqulodda vaziyat sodir boʻlgan xorijiy davlatlarning masʼul davlat organlari bilan birgalikda jabrlanganlarga tibbiy va boshqa ijtimoiy yordam koʻrsatilishini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga qaytib kelishlarini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida favqulodda vaziyatlarda jarohatlangan yoki halok boʻlgan chet el fuqarolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalariga yuborish.
Konsullik ustavi, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish.
(boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ishtirok etish.
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va proffesional taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni “Hayot faoliyati xavfsizligi” mavzulari boʻyicha oʻqitishni tashkil etish.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya jarayonida hayot xavfsizligi asoslarini oʻrgatishni tashkil etish choralarini koʻrish.
Oʻquv va ilmiy-metodik qoʻllanmalarni ishlab chiqish va nashr etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi uchun zarur boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotning tezkorlik bilan olinishi, qayta ishlanishi va taqdim etilishini taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan aholi uchun qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazishni tashkil etish.
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan yil davomida va uzluksiz barqaror narxlarda taʼminlash uchun qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi zarur boʻlgan hajmda shakllantirilishini tashkil etish.
Qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va saqlashni taʼminlash.
Tarmoq tarkibiga kiruvchi obyektlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish hamda amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini oziq-ovqat xavfsizligi, idoraviy mansub obyektlardagi avariyalar hamda halokatlar, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda aholining harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
Oʻsimliklar yuqumli kasalliklari keng tarqalishi (epifitotiyalar)ning oldini olish va ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Zararkunadalar va begona oʻtlarga qarshi kurashish, agrokimyoviy xizmat koʻrsatish va tuproqni muhofaza qilish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi agrokimyoviy vaziyat toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy nazorat xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati ishonchliligini va xavfsiz ishlashini taʼminlash.
(boʻlimning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Suv omborlari, daryolar va kanallarning gidrologik rejimi, toshqinlar, halokatli suv bosishlar, gidrotexnika inshootlariga tabiiy taʼsirlar monitoringini tashkil etish va olib borish.
Suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish xavfsizligini, ularda avariyalar va halokatlarning yuzaga kelishi mumkinligini prognozlashtirish.
Suv xoʻjaligi obyektlarining ish rejimini oʻzgartirish yoki keyinchalik ulardan foydalanish zaruratini belgilash, suv omborlaridan suvni avariyaning oldini olish maqsadida chiqarib yuborish.
(boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
(boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
(boʻlimning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Xavf darajasi yuqori suv xoʻjaligi obyektlarida signalizatsiya va xabar berishning mahalliy avtomatik tizimlarini yaratish.
(boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda suv bosishi, toshqinlar, sellarning oldini olish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish hamda toshqin suvlari va sellarning avariyasiz oʻtkazilishini taʼminlashga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini suv omborlarining toʻgʻonlari va gidrotexnik inshootlari hamda boshqa suv manbalarining oʻpirilib ketishi bilan bogʻliq kutilayotgan suv toshqinlari va halokatli suv bosishlar toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar, xususan, suv toshqini sodir boʻlgan hududlarda zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Suv xoʻjaligi xizmati;
I, II va III sinfga mansub xavf darajasi yuqori boʻlgan shuningdek, respublika va mintaqa suv xoʻjaligi hamda energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi holatini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
(boʻlimning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
Avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, metropolitendan xavfsiz foydalanish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Yoʻl va yoʻl inshootlarining texnik holati bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar mintaqalariga tashish uchun tayyorlash.
Favqulodda vaziyatlarni tugatish va evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan FVDT qutqaruv tuzilmalari, kuch-vositalari, harbiy boʻlinmalar, maxsus texnika va moddiy resurslarni birinchi navbatda tashishni taʼminlash.
Yongʻin va avariya-tiklash poyezdlari, ixtisoslashgan va qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibining temir yoʻl transportida favqulodda vaziyatlarni tugatishda qatnashishini taʼminlash.
Qidiruv-qutqaruv havo kemalari va ekipajlari hamda qidiruv va avariya-qutqaruv tuzilmalarining qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirokini taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va eksperimental aviatsiyasida qidiruv va avariya-qutqaruv ishlarini olib boruvchi xizmatlar ustidan nazorat olib borish.
Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya tadbirini amalga oshirish uchun avtomobil tuzilmalari va evakuatsiya poyezdlarini tashkil etish, shuningdek, ularni evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirishga tayyorlashni taʼminlash.
Portlovchi, yongʻin xavfi boʻlgan yuklar va kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalarni tashishda xavfsizlikni taʼminlash.
FVDT boshqaruv organlarini, yoʻlovchilar hamda aholini avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari va metropolitenda favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi xavfi yoki yuzaga kelganligi toʻgʻrisida xabardor qilish, shuningdek, ularning kutilayotgan oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Avtotransport xizmati;
Avtoyoʻl xizmati;
Qidiruv va parvozlarni avariya-qutqaruv jihatdan taʼminlash xizmati;
Temir yoʻl va temir yoʻl transportida yongʻin, portlash xavfi boʻlgan yuklar, kimyoviy moddalar va kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalar tashilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi
Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish.
Shaharsozliq, loyihalash va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirishda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsiziligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tashkil etish.
Shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertiza qilish.
Yirik va alohida muhim obyektlarda bajariladigan qurilish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarining sifatini nazorat qilish va ularni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish.
Favqulodda vaziyatlar natijasida obyektlarga hamda fuqarolarning turar joylariga yetkazilgan zararni hamda qutqaruv ishlarini va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy resurslarga ehtiyojlarni hisob-kitob qilishda ishtirok etish.
FVDT funksional quyi tizimining Shaharlar, aholi punktlari va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhandislikka doir muhofaza qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati
Favqulodda vaziyatlarda izdan chiqqan ichimlik suv va oqova suvlari tizimlarini tiklash, ularning favqulodda vaziyatlar sharoitlarida barqaror ishlashini taʼminlashni muvofiqlashtirish.
Uy-joy va kommunal xoʻjaligi faoliyatining barqarorligini oshirish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar koʻrgan uy-joy va kommunal xoʻjaligi obyektlarini tiklash va faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jabrlangan aholini belgilangan meʼyorlar miqdorida ichimlik suv bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Ichimlik suv taʼminoti xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Mahalla fuqarolar yigʻinlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik sohasidagi vazifalarni hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga hamda boshqa tashkilotlarga koʻmaklashish.
Mahalla fuqarolar yigʻinlarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlmagan aholisini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash.
“Mahalla fuqaro muhofazasi” yigʻma guruhlarini tuzish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb etish.
Favqulodda vaziyat sodir boʻlgan hududlardan evakuatsiya qilingan aholini qabul qilish, roʻyxatga olish va ularning vaqtinchalik joylashtirilishida ishtirok etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
Respublika aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini kundalik rejimda va favqulodda vaziyatlar sharoitlarida yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga qaratilgan tadbirlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish.
Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, koʻmirdan foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshirish.
Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, kayta ishlash, tashish, saklash obyektlari (qurilmalari)ni montaj kilish va ulardan foydalanishda texnologiya talablariga rioya etilishini nazorat qilish.
Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tegishli boʻlgan atom energetik reaktorlar, yadro-fizik qurilmalar, yadroviy materiallar va radiatsiyaviy manbalarni hamda radiofaol chiqindilarni saqlash punktlarining xavfsizligini va rivojlanishini taʼminlash.
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlikni taʼminlash, ularda radiatsiyaviy avariyalarning oldini olish, ixtisoslashgan kuch-vositalarining harakat qilishga shayligini taʼminlash, shuningdek, taʼsir koʻrsatish sohalari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tashkil etish.
Tarmoq obyektlarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan avariyalar va halokatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish.
Tarmoq obyektlarida avariyalar kelib chiqishi ehtimolini va oqibatlarini prognozlashtirish, tarmoqning birlashmalari va obyektlarida favqulodda vaziyatlar chogʻida ishlarning barqarorligini oshirish.
Idoraviy mansub yirik gidrotexnik inshootlardan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni FVDT boshqaruv va tezkor-boshqaruv organlari hamda mutasaddi xizmatlarga taqdim etib borish.
Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar, shu jumladan, yoqilgʻi-energetika tarmogʻining yirik gidrotexnik inshootlari, neft va gazni qayta ishlash va boshqa xavfli obyektlarida hamda ularga yondosh hududlarda xabar berish mahalliy tizimlarini yaratish.
Ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarini doimiy tayyor holda saqlash hamda tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdi ishtirok etishini taʼminlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini tarmoq obyektlarida avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi xavfi yoki sodir boʻlganligi, koʻrilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar chogʻida aholining harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
Issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari, elektr va issiqlik tarmoqlari asbob-uskunalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishga oid tadbirlar majmuini, shuningdek, iqtisodiyot obyektlari va respublika aholisini elektr energiyasi hamda issiqlik bilan uzluksiz taʼminlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
FVDT funksional quyi tizimining:
Energetika xizmati;
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash xizmati;
Yoqilgʻi-energetika tarmogʻi obyektlarida ishlarni olib borishning holati va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Respublika va mahalliy darajalarda hamda FVDT faoliyat koʻrsatishining barcha rejimlarida telekommunikatsiyalar va markazlashtirilgan xabar berish tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini taʼminlash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir boʻlganligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga xabar berish va maʼlumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi yaratilishida koʻmaklashish.
Favqulodda vaziyatlarni tugatishga rahbarlikni amalga oshiruvchi FVDT boshqaruv organlarini umumiy foydalaniladigan telekommunikatsiyalar va telekommunikatsiyalarning idoraviy tarmoqlari bilan ustun darajada taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va FVDT boshqaruv organlariga uzatishni texnik taʼminlash.
Xabar berish, aloqa va axborot bilan taʼminlashning statsionar vositalariga foydalanish-texnik xizmat koʻrsatishni shartnomaviy shartlarda amalga oshirish.
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisida aholini oʻz vaqtida xabardor etish maqsadida mobil aloqa vositalari orqali SMS xabar yetkazishni tashkil etish.
FVDTning funksional quyi tizimining Aloqa va xabar berish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
FVDT faoliyatidagi mavjud muammolarni ilmiy asoslarga tayangan holda yechishga qaratilgan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlari loyihalarini tanlovlar asosida shakllantirish.
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilish uchun ilmiy va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan foydalangan holda FVDTning innovatsion faolligini oshirishga koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
Respublika iqtisodiyoti va hududlari uchun xos zilzilalar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi, ularning oldini olish, aholini va hududlarni muhofaza qilish hamda seysmik xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tarmoqlar va obyektlarning faoliyat koʻrsatishi barqarorligini oshirishga doir tadbirlarning samaradorligini prognozlashtirish muammolari boʻyicha ilmiy tadkiqotlarni tashkil etish.
Respublika hududidagi seysmik hodisalarni kompleks kuzatishni amalga oshirishni, zilzilalarni prognozlash va seysmik mintaqalashtirishning ilmiy asoslari va usullarini ishlab chiqish.
Mintaqaviy, mahalliy va maydon darajalaridagi seysmik taʼsirni va inshootlar uchun seysmik xavfni baholashning yangi nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Aholi va atrof tabiiy muhit uchun radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriologik (biologik), yongʻin xavfini tugʻdiradigan tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va hududidan olib chiqib ketilishini nazorat qilish va hisobini yuritish.
FVDT funksional quyi tizimining Yongʻin chiqishi, portlovchi-radiatsiyaviy xavfli yuklar (tovarlar), zaharli va kimyoviy moddalar, shuningdek, kuchli taʼsir koʻrsatadigan zaharli moddalar olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan kuzatish va nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Xavf darajasi yuqori boʻlgan obyektlar hamda intensiv sanoat va qishloq xoʻjaligi faoliyati joylashgan mintaqalarda ekologik vaziyat ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish, uni yaxshilash tadbirlarini rejalashtirish va amalga oshirish.
Sanoat chiqindilarini toʻplagichlar, chiqindi omborlari, zaharli moddalar koʻmiladigan joylar va boshqalarning joylashishi va ulardan foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Suvdan foydalaniladigan joylarda ochiq suv havzalaridagi suvning ifloslanishi va sanoat, baliqchilik xoʻjaliklari va boshqa tarmoqlarning chiqaradigan oqovalari, shuningdek, zararli moddalarning atrof tabiiy muhitga tashlamalari hamda chiqindilarning joylashtirilishi ustidan monitoring olib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atrof tabiiy muhitda zaharli moddalarning tashlanishi va chiqarib yuborilishi toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Atrof tabiiy muhitni muhofaza hamda ekologik xavfsizlik boʻyicha nazorat-inspeksiya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
Xavfli tabiiy geologik jarayonlar (koʻchish, qulash, suffoziol, karst)ning rivojlanish mintaqalari (zonalari)ni aniqlash, ularning faollashishini oʻrganish va ogohlantirish; yonbagʻirlarning tabiiy barqarorligini saqlash boʻyicha koʻchkiga qarshi va boshqa oldini oluvchi tadbirlar birinchi navbatda oʻtkaziladigan zonalarni belgilash.
Aholi punktlari doirasida, togʻli va togʻoldi mintaqalarda sogʻlomlashtirish obyektlari va boshqa jamoat obyektlari joylashgan zonalarda xavfli geologik jarayonlar monitoringini tashkil etish va olib borish, liniyali inshootlardan (yoʻllar, kanallar, elektr uzatish liniyalari, quvurlar va shu kabilar) foydalanuvchi kon-ruda korxonalari va idoralarning xoʻjalik faoliyati hududi bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini xavfli geologik jarayonlarning rivojlanishi ehtimollari toʻgʻrisidagi geologik axborot bilan taʼminlash, koʻchki xavfi boʻlgan mintaqalardagi hududlardan oqilona foydalanish boʻyicha tavsiyalar berish.
Yer osti suvlarining radioaktiv, kimyoviy va boshqa zaharli moddalar bilan ifloslanishini kuzatish va nazorat qilish.
Transchegaraviy hududlarda radioaktiv va zaharli elementlar bilan ifloslanish oʻchoqlarini aniqlash va oʻrganishni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi hamda Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda xavfli zonalarda joylashgan aholini vaqtincha evakuatsiya qilish yoki bosqichma-bosqich xavfsiz joylarga doimiy yashash uchun koʻchirish shart boʻlgan shaharchalar va xoʻjaliklar roʻyxatini belgilash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Yangidan qurilayotgan aholi punktlari va obyektlar uchun yer ajratishni tegishlicha kelishish. Ulardan foydalanishda togʻ qiyaliklari barqarorligi holatini kuzatib borish.
Xavfli geologik jarayonlar boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish va ularning taʼsiridan koʻrilgan zararlarni baholash.
FVDT funksional quyi tizimining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi
Kimyoviy, portlovchi hamda boshqa yuqori darajada xavfli obyektlarning holatini nazorat qilishni tashkil etish va amalga oshirish, ularda avariyalar va halokatlar yuzaga kelishi ehtimolini prognozlashtirish.
Texnogen avariyalar va halokatlarning oldini olish, radioizotop priborlarini saqlash va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlarini sanoat obyektlarida yuzaga kelgan avariyalar va halokatlar, ularning koʻlamlari, rivojlanishining borishi, yetkazishi mumkin boʻlgan zarari hamda favqulodda vaziyatlarni tugatish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari boʻlinmalarining kon qazish ishlaridagi nafas olish organlarini muhofaza qilish vositalarini qoʻllashni hamda maxsus jihozlarni talab etuvchi gaz portlashlari, otilib chiqishlar va toʻlib qolishlar bilan bogʻliq avariyalarni tugatishda qatnashishini taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Kon-ruda, kimyo, neft va gazni qayta ishlash hamda qayta ishlash sanoatida va “Toshmetroqurilish” obyektlarini qurishda yer osti oʻtish ishlarini bajarishda ishlarning holati va xavfsiz olib borilishini nazorat qilish xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Epizootiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Epizootik vaziyatni prognoz qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklari va ushbu kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar tarqalishini cheklash boʻyicha tadbirlar majmuini ishlab chiqish.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida epizootiyaga qarshi tadbirlarni oʻtkazish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Epizootiyalarni tugatish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari hamda aholini favqulodda vaziyatlar zonalaridagi epizootik vaziyat toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Epizootiyani bartaraf etishda veterinariya xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Geologik va gidrometeorologik xavfli uchastkalarda oʻrmonzorlar barpo etilishining oldi olinishini nazorat qilish.
Oʻrmonlarni yongʻinlardan muhofaza qilish va epifitotiyaga qarshi kurashish.
Oʻrmon xoʻjaligi sohasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni va prognoz mʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgan obyektlar va hududlarning relyefini va favquloda vaziyat taʼsiriga tushuvchi hududlarning kompyuter modullarini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini geodeziya va kartografiya axboroti, shuningdek, yer-kadastr xaritalari bilan taʼminlash.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Turizm xizmatlarini tashkil etishda, turistik obyektlarda, turistlar vaqtincha joylashtiriladigan, ovqatlanadigan va harakatlanadigan joylarda, respublika hududi boʻylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noxush holat (favqulodda vaziyat)larning oldini olish tadbirlarini muvofiqlashtirish va nazoratini amalga oshirish.
Turizm obyeklari va yoʻnalishlari, shuningdek, sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi axborotlar va prognoz maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etib borish.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qoʻmitasi
Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan mahalliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar, tijorat tuzilmalaridan buyurtmachining mablagʻlari hisobiga favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni tugatish uchun maxsus texnika, asbob-uskunalar, priborlar va materiallar xarid qilishni amalga oshirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Jismoniy va yuridik shaxslarga favqulodda vaziyatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplab berish yoki kompensatsiya toʻlash boʻyicha yetkazilgan zararni aniqlash uchun baholash ishlarini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga zarur axborotlarni taqdim etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi
Halokatli gidrometeorologik hodisalarni prognozlashtirish va kuzatish.
Sel va qor koʻchkilariga qarshi tadbirlarni oʻtkazish zarur boʻlgan mintaqalar va hududlarni aniqlash.
Atrof tabiiy muhit (atmosfera, tuproq va yer usti suvlari)ning ifloslanishi, gidrologik rejim va daryolar qayirlari hamda oʻzanlaridagi toshqinlar xavfi monitoringini tashkil etish va oʻtkazish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlariga gidrometeorologik axborot taqdim etish, atrof tabiiy muhit ifloslanishining ekstremal yuqori darajalari toʻgʻrisida ogohlantirish.
FVDT funksional quyi tizimining Tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yuza suvlari ifloslanishi ustidan gidrometeorologik kuzatishlar xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
Oʻzbeksiton Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
(boʻlimining nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Respublikaning ayrim hududlarida, maʼlum maydonlarda tarqalgan yoki chetdan kirib kelib, oʻsimliklar olamiga katta zarar yetkzishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini obyektlarining tarqalishi va ularga qarshi kurashish boʻyicha nazorat ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining (keyingi oʻrinlarda — xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlari) xavfsizligini, ishonchli ishlashini hamda qoʻriqlanishini nazorat qilish.
Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish va loyihalash boʻyicha topshiriqlarni hamda ulardan foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishish, shuningdek, ularning xavfsizligi qoidalari va mezonlarini ishlab chiqish.
Xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularni foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish ishlarida ishtirok etish hamda tegishli xulosalar berish.
Favqulodda vaziyatlarda xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarining aholiga va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son)
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
Radioeshittirish stansiyalari va televideniye orqali favqulodda vaziyatlar xavfi va yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni aholiga yetkazish.
FVDTning manfaatdor funksional va hududiy quyi tizimlari bilan birgalikda aholi oʻrtasida favqulodda vaziyat zonasida qolgan odamlarning birinchi navbatdagi harakatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, FVDTning hududiy quyi tizimlari rahbarlari buyurtmanomalari boʻyicha aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish masalalariga oid telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati bilan birgalikda aholini dastlabki tibbiy oʻzaro va oʻziga oʻzi yordam koʻrsatishga oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan eshittirishlarni tashkil etish.
“Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli oʻziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlardagi avariyalarning yuzaga kelishi ehtimoli va oqibatlarini prognozlashtirish, favqulodda vaziyatlar chogʻida ular ishlarining barqarorligini oshirish.
Kimyoviy xavfli obyektlar va ularga yondosh hududlarda xabar berishning mahalliy tizimlarini yaratish.
Kimyoviy xavfli obyektlardan kimyoviy zararlanishi ehtimoli boʻlgan zonalarni aniqlash.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chogʻida harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chogʻida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish va texnologik jarayonning yuqori darajada xavfli oʻziga xos xususiyatlari bilan izohlanadigan avariyalar va halokatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish.
Saqlash, texnologik qayta ishlash va sotish chogʻida don va dondan qayta ishlangan mahsulotlar, oziq-ovqatlar va boshqa tovarlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish.
FVDT boshqaruv organlari va aholini avariyalar va halokatlar, ularning oqibatlari, koʻrilayotgan chora-tadbirlar hamda aholining favqulodda vaziyatlar chogʻida harakat qilish tartibi toʻgʻrisidagi axborotlar bilan taʼminlash.
Idoraviy ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalarining tarmoq obyektlaridagi favqulodda vaziyatlar chogʻida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirishda qatnashishini taʼminlash.
FVDT funksional quyi tizimining Tarmoq obyektlarida ishlarni olib borishning ahvoli va xavfsizligini nazorat qilish idoraviy xizmatini tashkil etish va faoliyatiga rahbarlik qilish.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
Qurilish va qurilish-montaj tashkilotlari negizida ixtisoslashtirilgan tuzilmalar tashkil etish hamda ularning favqulodda vaziyatlar mintaqalarida qutqaruv va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni bajarishda qatnashishini taʼminlash.
Favqulodda vaziyatlar mintaqalariga qurilish materiallari yetkazib berilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Sugʻurta tashkilotlari
Suv toshqini, koʻchkilar, sel xavfi mavjud boʻlgan va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori boʻlgan mintaqalarda yashaydigan fuqarolarni, shuningdek, binolar va inshootlarni, moddiy boyliklar, qishloq xoʻjaligi ekinlari va hayvonlarini sugʻurtalashni taʼminlash.
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, FVDTning boshqa funksional quyi tizimlari bilan birgalikda aholini favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha tayyorlash.
FVDTning funksional va hududiy quyi tizimlarida sanitariya drujinalarini tuzish, ularni jihozlash va yuklangan vazifalarni bajarishga tayyorlash, tayyorgarlik holatini nazorat qilishda koʻmaklashish.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarida sanitariya postlarini tashkil etish va oʻqitish.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, birinchi navbatda, Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlarini, kursantlar, haydovchilar va yoʻl-transport xizmatlari xodimlarini birinchi yordam koʻrsatish amaliyotiga shartnoma asosida oʻqitishni tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda aholini birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, oʻziga oʻzi va oʻzaro yordam berish hamda zarar koʻrganlarga gʻamxoʻrlik qilishga oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarni tashkil etish.
Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining otryadlari va boshqa koʻngillilar boʻlinmalarini tashkil etish, oʻqitish, jihozlash hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish.
Favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholiga yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining eng zarur tovarlar omborlari va zaxiralari tizimini tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga 3-ILOVA
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha
FUNKSIYALARI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi oʻrinlrada — FVDT) hududiy quyi tizimlarini tashkil etish, boshqarish va ularning faoliyatini nazorat qilish.
FVDT xizmatlarining umumiy va maxsus vazifalari hududiy tuzilmalarini, yigʻma mexanizatsiyalashtirilgan otryadlarni, yigʻma qutqaruv komandalarini, avtosanitariya otryadlarini tashkil etish va boshqarishga rahbarlik qilish.
Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlmagan aholini, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari, ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etish va nazorat qilish.
Favqulodda vaziyatlar zonalaridagi obyektlar va aholini elektr energiyasi, gaz, yoqilgʻi va ichimlik suv bilan uzluksiz taʼminlash tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqish.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha axborotlarni toʻplash va almashish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar xavfidan yoki yuzaga kelishidan aholini oʻz vaqtida xabardor qilish va xabar berish.
Gidrometeorologik va geologik hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda vaziyatlar monitoringini yuritish.
Aholini va hududlarni muhofaza qilish boʻyicha tadbirlar masʼul mansabdor shaxslar mavjud emasligi tufayli cheklangan hududlarda favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish.
Halokat zonalaridagi zarar koʻrgan aholi hamda ular joylashtirilgan tumanlarda evakuatsiya qilingan aholini taʼminlash uchun tegishli hududning mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga oziq-ovqat va eng zarur tovarlar yetkazib berilishini tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish tadbirlariga volontyorlarni jalb etish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.
Oshxonalarda (ovqatlanish shaxobchalarida) tuzilmalarning shaxsiy tarkibi va zarar koʻrgan aholi uchun ovqat tayyorlash uchun suv bilan taʼminlash.
Don va uni qayta ishlash mahsulotlari, oziq-ovqat va boshqa tovarlarni saqlash, texnologik qayta ishlash, tashish va realizatsiya qilishda ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish; FVDTning funksional quyi tizimlari hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda oziq-ovqat va suvning radioaktiv moddalar, ogʻir metallar, nitratlar va pestitsidlar bilan belgilangan cheklangan yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyalardan ortiq ifloslanishini nazorat qilish.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish shtabi faoliyatiga rahbarlik qilish.
Aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlari faoliyatini tiklash ishlarini tashkil etish.
Favqulodda vaziyatlardan zarar koʻrgan aholi hayot faoliyatini tiklash.
Quyidagi FVDT hududiy quyi tizimlari faoliyatiga rahbarlik qilish:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat FVDT xizmatlari va tuzilmalari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman (shahar)lar hamda iqtisodiyot obyektlarining umumiy va maxsus vazifalar yuklangan hududiy tuzilmalari.
Mahalliy sharoitlarga, favqulodda vaziyatlarning xususiyatiga va viloyatlar (shaharlar va tumanlar)ning moddiy-texnika bazasiga qarab fuqaro muhofazasi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida FVDTning hududiy va obyektlar boʻyicha quyidagi xizmatlarini tashkil etishi va vazifalarini belgilashi mumkin:
avtoyoʻl xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishda yoʻl-koʻprik taʼminotini tashkil etish va amalga oshirish, yoʻllar va koʻpriklarni taʼmirlash va tiklash;
avtotransport xizmati — temir yoʻl va havo transporti organlari bilan birgalikda aholini joylashtirish va favqulodda vaziyatlar zonalaridan evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun kuch-vositalarni yetkazib berish, ishchi smenalarini olib kelish (olib ketish), moddiy va tarixiy-madaniy boyliklar, noyob asbob-uskunalar, oziq-ovqat, qurilish materiallarini va boshqa moddiy vositalarni evakuatsiya tumaniga olib chiqib ketish;
gaz taʼminoti xizmati — gaz taʼminoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish;
suv taʼminoti xizmati — suv taʼminoti inshootlari va tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, suv manbalarining radioaktiv, kimyoviy va zaharli moddalar hamda bakteriyali vositalar va ogʻir metallar bilan ifloslanish (zararlanish)dan muhofaza qilinishini taʼminlash. Ichimlik suv sifati va oqova suvlarni tozalash ustidan nazoratni taʼminlash;
veterinariya nazorati va hayvonlarni muhofaza qilish xizmati — hayvonlarda yuqumli kasalliklarning keng tarqalishi (epizootiya)larning oldini olish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar hududlarida sanitariya-veterinariya va epizootiyalarga qarshi tadbirlarni amalga oshirish. Epizootiyalarni tugatish. Rahbariyatga favqulodda vaziyatlar zonasidagi sanitariya-veterinariya holati toʻgʻrisida axborot taqdim etish;
oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo nazorati xizmati — epifitotiylarning oldini olish, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish. Oʻsimliklarni himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish yoʻli bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqaror ishlashini taʼminlash. Fitopatologik qidiruv ishlarini, qishloq xoʻjaligi yerlarining radioaktiv va zaharli moddalar bilan ifloslanishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish. Ekinzorlar, yaylovlar hamda chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini zararsizlantirish. Epifitotiylarni tugatish;
suv xoʻjaligi xizmati — suv omborlari, daryolar va kanallardagi gidrotexnika inshootlarining barqaror ishlashini va ulardan xavfsiz foydalanishni taʼminlash, ularda avariyalar va halokatlar yuz berishi mumkinligini prognozlashtirish. Suv xoʻjaligi obyektlarining ish rejimini yoki ulardan bundan keyin foydalanish rejimini oʻzgartirish zarurligini belgilash, suv omborlaridan suvni avariya yuzasidan chiqarib tashlash. Suv omborlarida oldindan xabar berish tizimlarini yaratish. Toshqinlar, suv bosishlari, sel oqimlaridan ogohlantirish va ularning halokatli oqibatlarini kamaytirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish, ishlab chiqish va amalga oshirish hamda toshqin suvlari va sel oqimlarini avariyasiz oʻtkazib yuborishni taʼminlash;
muhandislik xizmati — tinchlik davrda himoya inshootlari fondi toʻplanishi va mavjud boʻlishi ustidan nazoratni tashkil etish va amalga oshirish, boshlangʻich hududlarda zararlangan joylarga tomon harakat qilinganda, halokatli suv bosishi zonalarida va ishlar olib boriladigan obyektlarda, yirik yongʻinlarni oʻchirishda, tabiiy ofatlar, yirik avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatishda FVDTning kuchlari harakatlarini muhandislik jihatdan taʼminlash uchun favqulodda vaziyatlarni tugatish ishlariga jalb etiladigan tegishli tuzilmalarni tayyorlash va ularning harakat qilishini tashkil etish;
kommunal-texnika xizmati — kommunal xoʻjaligi inshootlari va tarmoqlari ishlarining barqarorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardagi avariyalarni tugatish, halok boʻlganlarga maxsus ishlov berish, tashish va ommaviy koʻmish shaxobchalarini tuzish va ularning faoliyatini tashkil etish;
moddiy-texnika taʼminoti xizmati — evakuatsiya qilinadigan aholini eng zarur buyumlar va anjomlar (kiyim-bosh, poyabzal va shu kabilar) bilan taʼminlashni tashkil etish, tuzilmalarning shaxsiy tarkibini anjomlar va maxsus kiyim-bosh, shuningdek, iqtisodiyot obyektlarini ularning barqaror faoliyat koʻrsatishi va buzilgan ishlab chiqarishni tiklash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika vositalari va qurilish materiallari bilan taʼminlash;
tibbiy xizmat — aholi va tegishli tuzilmalarning shaxsiy tarkibi sogʻligʻini saqlashga, zararlanganlar va bemorlarga oʻz vaqtida tibbiy yordam berishga yoʻnaltirilgan davolash-evakuatsiya, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish;
sanitariya jihatidan ishlov berish va zararsizlantirish xizmati — zararlanish joylaridan chiqqan odamlarga sanitariya jihatidan ishlov berish, ularning kiyim-boshlari va yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini zararsizlantirishni tashkil etish va amalga oshirish;
aloqa, xabar berish va axborotlashtirish xizmati — boshqaruv organlarini barqaror va uzluksiz aloqa bilan taʼminlash, aloqa va xabar berishning turgʻun vositalariga foydalanish-texnik jihatdan xizmat koʻrsatishni tashkil etish va ularni nazorat qilish, shuningdek, ularni doimiy tayyor holatda saqlash, favqulodda vaziyatlar boʻyicha hududiy boshqarmalarning koʻrsatmalariga binoan xabar berish signallarini uzatish va qabul qilishni texnik jihatdan taʼminlash;
jamoat tartibini saqlash xizmati — shaharlar va boshqa aholi punktlarida, favqulodda vaziyatdan zararlanish joylarida, odamlar toʻplanadigan joylarda va transportda, aholini evakuatsiya qilish yoʻnalishlarida jamoat tartibini saqlash;
qoʻriqlash xizmati — favqulodda vaziyatlar sodir boʻlgan hududlarda davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, moddiy va tarixiy-madaniy boyliklarni, shuningdek, aholi evakuatsiya qilingan joylarni qoʻriqlash;
yongʻin xavfsizligi xizmati — shaharlar, boshqa aholi punktlari va iqtisodiyot obyektlarining yongʻinga qarshi xavfsizlikni oshirishga yoʻnaltirilgan muhandislik-texnik, tashkiliy va yongʻinning oldini olish tadbirlari oʻz vaqtida bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, yongʻin joylarida, tabiiy ofat hududlarida, shuningdek, yirik avariyalar va halokatlar yuz berganda yongʻinlarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik va ularni oʻchirish;
yonilgʻi-moylash materiallari taʼminoti xizmati — favqulodda vaziyatlarni tugatishga jalb etiladigan avtotransport vositalari va boshqa texnik vositalarni yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlashni tashkil etish, ushbu maqsadlar uchun turgʻun va koʻchma avtomobil yonilgʻisi quyish shaxobchalaridan foydalanish;
texnik xizmatlar — texnikani texnik jihatdan soz holatda saqlash va favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun jalb etiladigan avtotransport vositalarini texnik taʼmirlash, shikastlangan va nosoz texnikani qutqarish ishlari yoʻnalishlari va uchastkalaridan shikastlangan mashinalarning yigʻma punktlariga va taʼmirlash korxonalariga evakuatsiya qilish, taʼmirlash korxonalari va tuzilmalarini ehtiyot qismlar va anjomlar bilan taʼminlash hamda ularning zaxirasini shakllantirish;
savdo va ovqatlanish xizmati — oziq-ovqat zaxiralarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar zaxirasining maxsus omborlarida oziq-ovqat zaxirasi gʻamlanishini tashkil etish. Tuzilmalarni va aholini bir kecha-kunduzlik taʼminot normalari boʻyicha oziq-ovqat, issiq ovqat bilan taʼminlash;
boshpanalar va bekinish joylari xizmati — tashkilotlarning muhofaza inshootlari fondini hisobga olish, muhofaza inshootlarining bekinadigan odamlarni qabul qilishga doimiy tayyorligini nazorat qilish, muhofaza inshootlari imoratlarining toʻgʻri saqlanishi, muhofaza konstruksiyalari, qurilmalari va muhandislik-texnik asbob-uskunalari saqlanishi, ulardan iqtisodiyot ehtiyojlari va aholiga xizmat koʻrsatish uchun foydalanilishini tizimli nazorat qilish. Qurilishi tugallangan muhofaza inshootlarini qabul qilishda qatnashish. Muhofaza inshootlari fondini jamlash rejalarini ishlab chiqish va ularga tuzatish kiritish, boshpana va bekinish joylariga xizmat koʻrsatish boʻlinmalarini tashkil etish va tayyorlash;
energetika xizmati — favqulodda vaziyatlar sharoitlarida energiya obyektlarida barqaror ishlashni taʼminlash va ulardagi avariyalarni bartaraf etish. Zararlanish joylarida qutqaruv ishlarini olib borishda ishtirok etish;
favqulodda vaziyatlarda nobud boʻlgan uy hayvonlari jasadlarini yigʻib olish va utilizatsiya qilish xizmati (tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari hamda “Toza hudud” DUKlari negizida) tashkil etiladi.
Zarurat boʻlganda va tegishli kuchlar mavjud boʻlganda FVDTning boshqa xizmatlari: avariya-texnik, radiatsiyaviy va kimyoviy himoya, niqoblanish, axborot bilan taʼminlash xizmatlari va shu kabilar ham tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 515-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 24-avgustdagi 242-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2011-y., 34-35-son, 350-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2013-yil 23-avgustdagi 233-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 61-modda) ilovaning 27-bandi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2015-yil 4-fevraldagi PF-4702-son Farmoni)” 2015-yil 27-iyundagi 171-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 51-modda) ilovaning 39-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda) 1-ilovaning 111-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”ni tashkil etish toʻgʻrisida” 2016-yil 8-apreldagi PQ-2517-son qarori)” 2016-yil 29-iyundagi 219-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 63-modda) 1-ilovaning 7-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika qurilish materiallari sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 25-oktabrdagi PQ-2641-son qarori)” 2016-yil 22-dekabrdagi 412-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 12-son, 109-modda) 1-ilovaning 12-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoʻl xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-fevraldagi PF-4954-son Farmoni)” 2017-yil 7-iyuldagi 472-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 28-son, 649-modda) 1-ilovaning 6-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-iyundagi PF-5066-son Farmoni)” 2017-yil 18-avgustdagi 644-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 180-modda) 1-ilovaning 9-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 21-avgustdagi 650-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QXT, 2017-y., 34-son, 892-modda) 10-bandi va qarorga 3-ilova.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyatini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 21-apreldagi PQ-2915-son qarori)” 2017-yil 14-noyabrdagi 915-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 11-son, 261-modda) 1-ilovaning 41-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori)” 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 52-son, 1261-modda) ilovaning 4-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 28-dekabrdagi 1027-son qaroriga 2-ilovaning 8-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 30-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 65-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-martdagi 215-son qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PF-5653-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 2-fevraldagi PQ-4151-son qarori)” 2019-yil 3-iyundagi 457-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
18. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabatn bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 21-bandi.
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi 532-son qaroriga 5-ilovaning 13-bandi.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qarori)” 2019-yil 6-dekabrdagi 973-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/515/1223-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)