Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-fevraldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida”gi PQ-4193-son
qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonidagi Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish tartibi va muddatlarini nazarda tutuvchi normativ-xuquqiy hujjat loyihasini 2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2020-yil 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami takdim etilishini yakunlasin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Xorijiy shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxsga Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnoma va fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartirish va koʻshimchalar
“jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya rakami”;
2. Quyidagi mazmundagi 71-band bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini olish uchun jismoniy shaxs yashash joyidagi ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga murojaat qilishi kerak.
Shaxsning roziligi bilan yashash guvohnomasida sogʻliqni saqlash muassasasi tomonidan yashash guvohnomasi egasining qon guruhi va qanday rezusga mansubligi toʻgʻrisidagi belgilar koʻyiladi.
Yashash guvohnomasining amal qilish muddati uzaytirilganligi va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi maʼlumot boʻlmagan takdirda, yashash guvohnomasi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Xorijiy shaxs va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yashash guvohnomasiga ushbu Nizomda koʻzda tutilmagan yozuvlarni kiritish taqiqlanadi”.