toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 26-noyabrdagi 744-sonli “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning normativ qiymatini aniqlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025-yil 31-dekabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga dehqon bozorlarida sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o‘rtacha yillik narxlari, tumanlar bo‘yicha paxta xom ashyosi va boshoqli ekinlar doni o‘rtacha xarid narxlari, shuningdek tovar ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlar to‘g‘risida 2014-yilgi ma’lumotlar 2015-yil 1-aprelgacha (keyinchalik — har yili o‘tgan yil uchun) taqdim etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tumanlar bo‘yicha yuzaga kelgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirishning o‘rtacha foyda normasi to‘g‘risidagi 2014-yilgi ma’lumotlar aniqlanishini va 2015-yil 1-aprelgacha (keyinchalik — har yili o‘tgan yil uchun) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 2015-yil 1-iyungacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish 2016-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yagona yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi ustidan nazoratni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 18-avgust,
235-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-son qaroriga
ILOVA
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi.
Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘ini (keyingi o‘rinlarda — yer solig‘i) hisoblab chiqish uchun va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ushbu Nizomning amal qilishi bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining, shaxsiy tomorqa yer uchastkalarining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashga joriy etilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-iyundagi 391-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tuproq bonitirovkasi — qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha agrotexnika darajasida tuproqning sifatini va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini 100 ballik shkala bo‘yicha qiyosiy baholash;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifati — tuprog‘ining unumdorligi (bonitet bali), tabiiy yem-xashak ekin maydonlarining (yaylov turlari) sifati holati bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari xususiyatining integral ifodasi;
ozuqa birligi — yem-xashak ekin maydonlari yoki ozuqa ekinlarining o‘z to‘yimliligi jihatidan 1 kg suli doniga teng keladigan unumdorligining o‘lchov birligi;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati — normativ ko‘rsatkichlardan foydalangan holda aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari qiymati;
sug‘oriladigan mintaqa — zarur irrigatsiya-melioratsiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan, yerlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi hudud;
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari — ma’muriy mintaqada kichik maydonlarni egallagan qishloq xo‘jaligi ekinlari (paxta, bug‘doy, sholi, savzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, ko‘p yillik mevali daraxtlar, yem-xashakbop ildizmevali o‘simliklar, bir yillik o‘tlar, beda, makkajo‘xori, tamaki);
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari — qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish natijasida olinadigan mahsulot (paxta, bug‘doy, sholi, sabzavotlar, poliz mahsulotlari, kartoshka, mevalar, uzum, tamaki);
kapitallashuv foizi — yerlardan iqtisodiy-xo‘jalik maqsadlarida foydalanish orqali olingan foydani normativ qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan ko‘rsatkich;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari — muntazam ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida yoki chorva uchun tabiiy yem-xashak manbai sifatida foydalaniladigan yerlar, ularning tarkibiga sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan haydov yerlar, ko‘p yillik daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevazorlar, rezavorzorlar va boshqa mevali daraxtlar), bo‘z yerlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi — qishloq xo‘jaligini yuritish uchun belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslar, shuningdek dehqon xo‘jaliklari;
(2-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
o‘rtacha bonitet bali — tuproq turlicha bonitet ballariga ega bo‘lgan hollarda normativ qiymatni aniqlash obyektining, ularning har birining maydoni hisobga olingan holda, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari bilan band bo‘lgan hududga nisbatan hisoblab chiqiladigan ko‘rsatkich;
normativ qiymatni aniqlash davri — O‘zbekiston Respublikasining butun hududi qamrab olingan holda yagona ko‘rsatkichlar bo‘yicha yerlarni baholash ishlari o‘tkaziladigan davr.
3. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatiga (keyingi o‘rinlarda normativ qiymat deb ataladi) yer bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan obyektlar (sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘i, yo‘llar) qiymati kiritilmaydi.
4. Normativ qiymatni aniqlash normativ ko‘rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish ma’lumotlarini hisobga olgan holda foydani kapitallashtirish asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib bajariladi. Normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritiladi.
5. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatni aniqlash obyekti hisoblanadi.
6. Normativ qiymat miqdorini aniqlash ushbu Nizom bilan tartibga solinadigan ishlarning predmeti hisoblanadi.
7. Normativ qiymatni aniqlash davri har yili o‘tkaziladi. Normativ qiymatni aniqlash davrlari oralig‘ida normativ qiymatni aniqlash bo‘yicha hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
8. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash va yer solig‘ini hisoblash ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
II. Normativ qiymatni aniqlash
1-§. Normativ qiymatni aniqlashning umumiy masalalari
9. Normativ qiymatni aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
10. Normativ qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining sifatini hisobga olgan holda aniqlanadi.
11. 1 ga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:
tuproqning sifatini va tabiiy yem-xashak ekin maydonlari (pichanzorlar va yaylovlar)ni baholash ko‘rsatkichlari;
asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari va ko‘p yillik daraxtlar tuzilmasi;
qishloq xo‘jaligi ekinlari, ko‘p yillik daraxtlar va yem-xashakbop ekin maydonlarining normativ hosildorligi;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ unumdorligi;
qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan foyda olishi;
dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o‘rtacha yillik narxlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining o‘rtacha xarid narxlari;
foydaning kapitallashuvi foizi.
12. Normativ qiymatni aniqlashda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining individual renta hosil qiluvchi omillari — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin maydonlari tuzilmasi va sug‘orish uchun suv chiqarish usuli (oqar suv yoki mashina usuli) hisobga olinadi.
2-§. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini hisoblab chiqish
13. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ hosildorligi tuproqlar o‘rtacha bonitet bali bilan qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yig‘indisi sifatida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hisoblab chiqiladi.
14. 1 ga maydondagi asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ unumdorligi tegishli ma’muriy mintaqadagi normativ qiymatni aniqlash davridan oldin yuzaga kelgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini realizatsiya qilishning o‘rtacha yillik narxlariga bog‘liq ravishda qiymat ifodasida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Npsk = Nu × Srk, bunda:
Npsk — 1 ga qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ unumdorligi, ming so‘m;
Nu — qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ hosildorligi, s/ga;
Srk — dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tegishli turiga o‘rtacha yillik narx, ming so‘m/s, paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining xarid narxi ming so‘m/s;
Ozuqa ekinlarining normativ unumdorligi ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq ularning hosildorligini bug‘doy ekvivalent hosildorligiga aylantirish yordamida hisoblab chiqiladi.
15. Sug‘oriladigan 1 ga haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqilgan foydani aniqlashda har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashning shu yildan oldingi yilda shakllangan ekin maydonlari tuzilmasi qo‘llaniladi.
Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha oldingi yil uchun qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat statistika ma’lumotlari asosida aniqlanadi. Ma’lumotlar statistika organlari tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasiga har yili 1-aprelgacha taqdim etiladi.
O‘tgan yildagi ekin maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining mintaqaviy bo‘linmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlari bo‘yicha joriy yilda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasiga muvofiq ekin maydonlari tuzilmasi qo‘llaniladi.
(15-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
16. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bo‘yicha foydaning hisoblab chiqilgan miqdori qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari sifatidan kelib chiqib foizlarda mahsulot qiymatiga va tuman bo‘yicha o‘rtacha tuproqlarning har bir klassi bo‘yicha mahsulotlarni yetishtirishga o‘rtacha xarajatlarga bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan hisoblab chiqiladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Tuproqlarning alohida past unumdorli klasslari bo‘yicha salbiy qiymatlarda foizlarda foydaning hisoblab chiqilgan miqdori olingan taqdirda salbiy qiymatli yerning qiymatini istisno qilish uchun 0,01 foyda foizi qo‘llaniladi.
Mahsulot qiymati to‘g‘risidagi o‘rtacha ma’lumotlar va biror-bir o‘simlik bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda o‘rtacha xarajatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda boshoqli don ekinlari bo‘yicha hisoblab chiqilgan ma’lumotlar qo‘llaniladi.
17. Sifati turlicha bo‘lgan yerlar bo‘yicha 1 ga sug‘oriladigan haydov yerdan olinadigan foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Rpr — 1 ga sug‘oriladigan haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqiladigan foyda, ming so‘m;
Npsk1-Npskn — qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ unumdorligi, ming so‘m/ga;
Pk1-Pkn — ekin maydonlari, ga
Rn1-Rnn — tuproq sifati turlicha bo‘lgan yerlarda turli xil ekinlardan olinadigan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi foydasining hisoblab chiqilgan miqdori, foizlarda.
18. 1 ga sug‘oriladigan haydov yerning normativ qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

‎‎Rpr x K1 x K2 x K3
‎ Sn = —————————— x 100
, bunda:
‎P

Sn — sug‘oriladigan haydov yerning normativ qiymati, ming so‘m/ga;
Rpr — sug‘oriladigan haydov yerdan olinadigan hisoblab chiqilgan foyda, ming so‘m/ga;
P — hisoblab chiqiladigan foydaning kapitallashuvi foizi;
K1 — xo‘jalik yuritish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi intensivligi darajasi hisobga olinadigan mintaqaviy koeffitsiyent;
K2 — sug‘orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadigan koeffitsiyent;
K3 — hosilning nobud bo‘lish foizi hisobga olinadigan koeffitsiyent;
19. Hisoblab chiqilgan foydaning kapitallashuvi foizi 5% miqdorida qabul qilinadi.
20. Xo‘jalik yuritish darajasi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensivligini hisobga oladigan mintaqaviy koeffitsiyent ushbu Nizomning 4-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
21. Tovar ishlab chiqaruvchining mablag‘lari hisobidan sug‘orish uchun xo‘jalik ichki sug‘orish tizimiga suv chiqarish usuli (oqar suv yoki mashina usuli) hisobga olingan koeffitsiyent respublika bo‘yicha yagona ifodada barcha sug‘orish maydonlari bo‘yicha oqar suv bilan sug‘orish ulushiga bog‘liq tarzda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.
22. Kimyoviy moddalarni qo‘llash taqiqlangan muhofaza mintaqalarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari joylashtirilgan taqdirda hosil nobud bo‘lishi va tegishli ravishda qimmatlilik yo‘qotilishini hisobga oladigan koeffitsiyent ushbu Nizomning 6-ilovasiga muvofiq belgilangan tartibda majburiyatlar bilan cheklangan yer uchastkasidagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining bonitet bali va ulushiga qarab respublika bo‘yicha yagona ifodada qabul qilinadi.
23. 1 ga bog‘lar va tokzorlarning normativ qiymati mazkur Nizomning 13, 14, 16 — 22-bandlarida nazarda tutilgan tartibda sug‘oriladigan haydov yerlarning normativ qiymatiga o‘xshash tartibda aniqlanadi.
24. 1 ga sug‘oriladigan bo‘z yerlarning normativ qiymati 0,1 koeffitsiyenti qo‘llanilgan holda sug‘oriladigan haydov yerlarning qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug‘oriladigan haydov yeri bo‘lmagan taqdirda, sug‘oriladigan bo‘z yerlarning normativ qiymati tuman (shahar) sug‘oriladigan haydov yerlari o‘rtacha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalanilgan holda hisoblab chiqiladi.
25. Mevazorlar, tutzorlar va boshqa sug‘oriladigan ko‘p yillik daraxtlar ekilgan yerlarning normativ qiymati ushbu xo‘jalikning sug‘oriladigan haydov yerlari normativ qiymati bo‘yicha, 0,4 koeffitsiyentini qo‘llash bilan qabul qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug‘riladigan haydov yeri bo‘lmagan hollarda bunday yerlarning normativ qiymati tuman (shahar) sug‘oriladigan haydov yerlari bo‘yicha asosiy ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda shartli ravishda hisoblab chiqiladi.
26. Issiqxonalar bo‘yicha 1 ga yerning normativ qiymati sug‘oriladigan haydov yerlar qiymatiga o‘xshash tartibda tuman, shahar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich asosida 2,2 koeffitsiyentini qo‘llash bilan aniqlanadi.
3-§. Qishloq xo‘jaligi lalmi ekin maydonlarining normativ qiymatini hisoblab chiqish
27. 1 ga lalmi haydov yerning normativ hosildorligi, normativ unumdorligi, hisoblab chiqilgan miqdori va normativ qiymati ushbu Nizomning 13 — 20 va 22-bandlariga muvofiq aniqlanadi. Bunda xo‘jalik ichki sug‘orish tizimiga suv chiqarish usulini hisobga olingan holda koeffitsiyent normativ qiymatni aniqlashda qo‘llanilmaydi.
28. Ko‘p yillik lalmi daraxtlar lalmi haydov yer sifatida, lalmi bo‘z yerlar esa lalmi haydov yerlari sifatida 0,1 koeffitsiyentini qo‘llagan holda baholanadi.
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchisida lalmi haydov yerlar bo‘lmagan hollarda, uning normativ qiymati shartli ravishda tuman, shahar lalmi haydov yerlari bo‘yicha o‘rtacha ekin maydonlari tuzilmasidan foydalangan holda hisoblab chiqiladi.
4-§. Tabiiy yem-xashakbop ekin maydonlarining normativ qiymatini hisoblab chiqish
29. Tabiiy yem-xashakbop ekin maydonlari (pichanzorlar va yaylovlar)ning normativ qiymati yaylovlarning tiplaridan va ozuqa birligida ifodalangan hosildorlikdan kelib chiqib, ushbu Nizomning 7-ilovasiga muvofiq ularni bug‘doyning ekvivalenti hosildorligiga tegishli ravishda qayta hisoblab chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
30. Ma’muriy tumanda ozuqa ekin maydonlarining o‘rtacha hosildorligi tegishli balandlik mintaqasidagi yaylovlarning hosildorligi va har bir tipining maydoni hisobga olingan holda aniqlanadi.
31. 1 ga ozuqa ekin maydonlarining normativ mahsuldorligi bug‘doy hajmiga qayta hisoblab chiqilgan ozuqa birliklaridagi o‘rtacha hosildorligi va normativ qiymatini aniqlash davridan oldingi yildagi o‘rtacha xarid narxining hosilasi sifatida aniqlanadi.
32. 1 ga ozuqa ekin maydonlarining normativ qiymati ushbu Nizomning 17 — 20-bandlariga muvofiq haydov yerga o‘xshash tarzda aniqlanadi, bunda ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi ular bilan bog‘liq bo‘lgan balandlik mintaqalarida joylashganligiga qarab foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
cho‘l mintaqasida — 3,2 foiz;
tog‘oldi mintaqasida — 4,1 foiz;
tog‘ mintaqasida — 7,0 foiz.
33. Yaylovlarning sug‘oriladigan mintaqalarga tutashgan uchastkalari sug‘oriladigan haydov yerga mos tarzda 0,01 koeffitsiyentini qo‘llangan holda baholanadi. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug‘oriladigan haydov yerlar bo‘lmagan taqdirda, bunday yerlarning normativ qiymati shartli ravishda tumanning sug‘oriladigan mintaqasi bo‘yicha asosiy ekin maydonlarining tuzilmasi qo‘llanilgan holda hisoblab chiqiladi.
5-§. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning, shuningdek jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlarida va dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlarning me’yoriy qiymatini aniqlash
(5-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
34. Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning normativ qiymati faqat belgilangan mezonlarga muvofiq yer solig‘ining to‘lovchilari hisoblangan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha aniqlanadi. Bunda imoratlar, inshootlar va xonadonlar deganda ularning faoliyat ko‘rsatishi va xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari, bostirmalar, xonadonlar va maydonlar tushuniladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Baliqchilik hovuzlari bilan band bo‘lgan yerlarning normativ qiymati tuman bo‘yicha sug‘oriladigan haydov yerlarning o‘rtacha normativ qiymati bo‘yicha aniqlanadi.
Imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning normativ qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab asosiy qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati bo‘yicha 2 koeffitsiyentini qo‘llagan holda aniqlanadi.
Xo‘jaliklarning ixtisoslashuvi hisobga olingan holda asosiy qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari deganda:
sug‘oriladigan yerlardagi paxtachilik-g‘allachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, sholichilik, tamakichilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun — sug‘oriladigan haydov yerlar (sug‘oriladigan mintaqa);
sug‘oriladigan yerlardagi bog‘dorchilik-uzumchilik xo‘jaliklari uchun — sug‘oriladigan bog‘lar, bog‘lar bo‘lmasa — tokzorlar yoki boshqa ko‘p yillik daraxtlar bilan band bo‘lgan yerlar (sug‘oriladigan mintaqa);
lalmi yerlardagi bog‘dorchilik-uzumchilik xo‘jaliklari uchun — lalmi bog‘lar, bog‘lar bo‘lmasa — tokzorlar yoki boshqa ko‘p yillik daraxtlar bilan band bo‘lgan yerlar (lalmi-yaylov mintaqa);
yaylovlardagi qorako‘lchilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun — yaylovlar (lalmi-yaylov mintaqa);
lalmi yerlardagi g‘allachilik va chorvachilik xo‘jaliklari uchun — lalmi haydov yerlar (lalmi-yaylov mintaqa) tushuniladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari bo‘lmagan taqdirda, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo‘lgan yerlarning normativ qiymati (sug‘oriladigan yoki lalmikor-haydov) asosiy qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari joylashgan mintaqada o‘rtacha tuman normativ qiymati bo‘yicha 2 koeffitsiyenti qo‘llangan holda aniqlanadi.
341. Jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlarning normativ qiymati mos ravishda tuman (shahar)ning sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan yerlarining o‘rtacha normativ qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
III. Normativ qiymatni aniqlash izchilligi
1-§. Normativ qiymatni aniqlash izchilligining umumiy masalalari
35. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatni hisoblab chiqishning bevosita birlamchi obyektlari hisoblanadi. Normativ qiymatni aniqlash obyektlari deganda yuridik shaxsning yer uchastkasi chegaralaridagi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tushuniladi.
36. Normativ qiymatni aniqlash obyektlari alohida massivlar chegaralarida guruhlarga bo‘linadi, ular bo‘yicha kartografiya materiallari nashr etiladi hamda ularda tuproqqa oid va geobotanik tadqiqotlar natijalari aks ettiriladi.
Normativ qiymatni aniqlash birlamchi obyektlarining dastlabki yer-hisobga olish va natijali yer-baholash axborotlari ma’muriy mintaqalar bo‘yicha umumlashtiriladi.
37. Normativ qiymatni aniqlashga aloqador barcha hisob-kitoblar texnologik sxema bo‘yicha ushbu Nizomning 8-ilovasiga muvofiq bajariladi.
2-§. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ro‘yxatini tuzish
38. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ro‘yxati va ma’muriy tuman (shahar) bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar normativ qiymatni aniqlash davri o‘tkaziladigan yilning 1-yanvar holatiga yer fondi ma’lumotlari bo‘yicha qabul qilinadi.
Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha uning nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (uni belgilovchi organlar tomonidan taqdim etiladi), qishloq xo‘jalik ekin maydonlari tafsilotlari bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi yerining kadastr raqami, umumiy maydoni va boshqalari ko‘rsatiladi, sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan ekin maydonlari alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bunda ko‘p yillik daraxtlar maydonlari ularning turlari (bog‘lar, tokzorlar va boshqa daraxtlar) bo‘yicha keltiriladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining geografik joylashuvi yirik masshtabli chizmalarda aks ettiriladi.
39. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va ularni hududiy joylashtirish sxemasi tashkilot — yer resurslari va davlat kadastri bo‘yicha ushbu tuman (shahar) bo‘limlari bo‘yicha ishlarni bajaruvchilar tomonidan tuziladi hamda ular bilan kelishuvdan o‘tkaziladi.
3-§. Ma’lumotlar bazasini tayyorlash hamda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining tuproq unumdorligini va yem-xashakbopligini hisoblab chiqish
40. Sug‘oriladigan va lalmi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining o‘rtacha bonitet bali tuproqni bonitiroka qilish materiallaridan foydalangan holda aniqlanadi.
41. Yaylovlarning tiplari va ularning oziqaboplik qimmati geobotanik xaritalardan foydalangan holda aniqlanadi. Ma’muriy tumanda yaylovlarning bir necha tiplari mavjud bo‘lganda bug‘doyning ekvivalent hosildorligiga qayta hisoblab chiqilgan ozuqa birliklarida (oziq qiymati) ifodalangan ularning o‘rtacha mahsuldorligi aniqlanadi.
IV. Normativ qiymatni aniqlash ishlari natijalarini rasmiylashtirish
42. “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining hududiy bo‘linmalari tomonidan ma’muriy tuman (shahar)ning har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatini aniqlash natijalari bo‘yicha hisobot quyidagi tarkibda tuziladi:
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi 721-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son)
tushuntirish xati;
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati va tuman (shahar) bo‘yicha o‘rtacha normativ qiymat to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
43. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha hisobotlar tushuntirish xatidan, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining tumanlar bo‘yicha normativ qiymat va ma’muriy birlik bo‘yicha o‘rtacha normativ qiymat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Tuman (shahar) bo‘yicha hisobotlar yer-kadastr axboroti sifatida har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha elektron shaklda normativ qiymat taqdim etilgan holda tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastrining tegishli bo‘limlariga topshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha hisobotlar ishlarni bajarish uchun berilgan topshiriqda belgilangan hajmlar va nusxalarda tayyorlanadi.
Hisobotlarning bir nusxasi dastlabki axborotning asl materiallari bilan birgalikda tashkilotning — ishlarni bajaruvchining arxivida saqlanadi.
44. Har bir qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bo‘yicha ushbu Nizomning 8-ilovasidagi shaklga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning normativ qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotnoma qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga topshirish uchun tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlariga taqdim etiladi.
45. Normativ qiymatning hisob-kitobi natijalari 100 so‘mgacha bo‘lgan aniqlikda taqdim etiladi.
V. Normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha materiallarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi
46. Normativ qiymatni aniqlash bo‘yicha materiallarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish normativ qiymatni aniqlash davrlari o‘rtasidagi davrda yangi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tashkil etilgan, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining chegaralari va maydonlari yoki amaldagi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining ekin maydonlari bonitet bali o‘zgargan hollarda amalga oshiriladi.
47. Yangidan tashkil etilgan va o‘zgarishlarga uchragan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatini aniqlash materiallariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ishlari har yili bir marta yil boshiga tumanning yer fondi tuzilgandan keyin normativ qiymatni aniqlash davrini o‘tkazish singari tartibda va izchillikda amalga oshiriladi. Normativ qiymatni aniqlashning oxirgi materiallari asos qilib olinadi. O‘zgartirishlar kiritish va birlamchi ma’lumotlarni to‘plash faqat baholashning oxirgi davri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o‘rtacha yillik narxlardan foydalangan holda 46-bandda sanab o‘tilgan o‘zgarishlarga duch kelgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo‘yicha amalga oshiriladi.
48. Ushbu Nizomga muvofiq bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlar ushbu Nizomning 42 — 44-bandlarida nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
VI. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini sotishda o‘rtacha narxlarni va ularni yetishtirishda foyda miqdorini aniqlash tartibi
49. Tumanlar bo‘yicha dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o‘rtacha yillik narxlar va sotish hajmlari, shuningdek paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlariga o‘rtacha xarid narxlar davlat statistika kuzatishlari ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aniqlanadi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
50. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish natijalari bo‘yicha olingan foydaning miqdori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan oldingi yil yakunlariga binoan tumanlar (shaharlar) bo‘yicha yalpi daromadga nisbatan foizlarda aniqlanadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
51. Qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini yig‘ishtirib olish davomida foyda miqdori o‘rtacha yillik narxlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirishga normativ xarajatlar hisobga olingan holda belgilanadi.
52. Tumanlar (shaharlar) bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirishga normativ xarajatlar bonitet baliga bog‘liq ravishda o‘simliklarni o‘stirishning agrotexnologik xaritalari asosida hisoblab chiqiladi, bunda issiqxonalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari hisobga olinmaydi.
53. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi har yili 1-aprelgacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligiga ushbu Nizomning 10-ilovasidagi shaklga muvofiq tumanlar bo‘yicha dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlariga o‘rtacha yillik narxlar va sotish hajmlari, shuningdek paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining o‘rtacha xarid narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuboradi.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
54. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining, poliz mahsulotlari, sabzavotlar, mevalarning normativ qiymatini hisoblab chiqishda qo‘llaniladigan o‘rtacha yillik narxlar, ularning turlari narxlari va sotish hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan kelib chiqib belgilanadi.
55. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi har yili 1-aprelgacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlarini yetishtirish natijalari bo‘yicha olinadigan foyda miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ushbu Nizomning 11-ilovasidagi shaklga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga yuboradi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash va yer solig‘ini hisoblash
SXEMASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar va tokzorlarning tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi

Qishloq xo‘jaligi ekinlari
‎va ko‘p yillik daraxtlar ‎

Tuproqning bir bonitet baliga
‎nisbatan normativ hosildorligi, s/ga‎

‎‎Sug‘oriladigan yerlarda

G‘o‘za‎ 0,4‎
Boshoqli don ekinlari‎ 0,6‎
Tamaki 0,45‎
Sholi‎ 0,7‎
Bir yillik o‘tlar (yashil yem-xashak)‎ 3,0‎
Sabzavotlar‎ 3,0‎
Poliz mahsulotlari‎ 2,7‎
O‘tgan yillardagi beda ‎ 2,0‎
Don uchun makkajo‘xori‎ 0,75‎
Yem-xashakbop ildizmevali o‘simliklar‎ 9,0‎
Kartoshka‎ 2,0‎
Bog‘lar (o‘rta hisobda) ‎ 0,6‎
Tokzorlar (o‘rta hisobda) ‎ 0,8‎

‎‎Lalmi yerlarda

Kuzgi bug‘doy ‎ 0,25‎
Kuzgi arpa‎ 0,20‎
Bahorgi no‘xat‎ 0,12‎
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ozuqa ekinlarining ozuqa birligida ifodalangan normativ unumdorligi

Qishloq xo‘jaligi ozuqa ekinlari‎

Qishloq xo‘jaligi ekinlarining bir kilogrammi
‎mahsulotidagi ozuqa birliklari tarkibi (kg)‎

‎Boshoqli don ekinlari

‎1,2

Bir yillik o‘tlar (yashil yem-xashak)‎ 0,17‎
O‘tgan yillardagi beda (yashil yem uchun)‎ 0,21‎
Xashaki beda‎ 0,49‎
Don uchun makkajo‘xori‎ 1,34‎
Yem-xashakbop ildizmevali o‘simliklar‎ 0,12‎
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Xo‘jalik yuritish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi intensivligi darajasi hisobga olingan
MINTAQAVIY KOEFFITSIYENTLAR

Ma’muriy-hududiy tuzilmalar va mintaqalar

Mintaqaviy

koeffitsiyentlar (K1)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

0,7

Janubiy mintaqa (Amudaryo, Beruniy, Ellikqal’a

va To‘rtko‘l tumanlari)

0,7

Markaziy mintaqa (Nukus, Xo‘jayli, Shumanay, Kegeyli, Chimboy, Qonliko‘l tumanlari)

0,6

Shimoliy mintaqa (Taxtako‘pir, Qorao‘zak,

Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq tumanlari)

0,5

Andijon viloyati

1,2

Viloyatning Bo‘z va Ulug‘nor tumanlarini istisno etgan holda butun hududi

1,2

Markaziy Farg‘ona mintaqa (Bo‘z va Ulug‘nor tumanlari)

1,0

Buxoro viloyati

1,0

Sug‘oriladigan mintaqa (sug‘oriladigan mintaqaning barcha tumanlari xo‘jaliklari)

1,0

Yaylov mintaqasi (barcha tumanlarning qo‘ychilik xo‘jaliklari)

0,8

Jizzax viloyati

0,8

Jizzax tumani, Jizzax shahri

0,9

Cho‘l mintaqasi (Arnasoy, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l, Paxtakor tumanlari)

0,8

Tog‘oldi-yaylov mintaqasi (Baxmal, G‘allaorol,

Forish, Zomin, Yangiobod tumanlari)

0,6

Qashqadaryo viloyati

0,8

Tog‘oldi mintaqasi (Kitob, Shahrisabz, Yakkabog‘, G‘uzor, Qamashi, Chiroqchi tumanlari)

0,8

Cho‘l mintaqasi (Qarshi, Nishon, Mirishkor, Kasbi, Koson, Muborak tumanlari)

0,7

Dehqonobod tumani

0,6

Navoiy viloyati

0,8

Sug‘oriladigan mintaqa (Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Karmana tumanlari va Konimex tumanining sug‘oriladigan mintaqasi)

0,8

Lalmi-yaylov mintaqasi (Nurota, Tomdi, Uchquduq tumanlari va sug‘oriladigan mintaqasiz Konimex tumani)

0,6

Namangan viloyati

1,1

Viloyatning barcha tumanlari

1,1

Samarqand viloyati

1,2

Sug‘oriladigan mintaqa (Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari)

1,2

Lalmi-yaylov mintaqasi (Nurobod, Qo‘shrabot tumanlari)

0,9

Surxondaryo viloyati

1,3

Surxondaryo vohasi (Sariosiyo, Uzun, Denov, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Angor, Termiz, Oltinsoy tumanlari)

1,3

Cho‘l mintaqasi (Qiziriq, Muzrabot, Sherobod tumanlari)

1,1

Boysun tumani

0,8

Sirdaryo viloyati

0,8

Shimoliy cho‘l mintaqasi (Boyovut, Xovos, Guliston,

Sayxunobod, Sirdaryo tumanlari, Guliston shahri va Yangiyer shahri)

0,8

Markaziy cho‘l mintaqasi (Oqoltin, Mirzaobad,

Sardoba tumanlari)

0,6

Toshkent viloyati

1,2

Viloyatning butun hududi, Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari bundan mustasno

1,2

Chimyon-Ohangaron mintaqasi (Bo‘stonliq, Parkent va

Ohangaron tumanlari)

0,9

Farg‘ona viloyati

1,1

Birinchi mintaqa (viloyatning butun hududi, Yozyovon va So‘x tumanlari bundan istisno)

1,1

Ikkinchi mintaqa (Yozyovon va So‘x tumanlari)

1,0

Xorazm viloyati

1,0

Viloyatning butun hududi, Xazorasp tumanidagi Sarimoy va Tuproqqal’a qishloq fuqarolar yig‘inlari hududisiz (Kizilqum-Tuproqqal’a massivi)

1,0

Xazorasp tumanidagi Sarimoy va Tuproqqal’a qishloq fuqarolar yig‘inlari (Kizilqum-Tuproqqal’a massivi)

0,8

Toshkent shahri

1,2

Toshkent shahrining butun hududi

1,2

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Sug‘orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadigan koeffitsiyentlar
koeffitsiyentlar

Oqar suv ulushi, %‎

Koeffitsiyent (K2) ‎

‎0 — 9

0,883‎

10 — 19‎ 0,893‎
20 — 29‎ 0,904‎
30 — 39‎ 0,915‎
40 — 49‎ 0,926‎
50 — 59‎ 0,938‎
60 — 69‎ 0,950‎
70 — 79‎ 0,962‎
80 — 89‎ 0,974‎
90 — 99‎ 0,987‎
100‎ 1‎
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Hosil nobud bo‘lishini hisobga olish
koeffitsiyentlari (K3)

Bonitet bali

Zaharli kimyoviy dorilarni qo‘llash cheklangan hududlar ulushi, %

1 — 10

11 — 20

21 — 30

31 — 40

41 — 50

51 — 60

61 — 70

71 — 80

81 — 90

91 — 100

31 — 40

0,948

0,895

0,843

0,790

0,738

0,685

0,633

0,580

0,528

0,475

41 — 50

0,959

0,918

0,878

0,837

0,796

0,755

0,714

0,674

0,633

0,592

51 — 60

0,967

0,933

0,900

0,866

0,833

0,800

0,766

0,733

0,699

0,666

61 — 70

0,972

0,943

0,915

0,887

0,859

0,830

0,802

0,774

0,745

0,717

71 — 80

0,976

0,951

0,927

0,902

0,878

0,853

0,829

0,804

0,780

0,755

81 — 90

0,978

0,957

0,935

0,914

0,892

0,870

0,849

0,827

0,806

0,784

91 — 100

0,981

0,961

0,949

0,923

0,904

0,884

0,865

0,846

0,826

0,807

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
7-ILOVA
O‘zbekistonning tabiiy ozuqa ekin maydonlarini sifat jihatidan
BAHOLASH
(yaylovlarning turlari bo‘yicha)

Yaylovlarning turlari

Ozuqa birliklarida hosildorligi, kg/ga

Bug‘doyning ekvivalent hosildorligi, s/ga

Yaxshi yaylovlar

Bug‘doyiqli yaylov

230

1,92

Yirik o‘tli-shashirli yaylov

300

2,50

Archalar orasidagi har xil bug‘doyiq yaylov

260

2,17

O‘rtacha yaylovlar

Betagali-bug‘doyiqli yaylov

210

1,75

Har xil o‘tlar o‘sadigan pistazor

200

1,67

Har xil o‘tli-betagali yaylov

320

2,67

Qamishzor

200

1,67

Qashshoqlashgan yaylovlar

Har xil o‘tli-toifalashgan yaylov

150

1,25

Har xil o‘tli-efemer bodomchali yaylov

120

1,00

Har xil o‘tli-adirdagi shuvoqli yaylov

170

1,42

Har xil o‘tli, butazorlar orasidagi yaylov

180

1,50

Ko‘ng‘irbosh-toifalashgan yaylov

140

1,17

Arpazor

180

1,42

Juzg‘unzor

140

1,17

Jo‘san-toifalashgan yaylov

140

1,17

Har xil o‘tli-chayirli yaylov

160

1,33

Oq saksovulzor

100

0,83

Singrenli yaylov

110

0,92

Dag‘al-efemerli yaylov

150

1,25

Sho‘rali-efemer shag‘alakli yaylov

140

1,17

Tereskenli yaylov

100

0,83

Yantoqzor

180

1,50

Shuvoq-betagali yaylov

170

1,42

Jo‘sanzor

110

0,92

Sho‘rali-toifalashgan yaylov

130

1,08

Har xil o‘tli-boshoqli o‘simliklar o‘sadigan yaylov

240

2,00

Qashshoq yaylovlar

Bir yillik sho‘razor yaylov

130

1,08

Har xil o‘tli-kakrali yaylov

140

1,17

Pastak har xil o‘tli-boshoqdoshli o‘simliklar o‘sadigan yaylov

120

1,00

Boyalishzor

90

0,75

Keyreukzor

80

0,67

Har xil o‘tli to‘qayzor

90

0,75

Qizilmiya o‘sadigan yaylov

100

0,83

Partekzor

80

0,67

Ajriqli yaylov

170

1,42

O‘ta qashshoq yaylovlar

Norboyalishzor yaylov

60

0,50

Yulg‘unzor

70

0,58

Qora saksovulzor

70

0,58

Biyurg‘unzor

40

0,33

Adraspanzor

20

0,17

Donasho‘razor

10

0,08

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
8-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashning
texnologik sxemasi
1. Tayyorgarlik ishlari.
1.1. Ishlar mazmuni va dasturini ishlab chiqish.
1.2. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining hamda normativ qiymatni aniqlash obyektlarining ro‘yxatini va joylashish chizmasini tuzish.
1.3. Normativ qiymati aniqlanadigan obyektlar bo‘yicha dastlabki yer-hisobga olish va statistik hamda natijali yer-baholash axborotlarini to‘plash, tahlil qilish va tayyorlash.
1.4. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda dastlabki va qiymat ko‘rsatkichlarining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi dasturini o‘rganish va o‘zlashtirish.
2. Tuproq unumdorligi, tabiiy ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi, sug‘orish uchun suv berish usuli bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar bazasini tayyorlash va normativ qiymatini aniqlash obyektlarining ko‘rsatkichlarini hisob-kitobi.
2.1. Normativ qiymatni aniqlash obyekti tuproq unumdorligining o‘rtacha ko‘rsatkichini aniqlash.
2.2. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha mahsulot yetishtirishdan foizlarda hisoblab chiqilgan foydani aniqlash.
2.3. Normativ qiymatni aniqlash obyekti yaylovlarining ozuqa qimmatliligi ko‘rsatkichlarini aniqlash.
2.4. Sug‘orishning ichki tizimida sug‘orish uchun suv berish usuli ko‘rsatkichini aniqlash.
2.5. Zaharli kimyoviy dorilarni qo‘llash cheklangan maydonlarni aniqlash.
3. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatining avtomatlashtirilgan hisob-kitobi.
3.1. Birlamchi ko‘rsatkichlarni kompyuter dasturiga kiritish.
3.2. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining normativ qiymati: normativ unumdorlik, hisoblangan foyda va normativ qiymat ko‘rsatkichlari hisob-kitobi.
4. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash materiallarini rasmiylashtirish.
4.1. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari normativ qiymatini aniqlashning hisob-kitob (jadval) va matnli qismini rasmiylashtirish hamda ma’muriy tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va respublika bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash materiallarini umumlashtirish.
4.2. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash materiallarining jadvalli qismini rasmiylashtirish.
4.3. Ma’lumotnomalarni tayyorlash va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga taqdim etish.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
9-ILOVA

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi
‎ ekin maydonlari va boshqa baholangan yerlarning
‎normativ qiymati to‘g‘risida
‎MA’LUMOTNOMA

‎‎O‘zbekiston Respublikasining‎ ______________viloyati
‎(Qoraqalpog‘iston Respublikasi) ___________tumanidagi

‎________________________________________________________________________
‎(qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining to‘liq nomi va STIR)

‎‎Nomi

Maydon, ga‎‎

1 ga yerning normativ qiymati, ming so‘m‎‎

Umumiy normativ qiymat, ming so‘m

Haydov yerlari:‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Bog‘lar:‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan‎‎ ‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎‎ ‎‎ ‎‎
Uzumzorlar:‎‎‎ ‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎lalmi ‎‎ ‎‎
Boshqa ko‘p yillik daraxtlar:‎‎ ‎‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan‎‎ ‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Bo‘z yerlar: ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎sug‘oriladigan ‎‎ ‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Sug‘oriladigan mintaqaga tutashgan yaylovlar‎
‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan‎‎ ‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Pichanzorlar va yaylovlar: ‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎
sug‘oriladigan‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎
lalmi ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Baliqchilik hovuzlari‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Imoratlar, inshootlar va xonadonlar
‎‎Imoratlar, inshootlar va xonadonlar
‎‎Issiqxonalar
‎‎Hammasi: ‎‎ ‎‎ ‎‎

____________________‎‎

______________‎‎

____________________‎‎

‎‎(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)‎‎

‎‎20 ___ y. “___” _____________ ‎‎
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA

20__ yil uchun ______________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
‎_________________ tumani bo‘yicha dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining*
‎asosiy turlariga shakllangan o‘rtacha yillik narxlar, paxta xom ashyosi va boshoqli
‎don ekinlarining o‘rtacha xarid narxlari va sotish hajmi

T/r‎ Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy
‎turlarining nomi‎
1 kg uchun o‘rtacha
‎yillik narxlar‎
Ishlab chiqarish
‎hajmi, tonnada ‎
1.‎ Paxta‎
2.‎ Bug‘doy‎
3.‎ Sabzavotlar‎
pomidor**‎
Bodring**
sabzi‎
piyoz‎
karam‎
oshqovoq‎
4.‎ Poliz mahsulotlari‎
tarvuz‎
qovun‎
5.‎ Kartoshka‎
6.‎ Mevalar‎
olma‎
olxo‘ri‎
gilos‎
o‘rik‎
shaftoli‎

7.‎

Uzum ‎

8.‎

Sholi‎
*Izoh. O‘rtacha yillik narxlar va sotish hajmi yilning I choragi hisobga
** O‘rtacha yillik narxlar va sotish hajmi yilning yanvar — may oylari davri hisobga olinmagan holda aniqlanadi.
Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
___________ viloyati (Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
________ tumani (shahri) bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bo‘yicha foyda miqdori

‎‏Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining nomi

‎‎Mahsulot yetishtirishda 1 ga yerdan olingan foyda miqdori, tuproq boniteti baliga bog‘liq tarzda yalpi daromadga nisbatan foizlarda

10 — 20‎ 21 — 30‎ 31 — 40‎ 41 — 50‎ 51 — 60‎ 61 — 70‎ 71 — 80‎ 81 — 90‎ 91 — 100‎
Paxta‎
Bug‘doy, sug‘orma‎

lalmi‎

Sholi‎
Sabzavotlar‎
Poliz mahsulotlari‎
Kartoshka‎
Mevalar, sug‘orma‎

lalmi‎

Uzum, sug‘orma‎

lalmi‎

Tamaki‎
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 34-son, 434-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 09/21/391/0590-son, 30.11.2021-y., 09/21/721/1110-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)