1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (hokimliklar) funksiya va vazifalari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PF-5386-son Farmoni bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzurida “Obod qishloq” Jamgʻarmalari tuzilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” Jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofik tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.06.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni hisobga olish va tizimlashtirish]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan birgalikda bir oy muddatda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari ― “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 26-aprel,
301-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 301-son qaroriga ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” Jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.03 Boshqa davlat jamgʻarmalari]
1. Ushbu Nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Obod qishloq” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
2. Jamgʻarma har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan “Obod qishloq” dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladi.
Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda mahalliy ijro hokimiyati organlari deb ataladi) shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
3. Toshkent shahrida joylashgan mahallalarda “Obod qishloq” dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mazkur Nizomga muvofik Toshkent shahar hokimligi huzurida “Obod qishloq” Jamgʻarmasi tuzilishi mumkin.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardai foydalanish tartibi
4. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
respublika budjeti va maqsadli Jamgʻarmalar mablagʻlari;
mahalliy budjet va uning qoʻshimcha mablagʻlari;
tarmoq tashkilotlarining mablagʻlari;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.05.00 Xorijdan mablagʻ jalb qilish]
xalqaro moliya institutlari va xorijiy davlatlarning grant mablagʻlari;
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.13.00.00 Homiylik]
“Mahalla” Jamgʻarmasining va boshqa tashkilotlarning homiylik xayriyalari;
tashabbuskor tadbirkorlar mablagʻlari;
xasharlar va xayriya tadbirlarini oʻtkazish hisobidan tushadigan mablagʻlar;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.05.00 Haq toʻlanadigan jamoat ishlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari Jamgʻarmasi mablagʻlari;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Jamgʻarma mablagʻlari:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.07.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suvlarni oqizish]
aholini muntazam tarzda ichimlik suvi bilan taʼminlash, sizot suvlar sathini pasaytirish, ariqlarni tozalash, oqava suv handaqlari, kanalizatsiya (ifloslangan suvlarni tozalash inshootlari) va irrigatsiya tizimlarini barpo etish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
qishloqlardan tuman markaziga olib boruvchi yoʻllarda qurilish, rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini bajarish, transport toʻxtash bekatlarini qurish hamda lizing asosida avtobus qatnovini yoʻlga qoʻyish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish]
qishloq ichki yoʻllari va piyodalar yoʻlaklarini barpo etish va taʼmirlash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni elektr energiyasi bilan taʼminlash;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Jismoniy va yuridik shaxslarni tabiiy gaz bilan taʼminlash. Gazdan foydalanuvchi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatish]
aholi elektr taʼminotini yaxshilash, suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻisini uzluksiz yetkazib berish hamda aloqa tizimini modernizatsiya qilish;
taʼlim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
bozor infratuzilmasi obyektlarini va servis shoxobchalarini, shu jumladan hammom, kichik bozor va savdo shoxobchalar barpo etish;
uy-joylarni taʼmirlashda xonadon egalariga amaliy yordam koʻrsatish, ayniqsa, qurilish materiallari bilan markazlashgan holda taʼminlash hamda muhtoj oilalar uchun uy qurib berish (taʼmirlash);
har yilgi belgilangan tartibda tasdiqlanadigan “Obod qishloq” dasturini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
6. Jamgʻarma mablagʻlarini mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarga yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat (hokimliklar) funksiya va vazifalari]
7. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va uning mablagʻlarini taqsimlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari raislik qiluvchi Jamgʻarma faoliyatini boshqarish kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
8. Kengash tarkibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Kengash tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hududiy sektor rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari rahbarlari kiritiladi.
9. Kengash majlisi aʼzolarining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Qaror qabul qilishda ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, Kengash raisi tomonidan hal qiluvchi qaror qabul qilinadi. Qabul qilingan qaror bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
10. Kengash majlisi har chorakda kamida bir marotaba chaqiriladi.
11. Kengash:
Jamgʻarmaga kelib tushgan mablagʻlar doirasida daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Jamgʻarmaning chorak yakuni boʻyicha daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi; .
Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlarining buxgalteriya xizmati Jamgʻarmaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda Ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
13. Ishchi organ:
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tayyorlaydi;
Jamgʻarma tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Jamgʻarmaning tushumlar manbalari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
har chorakda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida hisobot tayyorlaydi va Kengashga takdim etadi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot va nazorat
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha hisob va hisobotlar mahalliy ijro hokimiyati organlarining budjetdan tashqari boshqa mablagʻlaridan alohida yuritiladi.
15. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladi (choraklar, daromadlar manbalari va ulardan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
16. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi boʻyicha yillik hisobot Kengash majlisida koʻrib chiqiladi va har yili 15-martgacha Kengash tomonidan tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.12.00 Davlatning moliyaviy nazorati]
17. Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetalarining bajarilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlarning masʼul xodimlaridan tuzilgan tashqi audit guruhi tomonidan oʻrganiladi hamda tegishli xulosa tayyorlanadi.
18. Kengash tomonidan har chorakda Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
19. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablagʻlari keyingi yilga oʻtadi va mazkur mablagʻlar boshqa maqsadlar uchun olib koʻyilmaydi.
20.Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2641-moddasi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.04.2018-y., 09/20/301/0810-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)