1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Maʼmuriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini koʻrsatish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 20-sentabrdagi PQ-4463-son qaroriga muvofiq hamda arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoniga muvofiq quyidagi tartib joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
a) pensiyani hisoblash uchun mehnat stajini tasdiqlash va ish haqi miqdorini belgilashda arxiv maʼlumotlarini taqdim etmasdan:
2005 — 2016-yillar davri uchun jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan;
2016 — 2018-yillar davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga oʻtkazilgan sugʻurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan;
2019-yil uchun fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestri maʼlumotlaridan foydalaniladi;
b) ushbu bandda koʻrsatilgan davrlar uchun arxiv maʼlumotlaridan faqat tizimlarda zarur maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoki fuqaroning murojaati asosida foydalaniladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron xizmatlarni joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Oʻzarxiv” agentligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlari YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin;
davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun yigʻimlarni Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun toʻlangan davlat bojlari va yigʻimlar summasi hisobini yurituvchi yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishi taʼminlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun elektron maʼlumot almashishni taʼminlovchi axborot tizimini ishlab chiqish va ishga tushirish, davlat arxivlarining axborot tizimini joriy etishda talab etiladigan moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun “Oʻzarxiv” agentligiga zarur mablagʻ ajratilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi davlat arxivlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ularning faoliyati ustidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 19-avgust,
495-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga 1-ILOVA
Ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) maʼlum tashkilotda ishlagan davridagi ish haqiga oid va ishlaganligi toʻgʻrisidagi ish stajiga oid maʼlumotnomani berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
8. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlashi mumkin.
9. Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
14. Davlat arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 5 ish kunidan, ish haqini tasdiqlashga oid maʼlumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
15. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
18. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga 2-ILOVA
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) maʼlum oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Ariza beruvchi ishonchnoma asosida harakat qilayotganda, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
8. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
11. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
12. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
13. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
14. Davlat arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli (matrik shtrixli kod) maʼlumotnomani shakllantiradi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) ERI bilan tasdiqlangan holda tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron shaklda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
15. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi hamda monitoring olib boradi.
18. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
19. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasi berish davlat xizmati koʻrsatish
SXEMASI
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv maʼlumotnomasini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
(sana)
(raqam)
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasasida oʻqiganlikni tasdiqlash haqida arxiv maʼlumotnomasini olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Familiyasi (oʻzgartirilgan boʻlsa yozilishi kerak):
2. Ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa yozilishi kerak):
3. Otasining ismi (oʻzgartirilgan boʻlsa yozilishi kerak):
4. Tugʻilgan yili va sanasi:
5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:
6. Pasport yoki ID-karta seriyasi va raqami:
7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):
8. Telefon raqami:
II. Ilova qilinadigan hujjatlar:
9. Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilinayotgan boʻlsa):
10. Ariza beruvchining oʻqiganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Oʻqishga qabul qilingan sana
Oʻqish tugatilgan sana
Taʼlim muassasasining oʻqigan davridagi nomi
Taʼlim muassasasining hozirgi nomi
(agar maʼlumot mavjud boʻlsa)
Ushbu soʻrovnomada maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga 3-ILOVA
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Milliy arxivi tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
8. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatish uchun 1 ta annotatsiya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 0,47 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, tegishli preyskurantga asosan, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan yigʻimlar summasi — Oʻzbekiston Milliy arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.
13. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda Oʻzbekiston Milliy arxiviga elektron shaklda yuboradi.
16. Oʻzbekiston Milliy arxivi soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 15 ish kun mobaynida maʼlumotnomani (anotatsiyani) tayyorlaydi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
17. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Milliy arxivi oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini tayyorlab berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
(sana)
(raqam)
Arab alifbosida yaratilgan turk, fors va arab tilidagi hujjatlardagi axborotlar toʻgʻrisida annotatsiya maʼlumotlarini olish uchun
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tugʻilgan yili va sanasi:
5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-avgustdagi 495-son qaroriga 4-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish) boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali davlat arxivlari tomonidan koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
4. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi.
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
7. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi oʻz ERIsini shu joyning oʻzida olishi uchun barcha zarur sharoitlarni taʼminlashga majbur.
8. Soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli imzolarni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlash mumkin.
9. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
10. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq yigʻim undiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etganda, tegishli preyskurantga asosan, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
11. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — “Oʻzarxiv” agentligi tizimidagi davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
11,25 foizi — Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasida elektron xukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan yigʻimlar summasi — davlat xizmatini koʻrsatgan davlat arxivining hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
12. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanidi.
13. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
14. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
15. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda avtomatik tarzda tegishli davlat davlat arxiviga elektron shaklda yuboriladi.
16. Davlat arxivlari soʻrovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab 5 ish kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda 20 ish kun mobaynida tegishli maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
17. Davlat xizmatlari markazi maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va uni bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda uning soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi unga maʼlumotnomani elektron shaklda taqdim etishi mumkin.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Davlat xizmatlari markazlari va davlat arxivlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini doimiy nazorat qiladi va monitoring olib boradi.
20. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
21. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
SOʻROVNMA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Tugʻilgan yili va sanasi:
5. Doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan manzil:
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
Arxiv hujjatlari, kitoblar va qoʻlyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish) uchun
YIGʻIM MIQDORI
T/r
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) formatlari
Oʻlchov birligi
Yigʻim miqdori
1.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A0 formatda
1 bet
bazaviy hisoblash miqdorining 2,3 baravari
2.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A1 formatda
1 bet
bazaviy hisoblash miqdorining 1,4 baravari
3.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A2 formatda
1 bet
bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari
4.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A3 formatda
1 bet
bazaviy hisoblash miqdorining 0,18 baravari
5.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A4 formatda
1 bet
bazaviy hisoblash miqdorining 0,1 baravari
6.
Raqamlashtirish (elektron nusxa koʻchirish va ishlov berish) bir tomonlama A5 formatda