1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.01.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari maqomining umumiy masalalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.01 Savdo-sanoat palatasi;
3.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Jamoat birlashmalari (jamg‘armalari), diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI FARMONLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“O‘zbekiston Respublikasining Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlariga o‘zgartirishlar kiritilsin:
1. “Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonida:
a) 3-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshi, 4, 5-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
uchinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasining tegishli hududiy bo‘limlariga” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasini” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni ilovasining 1-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 9-fevral,
PF-3570-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-con, 29-modda)