Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilishi munosabati bilan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Mahmudov zimmasiga kjlansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi PF-4262-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi
uchinchi xatboshi “favqulodda vaziyatlar vazirliklari” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 30-iyundagi PQ-112-son qarorining
2-bandi “Favqulodda vaziyatlar vazirliklari” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ-229-son qarorining 3-bandi
birinchi xatboshi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya va” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2007-yil 20-fevraldagi PQ-589-son
qarorida:
a) 1-bandi
ikkinchi xatboshi “Mudofaa vazirligi” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Obyedinenniy” soʻzi “Generalniy” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Ministerstvo po chrezvichayniy situatsiyam” soʻzlaridan keyin “Natsionalnaya gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 14-sentabrdagi PQ-694-son qarorining rus tilidagi
matnida:
a)
2-bandi “po chrezvichaynm situatsiyam” soʻzlaridan keyin “Natsionalnoy gvardiyey” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
35 va
36-bandlari “po chrezvichaynim situatsiyam” soʻzlaridan keyin “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
37-bandning
ikkinchi va
uchinchi xatboshilari “po chrezvichaynim situatsiyam” soʻzlaridan keyin “Natsionalnoy gvardii” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yagonasan, muqaddas Vatan!” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-apreldagi PQ-1091-son qarorining 6-bandi:
“Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi” soʻzlari “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-son qarorining
3-bandi “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son
qarorida:
a)
1-ilova quyidagi mazmundagi 14
1-band bilan toʻldirilsin:
“141. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni va uning oʻrinbosarlari”;
b) 2-ilovaning
9-bandi “DXX” abbreviaturasidan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v)
3-ilovada “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati” boʻlimining 2-bandi “Favqulodda vaziyatlar vazirliklari” soʻzlaridan keyin “Milliy gvardiya” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining formali kiyim-boshlarini ishlab chiqish, standartlashtirish, tasdiqlash va tayyorlash mexanizmini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-fevraldagi PQ-2800-son qarorining 1-ilovasi rus tilidagi
matnida “Voyennaya formennaya odejda” boʻlimi quyidagi tahrirdagi 3
1-band bilan toʻldirilsin: