1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Taʼminlash vositalari / 16.06.05.00 Maxsus vositalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Umumiy masalalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MILLIY KINOLOGIYA MARKAZINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-dekabrdagi 1029-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona va boshqa huquqni muhofaza qilish organlarining kinologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi tarkibida Milliy kinologiya markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Milliy kinologiya markaziga umumiy rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga yuklansin.
2. Quyidagilar Milliy kinologiya markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarning kinologiya xizmatlarini uslubiy taʼminlash;
malakali kinolog-mutaxassislar tayyorlash;
bojxona organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Mudofaa vazirligi boʻlinmalari, shuningdek Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun xizmat itlarini nasliga qarab tanlash va oʻrgatish.
3. Milliy kinologiya markaziga 1-ilovaga muvofiq 19 ta, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasining kinologiya xizmatiga 2-ilovaga muvofiq 29 ta shtat ajratilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi bir oy muddatda:
Milliy kinologiya markazi toʻgʻrisida Nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Milliy kinologiya markazi hamda Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatini kadrlar, zarur asbob-uskunalar, texnik vositalar bilan butlasin, shuningdek nasldor itlar xarid qilsin (1, 2, 3-ilovalar*).
* 3 ilova berilmaydi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga ushbu qarorni amalga oshirish uchun budjetdan zarur mablagʻlar ajratsin.
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining joriy yil II yarim yilligi hamda 1997-yilgi investitsiya dasturi prognozlarida Milliy kinologiya markazi qurilishini tugallash uchun moliyaviy taʼminlash manbalarini aniqlagan holda kapital qoʻyilmalarning zarur limitlarini nazarda tutsinlar.
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi hamda “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasiga hisobdan chiqarilganlaridan oʻquv maqsadlari uchun maketlar sifatida foydalanish uchun tegishli asbob-uskunalari bilan samolyotlar, vagonlar va yuk avtomobillarini tekinga ajratsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Milliy kinologiya markazini belgilangan tartibda telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 24-oktabr,
364-son
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 24-oktabrdagi 364 son qaroriga 1-ILOVA
Milliy kinologiya markazi shtatlari soni
Nomi
Jami shtatlar soni
Shu jumladan
boshliq
boshliq oʻrinbosari
bosh inspektor kinolog
katta inspektor kinolog
inspektor kinolog
kichik inspektor kinolog
Milliy kinologiya markazi
19
1
1
1
2
8
6
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 24-oktabrdagi 364 son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmatining
ShTATLAR SONI
Nomi
Jami shtatlar soni
Shu jumladan
katta inspektor kinolog
inspektor kinolog
Davlat soliq qoʻmitasi Bosh bojxona boshqarmasi kinologiya xizmati