

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4906222" id="onLBC-4906222">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6890"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilgʻi sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va koʻmir sanoati)]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4906222" id="onLS-4906222">[<b>TSZ:</b><div id="LS3739"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Iqtisodiyot / Sanoat]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4911385" id="-4911385">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4911386" id="-4911386">qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4911387" id="-4911387">Taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4911389" id="-4911389"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911390" id="-4911390">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi PQ-4388-son <a href="/mact/-4410278">karori</a> ijrosini taʼminlash, qazib olinishi murakkab va kam zaxiralarga ega boʻlgan konlardan uglevodorodlarni qazib olish hajmlarini koʻpaytirish orqali iqtisodiyot va aholini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash choralarini amalga oshirish maksadida Vazirlar Mahkamasi karor kiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911391" id="-4911391">1. Neft-gaz sohasidagi xalqaro amaliyotga muvofiq murakkab yoki kam zaxiralarga ega va qazib olish ishlarining tannarxi yuqori boʻlgan konlarda uglevodorodlar yer qaʼridan foydalanuvchilar hamda qoida tariqasida, uglevodorodlar qazib olish sohasida servis xizmatlari koʻrsatishga ixtisoslashgan kompaniyalar (keyin oʻrinlarda — pudratchi) oʻrtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar asosida kazib olinishi maʼlumot uchun kabul qilinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911392" id="-4911392">2. Belgilansinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911393" id="-4911393">ushbu qarorda belgilangan taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar asosida uglevodorodlarni qazib olish mexanizmi ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 va undan ortiq foizni tashkil qiladigan davlat korxonalari va yuridik shaxslarga, shuningdek, davlat ulushi 50 hamda undan ortik foizni tashkil qiladigan yuridik shaxsga (keyingi oʻrinlarda — yer kaʼridan foydalanuvchi) ustav fondining (kapitalining) 50 va undan ortiq foizi tegishli boʻlgan yuridik shaxslarga tatbiq etiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911394" id="-4911394">taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlar (keyingi oʻrinlarda — kontrakt) asosida pudratchilarni jalb etgan holda, uglevodorodlar qazib olishni koʻpaytirish nazarda tutilgan konlar roʻyxati yer kaʼridan foydalanuvchilarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan muntazam ravishda shakllantiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911395" id="-4911395">kontrakt uglevodorodlarning koʻpaytirilgan hajmlaridan tanlov asosida aniqlangan pudratchining sarf-xarajatlarini qoplanishi sifatida ulushning va pudratchiga beriladigan mukofotning bir qismiga ega boʻlish huquqini belgilagan holda, pudratchi tomonidan uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish ishlarini (xizmatlarini) oʻz hisobidan hamda oʻz tavakkalchiligi asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi pudrat shartnomasini ifoda etadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911396" id="-4911396">uglevodorodlarning koʻpaytirilgan hajmi qazib olinadigan haqikiy hajm va hisoblab chiqilgan asosiy (bazaviy) qazib olish hajmi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911397" id="-4911397">tanlov hujjatlariga texnik talablarni belgilash uchun hisoblab chikilgan asosiy (bazaviy) qazib olish hajmi yer kaʼridan foydalanuvchi tomonidan har bir qudukni baholash yoʻli bilan tegishli konlar boʻyicha ishlab chiqiladigan texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirishning boshlangʻich shartlari sifatida belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911398" id="-4911398">uglevodorodlar qazib olishning koʻpaytirilgan hajmida pudratchi ulushining miqdori yer qaʼridan foydalanuvchining ushbu ulushga nisbatan, shu jumladan soliqlar bilan bogʻliq sarf-xarajatlarini koplash hisobga olingan holda, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi va kontraktda koʻrsatiladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911399" id="-4911399">pudratchiga kontrakt boʻyicha tegishli boʻlgan neft va gaz kondensatining ulushi ichki bozorda xom ashyo sifatida kontrakt asosida sotilishi yoki keyinchalik ularni kayta ishlashdan olingan mahsulotlarni ichki bozorda sotish yoki eksport qilish uchun Uzbekiston Respublikasi hududida mahsulotni qaytarib berish asosida qayta ishlanishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911402" id="-4911402">pudratchiga kontrakt boʻyicha tegishli boʻlgan tabiiy gaz ulushi kontrakt asosida ichki bozorda sotiladi, shuningdek, qisman pudratchining ehtiyojlari uchun ishlatilishi mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911404" id="-4911404">kayta ishlash quvvatlarida neft, gaz kondensati va tabiiy gazni qayta ishlash, tabiiy gazni respublika gaz-transport tizimi orqali yetkazib berish xizmatlarining narxlari neft va gazni qayta ishlash, gaz-transport tashkilotlari va pudratchi oʻrtasidagi kontrakt asosida belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911406" id="-4911406">xorijiy pudratchi uglevodorodlarni, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududida qayta ishlangan hollarda esa — kayta ishlangan mahsulotlarni sotishdan tushgan milliy valyutadagi daromaddan ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani sotib olish uchun foydalanish va keyinchalik xorijiy valyutada sotib olingan mablagʻlarni xorijdagi oʻz hisobraqamiga oʻtkazish huquqiga ega;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911408" id="-4911408">pudratchi yer qaʼridan foydalanuvchining yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish, neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini, shuningdek, yer va kon ajratmalarini qazib olish, qayta ishlash hamda sotish huqukini beradigan mavjud litsenziyalari asosida qazib olish tadbirlarini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911409" id="-4911409">pudratchi tomonidan kontrakt boʻyicha amalga oshirilgan ishlar davomida olgan barcha geologik maʼlumotlar belgilangan tartibda yer kaʼridan foydalanuvchiga bepul berilishi kerak;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911410" id="-4911410">kontraktni amalga oshirishda barcha geologik, texnologik, texnik va moliyaviy tavakkalchiliklar pudratchi sarflagan xarajatlarni yer qaʼridan foydalanuvchi va davlat tomonidan koplab berish majburiyatlarisiz pudratchining zimmasida boʻladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911411" id="-4911411">kontraktlar bir yoki bir nechta konlar boʻyicha 10 yilgacha boʻlgan muddatga, yer kaʼridan foydalanuvchi hamda pudratchining oʻzaro kelishuviga koʻra koʻshimcha 5 yil gacha uzaytirish imkoniyati bilan tuzilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911414" id="-4911414">3. Belgilab qoʻyilsinki:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911415" id="-4911415">yer qaʼridan foydalanuvchi pudratchini tanlash boʻyicha tanlov savdolarini oʻtkazishda korporativ buyurtmachi vazifasini amalga oshiradi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911416" id="-4911416">tanlov savdolari xar bir aloxida kon boʻyicha eʼlon qilinadi; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4912036" id="-4912036">tanlov savdolarini oʻtkazish muddatlari tanlov eʼlon qilingan kundan boshlab kamida ikki oy oldin va tanlov ishtirokchilari tomonidan konlar boʻyicha geologik-texnik maʼlumotlarni olish va tahlil qilish, shuningdek, takliflar tayyorlash uchun zarur boʻlgan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911417" id="-4911417">kontraktga <a href="/mact/-4906222#-4911441">1-ilovaga</a> muvofiq minimal talablar qoʻyiladi;</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5997649" id="edi-5997649"><a href="/mact/-4906222?ONDATE=22.07.2020 00#-4911419">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5997649" id="-5997649"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5997655" id="-5997655">tanlov savdolarini oʻtkazish, shu jumladan tanlov ishtirokchilarining takliflarini baxolash va gʻolibni aniqlash tarkibiga qonunchilikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining vakillari ham kiritiladigan tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5997660" id="-5997660">(3-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5940975">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7164747" id="-7164747">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-dekabrdagi 989-son qarori bilan tasdiqlangan Yer qaʼridan foydalanish shartlarini ishlab chiqish boʻyicha davlat komissiyasining <a href="/mact/-4641723#-5932558">tarkibi</a>.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-5997677" id="edi-5997677"><a href="/mact/-4906222?ONDATE=22.07.2020 00#-4911420">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5997677" id="-5997677"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5997680" id="-5997680">tanlov savdolarining gʻolibi — pudratchi 100 foiz ulushli ishtiroki boʻlgan shuʼba yuridik shaxsni tashkil qilishi va Uzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazishi shart, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar — rezidentlar bundan mustasno;</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5997683" id="-5997683">(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5940975">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif"> LexUZ sharhi</img></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div name="-7164756" id="-7164756">Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="/mact/-3111347#-3112267">nizom</a>.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911422" id="-4911422">yer kaʼridan foydalanuvchi pudratchi bilan tanlov savdolarining natijalari boʻyicha kontrakt tuzadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911424" id="-4911424">yer qaʼridan foydalanuvchi va pudratchi oʻrtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontrakt <a href="/mact/-4906222#-4911481">2-ilovaga</a> muvofiq sxema boʻyicha tuziladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911426" id="-4911426">4. Yer qaʼridan foydalanuvchiga taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlarga muvofik uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish ishlarini amalga oshirish uchun pudratchilarni jalb etish boʻyicha tanlov savdolari eʼlon qilingan konlarga nisbatan maxfiylik goʻgrisidagi bitimlar asosida maʼlumotlarni pudratchilarga takdim etishga ruxsat berilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7522891" id="edi-7522891"><a href="/mact/-4906222?ONDATE=27.09.2024 00#-7120451">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7522891" id="-7522891"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7522893" id="-7522893">5. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi pudratchilar tomonidan ishlar amalga oshirilayotganda sanoat xavfsizligi, atrof-muxitni muhofaza qilish va metrologik attestatsiya talablariga rioya etilishining nazoratini, shuningdek, zarur boʻlganda, uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish texnologiyalarini koʻllashni oʻz vaqtida ekspertizadan oʻtkazish va kelishishni taʼminlasin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7522896" id="-7522896">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli <a href="/mact/-7510573?ONDATE=05.05.2025 00#-7514301">qarori </a>tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911433" id="-4911433">6. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish davlat qoʻmitasi tegishli loyiha hujjatlarining belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini va pudratchilar tomonidan taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktlarni amalga oshirish doirasida tabiatni muhofaza qilishga oid konunchilikka rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini taʼminlasin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911434" id="-4911434">7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoklarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4911436" id="-4911436">Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4911437" id="-4911437">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4911438" id="-4911438">2020-yil 21-iyul,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4911439" id="-4911439">448-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4911440" id="-4911440"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4911441" id="-4911441">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-iyuldagi 448-son <a href="/mact/-4906222">qaroriga <br /></a>1-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4911442" id="-4911442">Uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirish boʻyicha taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktga qoʻyiladigan minimal talablar</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4911443" id="-4911443"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911444" id="-4911444">Uglevodorodlarni kazib olishni koʻpaytirish boʻyicha taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktda (keyingi oʻrinlarda — kontrakt) quyidagilarni oʻz ichiga oladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911445" id="-4911445">konni ishlatish rejasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911446" id="-4911446">ish turlari va hajmlari, shuningdek, ularni bajarish shartlarining tavsifi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911447" id="-4911447">kontraktning amal qilish muddati va uni uzaytirish mumkin boʻlgan mexanizm;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911448" id="-4911448">operatsion tashkilotni (Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxsni) taʼsis etish tartibini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911449" id="-4911449">kontraktni amalga oshirishda tomonlarning oʻzaro hamkorligi boʻyicha operatsion qoʻmitani tashkil etish tartibini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911450" id="-4911450">konlardagi mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini koʻrsatgan holda, ishlarni amalga oshirish uchun uglevodorod konlarini pudratchilarga berish tartibini belgilash;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911451" id="-4911451">tomonlarning xuquk va majburiyatlari, shuningdek, tavakkalchiliklarni kontrakt tomonlari oʻrtasida taksimlamaslik toʻgʻrisidagi, shu jumladan konlarni ishlatish samaradorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni, burgʻulash va qazib olish usullarini qoʻllash orkali uglevodorodlarni qazib olishni koʻpaytirishni taʼminlagan holda, pudratchining uglevodorodlarni oʻz hisobidan va oʻz tavakkalchiligi asosida kazib olishni koʻpaytirish ishlarini amalga oshirish majburiyatlarini nazarda tutuvchi shartlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911452" id="-4911452">qazib olingan uglevodorodlarning koʻpaytirilgan hajmlaridan pudratchiga tegishli ulush uchun unga berilgan mulk huquqlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911453" id="-4911453">qazib olingan neft va gaz kondensatining koʻpaytirilgan hajmlaridan pudratchiga tegishli ulush uchun narxlarni shakllantirish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911454" id="-4911454">sugʻurtalash tartibi va shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911455" id="-4911455">bajariladigan ishlarning atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olishga, ushbu taʼsir oqibatlarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni pudratchi tomonidan amalga oshirish tartibini belgilash, shuningdek, atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatilishiga sabab boʻlgan avariyalar va baxtsiz hodisalar yuz berganda, yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni sugʻurta qilish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911456" id="-4911456">Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq soliq majburiyatlarini kontrakt tomonlari oʻrtasida taqsimlash shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911459" id="-4911459">konlarda uglevodorodlarni qazib olish hisobini yuritish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911460" id="-4911460">yer qaʼridan foydalanuvchiga pudratchi tomonidan kontrakt boʻyicha ishlarni amalga oshirish davomida olingan barcha geologik maʼlumotni hamda uglevodorodlarni qazib olish hajmlari toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911461" id="-4911461">pudratchining kontrakt asosida suv manbalari va elektr energiyasi quvvatlaridan zarur hajmlarda, shuningdek, neft va tabiiy gazni qayta ishlash va tashish xizmatlaridan hamda yer qaʼridan foydalanuvchi koʻrsatadigan boshqa xizmatlardan foydalanish shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911462" id="-4911462">pudratchining zamonaviy texnologiyalar va ishlarni samarali boshqarish, kondagi barcha ishlarni samarali va xavfsiz bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, shuningdek, xalqaro neft va gaz sanoatida umumqabul qilingan standartlarga rioya etish, atrof-muhitga zararli taʼsirlarning hamda pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning kondan (quduqdan) foydalanish koʻrsatkichlariga salbiy taʼsirning oldini olishga qaratilgan barcha choralarni koʻrish boʻyicha majburiyatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911465" id="-4911465">ishlar hajmlari, shu jumladan kontraktga muvofiq pudratchi tomonidan bajariladigan ishlarning minimal dasturi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911466" id="-4911466">neft, tabiiy gaz va gaz kondensatini qazib olishning asosiy (bazaviy) hajmlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911467" id="-4911467">neft, tabiiy gaz va gaz kondensatining koʻpaytirilgan hajmidagi pudratchining ulushini aniqlash va olish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911468" id="-4911468">neft, tabiiy gaz va gaz kondensatining koʻpaytirilgan hajmidagi pudratchiga tegishli ulushni sotish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911469" id="-4911469">pudratchining kontrakt boʻyicha ishlarning minimal dasturini bajarilmaganligi uchun javobgarligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911471" id="-4911471">pudratchining Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan standartlash, ishlarni xavfsiz amalga oshirish, yer qaʼri, atrof-muhit va fuqarolar sogʻligini muhofaza qilish boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar talablariga amal qilish boʻyicha majburiyatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911473" id="-4911473">kontrakt boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng barcha inshootlar, qurilmalar va boshqa mol-mulkni tugatish yoki konservatsiya kilish, shuningdek, kontrakt boʻyicha ishlar amalga oshirilgan hududlarni ifloslanishdan tozalash shartlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911474" id="-4911474">qoʻllaniladigan huquk va nizolarni hal etish tartibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911475" id="-4911475">fors-major holatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911476" id="-4911476">tovarlarni xarid qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda ustunlikni mahalliy tashkilotlarga berish talabi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911478" id="-4911478">pudratchining Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga joylashtirish va ularga mehnat qilishi uchun sharoitlar yaratish xamda ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda taʼlim olish imkoniyatini yaratish boʻyicha majburiyatlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4911479" id="-4911479">tuziladigan kontrakt maqsadlaridan kelib chiqadigan boshqa shartlar.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4911480" id="-4911480"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4911481" id="-4911481">Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 21-iyuldagi 448-son <a href="/mact/-4906222">qaroriga <br /></a>2-ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4911482" id="-4911482">Yer qaʼridan foydalanuvchi va pudratchi oʻrtasida taqsimlanmaydigan tavakkalchiliklarga ega boʻlgan kontraktni tuzish </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4911483" id="-4911483">SXEMASI</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4911484" id="-4911484"></div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4911769" id="-4911769"><img src="/files/4911647" /></div></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4911388" id="-4911388">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 09/20/448/1089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
