Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/14-son qarori (roʻyxat raqami 3003, 2018-yil 1-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 18-son, 372-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida banklar tomonidan naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
2. 3-bob
nomidagi “Bank” degan soʻz “Bosh boshqarmalar HKKM aylanma” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3.
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalariga naqd pullar qoldiqlari boʻyicha limitlar belgilanishi shart.”.
5.
12-banddan “va naqd pullar zaxira jamgʻarmalariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
6.
13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi limitdan ortiqcha pullar naqd pullar zaxira jamgʻarmalariga shu kuni oʻtkazilishi shart.”.
7.
14 va
15-bandlardagi “Bank kassalaridagi” degan soʻzlar “Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8.
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bosh boshqarmalar HKKM aylanma kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga oʻrnatilgan limitlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish va ulardan foydalanish “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.”.
“bankning aylanma kassasiga va bank xizmatlari ofislari kassalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda;”.
10.
49-banddagi “10198 — “Markaziy bankka topshiriladigan naqd pullar zaxirasi” degan soʻzlar “10101 — “Aylanma kassadagi naqd pullar” va 10111 — “Amaliyot kassalaridagi naqd pullar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.