toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.06.2026
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-iyundagi 323-sonli “Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish toʻgʻrisida” 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash (keyingi oʻrinlarda maʼqullash deb ataladi) faqat quyidagi sinov laboratoriyalariga (keyingi oʻrinlarda laboratoriya deb ataladi) nisbatan amalga oshiriladi:
shaxsiy (ishlab chiqarish) ehtiyojlari uchun oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va/yoki kirib kelayotgan xom ashyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni sinovdan oʻtkazuvchi ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar laboratoriyalari;
mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etishga daʼvo qilmaydigan laboratoriyalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan maʼlum bir soha yoki yoʻnalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash organlari muvofiqlikni baholash boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi hamda ularga yuklangan vazifalar va fuksiyalarga bogʻliq ravishda belgilangan tartibda maʼqullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan oʻtadilar;
v) muvofiqlikni baholash boʻyicha vakolatli va maʼqullangan organlarning reyestrini yuritish va yangilash Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga yuklanadi;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
g) laboratoriyalar uchun maʼqullash tartibidan oʻtish ixtiyoriydir, ushbu qarorning 2-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
3. Belgilansinki:
muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar idoraviy mansubligidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan va faoliyati ixtisosligi turidan qatʼi nazar akkreditatsiyadan oʻtishdan manfaatdor boʻlsalar, akkreditatsiyadan oʻtish huquqiga egadirlar;
amaldagi akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomalar laboratoriyalarning yozma murojaatlariga asosan texnik jihatdan malakaliligini qoʻshimcha baholamasdan ularning amal qilish muddatiga maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomalarga bepul qayta rasmiylashtirilishi mumkin;
milliy akkreditatsiya tizimining belgisidan foydalanish, shuningdek, akkreditatsiyaga havola qilish huquqi faqat akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlarga beriladi.
4. “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda muvofiqlikni baholash boʻyicha vakolatli organlarning reyestrini shakllantirsin va keyinchalik Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “Oʻzstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-iyul,
456-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-son qaroriga
1-ILOVA
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sinov laboratoriyalarining (keyingi oʻrinlarda laboratoriyalar deb ataladi) texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibini belgilaydi.
2. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash (keyingi oʻrinlarda maʼqullash deb ataladi) Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Bunda Inspeksiya tomonidan sinov laboratoriyalarini maʼqullash ishlarini bajarishda va uning natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda xolislik hamda betaraflik taʼminlanishi lozim.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza beruvchi ― laboratoriya texnik jihatdan malakalilik maʼqullashidan oʻtishi uchun tegishli buyurtma bilan Inspeksiyaga murojaat qilgan yuridik shaxs;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
maʼqullash ― faoliyatning muayyan sohasida sinovlarni oʻtkazishga yuridik shaxslarning laboratoriyalari texnik jihatdan malakaliligini Inspeksiya tomonidan rasman tasdiqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
maʼqullash sohasi ― laboratoriya faoliyatining maʼqullash soʻralayotgan yoki maʼqullash taqdim etilgan aniq sohasi;
maʼqullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish ― laboratoriyaning maʼqullash sohasiga va/yoki texnik pasportiga laboratoriya tomonidan oʻzgartirishlar kiritish va belgilangan tartibda Inspeksiyaga taqdim etish;
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma ― maʼqullashning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini tasdiqlovchi Inspeksiya tomonidan beriladigan hujjat;
(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
muvofiqlikni baholash boʻyicha vakolatli organlar ― yuklangan vazifalar va funksiyalarga bogʻliq ravishda belgilangan tartibda maʼqullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan oʻtadigan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan maʼlum bir soha yoki yoʻnalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash boʻyicha organlar;
texnik jihatdan malakalilikni baholash ― maʼqullash soʻralayotgan faoliyat sohasida sinov yoki oʻlchovlarni oʻtkazish uchun laboratoriyada shart-sharoitlarning va malakali xodimlarning mavjudligini aniqlash maqsadida Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
texnik ekspert ― muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etish va shu sohadagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega boʻlgan, shartnoma asosida laboratoriyada baholash oʻtkazish uchun Inspeksiya tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs yoki ekspert tashkilotning vakili.
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
2-bob. Maʼqullash talablari va shartlari
4. Maʼqullashning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
maʼqullash tartibidan oʻtishga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, normativ-huquqiy hujjatlarga majburiy rioya qilish;
laboratoriya faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur boʻlgan egalik yoki boshqa mulkiy huquq, shuningdek, ijara huquqi asosida bino va inshootlar, texnik, texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit shart-sharoitlari mavjudligi;
soʻralayotgan maʼqullash sohasiga muvofiq sinovlar oʻtkazilishini taʼminlaydigan sinov, oʻlchov vositalari, standart namunalarning mavjudligi;
malakasi maʼqullash jarayonida Inspeksiya tomonidan baholanadigan va soʻralayotgan maʼqullash sohasida malakaga ega boʻlgan xodimlarning mavjudligi, ularning oʻzaro almashinuvchanligini taʼminlash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
soʻralayotgan maʼqullash sohasiga muvofiq sinov usullarini tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
laboratoriyalar tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida, shuningdek, 7 va 8-boblarida koʻrsatilgan majburiyatlarga rioya qilish.
5. Maʼqullangan laboratoriyalar, shuningdek, akkreditatsiyadan oʻtgan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyalar (markazlar), metrologiya xizmatlari amaldagi maʼqullash yoki akkreditatsiya sohalariga muvofiq oʻzlari qoʻllayotgan sinov va oʻlchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qoʻllash huquqi maʼqullash tartib-taomilidan oʻtishga talabgor boʻlgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Laboratoriyalarni maʼqullash tartibi
6. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi Inspeksiya tomonidan belgilanadigan yozma yoki elektron shaklda maʼqullash uchun arizani (keyingi oʻrinlarda buyurtma deb ataladi) ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
7. Ariza beruvchi buyurtmaga quyidagi hujjatlar va maʼlumotlarni ilova qiladi:
maʼqullash soʻralayotgan maʼqullash sohasini aniqlovchi sinov usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchash turlarining roʻyxati;
laboratoriyaning tartib-taomil hujjatlari;
laboratoriyaning texnik pasporti (laboratoriya, xodimlar, jihozlar, qoʻllaniladigan sinov va oʻlchash vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumot).
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra laboratoriyaga tegishli qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
9. Inspeksiya taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligi yuzasidan buyurtmani oʻrganadi. Buyurtmani oʻrganish ijobiy natija bersa, u roʻyxatdan oʻtkaziladi va bir ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni oʻtkazish uchun shartnoma (keyingi oʻrinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar (maʼlumotlar) taqdim etilmagan taqdirda, Inspeksiya bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
10. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgach, Inspeksiya besh ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni oʻtkazish uchun Inspeksiya xodimlaridan va/yoki texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) shakillantiradi.
Komissiyaga zimmasiga maʼqullash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy masʼuliyat yuklangan va Inspeksiya tomonidan vakolat berilgan baholash komissiyasining raisi rahbarlik qiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
11. Komissiya tarkibi, laboratoriyada baholashni oʻtkazish sanasi va vaqti Inspeksiya direktori yoki uning oʻrinbosari buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Bunda laboratoriyada baholashni oʻtkazish sanasi ariza beruvchi bilan uning asoslangan takliflarini inobatga olgan holda oldindan kelishib olinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
12. Laboratoriyada baholashni oʻtkazish muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Inspeksiya tomonidan aniqlanadi. Laboratoriyada baholashni oʻtkazish muddati oʻn ish kunidan oshmasligi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
13. Laboratoriyada baholashni oʻtkazish Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
14. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, maʼqullash talablariga va shartlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va laboratoriya tomonidan soʻralayotgan maʼqullash sohasidagi ishlarni bajarish imkoniyatini joyiga chiqqan holda baholaydi.
15. Komissiya laboratoriyaning maʼqullash sohasiga kiritilgan har bir soʻralgan sinov usullari (metodikalari) va/yoki oʻlchash turlarini bajara olish imkoniyatini baholaydi.
16. Ariza beruvchi laboratoriyada baholash oʻtkazish, shu jumladan, komissiyaning zarur maʼlumotlarga, yozuvlarga va hujjatlarga, binolarga kirishini, shuningdek, laboratoriya xodimlarining malakasini baholash uchun shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini oʻrgangan holda soʻralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, maʼlumotini, muvofiqlikni baholash boʻyicha koʻnikmalarini namoyish qilishini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Komissiya soʻralgan maʼqullash sohasida nazorat sinovlari, oʻlchovlar oʻtkazilishini talab qilishga haqlidir.
17. Agar laboratoriyada baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmasa, komissiya raisi Inspeksiyaga tegishli hisobotni taqdim qilishi kerak, uning asosida Inspeksiya maʼqullash jarayoni ishlari ikki oydan oshmagan muddatga toʻxtatilganligi toʻgʻrisida ariza beruvchiga yozma ravishda xabar beradi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda laboratoriyada baholash oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermasa, maʼqullash uchun berilgan arizani koʻrib chiqish tugatiladi.
18. Laboratoriyada baholash natijalari boʻyicha baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud boʻlsa) oʻz ichiga qamrab oluvchi komissiyaning dalolatnomasi (keyingi oʻrinlarda dalolatnoma deb ataladi) tuziladi.
Dalolatnoma barcha komissiya aʼzolari, shuningdek, oʻzining alohida fikrini (zarurat boʻlganda) ifodalashga haqli boʻlgan ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi ariza beruvchining vakolatli vakiliga beriladi.
19. Komissiya ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirgan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay dalolatnomani Inspeksiyaga taqdim etadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
20. Baholash jarayonida nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ariza beruvchi Inspeksiyaga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida hisobot (keyingi oʻrinlarda hisobot deb ataladi) taqdim etadi. Hisobotni taqdim etish muddati dalolatnoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
21. Ariza beruvchi belgilangan muddatda hisobot taqdim etmasa, maʼqullash jarayoni tugatiladi.
22. Inspeksiya hisobot olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunida hisobot baholashni oʻtkazgan komissiya tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Komissiya ariza beruvchi tomonidan baholash jarayonida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar toʻliqligini oʻrganadi. Agar hisobotda keltirilgan maʼlumotlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli boʻlmasa, komissiya qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
23. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish holatini oʻrganish natijalari boʻyicha komissiya yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni bir ish kunidan kechikmay Inspeksiyaga taqdim etadi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
24. Inspeksiya uch ish kuni mobaynida dalolatnomani koʻrib chiqishni taʼminlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(24-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash;
maʼqullash sohasini qisqartirgan holda laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash;
laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashni rad etish;
dalolatnoma xulosalariga qoʻshilmagan taqdirda ― laboratoriya maʼqullash talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qoʻshimcha baholashni oʻtkazish.
25. Laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
baholash vaqtida zarur maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortish;
ariza beruvchi tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarda noaniq yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
laboratoriyaning maʼqullash talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari boʻyicha qaror qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Laboratoriyani maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, laboratoriya Inspeksiya tomonidan bir ish kunidan kechikmay maʼqullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Agar laboratoriyani maʼqullashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, Inspeksiya bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga bu toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
27. Inspeksiya tomonidan oʻzining rasmiy veb-saytida maʼqullangan laboratoriyalar reyestri yuritiladi (keyingi oʻrinlarda reyestr deb ataladi). Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
28. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma reyestrda roʻyxatdan oʻtkaziladi va ikki yil muddatga beriladi.
29. Agar laboratoriya maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin takroriy maʼqullash uchun ariza taqdim etsa, Inspeksiya ilgari berilgan maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kungacha uzaytirish huquqiga ega, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
30. Takroriy maʼqullash tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Maʼqullangan laboratoriya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, maʼqullash sohasiga rioya qilishga hamda oʻtkazilgan sinovlar yoki oʻlchovlarning ishonchliligiga javobgardir. Bunda Inspeksiya maʼqullangan laboratoriyadan har yarim yilda bir marotaba uning maʼqullash sohasi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrashga haqlidir.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
32. Agar Inspeksiyaga maʼqullash talablari va shartlari buzilganligi toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat tushsa, Inspeksiya murojaatda keltirilgan vajlarning haqqoniyligini oʻrganish uchun aynan ushbu vajlar boʻyicha laboratoriyani qayta baholashga (keyingi oʻrinlarda qayta baholash deb ataladi) haqlidir.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
33. Laboratoriya faoliyatini qayta baholash ushbu Nizomning 11 ― 16, 18 ― 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Inspeksiya uch ish kunidan kechikmay laboratoriya faoliyatini qayta baholash dalolatnomasi koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
maʼqullash sohasini qisqartirgan holda maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatish;
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
Inspeksiyaning qarori toʻgʻrisidagi maʼlumot laboratoriyaga qaror qabul qilinganidan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
35. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 4-5-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Inspeksiyaning maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan laboratoriya Inspeksiya huzuridagi apellyatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
4-bob. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash)
37. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
laboratoriya maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida yozma murojaat qilganida;
laboratoriya tomonidan maʼqullash talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda.
38. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish Inspeksiyaning qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiriladi.
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Inspeksiya veb-saytiga joylashtiriladi va yozma ravishda laboratoriyaga xabarnoma yuboriladi.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Inspeksiya tomonidan qabul qilingan qarorda koʻrsatilgan sanadan boshlab toʻxtatib turiladi.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar laboratoriya tomonidan oʻtkaziladigan oʻlchash yoki sinovlar natijalarini rasmiylashtirishda maʼqullash jarayonidan oʻtganlik maqomiga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
39. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida koʻrsatilgan holatda toʻxtatilgan boʻlsa, laboratoriya Inspeksiyaga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etadi. Bunda hisobotni taqdim etish muddati Inspeksiyaning qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
Agar belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi hisobot taqdim etilmasa, Inspeksiya maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatadi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
40. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatini oʻrganish ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
41. Inspeksiya komissiya tomonidan yakuniy dalolatnoma taqdim etilganidan soʻng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli qarorni qabul qiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
42. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Inspeksiyaning veb-saytida yuritiladigan maʼqullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va bu haqda laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
5-bob. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
43. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
laboratoriya maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
yuridik shaxs (uning huzurida faoliyat koʻrsatayotgan laboratoriya) tugatilganda;
guvohnoma amal qilishining toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar Inspeksiya tomonidan belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan bartaraf etilmaganda;
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
maʼqullash sohasi buzilganda (maʼqullash jarayonidan oʻtganlik maqomini belgilovchi matnli havolani koʻrsatgan holda maʼqullash taqdim etilgan sohadan tashqari oʻlchash yoki sinovlarni oʻtkazish);
guvohnoma soxta hujjatlar va notoʻgʻri maʼlumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
44. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Inspeksiyaning qarori bilan amalga oshiriladi.
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi maʼlumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Inspeksiyaning veb-saytida yuritiladigan maʼqullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi.
Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi Inspeksiya tomonidan qabul qilingan qarorda koʻrsatilgan sanadan boshlab tugatiladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
45. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma ushbu Nizomning 43-bandi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq tugatilganda, maʼqullash uchun takroriy buyurtma uch oydan keyin taqdim etilishi mumkin.
6-bob. Maʼqullash sohasini kengaytirish va qisqartirish
46. Maʼqullash sohasini kengaytirish laboratoriyaning buyurtmasiga asosan ushbu Nizomning 6 ― 25-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Laboratoriyaning maʼqullash sohasini kengaytirish toʻgʻrisida Inspeksiya tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, maʼqullash sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi, agar rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinsa, Inspeksiya bir ish kunidan kechikmay laboratoriyaga bu haqda yozma xabarnoma yuboradi.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
47. Laboratoriyaning maʼqullash sohasini qisqartirish Inspeksiya qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
laboratoriyaning maʼqullash sohasini qisqartirish toʻgʻrisidagi arizasi;
laboratoriya faoliyatini qayta baholash natijalariga koʻra.
48. Maʼqullash sohasi qisqartirilganda Inspeksiya tomonidan laboratoriyaning maʼqullash sohasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda tasdiqlanadi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Maʼqullash sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
7-bob. Inspeksiya xizmatlari uchun haq toʻlash tartibi
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
49. Inspeksiya tomonidan maʼqullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmatlarga haq undiriladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
laboratoriyada baholash oʻtkazish;
maʼqullash sohasini dolzarblashtirish.
50. Inspeksiya tomonidan maʼqullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmat turlari boʻyicha haq undirilmaydi:
(50-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
buyurtmani koʻrib chiqish;
oldin berilgan (amaldagi) maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
maʼqullash sohasini qisqartirish;
maʼqullangan laboratoriyaning texnik pasportida keltirilgan maʼlumotlarni dolzarblashtirish.
51. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan Inspeksiyaning xizmatlari uchun toʻlovlar sarflanadigan vaqt, moddiy resurslardan va xizmat safari xarajatlaridan kelib chiqqan holda Inspeksiya tomonidan aniqlanadi.
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Ariza beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq maʼqullash ishlarini bajarish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni, shu jumladan, xizmat safari xarajatlarini, ularning natijalaridan qatʼi nazar toʻlashi shart.
Sarflangan vaqt, moddiy resurs va xizmat safari xarajatlarini hisoblab chiqish metodikasi Inspeksiya tomonidan belgilanadi va uning veb-saytiga joylashtiriladi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
8-bob. Maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
52. Qayta tashkil etilgan, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda laboratoriya yigirma ish kuni mobaynida mazkur oʻzgartirishlar haqida Inspeksiyani yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
Inspeksiya yozma bildirishnoma olgan paytdan boshlab va maʼqullash toʻgʻrisidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar laboratoriya oʻz faoliyatini oldin berilgan maʼqullash toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
53. Laboratoriya joylashgan joy oʻzgarganda ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda takroriy maʼqullash amalga oshiriladi.
54. Agar yuridik shaxs ilgari maʼqullangan laboratoriyaning vorisi boʻlmasa, hujjatlarni keyinchalik koʻrib chiqish tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
55. Maʼqullash toʻgʻrisidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning 53 va 54-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnomani rasmiylashtirish takroriy maʼqullash toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
9-bob. Maʼqullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish
56. Quyidagi hollarda maʼqullangan laboratoriya hujjatlari dolzarblashtiriladi:
laboratoriyani maʼqullash sohasida koʻrsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar oʻrniga yangi hujjatlar amalga kiritilganda, ularga oʻzgartishlar, qoʻshimchalar kiritilganda (bundan qabul qilingan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (oʻlchov) usullari koʻrsatilgan hollar mustasno);
texnik pasportda keltirilgan maʼlumotlar oʻzgarganda.
57. Maʼqullash boʻyicha hujjatlar dolzarblashtirilsa, laboratoriya buning sabablarini koʻrsatgan holda oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan oʻzgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Inspeksiyaga buyurtma taqdim etadi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
58. Inspeksiya oʻn besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar toʻplamiga qoʻshimcha sifatida kiritadi. Ushbu Nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning maʼqullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
10-bob. Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish
59. Baholash natijalari boʻyicha unga nisbatan Inspeksiyaning salbiy qarori qabul qilingan laboratoriya Inspeksiyaning qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kun mobaynida Inspeksiyaga yozma shakilda apellyatsiya berish huquqiga ega.
Inspeksiyaning qarori qabul qilingan sanadan boshlab oʻttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellyatsiyalar koʻrib chiqilmaydi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
60. Apellyatsiya komissiyasi har bir aniq apellyatsiyani koʻrib chiqish uchun zaruratga koʻra shakllantiriladi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibi Inspeksiya direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Apellyatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellyatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq boʻlmasligi kerak.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
61. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi Inspeksiyaning vakillaridan, apellyatsiya bergan laboratoriyani baholashda ishtirok etmagan, jalb qilinadigan malakali mutaxassislardan shakllantiriladi. Bunda apellyatsiya komissiyasi tarkibida Inspeksiya xodimlari soni apellyatsiya komissiyasi aʼzolari umumiy sonining yarmidan kam boʻlishi lozim.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
62. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida laboratoriyaga yozma ravishda maʼlum qiladi. Apellyatsiyani koʻrib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab oʻn kalendar kundan oshmasligi kerak.
63. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiyani qanoatlantirish;
apellyatsiyani qisman qanoatlantirish;
apellyatsiyani qanoatlantirishni rad etish.
64. Inspeksiya ikki ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani apellyatsiya bergan laboratoriyaga yozma shaklda yuboradi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
65. Aynan bir masala boʻyicha apellyatsiyani takroran berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
66. Apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11-bob. Yakunlovchi qoida
67. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazish sxemasi

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Maʼqullashdan oʻtish uchun zarur boʻlgan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Inspeksiya

1. Buyurtmani taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlarning toʻliqligi yuzasidan oʻrganadi:

Ariza qabul qilingan boshlab:kundan

ijobiy natija boʻlganda, maʼqullash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma tayyorlaydi;

1 ish kunidan kechikmay;

hujjatlar toʻliq boʻlmagan taqdirda — hujjatlarni qaytaradi.

1 ish kunidan kechikmay

2. Ariza beruvchi tomonidan toʻlov amalga oshirilgandan soʻng laboratoriyada baholash oʻtkazish uchun ekspertlardan iborat baholash komissiyasini (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tuzadi.

Toʻlov amalga oshirilgandan soʻng 5 ish kunidan kechikmay

3. Laboratoriyani baholash uchun shart-sharoitlar taʼminlanmasa, maʼqullash ishini toʻxtatadi.

Shart-sharoitlar taʼminlanmagan kundan boshlab ikki oygacha

3-bosqich

Komissiya

1. Laboratoriyani baholaydi va natijalari boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi.

10 ish kunidan oshmagan muddatda

2. Ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirilgan taqdirda, dalolatnomani qaror qabul qilish uchun Inspeksiyaga beradi.

1 ish kunidan kechikmay

4-bosqich*

Ariza beruvchi

Komissiya tomonidan laboratoriya belgilangan talablarga nomuvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaga kelingan dalolatnoma rasmiylashtirilganda nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va uning bajarilganligi toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda Inspeksiyaga taqdim etadi.

Uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda

(ariza beruvchi xohishiga koʻra)

Inspeksiya

Inspeksiya laboratoriyaning hisoboti olingan sanadan boshlab uning laboratoriyani baholagan komissiya tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.

Hisobot olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kechikmay

Komissiya

1. 3arur hollarda joyiga chiqqan holda ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatini oʻrganadi.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi va Inspeksiyaga taqdim etadi.

1 ish kunidan kechikmay

5-bosqich

Inspeksiya

1. Dalolatnoma koʻrib chiqilishini taʼminlaydi va qaror qabul qiladi.

3 ish kunidan kechikmay

2. Ijobiy qaror qabul qilinganda, laboratoriyani maʼqullangan laboratoriyalar reyestriga kiritadi.

1 ish kunidan kechikmay

3. Salbiy qaror qabul qilinganda, laboratoriyaga maʼqullash rad etilishi toʻgʻrisida yozma xabarnoma yuboradi.

* Belgilangan talablarga nomuvofiqlik aniqlanganda va nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun muddat berilganda bajariladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son)
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 11-noyabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida umumiy texnik reglamentning rus tilidagi matnida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 45-son, 578-modda):
a) 8-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” soʻzlari “odobrennix na texnicheskuyu kompetentnostv GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 9-bandining uchinchi xatboshidagi “akkreditovannoy agentstvom “Uzstandart”” soʻzlari “odobrennoy na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 57-banddagi “akkreditovannix agentstvom “Uzstandart”” soʻzlari “na texnicheskuyu kompetentnost v GUP “Sentr po akkreditatsii” pri Uzbekskom agentstve standartizatsii, metrologii i sertifikatsii” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 1-ilovaning 1-bandi “g” kichik bandidagi “akkreditatsii” soʻzi “odobrenii na texnicheskuyu kompetentnost” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.07.2020-y., 09/20/456/1119-son; 10.03.2021-y., 09/21/125/0195-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)