Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi
Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4525-son “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 12-martdagi 8/1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2217, 2011-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-yil, 15-son, 157-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklar va ularning filiallarida inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Quyidagi hollarda alohida masalalar yuzasidan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazilishi mumkin:
tijorat banklarining tavakkalchiliklarini baholash natijalari asosida;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning soʻrovlari asosida;
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida.”.
“banklar va ularning filiallari rahbari va xodimlaridan inspeksiya (tekshirish) oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur har qanday hujjatlarning asl nusxalaridan nusxa olish, lozim boʻlganda esa hujjatlar nusxalarini imzolangan, raqamlangan va tikilgan holda taqdim etilishini talab qilish;”.