1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PF-6033-son “Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasini tartibga solish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 67 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlik direktoriga, zarur hollarda, Agentlik tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Agentlik Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi hamda Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Agentlik respublika davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
Agentlik xodimlariga nisbatan, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi saqlanib qolinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
3. Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan har yili ajratiladigan subsidiyalar;
alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar sof tushumining besh foizi miqdoridagi ajratmalar (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-iyuldagi PF-6029-son Farmoniga asosan ushbu ajratma miqdori 2020-yil 31-dekabrgacha uch foiz qilib belgilanganligi inobatga olingan holda);
Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” va “Uzumchilik oʻquv markazi” davlat unitar korxonalarining sof foydasidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ajratmalar;
alkogol va tamaki mahsulotlarini noqonuniy ishlab chiqarganlik yoki etil spirti hamda alkogol mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi uchun toʻlanadigan jarima summasining 50 foizi;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanadigan korxonalar tomonidan litsenziya talablari buzilganligi uchun tayinlanadigan jarimalar;
tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik uchun davlat boji, shuningdek isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishga, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosini amalga oshirishga litsenziyalar berish uchun toʻlanadigan yigʻimlar va yillik litsenziya toʻlovlari;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining kreditlari (qarz mablagʻlari) va grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilab qoʻyilsinki, mazkur bandning uchinchi xatboshisi 2022-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
5. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Agentlikning texnik navli uzumzorlar va vinochilik sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks maqsadli dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan uzum koʻchatlarini xarid qilish, uzumning seleksiya navlarini yaratish va ularni ekishni tashkillashtirish bilan bogʻliq vazifalarining samarali bajarilishi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
suv tejovchi, shu jumladan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etishga qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda subsidiyalar berish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.01.00 Asosiy qoidalar]
sanoatbop tokzorlarda irrigatsiya tadbirlarini oʻtkazish, jumladan suv yetkazib berish, artezian quduqlar, quvurlar va rezervuarlar barpo etish, suv yetkazib berish uchun nasos va quvurlar, suv saqlash uchun sigʻimlar sotib olish;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.12.00 Qarz]
texnik navli uzum plantatsiyalarini yaratish hamda uzum, mevalar va rezavorlardan alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasining 50 foizidan oshmaydigan foiz stavkasi boʻyicha qarz berish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizli punktgacha chegirgan holda tijorat banklariga kredit resurslarini berish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv koʻchatlar hamda payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
mahalliy sharoitda tok oʻsimligi toʻqimalaridan (meristema hujayra) “In vitro” usulida yetishtirilgan tok koʻchatlarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar ajratish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
umumiy qiymatining kamida 15 foizi loyiha tashabbuskori tomonidan moliyalashtiriladigan texnik navli uzumchilik yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha boʻlgʻusi hosil, tokzor va (yoki) yer uchastkasiga boʻlgan huquqni garovga olgan holda kafillik taqdim etish;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
texnik navli uzum koʻchatlarini shpaleraga koʻtarish uchun subsidiyalar ajratish;
vinochilik sohasidagi xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, uzum yetishtiruvchilarni, Agentlik va vinochilik korxonalari xodimlarini, shu jumladan xorijda, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Koʻrgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
mahalliy alkogol, shu jumladan vino mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha festivallar, koʻrgazmalar va yarmarkalar tashkil etish, alkogol sohasi korxonalarining, shu jumladan xorijda oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishiga koʻmaklashish hamda ularning bunday tadbirlardagi ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
sanoatbop uzumchilik va vinochilik, yangi turdagi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va marketingda “nou-xau” bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy loyihalarni moliyalashtirish;
texnik navli uzumlarning onalik maydonlari va kolleksiya uchastkalari, koʻchatxona (pitomnik)lar barpo etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
kolleksion vino va konyak distillyati mahsulotlarini zaxiraga qoʻyish.
Agentlik va uning idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, uning markaziy apparatini taʼminlash, shu jumladan Agentlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish, xususan ustamalar toʻlash, shuningdek Agentlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tadbirlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi toʻgʻrisidagi nizomni;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
7. Belgilansinki, isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki tugatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2020 — 2024-yillarda sanoatbop tokzorlar barpo etish va qayta ishlash uchun xom ashyo yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2024-yillarda tokzorlarda resurs tejamkor, zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etish va suv resurslari bilan taʼminlash prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.04.00 Iqtisod sohalarini moliyalashtirish. Investitsiyalash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2020 — 2022-yillarda tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati hamda tarmoq korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish grafigini tasdiqlasin.
9. Belgilansinki, Agentlik quyidagilarni 2021-yil 1-yanvarga qadar amalga oshirishga masʼul hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan birgalikda xalqaro standartlar va talablarni inobatga olgan holda isteʼmol va texnik etil spirtini hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha texnologik reglamentni ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish hamda uzumzorlarning yagona reyestri axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — hisobga olish axborot tizimi) quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
2021-yil 1-yanvargacha isteʼmol va texnik etil spirti ishlab chiqaruvchilar hamda 2022-yil 1-yanvargacha alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mulkdorlarining oʻz mablagʻlari hisobidan isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini va hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish. Bunda oʻlchov uskunalari hamda boshqa hisobga olish va qayd etish vositalariga texnik talablar Agentlik tomonidan belgilanadi;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.05.00 Bojxona rejimi]
hisobga olish axborot tizimini oʻzaro axborot almashinuvini oʻrnatish uchun moliya, iqtisodiyot organlari, shuningdek soliq va bojxona xizmatlari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;
isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarining barcha ishlab chiqaruvchilarini, alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalarni hisobga olish axborot tizimiga ulash;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
v) isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish boʻyicha “tahlika-tahlil” tizimini joriy etish.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
hisobga olish axborot tizimini ishlab chiqish hamda ushbu tizim ishlashi uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha ishlar Jamgʻarma hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda moliyalashtiriladi;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.22.00 Oziq-ovqat sanoati / 09.10.22.01 Alkogol va tamaki mahsulotlari]
hisobga olish axborot tizimini joriy etish va unda ishlash isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar hamda alkogol va tamaki mahsulotlarining savdosi bilan shugʻullanuvchi korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Agentlikni zarur aloqa, shu jumladan hukumat aloqasi bilan va keng polosali Internet tarmogʻiga ulanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
12. “Oʻzstandart” agentligi va Agentlik:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.05.00 Mahsulot sifati. Standartlashtirish. Sertifikatlashtirish. Metrologiya. Tovarlar markirovkasi. Aksizlar (shuningdek, 09.07.00.00ga qarang)]
Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-sentabrga qadar texnik etil spirtini ishlab chiqarish yagona davlat standartini ishlab chiqsin va joriy etsin;
2021-yil 1-iyulga qadar Agentlik huzuridagi “Enologiya laboratoriyasi” DUKni xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtkazishni tashkil etsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va “Oʻzstandart” agentligi isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda ularning haqiqiy aylanmasi hajmlarini monitoring qilish, ularni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xomashyo va yordamchi materiallar sifatini, shuningdek litsenziya talablariga rioya etilishini nazorat qilishda Agentlikka yaqindan koʻmaklashsin.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy manzilida joylashgan Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi va Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining bino va inshootlarini jihozlari va tashkiliy texnikasi bilan birga Agentlikning operativ boshqaruviga berilishini, shuningdek tugatish jarayoni yakunlanganidan keyin ularning qolgan pul mablagʻlari va asosiy vositalarini Agentlikka oʻtkazilishini taʼminlasin.
15. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 23-iyul,
PQ-4787-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 1-ILOVA
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 67 nafar
*Shtat birliklari soni ishlab chiqarish xodimlari uchun nazarda tutilgan normativlar boʻyicha belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 2-ILOVA
Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek noqonuniy mahsulotlar ishlab chiqarish va aylanmasini nazorat qilishni kuchaytirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yoʻnalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) chakana realizatsiya qilingan tabiiy vino (qadoqlangandan tashqari) mahsulotlariga nol darajali stavka boʻyicha aksiz soligʻi solish tartibini belgilash.
Qonun loyihasi
2020-yil 1-dekabr
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akkulov)
2.
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasini cheklanmagan muddatga berish, shuningdek, avval rasmiylashtirilgan ruxsat guvohnomalarini qayta rasmiylashtirishni bir ish kunida amalga oshirish tizimini joriy etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining qarori loyihalari
2020-yil 1-sentabr
DSQ (Sh. Kudbiyev)
3.
Alkogol mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2021-yil 1-yanvardan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar toifasiga oʻtkazish.
Qonun loyihasi
2020-yil 1-dekabr
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev)
4.
Noqonuniy olib kirilgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini aniqlash boʻyicha jamoatchilik nazoratini taʼminlovchi maxsus dasturiy (mobil) ilovani joriy etish.
Raqamli markirovkalash boʻyicha tajriba loyihasi natijasi bilan tashkiliy tadbirlar
Mahalliy koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari namunalarini jamoat joylarida tekin tarqatishni istisno etgan holda, ularning reklamasiga ruxsat berish tartibini joriy etish.
Qonun loyihasi
2020-yil 15-sentabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)
6.
Xalqaro tajribani oʻrgangan holda uzum, meva va rezavorlardan tayyorlangan alkogol mahsulotlarini shishadan boshqa qadoqlarda ishlab chiqarish tartibini joriy etish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-noyabr
Agentlik, “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)
7.
Xalqaro ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etgan holda etil spirti ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan bugʻdoy meʼyorini qayta tasdiqlash hamda ularni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplash.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1 dekabr
Agentlik, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Toshkent kimyo-texnologiya instituti
8.
Chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalarida alkogol va tamaki mahsulotlarining nazorat xaridini amalga oshirish, shuningdek, ularni vakolatli organlar bilan sifat va standart nazoratidan oʻtkazish maqsadida ekspertizadan oʻtkazish va mazkur xarajatlarni Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan qoplash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-oktabr
Agentlik, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
9.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi qonun talablariga asosan etil spirti va alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishda litsenziya talab va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qoʻpol ravishda buzish holatlarining aniq mezonlarini belgilash.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
2020-yil 1-sentabr
Agentlik
10.
Xalqaro yoʻnalishdagi aeroport va temir yoʻl vokzallarida kamida 70 kv. metrdan iborat mahalliy tabiiy vino chakana savdosiga ixtisoslashgan savdo nuqtalari (“Duty free” andozasida) ochish uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga joy ajratish choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil 1-sentabr
Transport vazirligi (E. Ganiyev)
11.
Isteʼmol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda oʻlchov uskunalarini hamda hisobga olish axborot tizimiga axborot uzatuvchi boshqa hisobga olish va qayd etish vositalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-oktabr
Agentlik, Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov)
12.
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan hamda respublikadagi mavjud isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy uskunalarini majburiy roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, uning mulkdorlarini Agentlikda roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda uskunalarni identifikatsiya kodlari orqali markirovkalash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-oktabr
Agentlik, Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)
13.
Yangi turdagi hamda shishadan boshqa qadoqdagi alkogol mahsulotlar uchun aksiz soligʻini hisoblash hamda aksiz markalari bilan markalash tartibini ishlab chiqish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2020-yil 1-oktabr
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), DSQ (Sh. Kudbiyev), Agentlik
14.
Alkogol mahsulotlarini qadoqlashda foydalanilgan shisha qadoqlarni qayta ishlash va ularni utilizatsiya qilishni ragʻbatlantirish tizimini joriy etish boʻyicha taklif kiritish.
Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish
2020-yil 1-dekabr
Agentlik, “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)
15.
Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan alkogol mahsulotlarining importi bilan shugʻullanuvchi korxonalarga ulgurji savdo faoliyati uchun ilgari berilgan litsenziyalar asosida 2020-yil 1-avgustga qadar yangi litsenziya talablarini hisobga olgan holda ularni qayta rasmiylashtirilishi sharti bilan alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi boʻyicha faoliyat yuritishiga ruxsat berish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
Bir hafta muddatda
Agentlik
16.
2021-yil 1-yanvardan boshlab, etil spirti narxini davlat tomonidan tartibga solishni bekor qilish, shuningdek, etil spirtini realizatsiya qilish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
2020-yil 1-oktabr
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Agentlik
17.
2022-yil 1-yanvardan boshlab alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirishda Alkogol mahsulotlarini roʻyxatdan oʻtkazilgan (patentlangan) tovar belgilarining mavjudligi boʻyicha litsenziya talabini joriy etish.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
2020-yil 1-noyabr
Agentlik
18.
Agentlikning Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan:
etil spirti ishlab chiqaruvchi korxonalarning oʻlchov uskunalarini xarid qilish hamda oʻrnatish boʻyicha xarajatlari uchun bir yil muddatga qaytarish va maqsadli foydalanish shartlari bilan ssudalar ajratish;
hisobga olish axborot tizimidan foydalanish hamda uni kelgusida takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2020-yil 1-sentabr
Agentlik
19.
Mahalliy alkogol mahsulotlari eksport hajmlarini oshirish, jumladan tayyor va xom ashyo mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasi bozoriga imtiyozli asosda kirishini taʼminlash choralarini koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar, muzokaralar
Doimiy ravishda
Agentlik, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (B. Abidov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (F. Arziyev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-iyuldagi PQ-4787-son qaroriga 3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi
1.
Oʻ.I. Barnoyev
—
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri oʻrinbosari, Komissiya raisi
2.
A.J. Ortikov
—
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari
3.
B.S. Hamroyev
—
Markaziy bank raisining oʻrinbosari
4.
Sh.J. Raximov
—
Bosh prokuror oʻrinbosari
5.
M.M. Mirzayev
—
Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
6.
Lavozimi boʻyicha
—
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori
7.
D.F. Raximov
—
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi
8.
D.N. Sattarov
—
“Oʻzstandart” agentligining bosh direktori
9.
Lavozimi boʻyicha
—
Vazirlar Mahkamasi xodimi, komissiya masʼul kotibi
10.
Lavozimi boʻyicha
—
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining oʻrinbosari, komissiya masʼul kotibi
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.