1. Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy banki raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-may,
12/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-maydagi 12/1-son qaroriga
ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq bank faoliyatiga ruxsat berish, bank kuzatuv kengashining va boshqaruvining aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarni baholash va ularni kelishib olish, bankning alohida boʻlinmalarini ochish va yopish, bankning ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda banklarni qayta tashkil etish, va tugatish tartibi hamda shartlarini belgilaydi.
1. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan ariza va boshqa hujjatlar qogʻoz shaklida yoki elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
Bunda, qogʻoz shaklida taqdim etiladigan va hajmi bir varaqdan ortiq boʻlgan hujjatlar varaqma-varaq tavsiflangan, tikilgan, raqamlangan va imzolangan boʻlishi lozim. Yillik moliyaviy hisobotlar (sharhlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot va moliyaviy hisobotning boshqa shakllari), shuningdek moliyaviy hisobotlarning toʻgʻriligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi bosmaxona usulida bosilgan broshyuralar koʻrinishida taqdim etilishi mumkin.
Markaziy bankning talabiga asosan alohida hujjatlar elektron shaklda taqdim etilishi lozim.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza yuzasidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnoma ariza beruvchiga axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
2. Chet ellik ariza beruvchilar tomonidan mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar ariza beruvchi roʻyxatga olingan yerda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi yoki boshqa konsullik muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bankka mazkur Nizomga muvofiq ariza bilan murojaat qilgan shaxs ariza beruvchi hisoblanadi.
3. Mazkur Nizomga muvofiq taqdim etilgan ariza chaqirib olingan yoki uni qanoatlantirish rad etilgan taqdirda ariza beruvchi tomonidan Markaziy bankka taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
4. Mazkur Nizomga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga rioya etgan holda taqdim etiladi.
2-§. Bank muassislari va aksiyadorlari. Bankning ustav kapitali
5. Yuridik va jismoniy shaxs boʻlgan rezidentlar, shuningdek norezidentlar bank muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin.
6. Davlat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida boshqa davlat tashkilotlari nomidan bank muassisi va aksiyadori boʻlishi mumkin. Ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortigʻi davlatga tegishli boʻlgan korxonalar va tashkilotlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bank muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas.
7. Norezident boʻlgan jismoniy shaxslarning va xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslarning jami ulushi bank ustav kapitalining ellik foizidan oshmasligi kerak.
Ushbu talab maqsadlarida boshqa kredit tashkilotlari deb quyidagilar tushuniladi:
mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalarni boshqarish maqsadida tashkil etilgan xolding kompaniyasi (boshqaruv kompaniyasi);
vakolatli davlat organining litsenziyasi (ruxsatnomasi) asosida mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan moliyaviy faoliyat turlaridan birini amalga oshiruvchi va joylashgan (roʻyxatga olingan) davlatida konsolidatsiyalashgan nazorat mavjud boʻlgan yuridik shaxslar.
8. Mazkur Nizom maqsadlarida quyidagi faoliyat turlari moliyaviy faoliyat turlari hisoblanadi:
ipotekani qayta moliyalash faoliyatini amalga oshirish.
9. Bank muassislari (aksiyadorlari) boʻlgan yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan va kamida bir yil faoliyat yuritayotgan boʻlishi kerak.
mazkur Nizomning II boʻlimi 2-bobi talablariga muvofiq boʻlmagan shaxslar;
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazishda axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatda va hududda yashaydigan norezident boʻlgan jismoniy shaxslar hamda shunday davlatda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, ularning aksiyadorlari (ishtirokchilari) va oxirgi benefitsiar mulkdorlari;
bankning ustav kapitalini shakllantirish yoki aksiyalarini olish uchun yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining kelib chiqish manbalari qonuniyligini Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlamagan jismoniy va yuridik shaxslar;
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq bank aksiyalariga egalik qilishiga taqiqlar yoki cheklovlar mavjud boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar;
11. Bank muassislari bank roʻyxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida bank aksiyadorlari tarkibidan chiqishga haqli emaslar.
12. Bank ustav kapitalining eng kam miqdori va uni shakllantirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
3-§. Bankning nomiga qoʻyiladigan talablar
13. Bankning nomi banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari hamda firma nomlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
14. Bank oʻzining firma nomi sifatida ustavida koʻrsatilgan nomidan foydalanadi. Bank har qanday hujjatlarda, eʼlon yoki reklamalarda oʻzini ustavida koʻrsatilgan nomdan farqli nomlashga haqli emas.
15. Bankning firma nomida aholi punktlari nomlarining, shu jumladan bankning bunday aholi punktlariga toʻliq yoki qisman mansubligini bildiruvchi soʻzlarning ishlatilishiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
bank aksiyalarining jami ellik foizi va undan ortigʻiga egalik qiluvchi bank muassislari (aksiyadorlari) ular joylashgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq bunday aholi punktlari nomidan har qanday tashkilotlarda ish yuritish va ishtirok etish vakolatiga ega boʻlsalar. Bunda ular joylashgan davlatning firma nomlaridan foydalanish sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ushbu aholi punktlari nomlarining, shu jumladan bankning bunday aholi punktlariga toʻliq yoki qisman mansubligini bildiruvchi soʻzlarning ishlatilishi qonun hujjatlariga muvofiq ruxsat etilganligini tasdiqlovchi yozma tasdiqnomasi yoxud qonun hujjatlariga muvofiq bunday ruxsatnoma (tasdiqnoma) talab etilmasligi toʻgʻrisidagi ushbu organning yozma tasdiqnomasi.
ishlatilayotgan nom joylashgan davlatining qonun hujjatlariga muvofiq roʻyxatga olingan, muassis boʻlgan yuridik shaxsning firma nomi yoki roʻyxatga olingan tovar belgisi bilan mos boʻlsa.
Bankning firma nomida boshqa geografik nomlarning (Yevroosiyo, Yevropa, Osiyo va b.) ishlatilishiga bank aksiyalarining jami ellik foizi va undan ortigʻiga egalik qiluvchi bank muassislari (aksiyadorlari) boʻlgan yuridik shaxslarning asosiy iqtisodiy faoliyati koʻrsatilgan hududning katta qismida amalga oshirilayotgan boʻlsa yoʻl qoʻyiladi.
Bank aksiyadorlarining tarkibi, holati yoki ulushi oʻzgarishi oqibatida bank ushbu band talablarini bajarmayotgan boʻlsa, Markaziy bank bankning firma nomini oʻzgartirishni talab qilishga haqli.
2-BOB. BANKNI TASHKIL ETISH. BANKNI LITSENZIYALASH TARTIBI
1-§. Bankni taʼsis etish
16. Bankni tashkil etish uchun muassislar taʼsis yigʻilishini oʻtkazadi va oʻzaro taʼsis shartnomasini imzolaydi. Ushbu harakatlar muassislar tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
17. Muassislar bankni tashkil etish boʻyicha ularning manfaatlarini Markaziy bankda ifoda etishga vakolatli boʻlgan bir yoki bir necha shaxslarni tayinlaydi. Ushbu shaxslarning vakolatlari taʼsis shartnomasi bilan belgilanadi.
18. Bank oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va ustavi, mazkur Nizomga muvofiq Markaziy bank tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosan amalga oshiradi.
2-§. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
20. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun ariza beruvchi taʼsis shartnomasi imzolanganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq arizani quyidagilarni uch nusxada ilova qilgan holda taqdim etadi:
1) muassislar tomonidan imzolangan taʼsis shartnomasini. Jismoniy shaxslarning imzosi va taʼsis shartnomasining nusxalari notarial idoralar tomonidan tasdiqlanadi;
2) bankni tashkil etish, ustav kapitalining miqdori, bank ustavini, tashkiliy tuzilmasini va biznes-rejasini tasdiqlash, bankning kuzatuv kengashini va boshqaruvi raisini saylash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining bayonnomasini. Bayonnoma nusxalari bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi;
3) muassislar tomonidan tasdiqlangan va bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolangan bank ustavini;
4) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan muassislar roʻyxatini;
5) muassis boʻlgan yuridik shaxsning auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi uch yil uchun moliyaviy hisobotlarini;
6) mazkur Nizomning 43-bandi 1 — 4 va 6-kichik bandlariga muvofiq hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni. Hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan shaxslar mavjud boʻlmagan taqdirda, bankning ustav kapitalida eng koʻp ulushlarga ega boʻlgan, umumiy ulushi kamida ellik foizni tashkil etadigan bevosita va bilvosita muassislar, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisidagi axborotni.
11) bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
12) bank faoliyatining strategiyasini, yoʻnalishlarini, koʻlamini, moliyaviy istiqbollarini va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq boshqa maʼlumotlarni koʻzda tutuvchi bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini;
13) keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosati loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining nusxalarini.
21. Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan, mazkur bobning 2 va 3-paragraflarida koʻrsatilgan hujjatlar va axborot bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank ariza beruvchidan qoʻshimcha hujjatlar va axborot soʻrashga haqli.
3-§. Chet ellik muassislarga nisbatan ular tomonidan bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish chogʻida qoʻyiladigan talablar
22. Bankni tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida chet el banki ishtirok etganda mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1) chet el banki vakolatli organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish toʻgʻrisidagi qarori;
2) chet el banki bankni nazorat qilish organining mazkur chet el banki uning konsolidatsiyalashgan nazorati ostida turishi, pul mablagʻlarini depozitlarga qabul qilish huquqiga ega ekanligi va unga bankni nazorat qilish organining bankni tashkil etish yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etish uchun ruxsatnomasi berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi;
“Standard & Poorʼs”, “Moodyʼs Investors Service” yoki “Fitch-IBCA” reyting agentliklari tomonidan berilgan investitsion reyting bahosidan kam boʻlmagan uzoq muddatli kredit reytingi mavjudligi.
Chet el bankining kapital monandligi yoki kredit reytingi mazkur kichik bandda koʻrsatilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda yoki unda kredit reytingi mavjud boʻlmaganda, prudensial talablari Markaziy bank tomonidan milliy talablarga ekvivalent deb topilgan chet davlatning bank nazorati organi tomonidan chet el banki moliyaviy salohiyatiga berilgan bahosi, agar ushbu organ tomonidan Markaziy bankka yuborilgan hujjatlar mavjud boʻlganda, eʼtiborga olinadi.
23. Xalqaro moliya institutlari, chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari boʻlmagan, norezident boʻlgan yuridik shaxslarning bankni tashkil etishida yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishida mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
1) yuridik shaxs vakolatli organining Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etish yoki uning bank ustav kapitalida ishtirok etishi toʻgʻrisidagi qarori;
2) yuridik shaxs joylashgan davlatdagi nazorat qilish organining Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank tashkil etishga yoki bank ustav kapitalida ishtirok etishga roziligini tasdiqlovchi hujjat, yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi toʻgʻrisidagi tasdiqnomasi;
3) yuridik shaxs ustavi;
4) ustav kapitalidagi oʻz ulushi uchun toʻlovni amalga oshirishga mablagʻlari mavjudligining tasdigʻi.
24. Yuqori kapital va kredit reytingi koʻrsatkichlariga ega boʻlgan xalqaro moliya institutlari, chet el banklari hamda boshqa kredit tashkilotlari tomonidan bank tashkil etishda yoki bankning ustav kapitalida ishtirok etishda ariza beruvchi ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq arizani quyidagilarni uch nusxada ilova qilgan holda taqdim etadi:
2) bankni tashkil etish, ustav kapitalining miqdori, bank ustavini, tashkiliy tuzilmasini va biznes-rejasini tasdiqlash, bankning kuzatuv kengashini va boshqaruvi raisini saylash toʻgʻrisidagi qarorni oʻz ichiga olgan taʼsis yigʻilishining bayonnomasini;
10) bankning ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom loyihasini;
11) bankning keyingi uch yilga moʻljallangan biznes-rejasini. Unda bank faoliyatining strategiyasini, yoʻnalishlarini, koʻlamini, moliyaviy istiqbollarini va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq boshqa maʼlumotlarni yoritish zarur.
12) keyinchalik bankning kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan, bankning kredit, investitsiya va emissiya siyosati loyihalarining, shuningdek tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat siyosati loyihalarining nusxalarini.
1) xalqaro moliya institutlari deganda Jahon banki guruhi (Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash boʻyicha koʻp tomonlama agentlik, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi), Xalqaro hisob-kitoblar banki, Xalqaro valyuta fondi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki, Yevropa investitsiya jamgʻarmasi, Yevropa Kengashining taraqqiyot bank, Yevropa markaziy banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyasi banki, Islom taraqqiyot banki tushuniladi;
2) yuqori kapital va kredit reytingi koʻrsatkichlariga ega boʻlgan chet el banklari va boshqa kredit tashkilotlari deganda kapital monandligi va kredit reytingining quyidagi talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjati mavjud boʻlgan shaxslar tushuniladi:
500 mln. yevro ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi ustav kapitalining mavjudligi;
“Standard & Poorʼs”, “Moodyʼs Investors Service”, “Fitch-IBCA” reyting agentliklarining mos ravishda “A+”, “A1”, “A+” reyting bahosidan kam boʻlmagan uzoq muddatli kredit reytingining mavjudligi.
4-§. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
26. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish Markaziy bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 16-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
27. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishda Markaziy bank:
bank kapitali, shu jumladan, ustav kapitali miqdorini doimiy koʻpaytirib borishning rejalashtirilganligi, koʻzda tutilayotgan daromadlar hamda fondlarni shakllantirish istiqbollari, shuningdek muassislarning zarur hollarda qoʻshimcha kapital kirita olish qobiliyati kabi omillar bilan aniqlanuvchi tashkil etilayotgan bank kapitalining yetarlilik darajasini;
Markaziy bank bilan chet el banki boʻlgan muassisning bankni nazorat qilish organi oʻrtasida axborot ayirboshlash toʻgʻrisidagi kelishuv mavjudligini;
norezident joylashgan mamlakat vakolatli organlarining axborotini va fikrlarini inobatga oladi.
28. Bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya olish uchun ariza beruvchi bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnoma olinganidan keyin olti oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etishi kerak:
bankni davlat roʻyxatiga olish va litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizada ariza beruvchining elektron pochta manzilining koʻrsatilishi uning qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarnomani axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir;
bankning muhim ahamiyatga ega xodimlari toʻgʻrisida ularning mazkur Nizomning III boʻlimi talablariga muvofiqligini baholashdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan uch nusxadagi axborot;
tashkil etilayotgan bank joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank binolari, ularning muhofaza qilinishi taʼminlanganligi, uskunalar, ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy taʼminotining Markaziy bankning mazkur Nizomning 4-ilovasida belgilangan talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan summada bankning ustav kapitali shakllantirilganligini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek muassislarning roʻyxati (uch nusxada);
29. Bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya berish uchun taqdim etilgan hujjatlarning Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
30. Litsenziyaning asl nusxasi yoʻqolgan taqdirda, bank bir haftalik muddatda bu haqda Markaziy bankka yozma ravishda xabardor qilishi va uni qayta tiklash uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
avval berilgan litsenziyaning yoʻqolganligi sababi koʻrsatilgan hamda litsenziya dublikati berilishini soʻrab, litsenziyani saqlash uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan va bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aks ettirilgan ariza;
topilmalar byurosi tomonidan litsenziyaning yoʻqotilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma;
ommaviy axborot vositalari manbalariga yoʻqotilgan litsenziyani haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida berilgan eʼlon nusxasi.
31. Markaziy bank barcha hujjatlar mazkur Nizomning 30-bandiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda bir oy muddat ichida koʻrib chiqadi va litsenziyani yoʻqotgan bankka uning dublikatini beradi.
Agar litsenziya dublikati olingandan soʻng avval yoʻqotilgan litsenziya topilsa, bank 5 ish kuni ichida litsenziyaning asl nusxasini bekor qilish uchun Markaziy bankka topshiradi.
32. Litsenziyaning qayta rasmiylashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
33. Bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
34. Litsenziya berilganligi uchun bank ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
35. Litsenziya dublikatini berish va litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun ushbu Nizomning 33-bandida nazarda tutilgan yigʻim summasining yarmi undiriladi.
37. Tashkiliy-texnik tadbirlarni bajarish, bank binolarini tayyorlash, ularning muhofaza qilinishi taʼminlash, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalari bilan jihozlash va dasturiy taʼminot bilan taʼminlash boʻyicha xarajatlar muassislar hisobidan qoplanadi. Buning uchun muassislar tomonidan bankni tashkil etish boʻyicha xarajatlarning taxminiy hisob-kitobi qilinadi hamda bir yoki bir necha muassis tomonidan xarajatlarni amalga oshirish toʻgʻrisida oʻzaro shartnoma tuziladi, ushbu hujjatlar bank roʻyxatga olingunga qadar Markaziy bankka taqdim etiladi.
38. Bank davlat roʻyxatiga olingan va unga litsenziya berilgandan soʻng muassislar aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bankni tashkil etish boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq qilingan xarajatlar haqida hisobot beradi. Ularning harakati aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirda, ularning qilgan xarajatlari bank tomonidan shartnomaga muvofiq qaytarib beriladi.
II BOʻLIM. BANK AKSIYALARINI SOTIB OLISHGA DASTLABKI RUXSATNOMANI OLISH
1-bob. Bank aksiyalarini sotib olishga dastlabki ruxsatnomani olish tartibi
39. Jismoniy va yuridik shaxslar yoki birgalikda harakat qiluvchi shaxslar, shu jumladan norezidentlar bir yoki bir necha bitim natijasida bankning ustav kapitalidagi:
besh va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni;
yigirma va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan ellik foizni;
ellik va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushni bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
40. Birgalikda harakat qiluvchi shaxslar boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan shaxslar hisoblanadi.
41. Banklar boshqa bankning aksiyalarini bevosita yoki bilvosita olishdan oldin Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Banklar boshqa bankning ustav kapitalidagi ulushini koʻpaytirish uchun Markaziy bankning takroriy dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
42. Bank tomonidan boshqa bankning aksiyalarini sotib olishda ruxsat berishga doir majburiy talablar va shartlarga bankning barqaror moliyaviy holati, shuningdek sotib olish natijasida prudensial normativlarga rioya etilishi kiradi. Ushbu band talablari banklar tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish holatlariga ham tatbiq etiladi.
43. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq ariza taqdim etiladi:
1) potensial oluvchi — jismoniy shaxs tomonidan:
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatning nusxasi;
bank aksiyalarini olish uchun foydalaniladigan mablagʻlarning kelib chiqish manbalari va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
mazkur Nizomning 6-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq maʼlumotlar;
monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi, agar aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq bank aksiyalarini sotib olishda bunday rozilik talab etilsa;
barcha ishtirokchilar (aksiyadorlar) toʻgʻrisida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar;
ushbu yuridik shaxsda hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan oxirgi benefitsiar mulkdorlar toʻgʻrisida mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar;
potensial oluvchi toʻgʻrisida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq maʼlumotlar;
bankda hal qiluvchi egalikni olish toʻgʻrisidagi vakolatli organning qarori;
auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan oxirgi 3 yil uchun yillik moliyaviy hisobotlar, faoliyat uch yildan kam muddatga amalga oshirilgan taqdirda — amalda faoliyat olib borilgan hisobot yillari uchun;
monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi, agar aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq bank aksiyalarini olishda bunday rozilik talab etilsa;
3) potensial oluvchi — bank tomonidan, agar bank sotib olish natijasida banklar guruhining bir qismiga aylansa:
mazkur bandning 2-kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar;
banklar guruhi tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
banklar guruhi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi axborot, shu jumladan guruhga kiruvchi ishtirokchilarning asosiy faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
banklar guruhining tavakkalchiliklarni boshqarish va ichki nazorat boʻyicha siyosati;
banklar guruhida nazoratni amalga oshiruvchi shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
guruh ishtirokchilarining moliyaviy holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shu jumladan ariza beruvchining oxirgi 3 moliyaviy yil uchun auditdan oʻtkazilgan konsolidatsiyalashgan hisoboti, shuningdek ochiq boʻlgan oxirgi konsolidatsiyalashgan balans hisoboti hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisoboti (maʼlumot ariza topshirish sanasiga qadar 90 kundan kech boʻlmagan sanaga boʻlishi lozim);
5) potensial oluvchi — yuqori kapital va kredit reytingi koʻrsatkichlariga ega boʻlgan xalqaro moliya instituti, chet el banki hamda boshqa kredit tashkiloti tomonidan:
kapital monanadligi va kredit reytingining mazkur Nizomning 25-bandi 2-kichik bandida koʻrsatilgan mezonlardan biriga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
44. Hal qiluvchi egalikka bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor tomonidan mazkur Nizomning 43-bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi, bundan birinchi kichik bandning uchinchi xatboshisida va 2-kichik bandining sakkizinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlar mustasno.
45. Shaxs oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda, xususan huquqiy vorislik, meros, hadya tartibida yoki bank ustav kapitalining kamaytirilishi natijasida mazkur Nizomning 39-bandida koʻrsatilgan hajmdagi bank aksiyalariga egalik qilishga Markaziy bankning ruxsatnomasini olishi uchun mazkur Nizomning 43-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni bank aksiyalarini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olgan kunidan eʼtiboran 60 kun ichida taqdim etadi.
46. Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor quyidagi hollarda Markaziy bankni va bankni 10 kunlik muddatda ushbu Nizomning 9-ilovasiga muvofiq yozma shaklda, shu jumladan elektron shaklda xabardor qilishi shart:
bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma olingan bitim amalga oshirilganda;
dastlabki ruxsatnoma olingan, ushbu Nizomning 39-bandida belgilangan aksiyalar ulushi koʻpayganda;
bank ustav kapitalidagi hal qiluvchi egalikni boshqa shaxsga berish yoki kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish natijasida hal qiluvchi egalik tegishlicha ellik foizdan, yigirma foizdan yoki besh foizdan kam boʻlib qolganda;
ushbu Nizomning 39-bandida belgilangan hajmdagi bank aksiyalari shaxs tomonidan oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinganda.
47. Potensial oluvchini baholashni yakunlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilish va taqdim etish, bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish yoki shaxs tomonidan oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda bank aksiyalarini olishga Markaziy bankning ruxsatnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqish, hal qiluvchi egalik sotib olinganligi, oʻzgartirilganligi yoki boshqalarga berilganligi toʻgʻrisida xabarnoma berish, shuningdek Markaziy bankni xabardor kilish Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
48. Bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma quyidagi hollarda bekor qilinadi:
ariza beruvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra;
bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
49. Potensial oluvchining sifatini baholash bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning tuzulishi va murakkabligiga, shuningdek baholash jarayoniga tadbiq etiladigan mutanosiblik tamoyiliga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
50. Markaziy bank potensial oluvchining sifatini quyidagi mezonlarni birgalikda koʻrib chiqish yoʻli bilan:
moʻljallangan olish amalga oshirilganidan keyin tayinlanishi nazarda tutilayotgan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarining, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarining ishchanlik obroʻsi, bilimi, malakasi va tajribasini;
potensial oluvchining moliyaviy salohiyatini, xususan aksiyalarini olish moʻljallanilayotgan bank faoliyatining koʻlami va ixtisoslashuvi jihatidan salohiyatini;
moʻljallangan sotib olish amalga oshirilganidan keyin bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatini;
moʻljallangan sotib olish borasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga doir amalga oshirilgan yoki amalga oshirilayotgan urinishlar mavjudligi haqidagi shubhalar, shuningdek moʻljallangan olish amalga oshirilganidan keyin shunday tavakkalchilikning ortishi toʻgʻrisidagi taxmin mavjud emasligini;
potensial oluvchi faoliyatining bank faoliyati bilan uygʻunlashuvi ehtimolini va buning bank faoliyatining rivojlanishiga taʼsirini;
potensial oluvchi korporativ boshqaruvi tashkiliy tuzilmasining va unga aloqador boʻlgan shaxslarning bankni tartibga solishga hamda uning ustidan nazorat qilishga doir taʼsirini baholaydi.
51. Markaziy bank potensial oluvchini baholashni amalga oshirishda boshqa vakolatli organlar yoki chet davlatlarning tegishli organlari bilan maslahatlashishga haqli.
potensial oluvchiga nisbatan iqtisodiyot sohasidagi, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlikning mavjud emasligi;
potensial oluvchi yuridik shaxsni bankrotlik holatiga yoki tang moliyaviy ahvolga olib kelgan harakatlar uchun javobgar boʻlganligi toʻgʻrisidagi dalillarning yoʻqligi;
potensial oluvchini moliya sohasida professional faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi sud qarorining mavjud emasligi;
vakolatli nazorat organi tomonidan potensial oluvchiga nisbatan yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) egalik qilishni cheklaydigan sanksiyalarning oʻtmishda qoʻllanilganligi;
Markaziy bankka haqqoniy boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etganligi;
potensial oluvchi baholashdan oʻtmaslikka uringanligi toʻgʻrisidagi dalillarning mavjud emasligi;
potensial oluvchi tomonidan yuridik shaxslarning ulushlarini (aksiyalarini) ehtiyotkorlik bilan boshqarish amalga oshirilganligi;
moliya bozorida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslarning nazoratni amalga oshiruvchi ishtirokchisi (aksiyadori) va (yoki) rahbari sifatida toʻplangan ehtiyotkorlik bilan boshqarish tajribasi.
53. Agar potensial oluvchi yuridik shaxs boʻlsa, ishchanlik obroʻsi mezoniga muvofiqligini baholash yuridik shaxsning oʻzini, shuningdek uning ishtirokchilari (aksiyadorlari) va boshqaruv organlari aʼzolarini qamrab oladi.
54. Markaziy bank potensial oluvchining axloqiy fazilatlari va vijdonliligini baholashda unga aloqador shaxslarning, xususan potensial oluvchi bilan amaliy ish yoki qarindoshlik munosabatlariga ega boʻlgan yoki bunday munosabatlarga ega boʻlganligi taxmin qilingan shaxslarning axloqiy fazilatlari va vijdonliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrib chiqishi mumkin.
55. Markaziy bank bank ustidan nazoratni amalga oshiradigan potensial oluvchi tomonidan ushbu Nizomning III boʻlimiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar asosida moʻljallangan olishdan keyin tayinlanishi koʻzda tutilgan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muxim ahamiyatga ega xodimlarining ishchanlik obroʻsi, bilim, koʻnikma va tajribalarini dastlabki baholashdan oʻtkazadi.
56. Potensial oluvchi tomonidan mazkur Nizomning III boʻlimi talablariga muvofiq kelmaydigan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muxim ahamiyatga ega xodimlarining tayinlash uchun taqdim etilishi bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
57. Moʻljallangan olish amalga oshirilganidan soʻng tayinlanadigan bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolarini, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlarini kelishib olish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror, ularni mazkur Nizomning III boʻlimi talablariga muvofiq deb topish yoki topmaslik asnosida, Markaziy bank tomonidan bankning vakolatli organi ularni tasdiqlaganidan va mazkur boʻlimda belgilangan hujjatlar toʻplamini taqdim etganidan keyin qabul qilinadi.
58. Potensial oluvchining moliyaviy salohiyat mezoniga muvofiqligini baholash mazkur Nizomning 6 yoki 8-ilovalariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar asosida, uning bank aksiyalarini sotib olishni moliyalashtirish, baknning barqaror moliyaviy holatini saqlab turish, shuningdek yaqin uch yil mobaynida bankni samarali va oqilona boshqarish imkoniyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
59. Potensial oluvchining moliyaviy salohiyatini baholashda uning bank aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun hujjatlar taqdim etguniga qadar iqtisodiy, moliyaviy va boshqa turdagi faoliyatlarda faolligi va samaradorligi hisobga olinadi.
60. Markaziy bank potensial oluvchi va bank oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlarni, shuningdek bu munosabatlarning bankning barqaror moliyaviy holatini beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqarishga qodirligini koʻrib chiqadi.
61. Agar potensial oluvchi prudensial talablari Markaziy bank tomonidan milliy talablarga ekvivalent deb topilgan chet davlatning bank nazorati organi tomonidan tartibga solinadigan va nazorat qilinadigan norezident yuridik shaxs boʻlsa, Markaziy bank chet davlatning bank nazorati organi tomonidan potensial oluvchining moliyaviy salohiyatiga berilgan bahosini, agar ushbu organ tomonidan Markaziy bankka yuborilgan hujjatlar mavjud boʻlganda, eʼtiborga olishga haqli.
62. Markaziy bankda moʻljallangan olish amalga oshirilgunga qadar potensial oluvchining moliyaviy salohiyati kelgusida yomonlashuviga olib kelishini tasdiqlaydigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu maʼlumotlar bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos boʻlishi mumkin.
63. Potensial oluvchining sifatini baholash bank ustidan nazoratni amalga oshiradigan potensial oluvchi tomonidan bank aksiyalari olinganidan keyin bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatini koʻrib chiqadi.
64. Moʻljallangan olish bankning banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan prudensial talablarga muvofiqligiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
65. Bank tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan prudensial talablarni bajara olish imkoniyatlarini baholash nafaqat moʻljallangan olishni amalga oshirgunga qadar, balki doimiy tarzda oʻtkaziladi. Shu maqsadda potensial oluvchi Markaziy bankka yaqin 3 yil uchun biznes-rejasini taqdim etadi.
66. Moʻljallangan olish orqali jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga urinishlarni amalga oshirganligi yoki amalga oshirayotganligi haqida shubhalarning mavjud emasligi toʻgʻrisidagi mezonga potensial oluvchining muvofiqligini, shuningdek moʻljallangan olish amalga oshirilganidan keyin bunday tavakkalchilikning ortishi haqidagi taxminlarni baholash moʻljallangan olishning miqdoridan qatʼi nazar axloqiy fazilatlar va vijdonlilikni baholash bilan uygʻunlikda amalga oshiriladi.
67. Moʻljallangan olish uchun ishlatiladigan mablagʻlar qonuniy mablagʻlardan tashkil topishi, moliyalashtirish mexanizmi esa shaffof boʻlishi lozim. Ushbu maqsadlar uchun potensial oluvchi Markaziy bankka quyidagilarni taqsdiqlovchi maʼlumotlar taqdim etadi:
mablagʻlarning kelib chiqish manbalari;
ushbu mablagʻlarning harakati sxemasi;
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) oxirgi benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish chogʻida axborot taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hududning vakolatli organlari nazorati ostidagi moliyaviy tashkilotlar orqali ushbu mablagʻlarning harakatlanmaganligi.
68. Agar potensial oluvchi mamlakat ichida yoki chet elda vakolatli organlar tomonidan quyidagilar sifatida gumon qilingan yoki tanilgan boʻlsa, Markaziy bank bank aksiyalarini olishga doir dastlabki ruxsatnomani berishni rad etadi:
moʻljallangan olishga ularning aloqasidan qatʼi nazar, jinoyatlardan olingan daromadlarni legallashtirish operatsiyalarida yoki shunga oʻxshash urinishlarda ishtirok etgan shaxs;
terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxs;
ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida koʻrsatilgan shaxslar bilan aloqador boʻlgan shaxs.
69. Moʻljallangan olishni amalga oshirish natijasida bankda boshqa shaxslar bilan yuzaga keladigan yaqin aloqalar, bank bilan yaqin aloqada boʻlgan bir yoki bir nechta shaxsning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar yoki normativ hujjatlar, boshqa davlatning vakolatli organlari tomonidan ushbu shaxslarga taqiq va cheklovlar qoʻllanilishi Markaziy bankning nazorat funksiyalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilmasligi kerak.
70. Markaziy bank potensial oluvchiga dastlabki ruxsatnomani quyidagi hollarda beradi:
potensial oluvchi ushbu Nizomning 50-bandida koʻrsatilgan mezonlarga toʻliq mos kelsa;
potensial oluvchi moʻljallangan olishning oxirgi benefitsiar mulkdori emasligi xususida shubha mavjud boʻlmasa;
aksiyadorlar boʻlgan yuridik shaxslarning haddan tashqari (potensial oluvchidan oxirgi benefitsiar mulkdorgacha uchta pogʻonadan koʻp) darajalarga tabaqalashtirilishi mavjud boʻlmasa;
potensial oluvchi taqdim etgan hujjatlarda va axborotda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa.
71. Aksiyador boʻlgan yuridik shaxslarning darajalarga tabaqalashtirilishini baholashda quyidagilar inobatga olinadi:
tabaqalashtirilish zanjirida ishtirok etuvchi shaxslarning shaffofligi va ularning Markaziy bank bilan hamkorlik qilishi;
tabaqalashtirilish zanjirida ishtirok etuvchi barcha shaxslar toʻgʻrisida bank nazorati organlari va boshqa vakolatli organlar bilan samarali maʼlumot almashinuvi imkoniyati;
tabaqalashtirilish zanjirida ishtirok etuvchi shaxslarning kelib chiqish mamlakatidagi bank nazorati organi yoki boshqa vakolatli organning ushbu shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasida bank aksiyalarini olishga ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdiqnomasi, agar buni ushbu mamlakatlar qonun hujjatlari talab etsa.
72. Hal qiluvchi egalikka bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdor banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga nomuvofiq boʻlgan hollarda Markaziy bank ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasida nazarda tutilgan choralar va sanksiyaarni qoʻllashga haqli.
73. Ushbu bobning talablari ariza beruvchi tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish uchun hujjatlar taqdim etilgan paytda muassislarni baholashga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3-bob. Bank tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olish uchun markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini berish tartibi
74. Bank oʻz aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart. Bank tomonidan sotib olinadigan oʻz aksiyalarining summasi bank ustav kapitalining 10 foizidan oshishi mumkin emas.
75. Bank tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga doir Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olish uchun ariza beruvchi Markaziy bankka:
bankning kuzatuv kengashi raisi tomonidan imzolangan, ushbu Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shakldagi bank tomonidan oʻz aksiyalarini sotib olishga doir dastlabki ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani;
oʻz aksiyalarini sotib olish sabablarini koʻrsatgan holda bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qarorini taqdim etadi.
III BOʻLIM. BANKLARNING KUZATUV KENGASHI VA BOSHQARUVI AʼZOLARINI, SHUNINGDEK MUHIM AHAMIYATGA EGA XODIMLARINI BAHOLASH SHARTLARI VA KELISHIB OLISH TARTIBI
bank aktivlari va passivlarini (gʻaznachilikni) boshqarishga masʼul boʻlgan tarkibiy tuzilma rahbari;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashishga masʼul tarkibiy boʻlinma rahbari;
5) bankning tugatish komissiyasi aʼzolari, shu jumladan raisi.
Oʻz lavozim majburiyatlaridan kelib chiqib, mazkur bandning 1 — 5-kichik bandlarida keltirilgan shaxslarga tenglashtirilgan yoki mazkur bandning 3-kichik bandida koʻrsatilgan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi shaxslar ham Markaziy bank bilan kelishib olinishi lozim. Bunda ushbu shaxslarga nisbatan vazifalari mazkur shaxslarning vazifalariga tengashtirilgan rahbarlar uchun yoki faoliyatini muvofiqlashtirib boruvchi tarkibiy boʻlinma rahbarlari uchun mazkur nizom bilan belgilangan talablar qoʻllaniladi.
78. Bank rahbarlikka nomzodni (bundan buyon matnda nomzod deb yuritiladi) mazkur Nizom talablariga muvofiqligini dastlabki baholash uchun javobgardir. Bunda bank nomzodning ishchanlik obroʻsi, tajribasi, bilim va koʻnikmalari, mustaqil mulohaza yuritishi, vaqtining yetarliligi va jamoaviy yaroqliligini mazkur Nizom va bankning ichki talablariga muvofiqligini, shuningdek nomzod tomonidan baholash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning haqqoniyligini tekshiradi.
79. Mazkur Nizomning 78-bandida nazarda tutilgan baholash, bank tomonidan nomzodni saylash yoki tayinlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi.
80. Mazkur Nizomning 78-bandiga asosan bank tomonidan oʻtkazilgan baholash natijalariga koʻra nomzod mazkur Nizom talablariga javob bermasligini koʻrsatgan taqdirda, u rahbar sifatida saylanmasligi yoki tayinlanmasligi lozim.
81. Bank doimiy ravishda rahbar xodimlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligini qayta baholab borishi lozim.
82. Agarda bank tomonidan mazkur Nizomning 81-bandiga muvofiq amalga oshirilgan qayta baholash natijalari rahbar mazkur Nizom talablariga endilikda muvofiq emasligini koʻrsatgan taqdirda, bank nomuvofiqlik aniqlangan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida Markaziy bankni bu haqda yozma xabardor qiladi va yuzaga kelgan holatni yaxshilash uchun eng kamida quyidagilarni oʻz ichiga olgan choralarni koʻradi:
teng darajadagi rahbarlar oʻrtasida majburiyatlarni qayta taqsimlash;
84. Rahbarning mazkur Nizom talablariga muvofiqliligiga taʼsir koʻrsatuvchi yangi holatlar mavjud boʻlmaganda, quyidagilarni qayta kelishib olish talab etilmaydi:
Agar muhim ahamiyatga ega xodimlarni obyektiv sabablarga koʻra oldindan kelishib olishning imkoni boʻlmasa, bank uning lavozimga tayinlangan kundan boshlab 30 ish kuni ichida Markaziy bankka keyingi kelishib olish tartibidan oʻtish uchun ariza yuborishi zarur.
86. Bank boshqaruvi raisi, uning oʻrinbosarlari va boshqa boshqaruv aʼzolarining vazifalarini ular yoʻqligida vaqtincha bajarish kelishib olish tartibidan oʻtgan rais oʻrinbosarlari yoki boshqaruv aʼzolari zimmalariga yuklanadi.
87. Nomzod bankni samarali va tadbirli boshqarishi uchun mazkur Nizom talablari bilan belgilangan ishchanlik obroʻsi, tajriba, bilim va koʻnikmalar, mustaqil mulohaza yuritish, vaqtining yetarliligi mezonlariga muvofiq boʻlishi lozim.
Bankning kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari mazkur bandda keltirilgan mezonlarga qoʻshimcha ravishda, jamoaviy yaroqlilik mezoniga ham mos boʻlishlari lozim.
88. Markaziy bank nomzodning alohida baholashni amalga oshiradi va uni mazkur Nizom talablariga muvofiqligini jumladan asoslantirilgan mulohazadan foydalangan holda aniqlaydi.
89. Nomzod egallagan lavozimidan, shuningdek bankning tizimli ahamiyatga molikligi, xususiyati, koʻlami, faoliyati murakkabliligidan qatʼiy nazar benuqson ishchanlik obroʻsiga ega boʻlishi lozim.
rasmiy maʼlumotlarda nomzodning professionalligini, vijdonliligini, tartibliligini va boshqa sifatlarini tasdiqlovchi, nomzod qonun hujjatlar asosida ish yuritishi va bankni xatarga va unga nisbatan ishonchning yoʻqotilishiga olib keluvchi harakatlari qilmaydi deb hisoblashga asos boʻluvchi benuqson ishchanlik obroʻsining mavjudligi;
nomzodda iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlikning mavjud emasligi;
nomzod yuridik shaxsning litsenziyasi chaqirib olinishi va (yoki) unda vaqtinchalik boshqaruv rejimi joriy qilinishiga, shuningdek oʻzi masʼul boʻlgan faoliyat yoʻnalishlarida moliyaviy va (yoki) maʼmuriy muammolari yuzaga kelishiga olib kelgan harakatlar uchun masʼul ekanligini tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
Markaziy bank talabiga koʻra nomzodning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish yoki uni egallab turgan lavozimidan chetlatish holatlarining mavjud emasligi;
moliyaviy firibgarlik yoki soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash holatlarining mavjud emasligi;
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar moliyaviy sektorni nazorat qiluvchi organlari bilan ochiq va shaffof boʻlmaganligi, yolgʻon maʼlumot taqdim etganligi, hamkorlik qilishdan bosh tortganligi holatlarini tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
Markaziy bankning yoki chet davlat vakolatli organining nomzodni rahbar lavozimiga kelishilishiga (tayinlanishi, tasdiqlanishi) uning ishchanlik obroʻsi nomuvofiqligi sababli rad etganligining mavjud emasligi;
Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organi tomonidan nomzodning rahbarlik lavozimiga kelishilganligi (tayinlanganligi, tasdiqlanlanligi) chaqirib olinganligi holati mavjud emasligi;
Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organi tomonidan lavozimiga kirishishidan oldin kelishib olinishi (tayinlanishi, tasdiqlanishi) talab qilinadigan nomzodning rahbar lavozimiga, oldindan kelishib olinmasdan (tayinlanmasdan, tasdiqlanmasdan) kirishganligi holatining mavjud emasligi;
nomzod ushbu yuridik shaxsda yoki uning alohida boʻlinmalarida rahbar sifatida, shaxsiy yoki guruh manfaatlarini koʻzlab, mazkur yuridik shaxs yoki uning alohida boʻlinmasiga zarar keltiradigan qarorlar qabul qilganini yoki qaror qabul qilishda ishtirok etganini tasdiqlovchi dalillar mavjud emasligi;
nomzodga nisbatan olib borilayotgan surishtiruv, dastlabki tergov, sud jarayonining mavjud emasligi;
nomzod harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida oʻzi hozirda yoki oldin ijro organi, kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan yoki hal qiluvchi egasi (aksioneri) boʻlgan yoxud boshqa usulda nazorat qilgan yoki qilayotgan yuridik shaxsni bankrotlik va majburiy likvidatsiya sharoitiga olib kelganligini tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
nomzod rahbar boʻlib ishlayotgan (ishlagan) yuridik shaxs yoki uning alohida boʻlinmasining tashqi yoxud boshqa obyektiv omillar bilan asoslanmagan salbiy moliyaviy koʻrsatkichlarga egaligini (ega boʻlganligini) tasdiqlovchi dalillarning mavjud emasligi;
nomzod hozirda yoki oldin ijro organi, kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlgan yoki hal qiluvchi egasi (aksioneri) boʻlgan yoxud boshqa usulda nazorat qilgan yoki qilayotgan yuridik shaxga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet davlat moliyaviy sektor nazorat organi tomonidan qoʻpol va jiddiy qoidabuzarliklar uchun qoʻllanilgan chora va sanksiyalarning mavjud emasligi;
ichki va tashqi auditning nomzodga nisbatan mazkur Nizomning 77-bandida keltirilgan, avvalgi rahbarlik lavozimlarida nomuvofiq faoliyat yuritganligi toʻgʻrisida hujjatlarining mavjud emasligi;
nomzodga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar yoki individual chora va sanksiyalarning mavjud emasligi;
nomzod kelishilgan taqdirda bankning imidji va obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan boshqa omillarning mavjud emasligi.
91. Nomzodning malaka, bilim va koʻnikmalari bankning tizimli ahamiyatga molikligi, xususiyati, koʻlami va faoliyati murakkabligi hamda uning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlarini inobatga olgan holda baholanadi.
bankning soʻnggi hisobot davridagi biznes-rejasi, jami aktivlari hajmi, mijozlarning depozitlari va (yoki) bankning jami aylanmalari;
bankning banklar guruhiga tegishli boʻlishi;
bankning geografik joylashuvi, filiallar va boshqa alohida boʻlinmalari tarmogʻi;
bank faoliyatini soʻnggi uch yil ichida Markaziy bank tomonidan oʻtkazilgan tekshirish va baholash natijalari;
bankning moliyaviy vositalari, shartnomalari va mahsulotlarinig xususiyati va murakkabligi.
93. Nomzod bilim va koʻnikmalarga nisbatan oʻrnatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun bankning tizimli ahamiyatga molikligiga, xususiyatiga, masshtabiga va murakkabligiga, shuningdek, uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq keluvchi bilimga egaligini namoyon etishi va kamida quyidagi oliy maʼlumotga ega boʻlishi lozim:
kuzatuv kengashi aʼzolari, shuningdek, uning raisi uchun — moliya-iqtisod yoki yuridik, shuningdek, bankning asosiy yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqib, axborot texnologiyalari va boshqa mutaxassisliklar;
bank boshqaruvi aʼzolari, shuningdek, uning raisi va oʻrinbosarlari uchun — moliya-iqtisod yoki yuridik yoki axborot texnologiyalari yoʻnalishi, bunda boshqaruv aʼzolarining koʻpchiligi moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi lozim;
muhim ahamiyatga ega hodimlari, bankning tugatish komissiyasi aʼzosi yoki vaqtinchalik boshqaruvchisi uchun — moliya-iqtisod yoʻnalishi hamda bankning asosiy yoʻnalishi va xususiyatidan kelib chiqib boshqa mutaxassisliklar.
94. Malakaga nisbatan oʻrnatilgan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun, nomzod soʻnggi 10 yilda bankning tizimli ahamiyatga molikligi, xususiyati, koʻlami va murakkabligi, shuningdek, uning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarga muvofiq keluvchi tajribaga ega boʻlishi lozim. Bunda nomzodning avvalgi ish joyidagi majburiyati va uning davomiyligi, uni ish bilan taʼminlagan tashkilotning koʻlami, qoʻl ostidagi hodimlari, amalga oshirilgan faoliyatning hususiyati va murakkabligi quyidagicha hisoblanadi:
bank kuzatuv kengashi aʼzolari, shuningdek, uning raisi uchun — kamida 5 yil ish tajribasiga, shu jumladan, kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida va (yoki) huquq, axborot texnologiyalari va moliya-iqtisod fanlari boʻyicha akademik tajribaga ega boʻlishi;
bank boshqaruvi raisi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 10 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 5 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
bank boshqaruvi aʼzolari uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
bankning muhim ahamiyatga ega hodimlari uchun, bosh buxgalter bundan mustasno — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, nomzod tavsiya etilayotgan tashkiliy tuzilmada kamida 3 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi;
bosh buxgalter uchun — buhgalteriya hisobi va (yoki) moliyaviy hisoboti tuzish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan bankning buhgalteriya hisobi va (yoki) moliyaviy hisobotini tuzish uchun masʼul boʻlgan tashkiliy tuzilmasi rahbarlik yoki uning oʻrinbosari lavozimida kamida 3 yillik ish tajribasiga va (yoki) kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan oʻtkazuvchi tashkilotlarda auditor sifatidagi ish tajribasiga ega boʻlishi;
bankning tugatish komissiyazi aʼzosi yoki vaqtinchalik boshqaruvchisi uchun — bank va (yoki) moliya tizimida kamida 10 yillik ish tajribasiga, shu jumladan kamida 5 yillik rahbarlik lavozimlarida ish tajribasiga ega boʻlishi.
Malakaga nisbatan oʻrnatilgan talab maqsadlarida rahbarlik lavozimi deganda, oʻziga yuklatilgan majburiyatlarga asosan, bir vaqtning oʻzida belgilangan miqdordagi hodimlarini va jarayonini boshqarish uchun masʼul shaxsning faoliyati tushuniladi.
Bunda, xavfsizlikni taʼminlash va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni muvofiqlashtirish ishlari ish tajribasi sifatida inobatga olinmaydi.
95. Bank kuzatuvi kengashi va boshqaruvi aʼzoligiga tavsiya etilayotgan nomzodlar bank faoliyatini va bank duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni yaxshi tushunishini namoyon etishi lozim. Bunda nomzodning boshqa bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari bilan jamoaviy masʼul boʻlgan sohalar boʻyicha bilimlari inobatga olinadi, bundan yakka tartibda masʼul boʻlgan sohalari mustasno.
96. Bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi aʼzolari va muhim ahamiyatga ega hodimlari oʻz majburiyatlarini amalga oshirishda asoslangan, obyektiv va mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega boʻlishlari kerak.
97. Nomzod mulohazalarining mustaqilligini baholashda quyidagi haqiqiy yoki potensial manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligiga va uning darajasiga eʼtibor qaratiladi:
a) shaxsiy manfaatlar toʻqnashuvi. Nomzod kuzatuv kengashi yoki boshqaruvi aʼzolari, muhim ahamiyatga ega hodimlar yoki hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyadorning yaqin qarindoshi yoki ular bilan yaqin aloqalarga ega boʻlsa;
b) kasbiy manfaatlar toʻqnashuvi. Nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari oxirgi 2 yil davomida mazkur nizomning 77-bandi 1 — 4-kichik bandlarida koʻrsatilgan rahbarlik lavozimlarini raqobatchi banklarda yoki bank yoki uning istalgan raqobatchisi bilan sezilarli tijorat aloqalari mavjud boʻlgan tashkilotlarda tenglashtirilgan lavozimlarni egallagan yoki egallab turgan boʻlsa;
v) moliyaviy manfaatlar toʻqnashuvi. Nomzod yoki unga aloqador shaxslar hozirda quyidagilar bilan muhim moliyaviy manfaatlarga yoki majburiyatlarga ega boʻlsa:
bank;
hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan aksiyador;
bank ustunlik qiladigan ulushlarga ega boʻlgan tashkilotlar;
bankning har qanday raqobatchilari;
bankning har qanday mijozlari;
g) siyosiy manfaatlar toʻqnashuvi. Nomzod yoki unga aloqador shaxslar oxirgi ikki yilda yuqori siyosiy lavozimni egallagan yoki egallab turgan boʻlsa.
98. Nomzod oʻz majburiyatlarini bajarishi, shu jumladan bank faoliyatini, uning asosiy tavakkalchiliklarini va ularni boshqarish strategiyalarini hamda biznes strategiyalarini tushunishi uchun yetarli miqdordagi vaqtga ega boʻlishi lozim.
99. Nomzodning vaqti yetarliligini baholashda quyidagilarga eʼtiborga olinadi:
nomzod kuzatuv kengashi yoki ijro etuvchi organi aʼzosi, vaqtinchalik boshqaruvchi yoki tugatish komissiyasi aʼzosi hisoblangan tashkilotlari soni;
nomzod kuzatuv kengashi yoki ijro etuvchi organi aʼzosi, vaqtinchalik boshqaruvchi yoki tugatish komissiyasi aʼzosi hisoblangan tashkilotlarning hajmi, hususiyati, masshtabi, faoliyatining murakabbligi va geografik joylashuvi;
nomzod kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida saylangan tashkilotlarda oʻtkaziladigan kuzatuv kengashi yigʻilishlari va aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarining soni;
notijorat yoki bir guruhga mansub boʻlgan tashkilotlarning kuzatuv kengashlari tarkibidagi aʼzoligi;
nomzodning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning tashqarisidagi boshqa kasbiy yoki siyosiy majburiyatlari;
nomzodning majburiy tusdagi kasbni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslardagi ishtiroki.
100. Nomzod bir vaqtning oʻzida moliyaviy yoki nomoliyaviy tashkilotlarning mazkur Nizomning 77-bandida koʻrsatilgan yoki ularga tenglashtirilgan rahbarlik lavozimlarining bir nechtasini egallashi, har bir tashkilotning hajmi, hususiyati, masshtabi va faoliyatining murakkabligi hamda siyosiy yoki kasbiy majburiyatlarning murakkabligi va hususiyatidan kelib chiqib siyosiy yoki kasbiy majburiyatlarini bajarishi mumkin. Agar nomzod mazkur Nizomning 77-bandi 2 — 5-kichik bandlarida keltirilgan yoki unga tenglashtirilgan moliyaviy yoki nomoliyaviy tashkilotlarda rahbarlik lavozimlaridan birini egallab turgan yoki boshqa kasbiy yoki siyosiy majburiyatlarni bajarayot boʻlsa, bunda nomzod bir vaqtning oʻzida toʻrtdan ortiq tashkilotlarning kuzatuv kengashi aʼzosi yoki ikkidan ortiq tashkilotlarning ijro etuvchi organi boʻlishi mumkin emas.
101. Nomzod bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq bankning kuzatuv kengashi aʼzosi boʻlishi mumkin emas, bundan mazkur banklar bir bank guruhiga tegishli boʻlgan hollar mustasno.
102. Bankning kuzatuv kengashi yoki boshqaruvi aʼzosining ishchanlik obroʻsi, tajriba, bilim va koʻnikmalari, mulohazalarning mustaqilligi va individual darajadagi vaqtining yetarliligini baholash bilan bir paytda uning jamoaviy yaroqliligi ham baholanadi.
103. Jamoaviy yaroqlilikni baholash bank Kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari uchun alohida, mazkur paragrafda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
104. Bank kuzatuvi kengashi va boshqaruvi aʼzolarining tajriba, bilim va koʻnikmalari bankni samarali va tadbirli boshqarish uchun quyidagilarni jamoaviy ravishda qamrab olishi lozim:
bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va ularga bogʻliq boʻlgan tavakkalchiliklarni;
moliyaviy bozorlarni, jumladan pul bozori va qimmatli qogʻozlarni;
buxgalteriya hisobi va hisobotini;
bank asosiy tavakkalchilik turlarini aniqlash, baholash, monitoring qilish, nazorat qilish va yumshatishni oʻz ichiga oluvchi tavakkalchiliklarni boshqarishni;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashishni;
ichki auditni;
axborot texnologiyalari va xavfsizlikni;
Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini;
strategik rejalashtirish qobiliyatini, shuningdek bankning biznes-rejasi va biznes-strategiyasini tushunish va ularni amalga oshirishni;
105. Kuzatuv kengashi aʼzolarining koʻpchiligi bankka aloqador shaxslar boʻlmasligi kerak, bundan ularning kuzatuv kengashidagi aʼzoligi mustasno. Agar kuzatuv kengashi aʼzoligiga tavsiya etilgan nomzod oxirgi 2 yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasi ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslardan biri boʻlgan boʻlsa, mazkur shaxs ushbu talabga muvofiq emas deb hisoblanadi.
106. Bank kuzatuv kengashining kamida bir nafar va boshqaruvining kamida ikki nafar aʼzosi davlat tilini bilishlari lozim.
3-bob. Nomzodni kelishib olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
107. Bank nomzodni kelishib olish uchun Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etadi:
1) bank boshqaruvi raisi tomonidan imzolangan ariza;
2) bank masʼul organining nomzodni tayinlash yoki saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yigʻilishi bayonidan koʻchirma;
3) nomzodning huquqi, majburiyati va masʼuliyati batafsil koʻrsatilgan va ularni belgilovchi bank kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan hujjatdan koʻchirma, bundan kuzatuv kengashi aʼzolari mustasno;
4) nomzod mazkur Nizom talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi bankning baholash natijalari;
5) mazkur Nizomning 11-ilovasiga muvofiq nomzod tomonidan toʻldirilgan anketa;
6) mazkur Nizomning 12-ilovasiga muvofiq toʻldirilgan nomzodning obyektivka-maʼlumotnomasi;
8) nomzodning tajribasiga qoʻyilgan talablarga muvofiqligini aniqlash uchun uning mehnat tajribasini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
9) mazkur Nizomda nazarda tutilgan taʼlim olganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotining mavjudligini, taʼlim olayotganligini va (yoki) soʻnggi uch yil ichida malakasini oshirganligini (agar mavjud boʻlsa) tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
10) nomzod doimiy yashash joyiga ega boʻlgan, 90 kundan ortiq yashagan yoki yashayotgan barcha davlatlarning masʼul organlari tomonidan soʻngi 90 kun ichida berilgan nomzodning sudlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
11) davlat budjeti oldidagi qarzdorlikning yoʻqligi yoki mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma.
108. Vaqtinchalik boshqaruvchi lavozimiga yoki bankni tugatish jarayonida tugatish komissiyasi aʼzoligiga tavsiya etilayotgan shaxslar Markaziy bankka mazkur Nizomning 107-bandi 1 va 5 — 10-kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birga quyidagilarni taqdim etadi:
1) nomzod yoki uning yaqin qarindoshlari va tugatilayotgan bank oʻrtasida manfaatlar toʻqnashuvining mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, xususan:
soʻnggi 5 yil davomida boshqa banklarning hal qiluvchi egalikka ega aksiyadori yoki ishchisi sifatidagi munosabatlari toʻgʻrisida;
bankning koʻchmas mulkiga, agar tugatish jarayonida mazkur mulkni baholash, tasarruf etish yoki boshqarish koʻzda tutilgan boʻlsa, raqobatchi boʻlgan mulkka egalik qilishi toʻgʻrisida;
tugatish jarayonida bank tugatuvchisi yoki maxsus boshqaruvchi vazifasini holis bajarish uchun toʻsqinlik qiluvchi har qanday moliyaviy va ishbilarmonlik manfaatlari yoki holatlari toʻgʻrisida;
2) oʻzining shaxsiy manfaatlari va Markaziy bank bilan munosabatlari natijasida manfaatlar toʻqnashuvining mavjud emasligi, agar toʻqnashuv mavjud boʻlsa ushbu toʻqnashuv toʻgʻrisidagi maʼlumot.
109. Bank mazkur Nizomning 107-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning nusxasini nomzodni baholash uchun masʼul boʻlgan organning imzosi bilan tasdiqlaydi.
110. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud boʻlgan va (yoki) toʻliq boʻlmagan hujjatlar toʻplami taqdim etilgan hollarda Markaziy bank mazkur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida bankka bartaraf etilishi lozim boʻlgan kamchiliklar va (yoki) taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
111. Nomzodning hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida, taqdim etilgan hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, bank Markaziy bankni xabardor qilishga va tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan hujjatlarni taqdim etishga majbur.
4-bob. Nomzodni kelishib olish toʻgʻrisidagi qaror
112. Hujjatlar toʻplami belgilangan tartibda tasdiqlanib, toʻliq ravishda Markaziy bankka taqdim etilgan kundan eʼtiboran 30 kun ichida nomzodni kelishib olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinadi.
113. Taqdim etilgan hujjatlar nomzodni kelishib olish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, Markaziy bank bankdan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olishga, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa yuridik shaxslar bilan nomzodning faoliyati yuzasidan maslahatlashishga haqli.
Bank qoʻshimcha soʻralgan hujjatlarni 20 kundan oshmagan muddatda, norezidentlar bilan bogʻliq holatda esa 30 kundan oshmagan muddatda Markaziy bankka taqdim etishi lozim. Bunda nomzodni kelishib olish muddati toʻxtatib turiladi.
114. Nomzodning oʻz majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan bank faoliyati sohasidagi amaliy va nazariy bilimlari darajasini, shuningdek bank faoliyatini va u duchor boʻlishi mumkin boʻlgan tavakkalchiliklarni tushunish darajasini baholash maqsadida Markaziy bank nomzod bilan suhbat oʻtkazishga haqli.
115. Markaziy bank nomzod bilan suhbat oʻtkazilishi va uni oʻtkazish sanasi toʻgʻrisida bankni xabardor qiladi. Bank nomzodning suhbatdan oʻtkazish uchun belgilangan kunda va vaqtda Markaziy bankda hozir boʻlishini taʼminlaydi.
116. Nomzod bilan suhbat shaxsni tasdiqlovchi hujjatga muvofiq nomzodning shaxsi aniqlanganidan soʻng, Markaziy bank tomonidan nomzod shaxsan ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.
117. Markaziy bank quyidagi hollarda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqmasdan qaytaradi:
bankning kuzatuv kengashi aʼzoligiga taqdim etilgan nomzodning kelishib olinishi mazkur Nizomning 101 va 105-bandlari talablarining buzilishiga olib kelsa;
nomzodga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi mavjud boʻlgan taqdirda;
Markaziy bank tomonidan mazkur Nizomning 113-bandiga muvofiq soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda;
nomzod belgilangan vaqtda suhbatga kelmasa va uning suhbatga kelmaslik sabablarini asoslovchi arizasi mavjud boʻlmasa yoki Markaziy bank tomonidan arizada keltirilgan sabablar uzrli deb topilmasa.
118. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlar, oʻtkazilgan suhbat natijalari va (yoki) nomzod haqidagi Markaziy bankda mavjud boʻlgan boshqa maʼlumotlarga koʻra nomzodni kelishib olish yoki kelishib olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
119. Nomzodni kelishib olish yoki kelishib olishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 kun ichida bankka yozma ravishda, shuningdek axborot kommunikatsiyalar tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
120. Markaziy bank nomzodni kelishib olishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni quyidagi asoslarga koʻra qabul qiladi:
nomzod mazkur Nizom bilan oʻrnatilgan bir yoki bir nechta mezonlarga va talablarga muvofiq boʻlmasa;
yolgʻon maʼlumotlar mavjud boʻlgan hujjatlar taqdim etilsa.
121. Nomzod malaka, bilim va koʻnikma, mulohazaning mustaqilligi yoki vaqtning yetarliligi mezonlariga nomuvofiq boʻlganda, Markaziy bank nomzodni maʼlum shartlar asosida kelishib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Bunday holatda nomzodni kelishib olish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan shartlar bajarilgandan soʻng nomzod lavozimiga kirishishga haqli.
122. Obyektiv sabablarga koʻra Markaziy bank bilan oldindan kelishib olinmagan va bankning muhim ahamiyatga ega hodimi lavozimiga tayinlangan shaxs kelishib olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi Markaziy bankning xabarnomasi bank tomonidan olingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.
123. Kelishish jarayonidan oʻtgan rahbar, oʻz faoliyatining keyingi davrida Markaziy bank tomonidan mazkur Nizom talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida qoʻshimcha suhbat oʻtkazish uchun taklif etilishi mumkin.
124. Bank 5 ish kuni ichida Markaziy bank bilan kelishib olingan nomzodning oʻz majburiyatlarini bajarishga kirishganligi toʻgʻrisida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor etadi. Mazkur talab tugatish komissiyasi aʼzolari va vaqtinchalik boshqaruvchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
125. Bank Markaziy bankni 5 ish kuni ichida mazkur Nizomga muvofiq rahbar Markaziy bank bilan qayta kelishib olish talab etilmaydigan boshqa lavozimga oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda habardor qiladi. Xabarnoma mazkur oʻzgarishlarning sababini, shuningdek, masʼul organ tomonidan tasdiqlangan shaxsni boshqa lavozimga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarordan koʻchirmani oʻz ichiga olishi lozim.
126. Bank 2 ish kuni ichida rahbarni mazkur Nizom talablariga endilikda muvofiq emasligi hamda bankni samarali va tadbirli boshqarish uchun uning faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi maʼlumotlar mavjudligi toʻgʻrisida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor qiladi.
127. Kuzatuv kengashi aʼzosining vakolati muddatidan oldin tugatilganida, boshqaruvi aʼzosi yoki bosh buxgalterning mehnat shartnomasi bekor qilinganida va (yoki) boshqa lavozimga oʻtkazilganda, bank sabablarini koʻrsatgan holda mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Muhim ahamiyatga ega hodimlar bilan bogʻliq hollarda mazkur muddat 5 ish kunini tashkil etadi, bundan bosh buxgalter mustasno.
128. Bankning tashabbusi bilan, mehnat qonun hujjatlari talablari buzilishi oqibatida moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi boshqa xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda, bank sabablarini koʻrsatgan holda mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 10 ish kuni ichida Markaziy bankni yozma ravishda xabardor qilishi lozim. Mazkur Nizomda moliyaviy operatsiyalarni amalda oshirishda bevosita ishtirok etuvchi hodimlar deganda, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishning har qanday bosqichida jalb etiladigan bankning hodimlari tushuniladi.
129. Bank, boshqaruv aʼzosi hamda muhim ahamiyatga ega hodimlarning boshqa lavozimga oʻtkazilishi va (yoki) ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi natijasida boʻshab qolgan lavozimlarga mazkur Nizom talablariga muvofiq keluvchi nomzodlarni 30 kun ichida Markaziy bankka kelishib olish uchun taqdim etishi lozim. Mazkur tartib kuzatuv kengashi aʼzolariga quyidagi hollarda tadbiq etiladi:
ularning soni bank Ustavida belgilangan miqordan 75 foiz yoki undan kamini tashkil etsa va (yoki) banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan eng minimal talabdan kamroqni tashkil etsa;
qisqarish natijasida ularning miqdori juft sonni tashkil etsa;
bank tomonidan kuzatuv kengashi aʼzolari tarkibida bankka aloqador boʻlmagan shaxslarning soniga nisbatan oʻrnatilgan talablar buzilsa, bundan ularning kuzatuv kengashidagi aʼzoligi mustasno.
IV BOʻLIM. BANKLARNING FILIALLARI, VAKOLATXONALARI VA ALOHIDA BOʻLINMALARI
1-bob. Bank filiallarini tashkil etish va yopish tartibi
130. Banklar Markaziy bankning ruxsati bilan Oʻzbekiston Respublikasida filiallar tashkil etishi mumkin. Banklarning filiallari bankning kuzatuv kengashi qaroriga muvofiq tashkil qilinadi yoki yopiladi va filial toʻgʻrisidagi nizom va bankka berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
132. Bank tomonidan filialni tashkil etishga doir ruxsatnoma olish va uni roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markaziy bankka mazkur Nizomning 13-ilovasiga muvofiq ariza topshiriladi. Arizaga ilova qilinuvchi hujjatlarning roʻyxati, shuningdek ularni koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasida muvofiq amalga oshiriladi.
133. Filialga bank mol-mulki biriktiriladi va “filial” soʻzi qoʻshimcha qilingan holda bankning nomi bilan toʻliq mos boʻlgan nomga ega boʻladi.
134. Filial rahbari bank ustaviga muvofiq vakolatli boshqaruv organi tomonidan tayinlanadi va belgilangan tartibda berilgan ishonchnomaga asosan faoliyat yuritadi. Ishonchnomada filal rahbarining vakolatlari roʻyxati koʻrsatilishi lozim.
135. Bank filialining joylashgan yeri (pochta manzili) yoki nomi oʻzgarishi haqidagi tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 10 kun muddatda Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda bank filialining joylashgan yeri (pochta manzili) yoki nomini oʻzgartirish uchun arizani taqdim etadi:
bank filiali joylashgan yeri (yangi manzilni koʻrsatgan holda) yoki nomini oʻzgartirish haqidagi bank kuzatuv kengashi qarorining bayonnomasi;
filial joylashgan yerdagi Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasining bank filialining yangi binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (bank filiali nomining oʻzgarishi bundan mustasno);
filiallar manzilining oʻzgarishi omonatchilarga taʼsir etishi ehtimoli toʻgʻrisida axborot, shuningdek ushbu oʻzgarish natijasida bank strategiyasining istalgan koʻzda tutilgan oʻzgarishlari toʻgʻrisida axborot.
bank filialining binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga nomuvofiq boʻlganda;
filial joylashgan yerining oʻzgarishi natijasida omonatchilar va kreditorlar mablagʻlarining saqlanishiga tahdid mavjudligini koʻrsatuvchi asoslar boʻlganda;
137. Bank tomonidan filialni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank mijozlarni filial yopilishidan 15 kun oldin xabardor qilishi va ularning oldidagi majburiyatlar bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrishi yoki bu majburiyatlarni mijoz bilan kelishilgan holda boshqa filialga oʻtkazishi shart.
138. Bank filialni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 2 ish kuni ichida Markaziy bankka quyidagilarni taqdim qiladi:
filialning yopilish sabablari va muddatlari koʻrsatilgan xabarnoma;
bank kuzatuv kengashining filialni yopish toʻgʻrisidagi qarori;
mijozlar oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashga doir reja.
139. Filialning yopilish jarayoni yakunlangandan soʻng bank Markaziy bankka quyidagilarni taqdim qiladi:
filialning tugatish komissiyasini tuzish haqidagi qaror;
oxirgi ish kunida bank filialining balansi;
tugatish (nol) balansi;
balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha tugatish (nol) balansi;
bank filialining hujjatlari va yigʻmajildlari yoʻq qilish uchun ajratilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
hujjatlarning arxivga saqlanish uchun topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
bank filialining muhrlari va shtamplarining yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
bankning rasmiy veb-saytida qoʻyilgan filialning yopilishi haqidagi eʼlon nuxasi.
140. Bank filiali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bank ustavida aks ettirilgan boʻlishi lozim. Bank filiali tashkil etilgandan yoki yopilganidan soʻng, boʻlib oʻtadigan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida bankning ustaviga kiritiladigan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni tasdiqlashi zarur.
2-bob. Bankning chet eldagi shuʼba banklari, filiallari va vakolatxonalari
141. Banklar Markaziy bankning ruxsatnomasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 31-moddasida belgilangan hollarda chet elda shuʼba banklar ochishi va filiallar tashkil etishi, banklarning kapitalida ishtirok etishi, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishi mumkin.
142. Chet elda shuʼba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish uchun bank Markaziy bankka ushbu Nizomning 14-ilovasiga muvofiq arizani quyidagilarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
bank kuzatuv kengashining chet elda shuʼba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etish toʻgʻrisidagi qarori;
chet elda shuʼba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishning iqtisodiy asoslanishi;
rahbarlik lavozimiga (bank boshqaruv organlarining aʼzolari, filial rahbari) tayinlanayotgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlar;
qabul qilayotgan davlatda nazorat rejimi boʻyicha maʼlumotlar.
143. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni, ularning toʻliq hajmda taqdim qilingan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqadi.
144. Markaziy bank bank tomonidan mazkur Nizomning 141-bandida belgilangan talablarga rioya qilinmagan, shuningdek Markaziy bank tomonidan quyidagilar aniqlangan taqdirda chet elda shuʼba bankini ochish, filialni tashkil etish, banklarning kapitalida ishtirok etish, shu jumladan chet el banklarini tashkil etishda ishtirok etishni rad etishi mumkin:
qabul qilayotgan davlatda bank nazorati yetarlicha va samarali, shu jumladan konsolidatsiyalashgan asosda taʼminlanmaganligi;
qabul qilayotgan davlatning nazorat qiluvchi organlari bilan samarali hamkorlik qilish imkoniyati, shu jumladan axborot almashish boʻyicha imkoniyati mavjud emasligi.
145. Bankning chet eldagi shuʼba banki yoki filialining rahbari, joylashgan manzili oʻzgargan taqdirda, bank Markaziy bankni bankning boshqaruv organi tomonidan tegishli qarori qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni davomida yozma ravishda xabardor qiladi.
146. Bankning shoʻba banklari hamda vakolatxonalari ular ochiladigan va (yoki) tashkil etiladigan mamlakat qonun hujjatlariga muvofiq ochiladi va (yoki) filiallari tashkil etiladi.
147. Bank tomonidan chet elda vakolatxona ochish, shuʼba bankni, vakolatxonani yoki filialni yopish, shuningdek chet el banki aksiyalarini sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, bank bunday qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran 30 kun ichida Markaziy bankni xabardor qilishi va ushbu qaror bankning moliyaviy barqarorligiga qanday taʼsir koʻrsatishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishi shart.
3-bob. Banklarning boshqa boʻlinmalari
148. Bank mijozlarga tezkor xizmat koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishga haqli.
149. Bank xizmatlari ofisi bank yoki bank filiali binosidan tashqarisida joylashgan bankning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va bank yoki uning filali bilan yagona boʻlgan bank (filial) balansi va kodiga ega boʻladi.
150. Bank xizmatlari ofisi “minibank”, “chakana xizmatlar markazi”, “bank xizmatlari markazi” va boshqa soʻz va soʻz birikmalari qoʻllanilgan holda turli xil nomlanishi mumkin.
151. Bank xizmatlari ofislarida, qoidaga tariqasida, bank hisobvaraqlarini ochish, omonatlar (depozitlar)ga pul mablagʻlarini jalb qilish, toʻlovlar va xalqaro pul oʻtkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, isteʼmol krediti va mikroqarzlarni berish kabi asosiy moliyaviy operatsiyalar (bank xizmatlari) koʻsatiladi.
152. Bank xizmatlari ofislarida mazkur Nizomning 151-bandida koʻrsatilgan moliyaviy operatsiyalardan tashqari, ular joylashgan hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda bank litsenziyasi doirasida qoʻshimcha ravishda boshqa operatsiyalar ham koʻrsatilishi mumkin.
153. Bank xizmatlari ofisi tashkil etilayotgan hududda bankning filiali mavjud boʻlishi talab etilmaydi.
154. Bank xizmatlari ofislari pul ombori bilan yoki pul omborisiz (qimmatliklarni saqlash boʻyicha shartnoma tuzilgan hollarda) tashkil etilishi mumkin.
155. Bank xizmatlari ofisining umumiy maydon 30 kv.m. dan kam boʻlmasligi lozim.
157. Bank xizmatlari ofisini hisobga qoʻyish uchun bank uni tashkil qilish toʻgʻrisidagi bank boshqaruvi qarori qabul qilingan kundan boshlab 10 kun davomida Markaziy bankka, ushbu qaror nusxasini va bank xizmatlari ofisi toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek tashkil etilayotgan bank xizmatlari ofisi joylashgan yerdagi Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmasining bank xizmatlari ofisining binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi ilova qilgan holda yozma xabar yuboradi.
158. Banklar quyidagi hollarda bank xizmatlari ofislarini tashkil etishga haqli:
bankning moliyaviy holati barqaror boʻlganda;
prudensial talablar bajarilganda;
bank xizmatlari ofisining binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga muvofiq boʻlganda.
159. Bank boshqaruvi tomonidan bank xizmatlari ofisini yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, bank ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida Markaziy bankka tugatish sabablari va muddatlarini koʻrsatgan holda yozma xabarnoma yuboradi. Xabarnomaga bank xizmatlari ofisini yopish toʻgʻrisidagi tegishli qarordan koʻchirma ilova qilinadi.
160. Bank xizmatlari ofisini yopish toʻgʻrisidagi axborot uning tugatilishidan kamida 15 kun oldin bankning veb-saytida yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
161. Bank bank xizmatlari ofisi manzili (shahar, tuman, koʻcha nomlari va boshqalar) oʻzgargan kundan boshlab, Markaziy bankka oʻzgarishlar haqidagi xabarnomani yoʻllaydi.
162. Bank xizmatlari ofisi manzilining oʻzgarishi uning joylashgan yeri bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda, bank Markaziy bankka mazkur Nizomning 157-bandiga muvofiq xabarnoma yoʻllaydi.
V BOʻLIM. USTAVGA KIRITILGAN OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALARNI ROʻYXATGA OLISH TARTIBI
1-bob. Umumiy qoidalar
163. Bank ustaviga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar Markaziy bankda roʻyxatga olinishi lozim.
164. Bank ustaviga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan umumiy yigʻilishda ishtirok etuvchi ovozga ega aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlarning koʻpchilik toʻrtdan uch qismi ovoz bergan holda qabul qilinadi.
Ustav kapitalini koʻpaytirish, shuningdek bank ustaviga ustav kapitalini koʻpaytirish va eʼlon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bogʻliq oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish masalalari aksiyadorlari umumiy yigʻilishining qaroriga yoki bank ustaviga koʻra bank kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiritilishi mumkin.
Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan bankda, bank ustaviga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qarorlar ushbu aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi va yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak, bankning imtiyozli aksiyalari qonun hujjatlariga muvofiq ovoz berish huquqini olish hollari bundan mustasno.
165. Ustavga kiritiladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun bank tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni uch nusxada ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
ustavga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi bankning tegishli vakolatli boshqaruv organining qarori (yigʻilish bayonnomasi) nusxasi;
bank kuzatuv kengashi raisi imzolagan bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar matni.
166. Taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga muvofiq boʻlsa, Markaziy bank bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni roʻyxatga olish masalasini koʻrib chiqadi, aks holda, hujjatlar bankka qayta koʻrib chiqish uchun qaytariladi.
Ustavga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni koʻrib chiqilish va roʻyxatga olish 30 kun ichidan amalga oshiriladi.
167. Bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar hajmi katta boʻlib, ular ustav bilan ishlashni murakkablashtirsa, Markaziy bank ushbu bankdan mazkur Nizomning 165-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda uch nusxada ustavning yangi tahririni taqdim etishini talab qilish huquqiga ega. Bunda Markaziy bank bankning yangi taxrirdagi ustavini roʻyxatga oladi.
168. Bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ular Markaziy bankda roʻyxatga olingan sanadan boshlab kuchga kiradi. Roʻyxatga olingan bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar uning ajralmas qismi hisoblanadi.
2-bob. Bank ustav kapitali miqdorining koʻpaytirilishi bilan bogʻliq bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish
169. Bank ustav kapitali miqdorining oʻzgarishi ustav kapitali miqdorining koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
170. Bank ustav kapitali qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirilishi mumkin.
Qoʻshimcha aksiyalar faqat bank ustavida belgilangan, eʼlon qilingan aksiyalarning soni doirasida bank tomonidan joylashtirilishi mumkin.
171. Ustav kapitalini koʻpaytirish uchun ushbu Nizomning 164-bandida belgilangan vakolatli boshqaruv organi tomonidan, zarur hollarda bank ustaviga eʼlon qilingan aksiyalar, shu jumladan ularning miqdori, nominal qiymati va turlari haqida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
172. Ustav kapitalining koʻpaytirilishi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalarning nominal qiymati miqdorida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bank ustavida belgilangan ayrim turdagi aksiyalarning soni ushbu turdagi joylashtirilgan qoʻshimcha aksiyalar soniga kamaytirilishi lozim.
173. Bank ustav kapitali koʻpaytirilishini, shuningdek eʼlon qilingan aksiyalari toʻgʻrisdagi oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalarni roʻyxatga olinishi mazkur Nizomning 165 va 166-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3-bob. Bank ustav kapitali miqdorining kamaytirilishi bilan bogʻliq bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatdan oʻtkazish
174. Bankning ustav kapitali aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yoʻli bilan, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda bank tomonidan aksiyalarni olish yoʻli bilan kamaytirilishi mumkin.
Bankning ustav kapitalini aksiyalarning bir qismini olish va bekor qilish yoʻli bilan kamaytirishga, agar bunday imkoniyat bankning ustavida nazarda tutilgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi.
175. Bank ustav kapitali kamaytirilishi natijasida uning miqdori bank ustavidagi tegishli oʻzgarishlarni roʻyxatga olish sanasida, Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa, bank ustav kapitali miqdorini kamaytirishiga ruxsat etilmaydi.
176. Ustav kapitalini kamaytirish hamda bank ustaviga tegishli oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Shu bilan birga, qarorda ustav kapitalining kamaytirilishi sabablari koʻrsatiladi va uni kamaytirish tartibi belgilaniladi.
Joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish yoʻli bilan ustav kapitalini kamaytirish aksiyadorlar umumiy yigʻilishining ustav kapitalini kamaytirish toʻgʻrisidagi qarorida bank tomonidan sotib olinadigan aksiyalar turlari, sotib olinadigan har bir turdagi aksiyalar soni, sotib olish narxi, toʻlov shakli va muddati, shuningdek aksiyalarni xarid qilish muddati belgilanishi lozim.
177. Bank ustav kapitali kamaytirilishi toʻgʻrisdagi oʻzgartirish va (yoki) qoʻshichalarni roʻyxatga olinishi mazkur Nizomning 165 va 166-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Bank nomini oʻzgartirish bilan bogʻliq bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish
178. Bankning moʻljallanayotgan yangi nomi ushbu Nizomning I boʻlimi 1-bobi uchinchi paragrafi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
179. Bankni qayta nomlash uchun aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan bank nomini oʻzgartirish va shu munosabat bilan ustavga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
180. Bank nomini oʻzgartirish va ustavga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng bank 30 kundan kechiktirmagan muddatda Markaziy bankka ushbu Nizomning 165-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni taqdim etadi.
181. Markaziy bank bank ustaviga bankning firma nomi oʻzgarishi bilan bogʻliq kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish hamda yangi nom bilan litsenziyani qayta rasmiylashtirib berish masalasi yuzasidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.
182. Bank nomining oʻzgarishi bilan bogʻliq bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng, Markaziy bank tomonidan Banklarning davlat reyestriga tegishli yozuvlar kiritiladi va yangi nom bilan litsenziya beriladi.
184. Bank oʻzining rasmiy veb-saytida bank nomi oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida axborotni joylashtirishi shart. Bunday axborotni joylashtirish bankning yangi nomi kuchga kirgan kundan boshlab 2 ish kuni davomida amalga oshiriladi.
185. Bank nomining oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
5-bob. Bank joylashgan yerining (pochta manzilining) oʻzgarishi bilan bogʻliq bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish
186. Bank joylashgan yerining (pochta manzilining) oʻzgarishi litsenziyani qayta rasmiylashtirishni talab etadi.
187. Bank joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan bank ustaviga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi vakolatli boshqaruv organining qarori qabul qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni uch nusxada ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
bankning joylashgan yerini (pochta manzili) oʻzgartirish toʻgʻrisida bankning vakolatli boshqaruv organining asoslangan qarori;
xizmat koʻrsatish koʻzda tutilayotgan joydagi Markaziy bank xududiy bosh boshqarmasining bankning yangi binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
bank joylashgan yerining (pochta manzilining) oʻzgarishi bank omonatchilariga taʼsir etishi ehtimoli va bunday oʻzgarish natijasida bank strategiyasida kutilayotgan (aholi punkti oʻzgargan taqdirda) har qanday oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot.
188. Markaziy bank quyidagi sabablarga koʻra bankning joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatga olishni rad etishi mumkin:
bankning yangi binosi, uning muhofaza qilinishi, uskunalar, tashkiliy-texnik vositalar bilan jihozlanishi va dasturiy taʼminoti Markaziy bank talablariga nomuvofiq boʻlganda;
bank binosi joylashgan yerining oʻzgarishi natijasida omonatchilar va kreditorlar mablagʻlarining saqlanishiga tahdid mavjudligini koʻrsatuvchi asoslar boʻlganda.
189. Bank oʻzining rasmiy veb-saytida bank joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgartirilganligi toʻgʻrisida axborotni joylashtirishi shart. Bunday axborotning joylashtirilishi bank joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi munosabati bilan bank ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlar roʻyxatga olingan sanadan boshlab 2 ish kuni davomida amalga oshiriladi.
190. Bank manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida maʼlumot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
VI BOʻLIM. BANKNI QAYTA TASHKIL ETISH VA TUGATISH
1-bob. Bankni qayta tashkil etish
1-§. Markaziy bank tomonidan bankni qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berish tartibi
191. Bankni qayta tashkil etish raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari hisobga olingan holda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining qaroriga muvofiq qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida Markaziy bankning ruxsati bilan amalga oshiriladi. Bankni qayta tashkil etish Markaziy bankning talabiga binoan ham amalga oshirilishi mumkin.
192. Bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
193. Bankni qayta tashkil etishda ruxsat berishga doir majburiy talablar va shartlarga quyidagilar kiradi:
qayta tashkil etish natijasida omonatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi;
qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan va (yoki) qoladigan banklar tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida oʻrnatilgan prudensial normativlar va boshqa talablarga rioya etilishi;
qayta tashkil etish jarayonida raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;
qayta tashkil etilayotgan bankning topshirish hujjati yoki taqsimlash balansida huquqiy vorisning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisidagi qoidalarning mavjudligi.
194. Ariza beruvchi bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma olish uchun Markaziy bankka quyidagilarni taqdim etadi:
bank aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan, mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza.
qayta tashkil etilayotgan bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori;
qayta tashkil etishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligining asoslanganligi va oqibatlarining moliyaviy taxminlari, shu jumladan, qayta tashkil etilgandan soʻng yangidan vujudga keladigan va qoladigan har bir bankning taxminiy balansi, bundan bankni oʻzgartirish mustasno;
qayta tashkil etishda ishtirok etayotgan va ushbu jarayon natijasida yuzaga kelayotgan banklarning qayta tashkil etish natijasida hosil boʻladigan taxminiy balanslari asosida hisoblangan prudensial normativlar koʻrsatkichlari bundan bankni oʻzgartirish mustasno;
bankning aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan bankning yangi tahrirdagi ustavi, bundan bankni oʻzgartirish shaklidagi qayta tashkil etish mustasno.
195. Markaziy bank bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani, mazkur ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran 30 ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqadi. Bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun Markaziy bank tomonidan yigʻim undirilmaydi.
196. Bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnomani berish uchun talab etiladigan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
ariza beruvchi ruxsat berishga doir majburiy talablar va shartlarga muvofiq boʻlmaganda;
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
197. Markaziy bank bankni qayta tashkil etishni rad etgan taqdirda, aksiyadorlar umumiy yigʻilishining bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori haqiqiy emas deb hisoblanadi.
198. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin qayta tashkil etilayotgan bank 30 kundan kech boʻlmagan muddatda yozma ravishda maʼlum qilish va bankning rasmiy veb-saytida tegishli eʼlon berish yoʻli bilan oʻz kreditorlarini kelgusidagi oʻzgarishlar haqida xabardor qilishi shart.
199. Ariza beruvchi Markaziy bankdan belgilangan tartibda ruxsatnoma olganidan soʻng, raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq monopoliyaga qarshi organining dastlabki roziligini olishi lozim.
200. Bankni qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etishga doir Markaziy bank ruxsatnomasi olinganidan soʻng, mazkur Nizomga muvofiq yangidan vujudga keladigan har bir bankni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va litsenziya olish uchun zarur tashkiliy-texnik tadbirlar bajariladi.
201. Bankni qoʻshib yuborish, boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
202. Bankni qayta tashkil etish uchun Markaziy bankning ruxsatnomasi olinganligi qayta tashkil etilishi natijasida vujudga keladigan banklarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish uchun kafolat boʻla olmaydi.
203. Bankni qayta tashkil etish bilan bogʻliq bank ustaviga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Nizomning V boʻlim 1-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
204. Bankni qoʻshib yuborish, qoʻshib olish va oʻzgartirish shaklida banklarni qayta tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qayta tashkil etishda ishtirok etayotgan banklar hisobidan amalga oshiriladi.
Bankni boʻlish va ajratib chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga keladigan banklar tomonidan toʻlanadi.
205. Qayta tashkil etilayotgan bank zarur hollarda Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda bank mijozlarining barcha hisobvaraqlarini qayta roʻyxatga olishi lozim.
206. Qayta tashkil etilayotgan bank qayta tashkil etish jarayonini Markaziy bankning qayta tashkil etish uchun ruxsatnomasi olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida tamomlashi shart.
207. Bankni qayta tashkil etishga doir ruxsatnoma quyidagi asoslarda bekor qilinadi:
ariza beruvchining ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni bekor qilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
2-§. Bankni qoʻshib yuborish
208. Banklarni qoʻshib yuborish deganda ikki yoki bir necha banklar faoliyati toʻxtatilib, ularning huquq va majburiyatlarini berish yoʻli bilan yangi bankning tashkil boʻlishi tushuniladi.
209. Qoʻshib yuborishda ishtirok etuvchi banklar oʻrtasida, qoʻshib yuborish tartibi va shartlari, shuningdek, har bir bank aksiyalarini yangidan vujudga keladigan bank aksiyalariga almashtirish tartibi belgilanishni nazarda tutuvchi qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzadilar. Qoʻshilishda ishtirok etayotgan har bir bank kuzatuv kengashi qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomani va topshirish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni aksiyadorlar umumiy yigʻilishi muhokamasiga qoʻyadi.
210. Yangidan vujudga keladigan bankning ustavini tasdiqlash va kuzatuv kengashini saylash qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan barcha banklar aksiyadorlarining umumiy qoʻshma yigʻilishida amalga oshirilib, bu yigʻilish taʼsis yigʻilishi hisoblanadi. Aksiyadorlar umumiy qoʻshma yigʻilishida ovoz berish tartibi banklarni qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanishi mumkin.
211. Yangidan vujudga kelgan bank roʻyxatdan oʻtgan va Banklarning davlat reyestrida qayta tashkil etilayotgan banklar faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan vaqtdan boshlab qoʻshib yuborishda ishtirok etayotgan banklar qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
212. Banklarni qoʻshib yuborish natijasida yangidan vujudga kelgan bankning yuridik yigʻmajildiga qoʻshib yuborishda ishtirok etgan banklarning qoʻshib yuborish toʻgʻrisidagi shartnomasi va topshirish dalolatnomalari kiritib qoʻyiladi.
213. Banklar qoʻshib yuborilganda har bir bankning huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq yangidan vujudga kelgan bankka oʻtadi.
214. Markaziy bank qoʻshib yuborish natijasida yangidan bank vujudga kelgani va qayta tashkil etilgan banklar faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb saytida eʼlon qiladi.
3-§. Banklarni qoʻshib olish
215. Banklarni qoʻshib olish deganda bir yoki bir necha bankning huquq va majburiyatlarini boshqa bankka bergan holda ularning faoliyatini toʻxtatish tushuniladi.
216. Qoʻshib olinayotgan bank va u qoʻshilayotgan bank qoʻshib olish tartibi va shartlari, shuningdek qoʻshib olinayotgan bank aksiyalarini qoʻshib olish amalga oshirilayotgan bank aksiyalariga almashtirish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi shartnoma tuzadilar. Har bir bank kuzatuv kengashi qoʻshib olishda ishtirok etayotgan banklar aksiyadorlari umumiy yigʻilishi muhokamasiga qoʻshib olish shaklida bankni qayta tashkil etish va qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash masalasini qoʻyadi. Qoʻshib olinayotgan bank kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga topshirish dalolatnomasini tasdiqlash masalasini ham kiritadi.
217. Qoʻshib olishda ishtirok etayotgan banklar aksiyadorlarining qoʻshma umumiy yigʻilishi ustavga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish va bank kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Aksiyadorlar qoʻshma umumiy yigʻilishida ovoz berish tartibi qoʻshib olish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilanadi.
218. Qoʻshib olishda ishtirok etayotgan banklar Banklarning davlat reyestrida qoʻshib olinayotgan bank faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgan hisoblanadi (huquqiy vorisi va qayta tashkil etish shakli koʻrsatilgan holda). Markaziy bank mazkur Nizomning V boʻlim 1-bobiga muvofiq qoʻshib olayotgan bankning ustaviga kiritilgan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalarni roʻyxatga oladi.
219. Markaziy bankka taqdim etilgan hujjatlarning bir nusxasi qoʻshib olinayotgan bank yuridik yigʻmajildiga kiritiladi.
220. Qoʻshib olinayotgan bankning barcha huquq va majburiyatlari topshirish dalolatnomasiga muvofiq qoʻshib olinayotgan bankka oʻtadi.
221. Markaziy bank qoʻshib olingan bankning qayta tashkil etilgani va uning faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb saytida eʼlon qiladi.
4-§. Bankni boʻlish
222. Bankni boʻlish deganda uning huquq va majburiyatlarini yangi vujudga keladigan banklarga bergan holda faoliyatining toʻxtatilishi tushuniladi.
223. Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi muhokamasiga bankni boʻlish shaklida qayta tashkil etish, ushbu qayta tashkil etishning tartibi va shartlari, yangi banklarni tashkil etish va qayta tashkil etilayotgan bank aksiyalarini yangidan vujudga kelayotgan banklar aksiyalariga almashtirish tartibi kabi masalalarni kiritadi.
224. Boʻlish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi boʻlish shaklida qayta tashkil etish, yangi banklarni tashkil etish, qayta tashkil etilayotgan bank aksiyalarini yangidan vujudga kelayotgan bank aksiyalariga almashtirish tartibi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda taqsimlash balansini tasdiqlaydi.
225. Boʻlish natijasida vujudga keladigan har bir bank aksiyadorlari taʼsis yigʻilishi bank ustavini tasdiqlaydi va kuzatuv kengashi aʼzolari va boshqaruv raisini saylaydi.
226. Yangidan vujudga kelgan banklar roʻyxatdan oʻtkazilishi va bir vaqtning oʻzida ularga litsenziya berilishi hamda qayta tashkil etilgan bank faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi yozuv (huquqiy vorislar va qayta tashkil etish shakllari koʻrsatilgani holda) Banklarning davlat reyestriga kiritilishi bilan bir paytda bank qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
227. Bank boʻlinganda uning huquq va majburiyatlari taqsimlash balansiga muvofiq yangi vujudga kelgan ikki yoki undan ortiq banklarga beriladi.
228. Markaziy bank boʻlish natijasida yangidan bank vujudga kelgani va qayta tashkil etilgan bank faoliyati toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi axborotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
5-§. Bankni ajratib chiqarish
229. Bankni ajratib chiqarish deganda qayta tashkil etilayotgan bank faoliyati toʻxtatilmagani holda uning huquq va majburiyatlarining bir qismini bir yoki bir necha banklar tashkil etilib, ularga berilishi tushuniladi.
230. Ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank kuzatuv kengashi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi muhokamasiga ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etish, ajratib chiqarish tartibi va shartlari, yangi bankni tashkil etish, qayta tashkil etilayotgan bank aksiyalarini ajratib chiqarilayotgan bank aksiyalariga almashtirish va bunday almashtirish tartibi, bank ustaviga ajratib chiqarish shaklida bank qayta tashkil etilgani, bank ustav kapitali toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida ifodalagan oʻzgartirishlar kiritish va shuningdek taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalarni kiritadi.
231. Ajralib chiqish shaklida qayta tashkil etilayotgan bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishi bankni qayta tashkil etish, qayta tashkil etish tartibi va shartlari, bank aksiyalarini ajralib chiqayotgan bank aksiyalariga almashtirish va bunday almashtirish tartibi, ajralib chiqish shaklida bank qayta tashkil etilgani toʻgʻrisidagi axborotni oʻzida ifodalagan bank ustaviga oʻzgartirishlar kiritish va qayta tashkil etish natijasida kamaytirilgan bank ustav kapitali, shuningdek, taqsimlash balansini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
232. Ajratib chiqarish natijasida yuzaga kelgan bank aksiyadorlari taʼsis yigʻilishi banklarning kuzatuv kengashi aʼzolari va boshqaruv raisini saylaydi hamda bankning ustavini tasdiqlaydi.
233. Yangidan vujudga kelgan banklar Banklarning davlar reyestriga roʻyxatga olingan (ajratilgan bank koʻrsatilgani holda) va bir paytda ularga litsenziya berilgan vaqtdan boshlab bank qayta tashkil etilgan hisoblanadi.
234. Bank tarkibidan bir yoki bir necha banklar ajratib chiqarilganda, qayta tashkil etilgan bankning huquq va majburiyatlarining bir qismi taqsimlash balansiga muvofiq, ularning har biriga oʻtadi.
235. Markaziy bank ajratib chiqarish natijasida yangidan banklar vujudga kelgani toʻgʻrisidagi axborotni oʻz rasmiy veb saytida eʼlon qiladi.
6-§. Markaziy bankning talabiga binoan bankni qayta tashkil etish
236. Bank tomonidan banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan va bankning olib borayotgan faoliyati respublika bank tizimida raqobatni pasayishiga sabab boʻlgan taqdirda, Markaziy bank mazkur bankdan bankni qayta tashkil etishni talab qilish huquqiga ega.
237. Markaziy bankning bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisidagi talabi qabul qilinganidan soʻng 30 kundan oshmagan muddatda bank kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi chaqiriladi.
238. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi Markaziy bank talabiga asosan bankni qayta tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va qayta tashkil etish rejasini tasdiqlaydi. Bankni qayta tashkil etish rejasi bankning moliyaviy holatini yaxshilash yoki bank kreditorlari va omonatchilari manfaatlariga havf soluvchi va (yoki) soladigan qoidabuzilishlarni bartaraf etish chora tadbirlarini oʻz ichiga olishi lozim.
239. Agar bank Markaziy bank talabida belgilangan muddatda bankni qayta tashkil etmasa yoki qayta tashkil etish rejasi bankning moliyaviy holatini yaxshilash yoki qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha yetarli chora-tadbirlarni oʻz ichiga olmasa, Markaziy bank qonun hujjatlariga muvofiq har qanday toʻgʻrilovchi chora-tadbirlar qoʻllash, shu jumladan bankka vaqtinchalik boshqaruvchini tayinlash yoki bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish huquqiga ega.
1-§. Bankni faoliyatini tugatish va bankni tugatish tartibi
240. Banklar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan hususiyatlarni hisobga olgan holda tugatiladi.
241. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish ixtiyoriy yoki majburiy (Markaziy bank tomonidan litsenziya chaqirib olinganda) shaklda amalga oshirilishi mumkin.
242. Bankning faoliyatini tugatish va bankni tugatish uchun:
bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori;
Markaziy bank boshqaruvining bankni majburiy tugatish haqidagi qarori asos boʻladi.
243. Bank tugatilganda Markaziy bank bankning litsenziyasini chaqirib oladi.
244. Bankni tugatish jarayoni Markaziy bank boshqaruvi tomonidan litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlangan hisoblanadi. Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi. Markaziy bank boshqaruvining qarori ushbu qaror qabul qilingan kuni bank rahbariyatiga imzo qoʻydirilgan holda topshiriladi.
245. Litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan soʻng, Banklarning davlat reyestrida bank tugatilish jarayonida ekanligi toʻgʻrisida yozuv kiritiladi.
246. Bankning litsenziyasi chaqirib olinganligi toʻgʻrisidagi axborot mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
247. Bankka Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarga muvofiq banklar uchun ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi, bundan bankning tugatilishi bilan bogʻliq harakatlar mustasno.
248. Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab bankni tugatish jarayoni yakunlanguniga qadar quyidagi cheklovlar oʻrnatiladi:
aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, boshqa organlar va bank mansabdor shaxslarining vakolatlari, jumladan mulkni tasarruf etish va majburiyatlarni soʻndirish boʻyicha vakolatlari, shuningdek ularning bankni boshqarish huquqlari toʻxtatib qoʻyiladi. Bank ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda, tugatish komissiyasining hisobotlarini muhokama qilish, tugatish balanslarini tasdiqlash, shuningdek tugatish komissiyasi azolarini tayinlash va qayta tayinlash huquqini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻzida saqlab qoladi;
tugatilayotgan bank nomidan yoki uning hisobidan amalga oshirilgan harakatlar ular faqat tugatish komissiyasi tomonidan bajarilgan holdagina yuridik kuchga ega boʻlishi mumkin;
bankning barcha qarz majburiyatlari muddati oʻtgan hisoblanadi;
tugatilayotgan bankning majburiyatlari, jumladan bank omonatlari va (yoki) bank hisobvaraqlariga oid shartnomalar boʻyicha foizlarni, shuningdek neustoykalarni hisoblash toʻxtatiladi;
tugatilayotgan bank ishtirokida sudda koʻrilayotgan mulkiy xususiyatga ega boʻlgan tortishuvlar agar ularga doir qabul qilingan qarorlar qonuniy kuchga kiritilmagan boʻlsa toʻxtatiladi;
bankka tegishli mulkiy xususiyatga ega boʻlgan barcha talablar faqat tugatish komissiyasi nomiga bildirilishi hamda mazkur nizom va boshqa qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin;
tugatish jarayoni boshlangunga qadar sud tomonidan qabul qilingan qarorlar va tugatilayotgan bankka nisbatan mulkiy talablarga oid sudning ijro hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida ijro etilishi uchun tugatish komissiyasiga topshiriladi.
249. Bankni tugatish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
moddiy nazorat va inventarizatsiyalash;
aktivlarni tekshirish;
aktivlarni baholash va sotish;
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish;
tugatish jarayonini yakunlash.
250. Markaziy bank bankni tugatish jarayonini nazorat qilib turishi shart. Ushbu maqsadlarda Markaziy bank muntazam ravishda bank aktivlarini baholash, bu aktivlarni tugatish va daromadlarni taqsimlash toʻgʻrisida hisobotlar olib turadi.
251. Tugatish komissiyasi, ekspertlar va tugatish jarayonida ishtirok etadigan boshqa shaxslarning faoliyati uchun haq toʻlash shartlari tugatish komissiyasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan tugatish rejasida aks ettiriladi.
252. Bankni tugatish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar mazkur bank hisobidan amalga oshiriladi. Bankni tugatishga doir xarajatlarni Markaziy bank tomonidan moliyalashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Tugatilayotgan bank majburiyatlariga doir hisob-kitoblarni bajarishda tugatish bilan bogʻliq xarajatlar navbatdan tashqari tartibda amalga oshiriladi.
253. Bank tugatilguniga qadar Markaziy bank nazorati ostida boʻladi va Markaziy bank uni tekshirib turish huquqiga egadir.
254. Bankni tugatish jarayoni tugallanib, Banklar davlat reyestriga kiritilgan kundan boshlab toʻliq tugatilgan deb hisoblanadi.
2-§. Ixtiyoriy tugatish tartibi
255. Ixtiyoriy tugatish bank aksiyadorlari umumiy yigʻilishining ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarori asosida, kreditorlar va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish imkoniyati mavjud boʻlganda hamda Markaziy bankning ruxsati olinganda amalga oshiriladi.
256. Bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalar egalari boʻlgan aksiyadorlar ovozlarining toʻrtdan uch qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
257. Bank Markaziy bankka aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror haqida darhol yozma shaklda xabar berishi shart.
258. Bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsatnoma olish uchun bank aksiyadorlar umumiy yigʻilishining mazkur qarori qabul qilinganidan keyin 5 kundan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq ariza beradi:
bankni tugatish toʻgʻrisida aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tugatish sabablari koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan, tugatish jarayonini, kreditorlarning va omonatchilarning talablarini qanoatlantirish tartib-taomillari va muddatlari doirasidagi tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan tugatish rejasi;
ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisida Markaziy bankka ariza bilan murojaat etilgan paytdagi talablarni qanoatlantirish uchun mablagʻlar yetarli ekanligini tasdiqlovchi balans hisoboti;
tugatish komissiyasining tarkibi toʻgʻrisidagi axborot va boshqa zarur maʼlumotlar.
259. Markaziy bank bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani olgan kundan eʼtiboran 60 kun ichida taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va bankni ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat beradi, agar:
bankni ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlariga muvofiq qabul qilingan boʻlsa;
bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda toʻliq va yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
taqdim etilgan tugatish rejasi kreditorlar va omonatchilarning talablari toʻliq qanoatlantirilishi uchun imkoniyatlar boʻlishini taʼminlasa;
bank Markaziy bankning soʻrovnomasiga koʻra bankni ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish shartlari bajarilganligini aniqlash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etgan boʻlsa.
260. Markaziy bank ixtiyoriy tugatishga ruxsat berishni rad etish haqida qaror qabul qilgan taqdirda ixtiyoriy tugatishga ruxsat berish rad etilgani toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qarorni bankning kuzatuv kengashiga yetkazadi. Zarur hollarda Markaziy bank tugatish rejasi va jadvalining qayta koʻrib chiqilishini yoki qoʻshimcha hujjatlar va axborot taqdim etilishini talab qilishi mumkin.
261. Markaziy bank ixtiyoriy tugatish uchun ruxsat berganidan keyin bank litsenziyasini chaqirib oladi.
262. Agar ixtiyoriy tugatish jarayonida bank toʻlovga layoqatsiz ekanligi aniqlansa, tugatish komissiyasi zudlik bilan Markaziy bankka xabar berishi hamda bankning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi tegishli hisobot va hujjatlarni taqdim etishi kerak.
263. Markaziy bank ushbu Nizomning 262-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ushbu Nizomning 267-bandida koʻrsatilgan asoslardan birontasi mavjud boʻlgan taqdirda, bankning toʻlovga layoqatsizligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va majburiy tugatish jarayonini boshlaydi.
264. Markaziy bankning bankni ixtiyoriy ravishda tugatishni rad etishi, shuningdek bankni majburiy tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
265. Bank Markaziy bank boshqaruvining litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan majburiy tugatiladi.
266. Markaziy bank quyidagi hollarda litsenziyani chaqirib olishga haqli:
agar bank litsenziyani olganidan keyin 12 oy ichida bank faoliyatini amalga oshirishni boshlamagan, bu faoliyatdan toʻgʻridan-toʻgʻri voz kechgan yoki moliyaviy operatsiyalarni 3 oydan ortiqroq muddat davomida amalga oshirmagan boʻlsa;
litsenziya berish shartlari bank tomonidan bajarilmaganda;
banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻrsatilgan qoʻpol qoidabuzarliklardan biri bank tomonidan sodir etilganda;
agar bank ketma-ket keluvchi 3 chorakning har birida bank regulyativ kapitalining 10 foizidan ortiq yoki muddatidan qatʼi nazar, regulyativ kapitalning 50 foizidan ortiq miqdorda zarar koʻrgan boʻlsa yoki zarar koʻrish ehtimoli mavjud boʻlsa;
Oʻzbekiston Respublikasida bank tashkil etgan chet davlat bankidan litsenziya chaqirib olinganda;`
bank toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda.
267. Bankning toʻlovga qobiliyatsizligi deganda quyidagi hollar tushuniladi:
bank mijozlarning oʻziga nisbatan qoʻygan talablarini 15 kun ichida toʻlashga qodir boʻlmasa;
bankning majburiyatlari uning aktivlaridan ortib ketsa;
omonatchilar va kreditorlar tomonidan bankka ishonib topshirilgan mablagʻlarning butligiga xavf soluvchi har qanday boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
268. Bank boshqaruvi bankning toʻlovga layoqatsizlik holati yuzaga kelgan yoki mijozlar tomonidan talab etilgan daʼvolarni qanoatlantira olmaslikka oid tavakkalchilik mavjud boʻlgan hollarda darhol Markaziy bankka xabar berishi kerak.
4-§. Tugatish komissiyasi
269. Bankni ixtiyoriy tugatishda bankni tugatish komissiyasi oldindan Markaziy bank bilan kelishilgan holda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan tayinlanadi. Agar tugatish komissiyasi tayinlanmagan boʻlsa, bankni tugatish boʻyicha komissiya Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan tashkil etiladi.
270. Bankni majburiy tugatish chogʻida tugatish komissiyasi Markaziy bank tomonidan tayinlanadi.
271. Markaziy bank tugatish komissiyasi tarkibiga Markaziy bank xodimlarini kiritishga haqli.
272. Tugatish komissiyasi rahbari va aʼzolari mazkur Nizomning III boʻlimi talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
273. Tugatish komissiyasi tayinlangan vaqtdan boshlab, uning zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:
bank aktivlari va passivlarini toʻliq nazorat qilish;
bankni boshqarish bilan bogʻliq javobgarlik;
bank aktivlarini kreditorlar talablarini maksimal qondirilishini taʼminlovchi narxda sotish;
har 3 oyda kamida bir marta tugatish jarayoni, jumladan sotilayotgan aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni batafsil aks ettiradigan muntazam hisobotlarni tuzish hamda bu hisobotlarni Markaziy bankka taqdim etish.
274. Tugatish komissiyasi noqonuniy yoki atayin notoʻgʻri qilingan harakatlar (harakatsizlik) natijasida bankka keltirilgan zarar uchun javobgardir.
275. Tugatish komissiyasi tugatish bilan bogʻliq normal operatsion tavakkalchilik toifasiga kiruvchi zararlar uchun javob bermaydi.
276. Tugatish komissiya quyidagi huquqlarga ega:
bank aktivlarini aniqlash hamda tugatish maqsadlarini hisobga olgan holda mulk egasi va bank boshqaruvi organlari vakolatlari doirasida ularni tasarruf etish;
tugatish ishlari va bank faoliyatini tugatish maqsadlariga muvofiq bank nomidan uning rahbariyati vazifalarini bajarish;
bank aktivlari va mulkini zaxiraga olish;
bank hujjatlari va mulki, shuningdek garov taʼminoti sifatida berilgan boshqa mol-mulk butligini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar koʻrish;
tugatish jarayonini amalga oshirish uchun mustaqil mutaxassislar tarkibidan xodimlarni, shuningdek oʻz xohishiga koʻra bank xodimlarini (qorovullardan tortib malakali maslahatchilargacha) shartnoma asosida yollash (bundan bank kreditorlari mustasno);
tugatilayotgan bankning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, mehnat qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarga ish haqi va boshqa toʻlovlarni belgilash;
omonatchilar va kreditorlarning talablarini qondirish uchun mablagʻlar yetishmasa tugatish komissiyasi bank mulkini sotish huquqiga ega;
bank nomidan talablar qoʻyish, bank kreditorlari talablarining qonuniyligini aniqlash va qonuniy deb topilgan talablarni qondirish.
277. Tugatish komissiyasi tomonidan amaldagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda Markaziy bank boshqa tugatish komissiyasi aʼzolari tayinlanishini talab qilishga haqli.
278. Tugatish komissiyasi tayinlangunga qadar oxirgi uch oy davomida kreditorlarning biriga yoki bankka aloqador istalgan shaxsga imtiyoz berish maqsadida amalga oshirilgan toʻlovlar va boshqa aktiv operatsiyalar tugatish komissiyasi tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, bundan omonatlarni olish, ish haqiga doir oddiy toʻlovlar yoki boshqa mukofotlar mustasno. Bu holda tugatish komissiyasi amalga oshirilgan toʻlov yoki bankning boshqa aktiv operatsiyalari haqiqiy emas deb tan olinishi toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qiladi.
5-§. Moddiy nazorat va inventarizatsiyalash
279. Bank tugatilayotganda, kelib tushayotgan barcha depozitlar va garov xatlari ijro etilmay, bank tugatilayotgani haqidagi xabarnoma bilan joʻnatuvchiga qaytarilishi shart.
280. Tugatish jarayoni boshlangach, tugatish komissiyasi bank mulkini inventarizatsiyalashni tashkil etishi va oraliq balansni tuzishi shart.
281. Markaziy bank tomonidan bankni tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab tugatish komissiyasi bank aktivlari ustidan quyidagilarni nazarda tutuvchi jismoniy nazoratni taʼminlashi shart:
xavfsizlik xizmati, qoʻriqlash xizmati va boshqa mavjud vositalardan foydalangan holda bank binolari va jihozlari butligini taʼminlash;
qimmatbaho buyumlar, shu jumladan, naqd pul, qimmatli qogʻozlar, avtomobillar va sanʼat asarlarini tugatish komissiyasi ixtiyoriga oʻtishi;
eshik qulflarini almashtirish;
bank hujjatlari va mulkidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida qoʻriqlash xizmatini almashtirish.
282. Firibgarlik yoki jinoiy faoliyat toʻgʻrisida shubha tugʻdirayotgan hollar (ayniqsa horijiy valyutadagi hisobvaraqlarda) aniqlansa, tugatish komissiyasi zarur choralar koʻrish uchun bu haqda zudlik bilan Markaziy bankka maʼlum qilishi zarur.
283. Rasmiylashtirilishi tugallanmagan depozitlar va kreditlarni qoplash uchun tugatish jarayoni boshlangunga qadar olingan mablagʻlarga doir ishlar nihoyasiga yetkazilishi hamda va mijozlarning tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.
284. Bankning soʻnggi ish kuniga yakuniy balans tayyorlanishi lozim.
285. Tugatish komissiyasi Markaziy bankning bank joylashgan yerdagi Bosh boshqarmasi hisob-kitob-kassa markazida maxsus tugatish hisobvaragʻini ochadi. Horijiy valyuta ular uchun moʻljallangan alohida tugatish hisobvaraqlarida saqlanishi zarur. Bank resurslari ushbu hisobvaraqlarga oʻtkaziladi. Faqat tugatish komissiyasi tugatish hisobvaraqlaridan foydalanishning mutlaq huquqiga ega.
286. Aktivlarni sotishdan tushgan barcha tushumlar tugatish hisobvaraqlarida saqlanadi.
287. Tugatish komissiyasi bankning vakillik hisobvaraqlari, ayniqsa chet el banklaridagi hisobvaraqlar ustidan alohida nazorat oʻrnatishi zarur.
288. Tugatish komissiyasi bank mablagʻlari saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisidagi barcha moliya muassasalariga bank tugatilayotgani hamda ularning mablagʻlarini oʻtkazish faqat tugatish komissiyasining ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berishi kerak.
Bunday xabarlar yozma, shu jumladan, elektron shaklda yuboriladi. Tugatish komissiyasi tugatish xisobvaragʻiga bankning Oʻzbekiston Respublikasi yoki chet el banklari hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini oʻtkazish choralarini koʻrishi lozim.
289. Aktivlarni tekshirib, zarur boʻlgan xabarnomalarni joʻnatgandan soʻng, tugatish komissiyasi quyidagilar asosida tugatish hisobotini tayyorlashi lozim:
yakuniy balans;
vakillik hisobvaraqlari holati toʻgʻrisidagi hisobotlarni qiyoslash;
valyutadagi pul mablagʻlari hisobini yuritish;
bank inventarlash roʻyxatlari boʻyicha jihozlarni tekshirish;
balans va kredit portfeli boʻyicha kreditorlik qarzlarini tekshirish.
6-§. Aktivlarni baholash va sotish
290. Bankning moliyaviy aktivlari quyidagilardan iborat:
pul mablagʻlari;
kreditlar;
qimmatli qogʻozlar;
valyuta qimmatliklari.
291. Milliy va chet el valyutalaridagi banknotalar, tangalar va bank vakillik hisobvaraqlaridagi mablagʻlar shaklidagi moliyaviy aktivlar nominal qiymati boʻyicha baholanadi.
292. Bankning kredit portfeli ajratilgan kreditlarni uchinchi tomonga sotish yoki bu qarzlar boʻyicha mablagʻlarni olish imkonini beradigan boshqa yoʻl bilan tugatiladi.
293. “Standart” sifatida tavsiflangan kreditlar bozor narxida sotilishi kerak. “Standart” sifatida tavsiflangan kreditlar oʻz nominal qiymatidan past narxda sotilganda tugatish komissiyasi tugatish toʻgʻrisidagi hisobotda ushbu narxlarni asoslashga majbur. Bunda kreditning nominal qiymati u sotilgan sanaga qarab belgilanadi va kreditning soʻndirilmagan qismi, shuningdek u boʻyicha hisoblangan va olinmagan foizlar summasidan tarkib topadi.
294. Nomoliyaviy aktivlarga quyidagilar kiradi:
binolar va inshootlar;
transport vositalari;
sanʼat asarlari;
orgtexnika;
mebel, jihozlar va bankning boshqa mulki.
295. Nomoliyaviy aktivlar tugatish komissiyasi tomonidan baholovchi tashkilot ishtirokida baholanadi. Tugatish komissiyasi nomoliyaviy aktivlar narxiga taʼsir etuvchi barcha axborot va omillarni oʻrganadi va shular asosida taxminiy sotuv narxini belgilaydi. Binolar, inshootlar va transport vositalari koʻchmas mulkni baholashga doir belgilangan talablarga muvofiq baholanadi.
296. Nomoliyaviy aktivlar baholanganidan keyin tugatish komissiyasi potensial xaridorlarga aktivlar sotilishi koʻzda tutilayotganligi haqida xabar beradi yoki qonun hujjatlari va mazkur Nizomda koʻzda tutilgan hollarda bank mulkini sotadi.
297. Xaridorlar bilan muzokaralar davomida sotilayotgan nomoliyaviy aktivlarning dastlabki narxi oʻzgarishi mumkin. Agarda aktiv hisob-kitob qiymatidan ancha past narxda sotilsa, tugatish komissiyasi ushbu holat sabablarini hujjatlashtirishi shart. Koʻrsatilgan hujjatlar hisobotda aks ettiriladi va unga ilova qilinadi.
7-§. Omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish
298. Tugatish komissiyasi tayinlangan sanadan eʼtiboran 2 kun ichida ommaviy axborot vositalarida, shuningdek bankning rasmiy veb-saytida bank tugatilganligi, shu jumladan uning omonatchilari va kreditorlari tomonidan talablarni qanoatlantirish toʻgʻrisidagi arizalarni berish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi eʼlonni chop etishi shart. Talablarni taqdim etish muddati bank tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran ikki oyni tashkil etadi va mazkur muddat tugaganidan soʻng tugatish komissiyasi tomonidan talablar qabul qilinmaydi.
299. Tugatish komissiyasi qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq axborotni ham oshkor qilishi kerak.
300. Tugatish komissiyasi bankni tugatish ishlari boshlanganligi toʻgʻrisida barcha kreditorlar va omonatchilarni yozma ravishda xabardor qiladi. Bunda tugatish komissiyasi xabarnomada ularning shaxsiy hisobvaraqlarida qayd etilgan qarz yoki omonat miqdorini, shuningdek talblarni taqdim etish mudattini, ushbu muddat tugaganidan keyin talablar qabul qilinmasligini va koʻrib chiqilmasligini koʻrsatadi.
301. Kreditorlar va tugatilayotgan bankning oʻzaro majburiyatlari mavjud boʻlsa, ular oʻzaro qoplanishiga yoʻl qoʻyiladi.
302. Oʻzaro qoplanish quyidagi talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:
oʻzaro qoplanish faqat toʻlov muddati yetib kelgan majburiyatlar boʻyicha ruxsat etiladi;
biron bir majburiyat boʻyicha eʼtiroz bildirilmaydi;
ikkala tomon ham qarzni inkasso qilish va toʻlash huquqiga ega boʻlishi shart;
avtomatik ravishda oʻzaro qoplashga yoʻl qoʻyilmaydi, tomonlar bir-biriga ariza bilan murojaat qilishlari shart;
turli valyutalardagi majburiyatlarning oʻzaro qoplanishi uni bajarish kunidagi Markaziy bankning kursi boʻyicha amalga oshiriladi;
bankka aloqador shaxslar bank oldidagi majburiyatlarini bajarmasa, ularga bankning boshqa qarzdorlariga qoʻyilayotgan talablar qoʻyiladi;
bankka aloqador shaxslarga berilgan qarzlarga oid majburiyatlarning oʻzaro qoplanishiga ruxsat etilmaydi;
aksiyadorning aksiyadorlik kapitalini toʻlashga doir bank oldidagi majburiyatlari bankning ushbu aksiyador oldidagi boshqa majburiyatlari bilan qoplanishi mumkin emas.
Oʻzaro qoplashda omonatchilar va kreditorlar talablarini qondirish navbati hisobga olinadi.
303. Bank tugatilayotganda uning kreditorlari talablari amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qondiriladi.
Jismoniy shaxs boʻlgan omonatchilar tugatishdan kelib tushgan tushumlar hisobiga oʻz omonatlarini olishda ustuvorlikka egadirlar, bundan bankka aloqador boʻlgan shaxslar mustasno.
304. Tugatilayotgan bankning mulki bir navbatdagi barcha talablarni toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, mavjud mablagʻlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq kreditorlar oʻrtasida taqsimlanadi.
305. Quyidagi hollarda kreditorlarning talablarini qondirish rad etilishi mumkin:
talabnomalar belgilangan muddat oʻtganidan soʻng olingan boʻlsa;
tugatish komissiyasi tomonidan asossiz deb topilgan boʻlsa.
306. Kreditorlar tomonidan talablarni taqdim etish muddati tugaganidan soʻng tugatish komissiyasi kreditorlar talablarini qondirishga doir quyidagi choralarni koʻrishi lozim:
qabul qilingan talablar roʻyxatini tuzish;
tugatish komissiyasi tasdiqlamagan talablarni rad etish;
har bir kreditor qarzi miqdori va talablarni toʻlash ketma-ketligini belgilash;
kreditorga ularning talablari qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish;
oraliq balansni tuzish.
307. Kreditorlar talablarini qondirish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yozma tarzda joʻnatilishi lozim.
308. Kreditor talablarini qondirish rad etilgan yoki uni koʻrib chiqishdan bosh tortilgan holda u tugatish komissiyasiga nisbatan daʼvo bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
309. Tugatilayotgan bankning mulki yetarli boʻlmaganligi tufayli kreditorning qondirilmagan talablari toʻlangan hisoblanadi.
Kreditor daʼvo bilan sudga murojaat qilmagan boʻlsa, tugatish komissiyasi tomonidan tan olinmagan hamda sud qarori bilan kreditorning talablari qondirilishi rad etilgan talablar toʻlangan hisoblanadi.
310. Kreditorlar talablari qondirilganidan soʻng tugatilayotgan bankning qolgan mulki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlash uchun bank aksiyadorlariga beriladi.
311. Tugatish ishlari yakunlanganidan soʻng tugatish komissiyasi bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi yakuniy hisobotni va tugatish balansini tuzadi.
312. Tugatish komissiyasi Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
tugatish komissiyasining qilingan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining bankni tugatish toʻgʻrisidagi qarori (ixtiyoriy ravishda tugatilganda);
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan bankni tugatish toʻgʻrisidagi eʼlonlar nusxalari;
tugatish komissiyasini tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
bankning oxirgi ish kunidagi balansi;
tugatish (nol) balansi;
balansdan tashqari hisobvaraqlar boʻyicha tugatish (nol) balansi;
bank hujjatlari va yigʻmajildlari yoʻq qilish uchun ajratilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma;
bank elektron bazasidagi hujjatlar va maʼlumotlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
bank muhrlari va shtamplari yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.
313. Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, bankni Banklarning davlat reyestridan chiqarib tashlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiladi.
314. Markaziy bank davlat statistikasi organlariga qonunchilikka muvofiq bank tugatilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
315. Bank tugatilganidan soʻng uning arxivi, shu jumladan tugatish komissiyasining operatsiyalari boʻyicha hujjatlar, tugatuvchi tomonidan bank joylashgan joydagi davlat arxiviga belgilangan tartibda topshiriladi.
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Biznes-rejani tayyorlash uchun
TAVSIYALAR
I. Biznes-rejada aks etishi lozim boʻlgan asosiy masalalar
Biznes-reja bank faoliyatining keyingi uch yili davomida oʻz maqsadlariga erishishi uchun uning faoliyat strategiyasini, faoliyatining yoʻnalishlari va koʻlamini, bank tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarni belgilovchi asosiy hujjat boʻlib, quyidagilarni baholash imkonini beradi:
a) bankning moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, prudensial normativlarni bajarish hamda banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish layoqatini;
b) bankning uzoq muddat davomida daromadli moliyaviy tashkilot sifatida faoliyat yuritish layoqatini;
v) bank tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni boshqarish tizimining monandligini.
Biznes-reja quyidagilarni inobatga olgan holda tuzilishi lozim:
1) hisob-kitob va prognozlar bank faoliyat koʻrsatadigan bozor segmentining real iqtisodiy holatlarini hisobga olgan holda tuzilgan boʻlishi kerak;
2) bank operatsiyalarining hudud yoki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga taʼsiri koʻrsatilgan boʻlishi kerak;
3) biznes-reja bankning yaqin uch yildagi daromadlilik prognozini aks ettirishi lozim;
4) taxminiy koʻrsatkichlar va prognozlar haqiqatga yaqin hamda sifatli, tasdiqlangan maʼlumotlar asosida tayyorlangan boʻlishi lozim;
5) bank kapitalining monandligi kapital monandligiga qoʻyilgan standartlarga mos boʻlishi hamda aktivlarning prognoz qilingan oʻsishini va bank faoliyatini tashkil etish bilan bogʻliq dastlabki xarajatlarni qoplashga yetarli boʻlishi kerak. Bu kapital darajasining bankni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq barcha xarajatlar va yoʻqotishlar chegirib tashlangandan keyin banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan miqdordan kam boʻlmasligi kerakligini anglatadi.
Biznes-reja quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
1) bankni tashkil etishning iqtisodiy asoslari va bank faoliyatining moliyaviy istiqbollari (budjet, prognoz qilingan: balans hisoboti, foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot, kapital monandligi);
2) bankning boshqaruv va ichki nazorat tizimining tuzilishi;
3) bankning kredit siyosati (kreditlarni ajratishda tavakkalchilikni baholash, ajratilgan kreditlar va boshqa turdagi barcha bank tavakkalchiliklarini uzliksiz nazorat qilish mexanizmlari, shuningdek bankning kredit siyosati bilan bogʻliq boshqa masalalar);
4) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida koʻriladigan choralar;
5) mijozlarni jalb qilish va mijozlar bazasini yaratish rejasi;
6) xodimlarni jalb qilish va kadrlar siyosatini amalga oshirish rejasi;
7) aktiv va passivlarni boshqarish rejasi;
8) bank faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa jihatlar.
Tashkil etilayotgan bank nomi va joylashgan joyini koʻrsating. Bank banklar guruhiga kiradimi, agar kirsa aynan qaysi guruhga kirishini koʻrsating.
Masʼul vakilning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning manzili va telefon raqamini koʻrsating.
Biznes-rejaning qisqacha mazmunini va uni tuzishdan maqsadni taqdim eting.
1.2. Bankni tashkil etishning maqsad va vazifalari
Bank maqsad va vazifalarni belgilashda oʻzining bank xizmatlari bozoridagi uzoq muddatdagi roli va oʻrnini aks ettirishi lozim.
1.3. Bank faoliyati
Bank faoliyati masalasini yoritishda, bank bozorga yoʻnaltirilgan boʻlishini, yaʼni oʻz faoliyatini respublikadagi siyosiy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilashini va oʻz raqobatchilarini toʻgʻri baholashini inobatga olish lozim. Muayyan bank operatsiyalarini amalga oshirishni taklif etayotganda, bank kelajakdagi mijozlar doirasini va ularning xususiyatlarini bilishi kerak.
Bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tasvirlab bering, ularning koʻlami, prognoz qilingan daromad hajmi va boshqa iqtisodiy koʻrsatkichlar, bozorning oʻsishi, foiz stavkalarini koʻrsatib bering. Aktiv va passivlar tarkibini yoriting. Prognoz qilingan balans hisobotlari hamda foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotlar aktiv va passivlardagi oʻzgarishlarni, har bir xizmat turining hajmini, mansabdor shaxslar va bank xodimlarining ish haqlari miqdorini aks ettirishi lozim.
Bozorda kutilayotgan oʻzgarishlar, ushbu oʻzgarishlarga taʼsir qiluvchi omillar va ularning bank faoliyatiga taʼsiri.
Moʻljallanayotgan kredit siyosatini (kredit ajratilishida tavakkalchilikni baholash mexanizmi, ajratilgan kreditlarni uzliksiz nazorat qilish mexanizmi, moʻljallanayotgan kredit siyosati bilan bogʻliq boshqa masalalar), depozit xizmatlari boʻyicha, shuningdek tashkil etilayotgan bank uchun ustuvor boʻlgan boshqa bank operatsiyalari boʻyicha siyosatlarni tasvirlab bering.
Kreditlar konsentratsiyasini yoritishda, bank kredit ajratishda oʻz mablagʻlarini hisobga olishi zarur, iqtisodiyotning aniq bir sektoriga, bitta qarz oluvchiga, oʻzaro daxldor qarz oluvchilar guruhiga yoki bankka aloqador boʻlgan shaxslarga kredit ajratishda muayyan cheklovlar oʻrnatilishini koʻrsatish lozim.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolining tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha koʻriladigan choralar tizimini taʼriflang.
Yangi bankni mustaqil tashqi audit bilan taʼminlashga doir rejalarni bayon qiling.
Ichki nazorat tizimi, shu jumladan ichki audit, risk menejment va komplayens-nazorati xizmati xodimlarining soni va shaxsiy tarkibi, audit, tavakkalchiliklarni boshqarish, tayinlash va mukofotlash boʻyicha qoʻmitalarning faoliyati, qoʻmitalarning son jihatdan tarkibi, prudensial normativlarga rioya qilish masalalari boʻyicha bank faoliyatini nazorat qilish qanday amalga oshirilishi, aktivlar sifati, kassadagi naqd pullar va hakozolarning saqlanishini va monitoring qilinishini taʼminlash hamda tekshiruv materiallari boʻyicha keyingi ishlar qay tartibda olib borilishi aks ettirilishi lozim.
Bankning oʻz majburiyatlarini bajara olish layoqatini taʼminlash maqsadida likvidlikni boshqarish siyosatini taʼriflang.
Bundan tashqari, bank tomonidan ehtimoliy zararlarni qoplash uchun zaxiralarning tashkil qilinishini yoritish, aktivlarning moʻljallangan tasnifini koʻrsatish lozim.
Qaysi siyosatlar va tartib-taomillar qanday muddatlarda ishlab chiqilishini koʻrsatish kerak.
Bank faoliyatini bino, ofis va bank jihozlari, transport vositalari bilan taʼminlash, shuningdek xavfsizlik tizimi bilan taʼminlash, jumladan axborotlardan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qiladigan dasturiy vositalar, yongʻin xavfsizligi tizimi bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni koʻrsating.
1.4. Bozor tahlili va marketing
Rejalashtirilayotgan marketing faoliyati prognoz qilingan bozor ulushini qanday taʼminlab berishini aks ettirish lozim. Iqtisodiy koʻrsatkichlar va moliyaviy bozorlarni tavsiflovchi koʻrsatkichlar rivojlanish dinamikasining faoliyatning asosiy yoʻnalishlariga, shu jumladan asosiy bank mahsulotlari va xizmatlariga hamda hududlardagi ishchanlik faolligini oshirishga taʼsirini baholang, bank operatsiyalarining hudud yoki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga taʼsirini taʼriflang. Xususan, quyidagilarning tavsifini taqdim qiling:
1) bank tizimining xususiyatlari;
2) bankning faoliyati bank va moliyaviy xizmatlar bozorining qaysi maqsadli segmentlariga qaratiladi, bank faoliyat koʻrsatishi moʻljallanayotgan bozor hududi, taxmin qilinayotgan rivojlanish dinamikasi, bozorni egallash uchun imkoniyatlar va cheklovlar;
3) bank operatsiyalarining hudud yoki mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga taʼsiri;
4) bozorda sifat, narx, xizmat koʻrsatish va hokazolar boʻyicha mahsulot va xizmatlarni farqlashga qaratilgan bank rejalari, tarqatish, targʻib qilish va reklamaga doir rejalari, narx-navo siyosati (talab yoki xarajatlar asosida tariflarni belgilash, shu jumladan kelajakda rejalashtirilgan tariflar darajasi), mijozlarga xizmat koʻrsatish, geografik kengaytirish (ichki bozorda, chet elda), bank xizmatlari bozoridagi ulushni egallash uchun tadbirlar.
5) ularning va oʻzingizning kuchli va zaif tomonlaringizni obyektiv baholagan holda hozirgi va kelajakdagi ehtimoliy raqobatchilar, ular orasida bank qanday oʻrinni egallamoqchiligi, bozorda bank paydo boʻlishiga ularning munosabati, qanday qilib bank muvoffaqiyatga erishmoqchi?
1.5. IT infratuzilma
Bankning taklif qilinayotgan IT infratuzilmasining asosiy yoʻnalishlarini koʻrsating. Mijozlarga xizmat koʻrsatish va operatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoniga bank qanaqa texnologik yechimlarni joriy qilishni koʻzlamoqda. Xususan, mijozlarga masofadan turib bank xizmatlarini koʻrsatishda kanday innovatsion texnologiyalar va dasturiy taʼminotlardan foydalanish rejalashtirilganligini va bu infratuzilmani ishlab chiqish qanday amalga oshirilishini taʼriflang.
1.6. Rahbariyat va boshqaruv
Bankning tashkiliy tuzilmasini, bankning boshqaruv organlari oʻrtasida boshqaruv funksiyalarining taqsimlanish tamoyillarini hamda boshqaruv raisi va boshqaruv aʼzolarining majburiyat doiralarini, shu jumladan tarkibiy boʻlinmalarning hisobdorligi va vazifalarini tavsiflang. Bankning har bir faoliyat turi uchun bank rahbariyati aʼzolarining masʼuliyati, ularning vakolatlari (masalan, kreditlar berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish masalasida), faoliyatning barcha yoʻnalishlari boʻyicha doimiy ravishda tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi aniq bayon yetilishi lozim.
Bankning koʻzda tutilayotgan faoliyati uchun zarur boʻlgan moʻljallangan shtat jadvali (tarkibiy tuzilmalardagi xodimlarning rejalashtirilgan soni), kadrlarni jalb qilish va bankning kadrlar siyosatini amalga oshirish rejasi, xodimlarni jalb qilish va saqlab qolish, koʻzda tutilgan mukofotlar va boshqa ragʻbatlantirishlarni hisobga olgan holda xodimlarning ish haqini toʻlash rejalari, xodimlarga qilinadigan umumiy xarajatlar smetasining prognozini koʻrsating. Bankning tashkiliy tuzilmasi bankning barcha darajalari orasida axborot tarqatilishi mexanizmlarini oʻz ichiga olishi kerak, yaʼni bankning kuzatuv kengashi, boshqaruvi va qoʻmitalar majlislari hamda rahbariyatning boshqa majlislari yoki yigʻilishlari qanchalik tez-tez oʻtkazilishi rejalashtiriladi, qanday maʼlumotlar, qanday davriylik bilan bankning kuzatuv kengashi va boshqa boshqaruv organlariga taqdim etiladi.
Bankning kuzatuv kengashi hamda boshqaruvi raisi va boshqa muhim ahamiyatga ega xodimlari lavozimiga taklif etilayotgan nomzodlarni, shuningdek, ushbu lavozimga qabul qilinayotgan rahbarlar egallashi lozim boʻlgan sifatlarni sanab oʻting. Bank tomonidan qoʻyilgan maqsadlarga erishishi uchun ular egallashi lozim boʻlgan asosiy mezonlarni koʻrsating.
Muhim tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun oʻrnatilgan asosiy mezonlarni, ularni tasdiqlash tartibini bayon yeting. Bankning dastlabki uch yillik faoliyati davomida xodimlarning rejalashtirilgan oʻsish surʼatlarini tavsiflang.
Bankning korporativ boshqaruv tamoyillarini kengaytirish va saqlash boʻyicha siyosati, ushbu masala qanday ichki meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
1.7. Kapitallashtirish
Hal qiluvchi egalikka ega boʻladigan yoki nazoratni amalga oshiradigan asosiy muassislarni (aksiyadorlarni), muassislar oʻrtasidagi aloqa xususiyatini, balans taqdim etilgan sanadagi maʼlumotlarni qoʻshgan holda muassislarning faoliyatining oxirgi uch yili davomidagi moliyaviy holatini, faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, rahbarlari (kuzatuv kengashi va boshqaruv / ijro etuvchi organ aʼzolari) haqidagi maʼlumotlarni koʻrsating.
Agar bank banklar guruhi tarkibiga kirsa, banklar guruhining moliyaviy holati haqidagi maʼlumotlar.
Muassislarning (aksiyadorlarning) zarur hollarda qoʻshimcha kapital bilan taʼminlay olishi boʻyicha moliyaviy imkoniyatlari. Har bir muassis ulushining bank tomonidan chiqariladigan aksiyalar umumiy hajmiga foizdagi nisbatini koʻrsating.
Kapitalning taxmin qilinayotgan tarkibi, bank kapitalni qanday saqlab qolishni rejalashtirayotganligini bayon eting, bankning koʻzda tutilayotgan yoʻnalishi va asosiy amaliyotlarini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining meʼyoriy hujjatlariga muvofiq aktivlarning darajasi boʻyicha riskka tortilganligini inobatga olib, prognoz qilinayotgan kapital monandligiga baho bering, kapital monandligi boʻyicha oʻrnatilgan prudensial normativlarning bajarilishini taʼminlash qanday rejalashtirilmoqda. Chiqarilayotgan aksiyalar sonini koʻrsating.
1.2. Agar familiya, ism yoki ota ismingizni oʻzgartirgan boʻlsangiz, oʻzgartirish vaqti va sababini, shuningdek avvalgi familiyangiz (familiyalaringiz), ismingiz (ismlaringiz) yoki ota ismingizni (ota ismlaringizni) koʻrsating.
Avvalgi familiya, ism va ota ismingiz
Oʻzgartirish vaqti
Oʻzgartirish sababi
1.3. Tugʻilgan sana (kun, oy, yil) ________________________________________________________________________________________________________________
1.4. Tugʻilgan joy (shahar/tuman, viloyat, mamlakat) ________________________________________________________________________________________________
1.5. Fuqarolik (koʻp fuqarolik mavjud boʻlsa hammasini koʻrsating) _________________________________________________________________________________
Ushbu fuqarolik qanday olinganligini koʻrsating: tugʻilgan joy boʻyicha, nikohdan oʻtgandan keyin, boshqa sabablarga koʻra-tushuntirish bering ______________________________________________
1.6. Pasport: seriyasi _____ raqami __________ kim tomonidan berilgani ___________________ berilgan sanasi _____________ (koʻp fuqarolik mavjud boʻlsa barcha pasportlar maʼlumotlarini koʻrsating)
1.7. Propiska joyi (hujjatlarga muvofiq yashash joyi) ____________________________________________________________________________________________
1.8. Yashash joyi (amaldagi yashash joyi) __________________________________________________________________________________________________________
1.9. Telefon raqamlari (uyali, uy) _______________________________________________________________________________________________________________
1.10. Xizmat manzili, telefon raqami, faks, elektron pochtasi _____________________________________________________________________________________
1.11. Maʼlumoti ___________________________________________________________________________________ (oliy, tugallanmagan oliy, oʻrta maxsus, oʻrta)
Oʻquv muassasasi nomi
Joylashgan yeri
Fakulteti yeki boʻlinmasi
Kirgan va tamomlagan yili
Olingan diplomiga muvofiq mutaxassisligi
1.12. Kasbiy faoliyati (mehnat faoliyatining boshlanishidan)
Ishga qabul qilingan sanasi
(oyi, yili)
Ishdan boʻshagan sanasi
(oyi, yili)
Muassasa nomi
Joylashgan yeri
Egallab turgan lavozimi
Boʻshash sababi
1.13. Sizga nisbatan yoki hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) va (yoki) mansabdor shaxs (kuzatuv kengashi aʼzosi, ijro etuvchi organ aʼzosi, bosh buxgalter yoki moliyaviy boshqaruvchi, direktor v.x.) sifatida Siz bilan aloqador boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan qachondir kalendar davlatda:
- maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun ayblov eʼlon qilinganmi, shu jumladan ish tugatilgan yoki ayblov olib tashlangan holatlarda (ha / yoʻq) ______________
- jinoyatlar sodir etganlik uchun jinoyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq ayblov eʼlon qilinganmi, shu jumladan jinoyat ishi tugatilgan, oqlov hukmi chiqarilgan va jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holatlarda (ha / yoʻq) ____________________________
Agar ha boʻlsa, huquqni muhofaza qiluvchi organ nomini koʻrsatgan xolda huquqni muhofaza qiluvchi organning ayblovi, hukmi, xar qanday davlat organining ayblovi yoki koʻllagan intizomiy jazo choralari, sud muhokamalarining natijalari va qarorlari (shu jumladan, ish tugatilgan, ayblov olib tashlangan, oqlov hukmi chiqarilgan yoki jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan holatlarda) haqida batafsil maʼlumot bering: ___________________________________________
1.14. Sizda tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik holatlari mavjudmi?
Agar mavjud boʻlsa, tushuntirish bering: _________________________________________
Sizga nisbatan muayyan kasbiy faoliyat bilan shugʻullanishni taqiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganmi? Agar ha boʻlsa, tushuntirish bering: ________________________________________
Anketaga ushbu bandda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiling.
1.15. Hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) va (yoki) mansabdor shaxs (kuzatuv kengashi aʼzosi, ijro etuvchi organi aʼzosi, bosh buxgalter yoki moliyaviy boshqaruvchi, direktor v.x.) sifatida Siz bilan aloqador boʻlgan, majburiy tartibda bankrot deb topilgan yoki majburiy tutatish jarayonidagi xar bir yuridik shaxsni koʻrsating: __________________________________
Siz bilan aloqador boʻlgan va bankrotlik, majburiy tugatish holatiga qoʻyilgan yuridik shaxsda Sizning hal qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) va (yoki) mansabdor shaxs sifatidagi rolingiz va masʼul boʻlgan sohalaringiz toʻgʻrisida batafsil asoslantirilgan maʼlumot bering: ________________________________________________
1.16. Sizga nisbatan yoki xat qiluvchi egalikka ega boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) va (yoki) mansabdor shaxs (kuzatuv kengashi aʼzosi, ijro etuvchi organ aʼzosi, bosh buxgalter yoki moliyaviy boshqaruvchi, direktor v.x.) sifatida Siz bilan aloqador boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan davlat yoki nazorat organlari tomonidan tergov ishlari amalga oshirilganmi? Agar ha boʻlsa. tushuntirish bering: ________________________________________________
1.17. Ayni vaqtda sizga nisbatan surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi olib borilmoqdami? Agar ha boʻlsa. tushuntirish bering: ______________________________
Anketaga ushbu bandda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qiling.
1.18. Chet davlatning vakolatli organi tomonidan Sizni bank aksiyadori sifatida baholash amalga oshirilganmi? Agar ha boʻlsa, anketaga tegishli organ qarorini (xulosasini) ilova qiling.
1.19. Ilgari vakolatli organlar tomonidan Sizga nisbatan ustav fondiga (ustav kapitaliga) egalik qilishni cheklovchi sanksiyalar qoʻllanilganmi? Agar va boʻlsa, tushuntirish bering: ________________________________________________________________________________________________________
2.1. Qaysidir shaxsning oldida kredit qarzdorligi (boshqa majburiyatlar) mavjud boʻlsa, xar bir qarzdorlik (majburiyat) boʻyicha tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan xolda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsating:
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Bank rahbarligiga nomzodning
ANKETASI
1. Umumiy maʼlumotlar
1.1.
Lavozim toʻgʻrisidagi maʼlumot
Bank nomi
Nomzod tavsiya etilayotgan lavozim
1.2.
F.I.Sh.
Familiyasi
Ismi
Sharifi
1.3.
Avvalgi F.I.Sh.
Familiyasi
Ismi
Sharifi
Oʻzgargan sanasi
Oʻzgarish sababi
1.4.
Amaldagi yashash joyi
Manzili
Shahar / tuman
Viloyat
Mamlakat
Ushbu manzilda yashay boshlagan sana
1.5.
Doimiy yashash joyi
Manzili
Shahar tuman
Viloyat
Mamlakat
Ushbu manzil boʻyicha roʻyxatga olingan sana
1.6.
Pasport maʼlumotlari (bir necha fuqarolik mavjud boʻlganda barcha pasportlarning maʼlumotlarini koʻrsating)
Pasport seriyasi va raqami
Berilgan sana
Amal qilish muddati
Bergan mamlakat
Bergan organ
1.7.
Boshqa maʼlumotlar
Tugʻilgan vaqti (kun, oy, yil)
Tugʻilgan joyi (shahar, mamlakat)
Fuqaroligi (bir necha fuqarolik mavjud boʻlganda barchasini koʻrsating)
1.8.
Bogʻlanish uchun maʼlumotlar
Mobil telefon raqami
Xizmat telefoni raqami
Elektron pochta manzili
2. Ishchanlik obroʻsi
2.1.
Sizda iqtisodiyot sohasida, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar yoxud jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun muddati oʻtmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik holati mavjudmi?
□ HA
□ YOʻQ
Agar ha boʻlsa, toʻliq tushuntirish bering.
2.2.
Siz yuridik shaxsning litsenziyasi chaqirib olinishi va (yoki) unda vaqtinchalik boshqaruv rejimi joriy qilinishiga, shuningdek uning oʻzingiz masʼul boʻlgan faoliyat yoʻnalishlarida moliyaviy va (yoki) maʼmuriy muammolar yuzaga kelishiga olib kelgan harakatlar uchun masʼul boʻlganmisiz?
□ HA
□ YOʻQ
Agar ha boʻlsa, toʻliq tushuntirish bering.
2.3.
Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organining talabiga koʻra egallab turgan lavozimingizdan chetlatilganmisiz yoxud vakolatlaringiz muddatidan oldin tugatilganmi?
□ XA
□ YOʻK
Agar ha boʻlsa, toʻliq tushuntirish bering.
2.4.
Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organi tomonidan Sizning nomzodingizni rahbarlik lavozimiga kelishib olish (tayinlash, tasdiqlash) rad etilganmi?
□ HA
□ YOʻK
Agar ha boʻlsa, quyidagi maʼlumotlarni taqdim eting:
a) baholashni oʻtkazgan vakolatli organ nomi:
b) bank nomi:
v) qaysi lavozimga baholangansiz:
g) baholash oʻtkazilgan sana:
d) kuyidagi mezonlardan qaysi biri asosida Sizga kelishib olishga (tayinlashga, tasdiqlashga) rad etilgan (agar bir necha mezonga asosan rad etilgan boʻlsa, barchasini koʻrsating):
□ ishchanlik obroʻsi:
□ malaka, bilim va koʻnikmalar;
□ mulohazaning mustaqilligi;
□ vaqtning yetarliligi;
□ jamoaviy yaroqlilik;
□ boshqa mezonga asosan (mezonni koʻrsating):
Ushbu holatga aloqador boʻlgan boshqa xar qanday maʼlumotni koʻrsating.
2.5.
Sizning rahbarlik lavozimiga kelishib olinganligingiz (tayinlanganligingiz, tasdiqlanganligingiz) Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organi tomonidan chaqirib olinganmi?
□ HA
□ YOʻQ
Agar ha boʻlsa, toʻliq tushuntirish bering.
2.6.
Lavozimga kirishishdan oldin Markaziy bank yoki chet davlat vakolatli organining kelishib olinishi (tayinlanishi, tasdiqlanishi) talab qilinadigan rahbarlik lavozimiga bunday kelishib olishsiz (tayinlanishsiz, tasdiqlanishsiz) kirishganmisiz?
□ HA
□ YOʻK
Agar ha boʻlsa, toʻliq tushuntirish bering.
2.7.
Yuridik shaxsda yoki uning alohida boʻlinmasida rahbar sifatida ushbu yuridik shaxs yoki uning alohida boʻlinmasiga zarar yetkazgan xolda shaxsiy yoki guruh manfaatlarini koʻzlab qarorlar qabul qilganmisiz yoxud bunday qaror qabul qilishda ishtirok etganmisiz?