1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.06.00 Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va boshqa organlari. Zaxira jamgʻarmasi]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil qilish toʻgʻrisida
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yoʻnaltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yoʻli bilan ekspertiza qilishni taʼminlash hamda ilmiy va ilmiy pedagog jamoatchilikning takliflariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK) tashkil qilinsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.03.00 Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish]
3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar, idoralar, oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, ular uchun majburiydir.
4. Ilmiy darajalar hamda unvonlar beruvchi ixtisoslashtirilgan va ilmiy kengashlarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida kengashlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni toʻxtatib tursinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilib, komissiya tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 31-mart,
PF-371-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-son, 245-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 365-modda)