1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmogʻini jadal rivojlantirish, yaylov va pichanzorlardan samarali foydalanish hisobiga aholining chorvachilik mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash darajasini yaxshilash hamda daromadini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari]
Qoraqalpogʻiston Respublikasida umumiy qiymati 490 mlrd soʻmlik 236 ta chorvachilik sohasidagi loyihalar shakllantirilganligi, bugungi kunda 119,6 mlrd soʻmlik 94 ta loyihalar amalga oshirilganligi hamda Qoʻngʻirot, Boʻzatov, Moʻynoq va Taxtakoʻpir tumanlarida 5,5 ming bosh qoramolga moʻljallangan oilaviy chorvachilik kooperatsiyalari tashkil qilish boʻyicha ishlar boshlanganligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorakoʻlchilik]
Nukus shahrida chorvachilik sohasidagi 20 ga yaqin yetakchi xorijiy kompaniya vakillari ishtirokida “Xalqaro agrosanoat yarmarkasi” oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4512-son qarorida belgilangan imtiyozlar (chorva mollarini sanoat usulida boqish uchun sugʻoriladigan yerlar hamda ularni haydab boqish uchun pichanzor va yaylovlar, chorvachilik komplekslari, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarish maqsadida bino va inshootlar qurish uchun, qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yer uchastkasi boʻlmagan taqdirda, unumdorligi past sugʻoriladigan yer uchastkalarini tanlov va auksion oʻtkazmasdan, Komissiyaning tavsiyasiga asosan ajratish, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bir vaqtning oʻzida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham berish) Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlariga tatbiq etiladi.
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilikni jadal rivojlantirish boʻyicha komissiya tavsiyasiga asosan chorvachilik uchun ajratilgan yerlardan samarali va maqsadli foydalanilishi boʻyicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining kompensatsiya va kafilligidan foydalangan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi chorvachilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga, ularning kredit boʻyicha qarzdorligi toʻliq qoplanmaguncha, istisno tariqasida, jamgʻarmaning kafilligidan foydalanishga ruxsat beriladi.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-iyul,
PQ-4776-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2020-y., 07/20/4776/1025-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)