Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 3-maydagi 11/5-son qarori (roʻyxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 276-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Elektron toʻlovlar toʻgʻrisida” degan soʻzlar “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
75-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“75. Agar bank hisobvaragʻi shartnomasida boshqa muddatlar koʻzda tutilmagan boʻlsa, qonunchilikda oʻrnatilgan mijozlar hisobvaraqlariga pullarni hisobga kiritish va hisobdan chiqarish tartibini hamda elektron toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari bank tomonidan buzilgan taqdirda banklar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.”.
3. 78-bandning
birinchi xatboshisidagi “muhr mavjud boʻlgan taqdirda” degan soʻzlar “tadbirkorlik subyektlaridan muhr izi talab etilmaydi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 1-ilovaning
12-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga muvofiq, bank boshqaruvi aʼzolari va muhim ahamiyatga ega xodimlari ish beruvchining roziligi bilan boshqa tashkilotlarda oʻrindoshlik asosida ishlashi mumkin, bundan ularning boshqa banklar va tashkilotlarda ishga joylashuvi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.”.