toggle_night_mode
Hujjat 20.08.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
“Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 20-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2170-4]
“Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 14-yanvardagi OʻRQ-602-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 22-dekabrdagi 308-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2170, 2010-yil 22-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 503-modda) bilan tasdiqlangan Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 20-avgust,
194-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 20-avgustdagi 194-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
“Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
a) nomidagi va 1-banddagi “Davlat notarial idoralarida” degan soʻzlar “Notarial idoralarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:”.
a) nomidagi “Davlat notarial idoralarida” degan soʻzlar “Notarial idoralarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-son “Oʻzbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq notarial idoralarda notarial ish yuritish, notarial hujjatlarni saqlash muddatlari va tartibini belgilaydi.”;
v) 1-banddagi “qonunlarda” degan soʻz “qonunda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Notarial idoralarda notarial ish yuritishni tashkil etish mazkur Qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.”;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Notarial ish yuritishni toʻgʻri tashkil qilish uchun notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius javobgardir.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish davlat notarial idoralarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmalari deb yuritiladi) rahbarining buyrugʻi bilan notarial idora xodimlaridan biriga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarda esa notariusning buyrugʻi bilan notariusning oʻziga yoki xodimlaridan biriga yuklanadi.
Notarial ish yuritish va (yoki) arxiv ishlarini olib borish yuklatilgan shaxs (bundan keyingi oʻrinlarda masʼul shaxs deb yuritiladi) ishdan boʻshaganda yoki boshqa ishga oʻtkazilganda hujjatlar yangi tayinlangan xodimga dalolatnoma asosida topshiriladi.”;
e) 5-banddan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 257-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
j) 25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari, Notarial palata va uning hududiy boshqarmalari hamda boshqa yuqori turuvchi tashkilotlardan kelib tushgan topshiriqlar nazoratga olinadi.
Notarial idorada rahbarlik qiluvchi notarius tomonidan boshqa hujjatlarning ijrosi ham nazoratga olinishi mumkin.”;
z) 28-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi notarial idoraning nomi koʻrsatilgan holda adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar (bundan keyingi oʻrinlarda notarial arxiv deb yuritiladi) bilan kelishiladi.
Notarial idoralarning hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi notarius tomonidan mazkur Qoidalarning 1-ilovasida keltirilgan hujjatlar yigʻmajildlarining namunaviy nomenklaturasidan kelib chiqib tasdiqlanadi.
Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi bir kalendar yil davomida amalda boʻladi va har yili yangidan tasdiqlanadi. Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi ikki nusxada tuziladi. Birinchi nusxa adliya boshqarmasida yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasida, ikkinchi nusxasi esa notarial idorada saqlanadi. Notarial idorada saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasidan ish nusxasi sifatida foydalaniladi.”;
i) VI boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“VI. Hujjatlarning notarial idorada saqlanishi va notarial arxivlarga topshirish”;
k) 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasiga asosan, notarial idora notarial ish yuritish hujjatlari va materiallarining but saqlanishini taʼminlashi, oʻz notarial arxiv ishini yuritishi shart.
Notarial ish yuritish hujjatlari va materiallari uch yil oʻtgach notarial arxivlarga topshirilishi kerak.”;
l) 1 — 3-ilovalar tegishli ravishda mazkur oʻzgartirishlarning 1 — 3-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
1-ILOVA
“Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga
1-ILOVA
Notarial idoralar hujjatlar yigʻmajildlarining namunaviy
NOMENKLATURASI
1. Ish yuritish boʻyicha
1-1. Yuqori turuvchi tashkilotlarning buyruq va koʻrsatmalari.
1-2. Notarial amaliyotni umumlashtirish boʻyicha hujjatlar.
1-3. Notarial idorani tekshirish natijalari haqida maʼlumotnoma va dalolatnomalar.
1-4. Shaxsiy tarkib boʻyicha buyruqlar, mehnat shartnomalari va boshqa hujjatlar.
1-5. Boshqa tashkilotlar bilan yozishmalar.
1-6. Notarial arxivga topshirilgan hujjatlarning roʻyxati va topshirish dalolatnomalari.
1-7. Xalqaro shartnomalar boʻyicha yozishmalar.
1-8. Boshqa hujjatlar.
2. Notarial harakatlarning turlari boʻyicha
2-1. Koʻchmas mulkni boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-2. Garov (ipoteka) shartnomalari hamda ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-3. Avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga oʻtkazish toʻgʻrisidagi shartnomalar va ularni tasdiqlash uchun asos boʻlgan hujjatlar.
2-4. Boshqa shartnomalar.
2-5. Ishonchnomalar.
2-6. Notarial tasdiqlangan vasiyatnomalar.
2-7. Meros ishlari.
2-8. Ijro xatlarini yozish va unga tegishli boʻlgan hujjatlar.
2-9. Notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini hamda reyestrlardan koʻchirmalar berishga oid hujjatlar.
2-10. Mediatsiya ishlarini yuritishga oid hujjatlar.
2-11. Dalillarni taʼminlashga oid hujjatlar.
2-12. Boshqa notarial harakatlar.
3. Notarial harakatni amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar boʻyicha
3-1. Tugallanmagan meros ishlari boʻyicha hujjatlar.
3-2. Meros mol-mulkini qoʻriqlash choralarini koʻrish boʻyicha arizalar.
3-3. Notarial harakatni amalga oshirishni kechiktirish yoki rad etish haqidagi qarorlar.
3-4. Hujjatlarni ekspertizaga joʻnatish haqidagi qarorlar.
3-5. Notarial tasdiqlangan hujjatlarga tenglashtiriladigan vasiyatnomalar.”.
Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
2-ILOVA
“Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga
2-ILOVA

‎‎Yigʻmajild muqovasi

‎__________________________________________________________________________
‎(notarial idora nomi va notariusning F.I.O.)

‎‎Yigʻmajild indeksi ______________________
‎Yigʻmajild raqami _______________________

‎‎__________________________________________________________________________
‎ ___________________________________________________________________________________ ____________________________________________________________________________________
‎ (yigʻmajildning nomlanishi)

__________________________‎

(boshlangan sana)‎

__________________________‎

(tugagan sana)‎

_____ varaqda. ‎
Saqlash muddati _______________ ‎

___________________________________‎‎‎

‎‎(yigʻmajild tuzilgan joy va sana)

”.‎

Davlat notarial idoralarida notarial ish yuritish qoidalarini tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
3-ILOVA
“Notarial idoralarda notarial ish yuritish qoidalariga
3-ILOVA

‎‎Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar
‎adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlarga hujjatlarni
‎ topshirish-qabul qilish toʻgʻrisida
‎DALOLATNOMA

‎‎___________________

‎‎_________________________

‎‎(tuzilgan vaqti)

‎‎(tuzilgan joyi)

T/r‎

Yigʻmajildlarning turi‎‎

Yigʻmajildlarning sanasi‎‎

Yigʻmajildlarning nomenklatura boʻyicha tartib raqami‎‎

Yigʻmajildlarning soni‎‎

‎Yigʻmajildlarning soni

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎Jami yigʻmajildlar soni ______________________________________________________________________

‎‎(raqamlar va soʻzlar bilan)

‎‎Notarius

‎‎_________

‎‎_____________________________________

‎‎(imzo)

‎‎(F.I.O.)

___________‎‎

‎‎‎‎(imzo)

‎Ekspert komissiyasi aʼzolari:

‎‎_________

_____________________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎

‎‎‎‎_________

_____________________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎ ‎‎

‎‎(F.I.O.) ‎‎ ‎‎

_________ ‎‎

_____________________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎(F.I.O.) ‎‎ ‎‎ ‎‎

‎‎‎‎____________
‎(sana)

”.‎
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2020-y., 10/20/2170-4/1200-son)