1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.12.00 Agronomlik tadbirlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozordagi talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoiti hamda suv bilan taʼminlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligini, shuningdek, moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganligini inobatga olgan holda, sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi har yili ushbu nizom talablaridan kelib chiqib oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan maydonlarning konturlar kesimidagi elektron xaritalarini ishlab chiqsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 1-sentabrga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalariga muvofiq tumanlarni va hududlarni (massivlarni) ixtisoslashtirish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib borsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini tashkil etsin va muvofiqlashtirsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 24-avgust,
505-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qaroriga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Sugʻoriladigan va lalmi ekin yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining ixtisoslashuvi va takliflarini, ichki va tashqi bozor talablarini, hududlarning tabiiy iqlim sharoitini, suv bilan taʼminlanganlik darajasini, yer maydonlarining meliorativ holati va tuproq unumdorligi koʻrsatkichlarini hamda moddiy-texnika, mehnat va boshqa resurslar bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilish orqali oqilona joylashtiriladi.
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishga kiritilayotgan yer maydonlariga, dehqon xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, ularning filiallari va ilmiy tajriba stansiyalari yer maydonlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
almashlab ekish — qishloq xoʻjaligi ekinlarini ilmiy asoslangan holda, muayyan muddat davomida navbatlab ekish va dalalarga joylashtirish;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish — qishloq xoʻjaligi ekinlarining alohida turlarini ekin yer maydonlari konturlari va yerdan foydalanuvchilar kesimida joylashtirish va yetishtirishni (ishlab chiqarishni) tashkil etish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchi — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) uchun belgilangan tartibda yer uchastkasidan ijara shartlari asosida foydalanuvchi fermer xoʻjaliklari va boshqa tashkilotlar (korxona, muassasa, klaster, birlashma va kooperatsiyalar);
qishloq xoʻjaligi ekinlari — asosiy va takroriy maydonlarga ekiladigan gʻoʻza, boshoqli don, sholi, sabzavot, poliz, kartoshka, yem-xashakbop ildiz mevali oʻsimliklar, bir yillik oʻtlar, beda, makkajoʻxori, tamaki, dukkakli ekinlar, shuningdek, “toʻqsonbosdi” usulida ekiladigan boshqa ekinlar;
qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish maqsadida foydalaniladigan (sugʻoriladigan va lalmi) yerlar;
lalmi yerlar — qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tabiiy yogʻingarchilik hisobiga yetishtiriladigan yerlar;
sugʻoriladigan yerlar — qishloq xoʻjaligida foydalanish va sugʻorish uchun yaroqli boʻlgan, suv resurslari sugʻorishni taʼminlay oladigan sugʻorish manbai bilan bogʻlangan doimiy yoki muvaqqat sugʻorish tarmogʻiga ega boʻlgan yerlar;
suv bilan taʼminlanganlik darajasi — muayyan hududda aniq qishloq xoʻjaligi ekin turini yetishtirish boʻyicha vegetatsiya davrida ushbu ekin turining suvga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun talab etiladigan ilmiy asoslangan miqdordagi suv hajmi bilan taʼminlanganlik;
tuproq ball-boniteti — qishloq xoʻjaligi ekinlari agrotexnikasi oʻrtacha darajada boʻlganda, tuproq sifati hamda tabiiy unumdorlik quvvatiga beriladigan qiyosiy baho;
tuproq unumdorligi — tuproqning oʻsimliklar oʻsishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash qobiliyati;
hosildorlik — bir gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinidan olinadigan yalpi hosil koʻrsatkichi;
hududlarning tabiiy iqlim sharoitlari — muayyan hududning geografik joylashuviga muvofiq ob-havoning koʻp yillik statistik tahlili boʻyicha iqlim tavsiflari.
4. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish quyidagi asosiy mezonlarga asoslanadi:
a) hududning tabiiy-iqlim sharoiti:
geografik joylashgan oʻrni, geomorfolik-litologik tuzilishi, gidrogeologik va iqlim sharoitlari, tuproq unumdorligi (ball-boniteti) va meliorativ holati;
foydali harorat yigʻindisi, yogʻingarchilik miqdori, gidromeliorativ tizimlari va yer osti suvlarining holati, sovuq va qurgʻoqchilik davrining boshlanish ehtimoli, suv va shamol eroziyasi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oʻsish davri davomiyligining muayyan hudud uchun mosligi;
b) hududning zarur resurslar bilan taʼminlanganligi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) imkoniyati boʻlgan yer maydonlarining mavjudligi;
yer maydonlarining suv, zarur qishloq xoʻjaligi texnikalari va mehnat resurslari bilan taʼminlanganligi;
muayyan bir qishloq xoʻjaligi ekin turining hosildorligini oshirish uchun alohida imkoniyatlarning mavjudligi;
v) yetishtiriladigan mahsulotga ichki va tashqi bozordagi talab:
yetishtiriladgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ichki bozor ehtiyojini qondirish darajasi va tashqi bozordagi talabi;
eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalar, agroklaster (kooperatsiya)larning qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilish boʻyicha takliflari.
g) qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish:
hududlarda bir turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishga ixtisoslashtirishga eʼtibor qaratish;
suv tanqis boʻlgan hududlarda suvni kam talab qiluvchi, suvsizlikka chidamli va suv toʻplash xususiyatiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish;
ekin turlari boʻyicha yetishtiriladigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmlarining prognoz koʻrsatkichlarini belgilash.
barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning taklifi bilan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari isteʼmolchilarining talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtiradi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarining navlar boʻyicha joylashtirilishini, konturlar boʻyicha ekin turlari toʻliq ekilishini, belgilangan agrotexnik tadbirlar oʻtkazilishini, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari va boshqa moddiy-texnika resurslarining qishloq xoʻjaligi yelaridan foydalanuvchilarga belgilangan tartibda yetkazib berilishi monitoringini yuritadi va ularning natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi):
yer hisoboti boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan yer maydonlarini tahlil qiladi;
qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan maydonlarning konturlar kesimidagi xaritalarini elektron va yozma shaklda ishlab chiqadi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklariga va qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga taqdim etadi;
ekin maydonlari joylashgan konturlar boʻyicha tuproq ball-boniteti toʻgʻriligini va ishonchliligini taʼminlaydi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi har bir hudud boʻyicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlarni shakllantiradi, ekinlarni joylashtirishda foydalanish uchun Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga ichki va tashqi bozordagi talablarni inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik prognoz hajmlarini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyalar beradi.
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va undan qayta ishlangan tayyor mahsulotlar marketingini olib boradi;
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha savdo aylanmasi va hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlatlar kesimida shakllantiradi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
qishloq xoʻjaligi ekinlarining oqilona joylashtirilishi hamda agrotexnik tadbirlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda har chorak yakunlari boʻyicha maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga hamda manfaatdor vazirlik va idoralarga taqdim etib boradi.
3-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlari ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi oxirgi uch yillik statistik maʼlumotlarga asoslangan holda xorijiy davlatlar kesimida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining aniq turlarini eksport qilish talablari va hajmlari toʻgʻrisidagi takliflarni har yili aprel oyida Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
14. Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari har yili 5-mayga qadar qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qiladi;
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, suv xoʻjaligi boʻlimi va yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
bunda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni mustaqil joylashtirish boʻyicha takliflari ularning ixtisoslashuviga mosligi, ekin turlari boʻyicha kontur yaxlitligi taʼminlanganligi, suv bilan taʼminlanganli darajasi, oxirgi 3 yilda olingan hosildorligi va oʻtmishdosh ekin turlariga mosligi tahlil qilinadi.
15. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda tumanlar irrigatsiya boʻlimlaridan ekin maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik darajasi toʻgʻrisida xulosa olinadi.
takliflar qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tamoyillari va mezonlariga muvofiq boʻlmaganda;
kontur yaxlitligi taʼminlanmaganda va yer uchastkalari konturlari kesimidagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmaganda;
eksport talablariga muvofiq katta hajmdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarining muayyan turini yetishtirish talab etilganda va eksport qiluvchi uni xarid qilish uchun rasmiy ravishda kafolat berganda.
Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi bu haqda uch kun ichida rad etish sabablari haqida asoslantirgan holda yozma yoki elektron shaklda xabardor qilishi shart.
18. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning takliflarini umumlashtirish asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtiradi.
“Davergedeozkadastr” qoʻmitasi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi tomonidan hudud (massiv)ning sugʻoriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga har bir ekin turi tegishli shartli belgilar asosida tushiriladi.
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekin maydonlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari konturlar kesimida hudud (massiv)ning sugʻoriladigan va lalmi yerlarida 1:10000 miqyosdagi xaritaga tushirilgan ekinlarni joylashtirish natijalari tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi hamda “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi tomonidan imzolanadi.
19. Tuman (Quvasoy shahar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi joylashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini belgilashda foydalanish uchun tuproq ball-bonitetiga nisbatan normativ hosildorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni 3 ish kunida tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimiga taqdim etadi.
Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda taqdim etilgan yer maydonlarining ball-boniteti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining tuproq ball-bonitetiga nisbatan belgilangan normativ hosildorligidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yetishiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi.
20. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 5 ish kunida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
Loyihaga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, mahsulot yetishtirish prognoz hajmlari, shuningdek, hudud (massiv)larning ekinlarni joylashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan 1:10000 miqyosdagi xarita elektron va qogʻoz shaklida ilova qilinadi.
“Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari 10 ish kunida har bir qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning konturlar kesimida joylashtirilgan ekin turlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratadi, shuningdek, ekinlar ekilishi va holatining doimiy monitoringini yuritishda qulaylik yaratish maqsadida “elektron xarita”ga tushiradi.
22. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha qabul qilgan qaror nusxasini har yili 1-iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili 10-iyunga qadar tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi yerlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarini umumlashtirgan holda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi yerlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari yuzasidan quyidagi tadbirlarni muntazam oʻrganib boradi, jumladan;
qishloq xoʻjaligi ekin turi joylashtirilgan maydon (kontur)larda belgilangan ekin turlarini yetishtirishga rioya qilinishi va agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida amalga oshirilishini;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish sxemalariga rioya qilinishini;
suv tanqis hududlarda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalar (tomchilatib va suv tejovchi boshqa texnologiyalar) keng joriy etilishini;
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning eksport boʻyicha tuzilgan shartnomalar inobatga olingan holda joylashtirilgan qishloq xoʻjaligi ekin turlarining ekilishini.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 10-iyunga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari boʻyicha quyidagi takliflarni qabul qilib oladi, jumladan:
asosiy maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini;
ertaki ekinlardan va gʻalladan boʻshaydigan (takroriy) maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini;
yosh bogʻ va tok qator oralariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz hajmlarini;
lalmi yerlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini.
Zarurat boʻlganda, gʻoʻzani va boshoqli don ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish boʻyicha takliflarini umulashtirgan holda, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqadi.
4-bob. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish natijalari monitoringini yuritish
26. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Davergeozedkadastr” qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Bu tadbir geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash, kosmik va spektorli tasvirlar va boshqa innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
27. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqatirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi
Ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyati toʻgʻrisida;
tashqi bozorlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari turlari boʻyicha savdo aylanmasi va hajmlari toʻgʻrisida;
yer hisoboti boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtiriladigan yer maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga taqdim etadi.
Har yili 1-mayga qadar
2-bosqich
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari
Kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi yerlarida ekinlarni joylashtirish boʻyicha fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining takliflarini qabul qiladi.
Har yili 5-mayga qadar
3-bosqich
tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻzdaverloyiha” institutining hududiy boʻlinmalari
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining takliflarini umumlashtirish asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarini konturlar kesimida joylashtiradi.
Tuproq ball-bonitetiga nisbatan belgilangan normativ hosildorligidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi ekinlaridan yetishiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari prognoz koʻrsatkichlarini belgilaydi.
Har bir ekin turini tegishli shartli belgilar asosida 1:10000 miqyosdagi xaritalarga tushiradi.
Tegishli qaror loyihasini ishlab chiqadi va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklariga taqdim etadi.
Har yili 15-mayga qadar
4-bosqich
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari
Kelgusi yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) hokimining qarorini qabul qiladi.
Qaror nusxasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklari taqdim etadi.
Har yili 20-mayga qadar
5-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” instituti va uning hududiy boʻlinmalari
Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlari hamda konturlar kesimida joylashtirilgan ekin turlari va maydonlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratadi va “elektron xarita”ga tushiradi.
Ekinlarning ekilishi va holatini doimiy monitoringini yuritadi.
Har yili 1-iyunga qadar
6-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun sugʻoriladigan va lalmi yerlarda qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlarini umumlashtirgan holda qaror qabul qiladi va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Har yili 10-iyunga qadar
7-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha taqdim etgan takliflari asosan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.