Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan diplomatik munosabatlarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekiston Respublikasining ishlab turgan konsullik muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularning vakolatlarini kengaytirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining “Chet ellarda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik vakolatxonalarini ochish toʻgʻrisida” 1994-yil 7-apreldagi 192-son
qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish sifatida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Afina shahrida (Gretsiya Respublikasi) Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi ochilsin.
2. 1996-yil 1-noyabrdan boshlab:
Frankfurt-Mayndagi (Germaniya Federativ Respublikasi),
Nyu-Yorkdagi (Amerika Qoʻshma Shtatlari),
Bangkokdagi (Tailand Qirolligi) konsulxonalar Oʻzbekiston Respublikasining Bosh konsulxonalariga aylantirilsin.
3. Bosh konsulxonalarning 1996-yil uchun shtat jadvali va xarajatlar smetasi
1 — 8-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1996-yil uchun zarur mablagʻlarni kadrlar bilan butlanishiga qarab, xarajatlar smetasiga muvofiq ajratsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bosh konsulxonalarning diplomatik tarkibini shtat jadvaliga muvofiq kadrlar bilan butlash uchun nomzodlar boʻyicha bir oy muddatda takliflar kiritsin.