toggle_night_mode
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida
Xiva shahri va butun Xorazm hududi haqli ravishda YUNESKO va jahon tadqiqotlar hamjamiyati tomonidan insoniyat tamadduni paydo bo‘lgan makon, eng qadimgi tarixiy-madaniy markazlar qatorida tan olingan.
Xorazm o‘zining noyob me’moriy obidalari bilan mashhur. Ayniqsa, Xiva shahrining “ochiq osmon ostidagi muzey” sifatidagi xususiyati, shuningdek, Xorazm viloyati hududida joylashgan 250 ta me’moriy, tarixiy, madaniy va san’at obidalari diqqatga sazovordir. Insoniyatning bebaho merosi — Xiva shahrining qadimiy qismi — “Ichan qal’a” YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
O‘zbekistonning milliy turizm salohiyatini kompleks targ‘ib qilish doirasida har yili Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm-ma’rifiy salohiyatini yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalarida, jumladan VVS, NHK, Euronews, Discovery Network International va boshqa telekanallar tarmoqlarida maqsadli reklama va targ‘ib qilish bo‘yicha muntazam ravishda chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini targ‘ib qilish, shuningdek zamonaviy turizm infratuzilmasini barpo etish, turistlarga qulay shart-sharoitlar yaratishda turizm sohasidagi vakolatli boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda Xorazm viloyatidagi 22 ta turizm faoliyati subyektlari va 52 ta mehmonxonalar ham shug‘ullanmoqda.
Shu bilan birga, tan olish kerakki, joriy bosqichda hududning mavjud turizm salohiyati yetarli darajada samarali foydalanilmasdan qolmoqda. Xorazm viloyati va Xiva shahrining yangilangan, zamonaviy qiyofasini yaratish, shahar va transport infratuzilmasini takomillashtirish, Yevropa, Osiy va MDH mamlakatlaridan tashrif buyurishi ko‘payib borayotgan turistlar oqimiga keng xizmatlar turi va yuqori sifatli xizmatlar taklif eta oladigan turizm faoliyati subyektlari, zamonaviy mehmonxonalar sonini ko‘paytirish, xorijiy ommaviy axborot vositalari va turoperitorlari vakillariga maqsadli tanishtiruv turlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarni davom ettirish, shuningdek turizm sohasida kadrlar tayyorlashda zamonaviy yondashuv talab etilmoqda.
Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatidan foydalanish samaradorligini yanada rivojlantirish va oshirish, Xiva shahrining noyob tarixiy-madaniy va me’moriy obidalari, shu jumladan ochiq osmon ostidagi “Ichan qal’a” qal’a shaharcha-muzeyi hududidagi yodgorliklar bilan turistlarni keng tanishtirish maqsadida eng qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash, hududlarning zamonaviy turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ko‘rsatilayotgan turizm, mehmonxona va transport xizmatlari sifatini takomillashtirish, ichki turizmni faollashtirish, turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tubdan yaxshilash, shuningdek yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlari o‘sishini rag‘batlantirish maqsadida:
1. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha Dasturning samarali amalga oshirilishi taminlansin:
turistlarni doimiy ravishda qabul qilish uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha turizm markazlarini ulovchi temir yo‘l qurilishi va Xiva shahrida zamonaviy vokzal bunyod etilishi, Yevropa, Osiyo va MDH mamlakatlaridan charter qatnovlarini tashkil etish, Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan Urganch shahri aeroportiga doimiy qatnovlar sonini ko‘paytirish, Urganch-Xiva yo‘nalishidagi alohida obyektlarda yuqori qulaylikka ega bo‘lgan turizm toifasidagi avtobuslar bilan qatnovlarni joriy etish orqali Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm infratuzilmasini rivojlantirish;
turistlar oqimini ko‘paytirishga va ularning hududda bo‘lish muddatlarini uzaytirishga imkon beruvchi taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini va turizm yo‘nalishlarini takomillashtirish. shu jumladan Amudaryo daryosining qirg‘oq hududlarida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkil etish. Xazorasp qal’asi negizida 600 o‘rinli ochiq amfiteatr, hunarmandlar rastasi va do‘konlarni qamrab oluvchi sharqiy bozor qurilishi asosida turizm kompleksini tashkil etish, “Ichan qal’a” kompleksining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va ko‘ngilochar kompleksini qurish, Xiva shahridagi turizm namoyishi obyektlarida o‘zbek xalqining boy tarixiy-madaniy merosi va milliy an’analarini namoyishini ta’minlovchi madaniy, ko‘ngilochar va milliy sport tadbirlarini o‘tkazish joriy etilishini nazarda tutuvchi xizmatlarni takomillashtirish;
Xorazm viloyatining turizm salohiyati va Xiva shahrining brendini insoniyat tamaddunining qadimiy tarixiy-madaniy markazlaridan biri sifatida MDH mamlakatlarining markaziy teleradiokanallarida hamda yetakchi xorijiy telekanallarda, butunjahon Internet axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama kampaniyasini o‘tkazish, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari va turoperatorlar uchun tanishtiruv turlarini tashkil etish, shuningdek “Xorazm madaniyati kuni”, “Xorazm vohasining xalq raqslari”, “Xorazm qovuni” kabi turli mavzulardagi festivallar o‘tkazish, Paxlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlab respublika hududlari va xorijiy mamlakatlar mehmonlari ishtirokida kurash, sambo va dzyudo sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalar tashkil etish orqali targ‘ib qilish;
xorijiy va milliy valyutani qabul qilish bo‘yicha bankomatlar va terminallar tarmog‘ini kengaytirish va doimiy faoliyat yurituvchi komsheks ko‘ngilochar dasturlarini yaratish, turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shimcha infratuzilma obyektlarining holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashni ko‘zda tutgan holda sifatli turizm xizmatlarini ko‘rsatish;
Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlari, Urganch davlat. universitetida mehmonxona va turoperatorlik faoliyatida ingliz tili savodxonligiga ega mutaxassislarni tayyorlovchi qisqa muddatli kurslar tashkil etish orqali turizm sohasida mutaxassislar tayyorlash. qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. ushbu jarayonga Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa turizm sanoati rivojlangan mamlakatlarining ixtisosli ta’lim muassasalari yetakchi maslahatchilari va mutaxassislarini jalb etish;
2017 — 2021-yillarda turizm xizmatlari eksporti hajmini 2,3 barobar, turistlar sonini esa 2,1 barobarga oshishini ta’minlash.
2. 2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
Ishchi gypyh (R.S. Azimov):
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilsin va muvofiqlashtirsin;
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Dasturga kiritilgan loyihalarni moliyalashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, donor mamlakatlarning kredit va grant mablag‘lari hamda xalqaro moliya institutlarini jalb etish choralarini ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Ishchi guruhning asoslangan takliflari asosida, Dastur parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda Xiva shahrini loyihalashtirishning batafsil rejasini ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashiga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etsin. Bunda shahar va “Ichan qal’a” hududining tashqi va ichki qismlarini jahon talablariga mos, zamonaviy turizm markaziga aylantirish maqsadida kompleks restavratsiya va tiklash ishlarini amalga oshirishni, shuningdek Dasturga kiritilgan boshqa chora-tadbirlarni bajarishni nazarda tutsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (B.I. Zakirov) Xorazm viloyatining alohida qo‘riqlanadigan tarixiy-madaniy hududlari — Xiva shahrining “Ichan qal’a” qal’a shaharchasi va uning qo‘riqlanma hududlarida, uning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan noyob obyekt ekanligini hisobga olib qurilish, ta’mirlash-tiklash va boshqa ishlarni amalga oshirishda Butunjahon madaniy va tabiiy merosini himoya qilish Konvensiyasi (Parij, 1972-y.) normalari hamda YUNESKO Butunjahon merosi Markazining tavsiyalariga muvofiq minimal aralashuv yuzasidan zarur choralar ko‘rishga alohida e’tibor qaratsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — uch oy muddatda Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlarini xatlovdan o‘tkazsin hamda 2017 — 2021-yillarda Xiva shahri va Xorazm viloyatining tarixiy-madaniy meros obyektlari holatini yaxshilash, restavratsiya qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Dasturga kiritilgan tadbirlar doirasida:
qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari va olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarining sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirib, shaharsozlik normalari va qoidalariga qatiy rioya etgan holda davlat ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda — noqonuniy qurilish hamda ajratilgan yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Tashqi ishlar vazirligi va Xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda Xiva shahrining brendini ishlab chiqish, 2017 — 2021-yillar mobaynida xususan, Yevropa, Osiyo, Yaqin Sharq hamda MDH davlatlarida keng reklama kampaniyalarini, shu jumladan eng ommabop xorijiy axborot vositalarida, butunjahon Internet axborot tarmog‘ida ham tashkil etgan holda Xiva shahri va Xorazm viloyatiga turistlar oqimini oshirish bo‘yicha zarur amaliy-tashkiliy choralar ko‘rsin.
7. Loyiha tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari, bank kreditlari, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning kredit va grant mablag‘lari, homiylik xayriyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari ushbu qarorda nazarda tutilgan va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda moliyalashtirish manbalari etib belgilansnn.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 2017 — 2021-yillar davrida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hokimligi va Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni Ishchi guruhga har chorakda taqdim etib borsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-may,
PQ-2953-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga
1-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish
DASTURI

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish muddatlari

Hisob-kitob qiymati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. XIVA ShAHRI VA XORAZM VILOYATINING TURIZM INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

1.

Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab asosiy turistik markazlarini bog‘lovchi temir yo‘l liniyasi hamda Xiva shahrida zamonaviy vokzal qurish.

2017-2018-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti,

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi,
vazirlik va idoralar

2.

Xiva shahriga chet ellik turistlarni jalb qilish uchun Yevropa, Osiyo va MDH davlatlaridan charter reyslarini tashkil qilish, shuningdek, Urganch shahriga Italiya, Fransiya va boshqa Yevropa mamlakatlaridan muntazam reyslar sonini ko‘paytirish.

2017 — 2021yillar

-

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

Samarqand-Urganch, Buxoro-Urganch, Farg‘ona-Urganch yo‘nalishlari bo‘ylab yangi ichki aviareyslar ochish masalasini ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish.

2017-yil avgust

-

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Urganch va Xiva shaharlariga uyushgan turistik guruhlar uchun turistik tashkilotlarga 15 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda temir yo‘l chiptalariga chegirmalar tizimini joriy etish.

2017-yil iyundan boshlab

-

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

Uyushgan turistik guruhlarga Urganch va Xiva shaharlariga aviareyslar uchun turistik tashkilotlarga moslashuvchan chegirmalar tizimini taqdim etish masalasini ko‘rib chiqish.

2017-yil iyun

-

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

Xiva shahrida Urganch-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab bir vaqtda 15 ta mikroavtobus, 4 ta trolleybus va 20 ta yengil avtomashinalar to‘xtashi uchun oxirgi bekat sifatida maxsus avtoturargoh tashkil qilish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, loyiha tashabbus?orlari, tijorat banklari

7.

Urganch-Xiva yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan obyektlarda transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi maxsus transport tashkilotini tashkil etish, unda:

Urganch-Xiva yo‘nalishida alohida obyektlar bo‘yicha yo‘lga qo‘ygan holda 10 ta yangi turistik klassidagi avtobuslar, shu jumladan 4 ta ikki qavatli avtobuslarni sotib olish;

“Dishan qal’a” va “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxona (keyingi o‘rinlarda — “Ichan qal’a” majmuasi) bo‘yicha ekskursiyalar tashkil etish uchun 4 ta elektrmobillar xarid qilish;

Avtotransport vositalarini texnik xizmat ko‘rsatish punktini yaratishni nazarda tutish.

2018-yil may

2 211,0 mln so‘m

Tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati va Urganch tumani hokimligi,
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

8.

Turistik ko‘rgazma obyektlariga olib boradigan umumiy uzunligi 8,9 km bo‘lgan yo‘llarni qurish va kapital ta’mirlashni ta’minlash, shu jumladan:

3,0 km ichki xo‘jalik yo‘llarini (4r 158 Urganch-Xiva yo‘lining 23,5 kilometrdagi “Gouk-ko‘l” ko‘lining atrofi);

0,5 km ichki xo‘jalik yo‘llarini (4r 164 Xonqa-Yangiariq-Chirchiq-Xiva yo‘lining 22 kilometrdagi “Shayx Muxtor Valiy” majmuasiga kirish yo‘li);

0,5 km ichki xo‘jalik yo‘llarini (4r 265 Xiva Kompressor yo‘lining 6,0 kilometrdagi “Bog‘i shamol” obyektiga kirish yo‘li);

“Ichan qal’a” majmuasining tashqi perimetri bo‘ylab avtomobil yo‘lining 4,9 km.ni sug‘orish, tashqi yoritish, piyodalar o‘tish joylari va ko‘kalamzorlashtirishni ishlarini ta’minlash.

2017 — 2019-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Respublika yo‘l jamg‘armasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Respublika yo‘l jamg‘armasi,

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

9.

Suv sifatini xalqaro standartlar darajasida ta’minlaydigan zamonaviy tozalash inshootlarini qurgan holda Urganch va Xiva shaharlarida ichimlik suvini tozalash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida takliflar kiritish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2017-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari, XMI grantlari

Xorazm viloyati hokimligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

10.

2017 — 2021-yillar mobaynida turizm xizmatlari eksportini 2,3 baravarga (hajmini 131,4 million dollarga yetkazgan holda), shuningdek,h turistlar sonini — 2,1 baravar (129,7 ming kishi)gaoshirishni ta’minlash.

2017 — 2021-yillar

-

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
vazirlik va idoralar

II. TURISTIK MARShRUTLAR VA XIZMATLARNI TAKOMILLAShTIRISh

11.

Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha MDH mamlakatlari turistlarini yil bo‘yi jalb qilish ishlarini faollashtirish, bundatransport turidan qat’iy nazar marshrutlar yo‘nalishlari bo‘yicha chiptalarni sotib olishda imtiyozlar berish.

2017-yil iyundan boshlab

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“O‘zbekisto� havo yo‘llari” MAK,
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi

12.

Xiva tumanida ekzotik turizmning yangi turlarini tashkillashtirishda turistik subyektlariga ko‘maklashish: tuyada sayr qilish, ?o‘l zonalariga sayyohat qilish, ko‘llarda baliq ovlash, tabiat qo‘ynida dam olish va boshqalar.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
turistik faoliyat subyektlari

13.

Turistik mavsumda Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasi va boshqa turistik ko‘rgazma obyektlarida madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni (milliy raqslar, folklor va estrada guruhlarining konsert chiqishlari, o‘zbek xalqining urf-odatlari va an’analari haqida teatrlashtirilgan tarixiy tomoshalar va filmlar namoyishi, milliy liboslar namoyishi, milliy s�ort o‘yinlarini o‘tkazish, tungi ekskursiyalar, tabiat qo‘ynida kechki ovqatlarni o‘tkazish) tashkil qilish.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Sport davlat qo‘mitasi,
Miliiy teleradiokompaniyasi

14.

Xiva shahri va qadimiy Xorazm brendi ostida suvenir mahsulotlari va maxsus o‘ralgan qadoqlarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha korxona tashkil etish to‘g‘risida takliflarsh kiritish, bunda suvenir mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etishgabank kreditlarini taqdim etish.

2017-yil avgust

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari

15.

Turistik mavsum susaygan davrda eshlar uchun ekskursiyalar, ish beruvchi va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan jamoaviy shartnomalar va bitimlar asosida turli tashkilot xodimlari va keksalar uchun ekskursiyalar tashkil etish orqali Xiva shahrida ichki turimzni rivojlantirish.

iyul-avgust,
noyabr — fevral,

2017 — 2021-yillar

-

Ijrochilar va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi,
“Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi,
Oliy ta’lim vazirligi,
Xalq ta’lim vazirligi,

“Kamolot” YIH,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

16.

Umumiy ovqatlanish k�rxonalarida foydalaniladigan mahsulotlar va oziq-ovqat texnologiyalari sifati ustidan nazoratni ta’minlash va kuchaytirish.

doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi

17.

Urganch-Xiva yo‘li bo‘ylab mahalliy aholining turmush tarzi bilan turistlarni tanishtirish uchun turistik marshrutlarni tashkil qilish, shu jumladan:

trassaning 11 km da Shixmashxad qishlog‘i hududidagi namunaviy uylari;

trassaning 18 km da “Xudoybergan-ota” fermer xo‘jaligi negizidagi bog‘dorchiligi;

trassaning 20 km da kulolchilik va temirchilik ustaxonasi misolida.

2018-yil avgust

160,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
turistik faoliyat subyektlari,
“Hunarmand” uyushmasi

18.

Hazorasp tumanidagi “Hazorasp qal’a” qal’asi negizida quyidagilarni o‘z ichiga olgan turizm majmuasini tashkil qilish:

qal’aning tashqi devor yonida 600 o‘rinli ochiq amfiteatr qurish va majmua atrofini aylanib chiqish uchun yo‘lovchilar marshrutini tashkil qilish;

umumiy ovqatlanish korxonalari, hunarmandlar rastalari va do‘konlar tashkil etgan holda an’anaviy sharq bozorini qurish;

qal’a devori yonidan oqadigan kanal va mavjud ko‘lni obodonlashtirish.

2019-yil mart

3 000,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
tadbirkorlik subyektlari, tijorat banklari

19.

“Ichan qal’a” majmuasining Karvonsaroy negizida zamonaviy mehmonxona va ko‘ngilochar kompleksini tashkil etish uchun belgilangan tartibda xorijiy investorlarni jalb etishni ta’minlash, bunda arxitekturaga aralashishni minimal darajaga keltirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish.

2018-yil sentyabr

Xorijiy investorlar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,

“Davarxitekqurilish”qo‘mitasi

20.

Hunarmandlar do‘konlari, umumiy ovqatlanish korxonalari, do‘konlar va boshqa zarur infratuzilmalarni tashkil etgan holda turistlarning Shovot tumanidagi “Yusuf Hamadoniy” maqbarasini ziyorat qilish uchun sharoitlar yaratish.

2018-yil may

1 100,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,
Din ishlari qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi

21.

Shovot tumanidagi “Katqal’a” qal’asi hududi bo‘ylab piyoda marshrutini tashkillashtirish, qal’a atrofidagi ochiq drenaj tizimlarini obodonlashtirish va holatini yaxshilash hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va do‘konlar tashkil qilish.

2018-yil aprel

300,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari

22.

Xiva shahri Mustaqillik ko‘chasida 80 va 120 o‘rinli ikkita restoran qurish.

2018-yil sentyabr

1 800,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi,
tijorat banklari

23.

Bog‘ot-Urganch yo‘nalishida joylashadigan 20 o‘rinli yo‘l bo‘yi motelini barpo qilish.

2018-yil sentyabr

350,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati va Bog‘ot tumani hokimliklari,
tijorat banklari

24.

Xiva shahrida turistlar oqimiga mo‘ljallangan zamonaviy 3 va 4 yulduzli mehmonxonalar, do‘konlar, restoranlar, kafe va boshqa infratuzilma obyektlarini joylashtirigan holda to‘rtta ko‘cha barpo qilish.

2019-yil mart

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

25.

“Ichan qal’a” majmuasiga asosiy kirish yo‘lini ochish uchun “Polvon darvoza” darvozasi hududini obodonlashtirish, bunda tugatiladigan paxta punktini o‘rniga Xiva shahri yaqinidagi bozorni qayta joylashtirishni ta’minlash va paxta punkti hududini tozalash, kirish yo‘llarini ochish, avtomashinalar to‘xtash joylari va boshqa infratuzilmalarni yaratish choralarini ko‘rish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, “Davarxitekqurilish” qo‘mitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

26.

Xiva shahrida turistlar uchun kechki bo‘sh vaqtlarinimaroqli o‘tishi uchun bouling klublari, karaoke barlar, qahvaxonalar, Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Koreya oshxonasi restoranlari va boshqa inshootlarni ochish.

2017 — 2021

yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
tadbirkorlik subyektlari

27.

Davlat soliq qo‘mitasi viloyat boshqarmasining sobiq binosidan mehmonxona sifatida foydalanish uchun qayta ta’mirlash bo‘yicha takliflar kiritish.

2017-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, tijorat banklari,
tadbirkorlik subyektlari

28.

Xayriya jamg‘armalari hisobidan 2017-2018-yillarda Farg‘ona vodiysi va boshqa hududlarning umumiy o‘rta maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalari, shuningdek, yoshi ulug‘ keksalarni Xiva shahri bo‘ylab aylantirishni tashkil etish va ularni Pop-Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yagona marshruti bo‘yicha mehmonxonalarga joylashtirish.

2017-2018

yillar

-

Xayriya jamg‘armalari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’lim vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
“Mahalla” jamg‘armasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, vazirlik va idoralar

29.

“Shovot” nazorat-o‘tish punktida turistlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari, sanitariya-gigiyena punktlari, dam olish xonalari, avtotransport to‘xtash joylari, do‘konlar barpo etish.

2018-yil avgust

500,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati va Shovot tumani hokimliklari, tijorat banklari

30.

Yangibozor va Urganch tumanlarining Amudaryo qirg‘og‘i hududida ekoturizm obyektlarini yaratish, ularni turistik yo‘nalishlariga kiritish.

2018-yil iyun

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati, Yangibozor va Urganch tumanlari hokimliklari,

Ekologiya davlat qo‘mitasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
tijorat banklari,
tadbirkorlik subyektlari

III. HUDUDNING TURISTLIK SALOHIYATINI YUKSALTIRISh

31.

Xorijiy telekanallarda, shu jumladan Rossiyaning markaziy telekanallarida Xorazm viloyatining turistik salohiyatini keng reklama kampaniyasini o‘tkazish maqsadida Xorazm viloyati va Xiva shahri to‘g‘risida videoroliklar ishlash.

2018-yil yanvar

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV,
Milliy teleradiokompaniya, Xorazm viloyati hokimligi

32.

Xiva shahri va Xorazm viloyati brendlarini yanada ommalashtirish choralarini amalga oshirish, bunda Xorazm viloyatining ramzi tushirilgan reklama futb?lkalari va boshqa to‘qimachilik mahsulotlari hamda taqinchoqlar ishlab chiqarish, milliy buyumlar va suvenirlar ishlab chiqarishni tashkil etish.

2017-yil sentyabrdan boshlabdoimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi,
“Xiva sopoli” MChJ

33.

“Xorazm madaniyat kunlari”,”Xorazm vohasining milliy raqslari” festivallari, qo‘g‘irchoq festivali, Xorazm qovunlari festivali va boshqa festivallarni tashkil etish, unda respublika hududlaridan, shuningdek, xorijiy davlatlardan mehmonlarni taklif etish.

Har yili

tasdiqlangan grafik asosida

-

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, TIV, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

34.

Pahlavon Mahmud xotirasiga bag‘ishlangan kurash, sambo va dzyudo bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan xalqaro musobaqalarni tashkil etish va musobaqa doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasi binosida seminar-treninglarni o‘tkazish.

Har yili avgustda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Davlat sport qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

35.

Xiva shahri va Xorazm viloyatining diqqatga sazovor joylari to‘g‘risida batafsil ma’lumotni ommabop elektron xaritalarga joylashtirish, mintaqaning turistik salohiyatini ommabop ijtimoiy tarmoqlarda hamda butunjahon Internet tarmog‘ida martabasini oshirish.

2017-yil avgust

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

36.

Xiva shahrida matematikasohasidagi so‘nggi yutuqlar va tendensiyalarni muhokama qilish uchun ikki yilda bir marta jahonningyetakchi olimlari va O‘zbekiston olimlari ishtirokida matematika bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazish, ushbu yo‘nalishdagi eng yaxshi ilmiy ishi uchun belgilangan tartibda kelishuv bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan beriladigan Al-Xorazmiy nomidagi mukofotni topshirish bo‘yicha takliflar kiritish.

2017-yil sentyabr

-

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Fanlar akademiyasi,

Xalq ta’lim vazirligi

37.

Xorij mamlakatlaridagi xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalardagi “O‘zbekiston” yagona milliy stendida Xorazm viloyati ustalari va hunarmandlari, turistlik tashkilotlari hamda mehmonxonalarining faol ishtirok etishi.

2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV, Xorazm viloyati hokimligi, turistik faoliyat subyektlari

38.

Xorijiy ommaviy axborot vositalari va chet el turoperatorlari vakillari uchun mintaqada vaqti-vaqti bilan axborot sayohatlarini tashkil etish.

2017-yil maydan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV,
Xorazm viloyati hokimligi

39.

“Uzbekistan.travel” portalida Xorazm viloyatining turistik salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tizimli ravishda t�qdim etish.

2017-yil iyundan boshlab, doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

40.

BMTning Jahon turizm tashkiloti (YNVTO)va boshqa salohiyatlixalqaro hamkorlar bilan Xiva shahrida Ipa? yo‘li yo‘nalishi bo‘yicha turistlar tashrif buyuradigan eng mashhurjoylaridan biri sifatida shaharni namoyish etuvchi xalqaro tadbir o‘tkazish masalasini birgalikda ishlab chiqish.

2017-yil oktyabr

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV,
Xorazm viloyati hokimligi

41.

Har yili o‘tkaziladigan xalqaro turistik ko‘rgazma va yarmarkalarida, xususan O‘zbekiston xalqaro turistik ko‘rgazmasi va Toshkent xalqaro turistik yarmarkasida mintaqaning turistik salohiyati keng namoyish etish.

aprel, may, yillik asosida

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi,
turistik faoliyat subyektlari

42.

Samarqand viloyati va Toshkent shahri hamda xorijiy davlatlarning yirik turoperatorlarini jalb qilish orqali Xorazm viloyatida turistik tashkilotlar yaratish.

2017 — 2021

yillar

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, TIV,
turistik faoliyat subyektlari

IV. TURISTLARGA XIZMAT QILUVChI YoNDOSh INFRATUZILMA OBYEKTLARI HOLATINI YaXShILASh

43.

“Ota darvoza”darvozasi atrofida yagona mehmonxona-ko‘ngilochar kompleksiniyaratish masalasini belgilangan tartibda ishlab chiqish hamda ekskursiyaviydam olish va ko‘ngilochar dasturlarni namoyish etuvchi (“Ichan qal’a” majmuasi fonida lazer shousi, tomoshalar ko‘rsatish va konsert dasturlari) 500 o‘ringa mo‘ljallanganamfiteatr qurish.

2018-yil avgust

1 500,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Toshshaharnur” DUK

44.

Samarqanddagi “Registon” majmuasi misolida Xiva shahriga qo‘shimcha turistik marshrutlar tashkil qilish maqsadida “Ichan qal’a” majmuasining tarixiy obyektlari atrofida lazer shousi va hududni zamonaviy yoritish tizimlarini tashkillashtirish.

2018-yil avgust

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Toshshaharnur” DUK

45.

Urganch shahrining Xalqaro aeroportidagi axborot kiosklarining uzluksiz ishlashi va Urganch shahrining temir yo‘l vokzalidagiaxborot kioski ishini tashkil etish orqali turistlargazarur ma’lumotlar olishlarini ta’minlash.

doimiy ravishda

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ,
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,
turistik faoliyat subyektlari

46.

“Nurullaboy” kompleksi hovlisida badiiy galereya, Qabullaruyi, amfiteatr, hunarmandlar markazi, milliy uslubdagi restoran tashkil etgan holda turistik ko‘rgazmasi obyektlarini yaratish.

2018-yil sentyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston Milliy banki, Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi

47.

G‘ovuk ko‘li atrofidagi hududni obodonlashtirish va milliy liboslar namoyishi, o‘yinlar va raqslar, milliy taomlar va boshqa konsert dasturlarini tashkillashtirishni nazarda tutuvchi istirohat bog‘ini yaratish hamda ekologik turlar tashkil etish.

2018-yil

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Mahalliy budjet va ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

48.

Xiva tumanining markaziy qismini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash, shuningdek muqobil energiya manbalarini joriy etish.

doimiy ravishda

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, “O‘zbekenergo” AJ,
“O‘ztransgaz” AK

49.

“Ichan qal’a”majmuasi atrofida yer osti drenajlarini tiklash, shu jumladan to‘rtta drenajni kapital ta’mirlash.

2018-yil oktyabr

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar vaOrolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi,

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,

“Davarxitekqurilish” qo‘mitasi,

Madaniyat vazirligi

50.

Urganch va Xiva shaharlarida vaboshqa tumanmarkazlarida zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan sanitariya-gigiyena punktlarini qurgan holda hududni sanitariya tozalash tizimini tashkil etish, shuningdek termitlar bilan kurashish.

2017-2018-yillar

loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati, shahar va tuman hokimliklari,

“Davarxitekqurilish” qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
vazirlik va idoralar

52.

Turistlar joylashgan joylarda Wi-Fizonalarini yaratish.

2017-yil dekabr

-

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi

53.

“Ichan qal’a” majmuasiga kirish joyida chet ellik turistlar uchun xorijiy va milliy valyutani qabul qiluvchi bankomat va terminallar o‘rnatish (Visa Card, Master Card, American Express, China Union Payva boshqalar).

2017-yil avgust

65,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Markaziy bank,
Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
tijorat banklari,
“Hunarmand” uyushmasi

54.

“Ichan qal’a” majmuasi hududida tibbiyot punkti va dorixona faoliyatini tashkil etish.

2017-yil sentyabr

100,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Sog‘liqni saqlash vazirligi

55.

Xiva shahri va Xorazm viloyatining asosiy turistik joylariga olib boruvchi yo‘llarda ingliz va rus tillarida yo‘l ko‘rsatish va ma’lumot belgilarini o‘rnatish.

2017-yil sentyabr

140,0 mln so‘m

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, IIV, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

56.

“Yoshlar ko‘li” kompleksi va “Ichan qal’a” majmuasi tashqarisida velosipedlar, roliklar va segvey (segvay)larning ijara punktlari va maxsus yo‘laklar yaratish.

2018-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari

Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi,
“Kamolot” YIH,
tadbirkorlik subyektlari

V. TURIZM SOHASIDA MUTAXASSISLAR TAYYORLASh, QAYTA TAYYORLASh VA MALAKASINI OShIRIShNI TAShKIL ETISh

57.

Urganch davlat universitetining turizm va iqtisodiyot fakulteti negizida chet tillarni biladigan ekskursiya yetakchisini professional tayyorlash markazini tashkil etish.

2017-yil oktyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xorazm viloyati hokimligi, Urganch davlat universiteti

58.

Xorijiy mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda dars berish uchun jalb qilish hisobiga Urganch va Xiva shaharlaridagi kasb-hunar kollejlarida va Urganch davlat universitetida chet tillari, mehmonxona va turopeatorlik faoliyati bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni takomillashtirish, shuningdek, Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash uchun turizm sanoati rivojlangan Fransiya, Ispaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlardan yetakchi maslahatchilarni jalb qilish.

2017-yil iyuldan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari,

XMI grantlari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xorazm viloyati hokimligi

59.

Urganch davlat universiteti Turizm va iqtisodiyot fakultetining yuqori ilmiy natijalarga ega bo‘lgan talabalari tomonidan xorijiy mamlakatlarning yetakchi ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashiga ko‘maklashish, shuningdek Urganch davlat universitetiga turizm sohasidagi xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni ishlash uchun jalb etish.

2017-yil sentyabrdan boshlab

-

Ijrochilar mablag‘lari,

XMI grantlari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, TIV,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Urganch davlat universiteti

60.

“Turizm sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha respublika mark�zi” DUK Xorazm filiali negizida turizm tashkilotlari mutaxassislari va gid-ekskursovodlarni xorijiy tillarga, shu jumladan koreys, yapon tillariga, shuningdek mehmonxona va turoperatorlik faoliyatiga o‘qitishni tashkil etish.

2017-yil maydan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi

61.

Urganch davlat universitetida koreys va xitoy tillaridan gid-tarjimonlar tayyorlash bo‘yicha kurslar tashkil qilish.

2017-yil sentyabrdan boshlab doimiy ravishda

-

Ijrochilar mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Urganch davlat universiteti

62.

Xorazm viloyatinda Turizmni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2017-yil iyun

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi, Xiva shahri hokimligi,
tijorat banklari

63.

Aholi va turistlar o‘rtasida maxsus yutuqli lotereya tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish.

2017-yil iyun

-

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

Jami:

11 226,0

mln so‘m

Izoh:
1. Hisob-kitob qiymati loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish natijalariga ko‘ra aniqlashtirilishi lozim.
2. Ushbu qaror va dasturlarning bajarilishini nazorat va monitoring qilinishini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan ta’minlanadi.
 LexUZ sharhi
1-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 4-maydagi PQ-2953-son qaroriga
2-ILOVA
2017 — 2021-yillarda Xorazm viloyati va Xiva shahrining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish Dasturi ijrosi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha Ishchi guruh
tarkibi

R.S. Azimov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari

A.K. Sharapov

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

P.R. Bobojonov

Xorazm viloyati hokimi, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

M.M. Muratov

madaniyat vaziri

S.X. Bekenov

iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari

J.A. Vaxabov

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

R.A. Gulyamov

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi

lavozimi bo‘yicha

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi

lavozimi bo‘yicha

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

B.M. Mirusmanov

Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

A.A. Yuldashev

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari

S.S. Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

E.E. Tursunov

moliya vazirining o‘rinbosari

R.M. Ergashev

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

N.J. Bakirov

qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari

V.V. Ismailov

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i

X.M. Mirzaxidov

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

K.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

V.N. Tyan

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK bosh direktori

A.S. Shukurov

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari

A.E. Shayxov

Savdo-sanoat palatasi raisi

M.K. Sapayev

Xorazm viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh mas’ul kotibi

Izoh. Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.