1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2166-7]
Oʻzbekiston Respublikasining “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 21-dekabrdagi 304-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2166, 2010-yil 21-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 499-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomgailovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari A. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 30-iyun,
157-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 30-iyundagi 157-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 31-moddasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“1. Oliy malaka komissiyasi davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, notarius qasamyodini qabul qilish, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalarining (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyalari deb yuritiladi) qarorlari ustidan berilgan apellatsiyalarni koʻrib chiqish, shuningdek malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi.”.
“Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazishda hamda notarius qasamyodini qabul qilishda Davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) tartibga solinmagan qismi boʻyicha mazkur Nizom qoidalari qoʻllaniladi.”.
“Oliy malaka komissiyasi tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari, Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi vakillari, notariuslar hamda adliya organlarining boshqa xodimlari, shuningdek advokatlar kiradi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.”.
6. 10-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “notarius lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlovda” degan soʻzlar “davlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash boʻyicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihonida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
yettinchi xatboshidagi “faoliyatini tugatish va qayta tuzish toʻgʻrisida” degan soʻzlar “tarkibini oʻzgartirish yoki qayta tasdiqlash boʻyicha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“17. Notarius malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, u yigʻilish bayonnomasi nusxasini olgan kundan boshlab oʻn kun ichida Oliy malaka komissiyasiga apellatsiya berish huquqiga ega.
Adliya boshqarmasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasining tegishli hududiy boshqarmasi rahbari malaka komissiyasining qarori qonunchilik talablari buzilgan holda qabul qilinganligi haqida yetarli asoslarga ega boʻlgan hollarda Oliy malaka komissiyasiga apellatsiya kiritishi mumkin.”.
“18. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga notarius tomonidan bevosita yoki adliya boshqarmasi yoxud Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali yuboriladi.
Apellatsiya adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi yoki Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.”.
10. 19-banddagi “manfaatdor shaxsga” degan soʻzlar “notariusga” degan soʻz bilan almashtirilsin.
12. 22-banddagi “hamda manfaatdor shaxsga” degan soʻzlar “notariusga hamda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 23 va 28-bandlardagi “manfaatdor shaxs” degan soʻzlar “notarius” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“26. Oliy malaka komissiyasining qaroriga binoan maʼlumotnomalar tegishli adliya boshqarmalari, malaka komissiyalariga hamda Notarial palataga maʼlumot uchun yuboriladi.”.