Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Afgʻoniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish, zarur chegara tartibini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I. H. Joʻrabekov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilsin (Komissiyaning tarkibi ilova
* qilinmoqda).
2. Qayd etilgan komissiya oʻn kun muddat ichida oʻsha joyga borib Afgʻoniston Respublikasi bilan davlat chegarasini mustahkamlash, zarur tartibni taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining zarur moddiy-texnika negizini barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin.