1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.09 Aviatsiya ishlari va xizmatlar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.02.00 Yoʻl harakati xavfsizligi. Parvozlar xavfsizligi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Savdo va xizmatlar koʻrsatish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi yillar amaliyoti fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish apparatlaridan maqsadli foydalanish davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalar samarali bajarilishiga, shu jumladan, yer fondining operativ monitoringini olib borish va yerdan, uzoqqa choʻzilgan obyektlardan (temir yoʻllar, quvurlar va shu kabilardan) nooqilona foydalanish holatlarini aniqlash sohalarida, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarishda xavfsizlik talablarini taʼminlashda sezilarli darajada koʻmaklashishini koʻrsatdi, shaharsozlikda ishlarni va geoaxborot xaritalarini yaratishni optimallashtiradi. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishda uchuvchisiz uchish apparatlari katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga uchuvchisiz uchish apparatlarining keng koʻlamli turlarini ishlab chiqarish, qoʻyilgan vazifalarga muvofiq foydalanilayotgan modellar va ixtisoslashtirilgan funksiyalarning xilma-xilligi uchuvchisiz uchish apparatlarining narxiga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari narxlari shakllanishini tahlil qilish narxning asosiy ulushi konstruktiv elementlarga emas, balki intellektual qismga (dasturiy taʼminotga) toʻgʻri kelishini koʻrsatmoqda. Uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish ularning qiymatini pasaytirish imkonini beribgina qolmay, balki valyuta mablagʻlarini tejash imkoniyatini ham beradi.
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini yanada rivojlantirish, konstruktiv elementlarni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish va fuqaro aviatsiyasiga tegishli boʻlgan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlaridagi maqsadli vazifalarni hal etish uchun ularni tizimli qoʻllash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish haqidagi taklifi;
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ijro etuvchi apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan umumiy soni 40 nafardan iborat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining raisiga, zarur hollarda, Markazning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy shtat soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
uchuvchisiz uchish apparatlarining funksional va texnik imkoniyatlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish;
iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllash va ulardan foydalanish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.01.00 Standartlashtirish / 09.07.01.01 Umumiy qoidalar]
fazoviy maʼlumotlarni standartlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.04.00 Ilmiy xodimlar, ilmiy muassasalar mutaxassislari (maqom, attestatsiya, ilmiy daraja va unvonlar)]
kadastr sohasida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash boʻyicha tayanch doktorantura faoliyatini yuritish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi-beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllash orqali olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻplash, tahlil qilish, qayta ishlash va saqlash;
uchuvchisiz uchish apparatlari uchun konstruktiv elementlar ishlab chiqarishni va dasturiy taʼminotni ishlab chiqishni bosqichma-bosqich mahalliylashtirish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishda va ulardan foydalanishda eng yangi texnologiyalarni va xorijiy tajribani joriy etish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish sohasida mutaxassislar tayyorlashga koʻmaklashish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini manfaatdor tashkilotlarga ijaraga berish;
uchuvchisiz uchish apparatlarini taʼmirlash xizmatlari va texnik xizmat koʻrsatish.
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
uchuvchisiz uchish apparatlarini belgilangan tartibda ijaraga berishdan hamda uchuvchisiz uchish apparatlarini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari]
uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish yuzasidan — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamgʻarmasining budjetdan tashqari mablagʻlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tuzilmasiga rais oʻrinbosari — zamonaviy geoinnovatsion texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori lavozimi kiritilsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Toshkent shahri hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Markazni maʼmuriy va ishlab chiqarish binolari bilan taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi]
“Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi ustavini tasdiqlasin va uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Oʻzeltexsanoat” AK bilan birgalikda bir oy muddatda uchuvchisiz uchish apparatlarini ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oʻzlashtirish, ulardan foydalanishni rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlarida qoʻllash boʻyicha Kompleks tadbirlar rejasi — “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-sonli qaroriga2-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi A.X. Abdullayev va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2018-yil 29-mart,
PQ-3639-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qaroriga 1-ILOVA
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar.
* Kadastr agentligi tizimi xodimlari.
(1-ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktabrdagi PQ-405-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2020-y., 07/20/3639/0863-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2022-y., 07/22/405/0947-son)