Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda uning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5400-son
Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3654-son
qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son
Farmonida:
a) 1-ilovaning 2-bandi
oʻn uchinchi xatboshidagi “konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 2-bandi
oʻninchi xatboshidagi “konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenta” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 16-avgustdagi PF-4554-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining biometrik diplomatik pasporta toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandsagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi tomonidan (keyingi oʻrinlarda ― Konsullik boshqarmasi)” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquq departamenti tomonidan (keyingi oʻrinlarda ― Konsullik-huquq departamenti)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 12-banddagi “Konsullik boshqarmasi tomonidan” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 13-banddagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 14-banddagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 18-bandning ikkinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi tomonidan” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PF-5156-son Farmonining 3-bandi
sakkizinchi xatboshidagi “Konsullik boshqarmasi” soʻzlari “Konsullik-huquq departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 3-apreldagi PQ-614-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnining
52-bandidagi “Slujbu diplomaticheskogo servisa” soʻzlari “Byuro po obslujivaniyu diplomaticheskogo kopusa” sshzlari bilan almashtirilsin.